Mavzu: Diqqat va xotira


Diqqatning fiziologik mexanizmlari



Download 0,96 Mb.
bet2/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,96 Mb.
#611907
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diqqat va Xotira

Diqqatning fiziologik mexanizmlari
Barcha ruhiy jarayonlar singari diqqat ham bosh miya faoliyatining
bir ko‘rinishidir. Diqqat jarayonida bosh miyada nimalar sodir
bo‘ladi? Ma’lumki, turli xil vazifalarni ado etuvchi ko‘pgina asab
hujayralarining bir qismigina diqqat paytida faol holatda bo'ladi.
Muayyan faoliyat bilan mashg‘ul boMgan va unga moslashgan
ana shunday hujayralarning yig‘indisi asab qo‘zg‘alishining ≪markazi≫
deb ataladi. Nerv induksiyasi to ‘g‘risidagi qonunga muvofiq ushbu
markazning atrofidagi hujayralar ≪mudroq≫ yoki tormozlanish holatida
bo‘ladi. Bordi-yu, kishi diqqat bilan tinglasa, bu paytda nutq
tovushlarini idrok etadigan hujayralar qo‘zg‘algan, yaqin atrofdagi
ko‘rish, sezish, ovqat hazm qilish va shu kabi boshqa markazlarning
hujayralari tormozlangan bo‘ladi. Masalan, diqqat bilan tinglovchining
qulog‘iga faqat notiq nutqi yetib boradi. Bundan boshqa narsalarga
tinglovchi e’tibor qilmaydi yoki sezmaydi.
A.A.Uxtomskiyning ta’kidlashicha, tormozlangan markazlarga
tushuvchi signallar o‘sha markaz hujayralari qo‘zg‘alishini kuchaytirishi
mumkin. Ayni paytda begona, ortiqcha ta’sirlar diqqatga xalaqit
beribgina qolmay, balki uni yaxshilashi ham mumkin. Bunday mexanizm
qo‘zg£alishning asosiy o‘chog‘i yetarli kuchga ega bo‘lgandagina
amalga oshadi. Kuchli o‘tkinchi og‘riq bunga misol bo‘la oladi. Bunda
har qanday ta ’sir (qo‘ngMroq, tovush, yorugMik) uni kuchaytirishi
mumkin.
Diqqatning buzilishi
Diqqatning fiziologik va patologik toliqishlari farq qilinadi. Diqqat
uzoq vaqt zo'riqqanida, u toliqadi. Faoliyat qanchalik murakkab va
mushkul bo‘lsa, toliqish shunchalik tez boshlanadi. Gap shundaki,
diqqat qilish jarayonida ma’lum miqdorda energiya sarflanadi,
miyaning tegishli boMimlarida kimyoviy o‘zgarishlar kuchayadi. Toliqqan
nerv hujayralari tiklanishi uchun vaqt (dam) kerak. Qandaydir
ishdan, aytaylik, matematik hisoblashlardan charchab, jismoniy
ishga yoki boshqa aqliy mehnatga o‘tilsa ham miya dam olishi va diqqat
biroz yaxshilanishi mumkin. Demak, nerv hujayralarining muayyan
ishga aloqador ayrim guruhlarigina toliqib, boshqa funksional guruhlar
esa charchamagan boMadi. Bir narsa yoki ish bilan uzoq vaqt
shug'ullangandan ko‘ra, navbatma-navbat bir necha ishlar bilan
mashg‘ul bo'lmish maqsadga muvofiqdir. Shu fikr-mulohazalarni
hisobga olgan holda o'quv mashg'ulotlarini tuzishda mazmunan birbiriga
o‘xshash fanlarni, masalan, matematikaga oid fanlarni birinketin
qo‘ymaslik kerak, o ‘z -o ‘zidan ravshanki, mashg‘ulotlar
almashganda, diqqatni muayyan vaqtgacha saqlab qolishga imkon
yaratiladi. Aks holda, umumiy toliqish yuz beradi va keyinchalik
diqqat obyekti almashinuvi foyda bermaydi.
Katta individual tafovutlarga ega bo‘lgan diqqatning fiziologik
toliqishidan tashqari, ko'pgina xastaliklarda, masalan, bosh miyaning
qon tomir kasalliklarida, miya jarohatlarida, turli zaharlanishlardan
keyin ham diqqatning patologik toliqishi kuzatiladi. Bemor diqqatining
ortiqcha toliqqanligini, uning kasallikka qadar bo'lgan ish
qobiliyati bilan solishtirib ko‘rib aniqlash mumkin. Yetarlicha dam
olib, umumiy quwatga kirituvchi davolashdan so‘ng diqqat toliqqanligi
o‘tib ketishi mumkin.
Diqqatning boshqa tez-tez uchrab turadigan buzilishi — uning
chalg‘iganligidir. Diqqat chalg'iganligining ikki turi — tashqi va ichki
turi mavjud. Bordi-yu, kitob o ‘qib, varaqlarni sanaganimizda, bayon
ipini yo‘qotganligimizni payqab qolamiz, xayolimiz esa kitob mazmunidan
uzoqlashib, chalg‘ib ketadi. Bu esa diqqatning ichki chalg‘iganligidir,
bu yerda bizni ichki kechinmalar chalg‘itadi. Diqqatning
tashqi chalg‘iganligida esa kitob o‘qish bilan bog‘liq bo‘lmagan tashqi
ta ’sirlar: eshiklarning taraqlashi, uzuq-yuluq gaplar va hokazolar
chalg'itadi.
Toliqish, materialni tushunmaslik, obyektga qiziqish yo‘qligi
diqqat chalg'iganligining sabablaridan sanaladi. Bundan tashqari,
kuchli kechinmalar, ushalmagan orzu-niyatlar ichki chalg'iganlik
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular miyada qo‘zg‘alish o‘chog‘ini
yaratadi. Bunda diqqatga aloqador birmuncha kuchsiz qo‘zg‘alish
o‘chog‘i, dominanta qonuniga muvofiq, miyada paydo bo‘lgan kuchli
qo‘zg‘alish bilan raqobat qila olmaydi. Kasai odamlarda diqqat
chalg‘ishi, uning o‘z dardini o‘ylab nechog'lik hayajonlanganiga,
tanasidagi og‘riqlarga, xayoldan ketmaydigan fikrlar paydo bo'lishiga
ko‘p bog‘liq bo‘ladi. Agar qo‘zg‘aluvchanlikning tegishli o'choqlari
juda yaqqol ifodalangan bo‘lsa, diqqatni zarur bo‘lgan obyektga
jalb qilish ham yaxshi ifodalangan bo'ladi.
Vrach og'ir bemorlar bilan suhbatlashar ekan, bunday bemorlarni
o‘sha suhbat yoki maslahat mavzuiga jalb etish ehtimoli juda
kam bo‘lishini esda tutishi lozim. Shuning uchun, doktorning so'zlari
sodda, lo‘nda va tushunarli bo‘lmog‘i kerak, ana shundagina u bemor
diqqatini o‘ziga jalb qila oladi. Diqqat chalg'iganligini ko'pincha
parishonxotirlik deb ham atashadi. Bir holda u diqqatning tashqi va
ichki chalg'iganligiga bog‘liq bo'ladi, u bilan yuqorida tanishib
chiqqan edik. Bunday parishonxotir odam tashqi ta’sirlardan va
o ‘zga fikrlardan chalg‘ib, o‘z diqqatini uzoq saqlab tura olmaydi.
Parishonxotirlikning boshqa turi, aksincha, diqqatni bitui narsaga
uzoq qaratishga aloqador bo‘ladi. Chunonchi, o‘z kashfiyoti ustida
fikr yurgizayotgan olim, bunga shunchalik berilib ketadiki, unga
qaratib aytilgan savollami eshitmasligi yoki poyma-poy javob qilishi,
yonidagilarga e’tiborsiz bo‘lishi mumkin.
Parishonxotirlikka qarshi kurashish uchun diqqatga xalaqit beruvchi
sabablami imkoni boricha bartaraf etish lozim. Agar parishonxotirlik
va diqqatning boshqa buzilishlari markaziy asab tizimining
kasalliklari sababli rivojlansa, tegishli davo choralari o ‘tkaziladi.
Buning uchun bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish
jarayonlarini idora etuvchi dorivor vositalar, masalan, trankvilizatorlar,
psixostimulyatorlar va nootroplar tavsiya qilinadi. Aqliy
mehnat jismoniy mehnat va sport bilan birgalikda olib borilsa, diqqat
buzilishining oldini oladi.
Diqqatni chiniqtirish ham mumkin. Buning uchun turli mashqlar
mavjud. Shulardan bittasi 16-rasmda keltirilgan. Unga qarab, iloji
boricha 1 dan 90 gacha bo‘lgan raqamni adashmasdan topib chiqing.
Bu mashqni o‘rtoqlaringiz bilan bajaring. 90-raqamga tez yetib kelgan
talabaning diqqati o‘tkir bo'ladi.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish