Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya



Download 71,78 Kb.
bet3/23
Sana16.03.2022
Hajmi71,78 Kb.
#493002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

PUBLITSISTIK USLUB
Publitsistika (lot. publika – xalq,omma) davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o'quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo'layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy Majlis yig'inlarida, turli xil anjumanlarda qo'llaniladigan nutq uslu­bi publitsistik uslub sanaladi.. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir etish bo'lib, soddalik, ta’sirchanlik, tushunarlilik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Publitsistik uslubning ham og'zaki, ham yozma shakllari mavjud. Radio-televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari publitsistik uslubning og'zaki shakliga mansub, ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan bosh maqolalar, felyeton, pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga xosdir.
Publitsistik uslubning o'ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo'lishlik, hozirjavoblik, ta'sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubi ijtimoiy masalalarga harakatchanliligi tufayliunda ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so'zlar ko'proq qo'llaniladi. Masalan, isyon, irqchilik, qo'poruvchilik, siyosiy tanglik, bitim, reja, qurultoy, anjuman, kengash, hukumat rahbarlari, davlat va boshqalar.
Publitsistika bir qancha janrlarga ega. Har qaysi janrning o'zi, masalan, gazeta, radio, televideniyeda beriladigan reportajlar uslub va uslubiy vositalari hamda o'zida berilayotgan reportaj, pamflet, felyeton kabi nutqiy vositalari jihatidan farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir umumiy belgi asosida publitsistik nutqning turli ko'rinishlari sanaladi.
U ham bo'lsa nutqning jamiyatga qaratilganidir.
Publitsistikuslub, avvalo, tashviqotvatarg'ibotuslubibo'lganiuchunhamundasiyosiyfaollik, hozirjavoblik, o'tkirvata’sirchannotiqlik,mantiqiymulohazavadalillarbilantushuntirish, isbotlashkabibelgilarustunlikqiladi. Shunga ko'ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xosxususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xosbelgilar (obrazli ifodalar, bo'yoqdor so'zlarni qo'llash) ham o'zaro uyg'unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo'shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi, muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o'quvchiga ta’sir ko'rsatiladi.
Publitsistik nutqda ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so'zlardan ham foydalaniladi.
Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo'ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi: darak, his-hayajon va ritorik so'roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so'z va birik­malardan foydalaniladi.
Publitsistik nutq uslubiga misol:
- Vatan, istiqlol, ma’naviyat... Bu so'zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni ifodalovchi purhikmat so'zlardir. Agar insonda shu so'zlaming birortasi yo'q bo'lsa, hayotning qayeridir kemtik bo'lib turaveradi.
- Yer qish uyqusidan uyg'ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo'yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi.

MILLIY MAFKURANING NEGIZI


Siyosiy tutqunlik og'ir, lekin milliy o'lim millatning butkul halokatidir. O'zbek xalqi o'tgan asrda chorizm istilosi tufayli siyosiy tutqunlikka tushdi, biroq milliy qiyofasini yo'qotmadi. Ana shu milliy qiyofamizdan bugungi siyosiy mustaqilligimiz o'sib chiqdi, chunki ma’naviyat siyosiy ozodlikka chorlayveradi. Prezident aytganidek: «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin». Milliy mafkuramizning negizlaridan biri - tilga bo'lgan munosabatimizdadir. Til - millat vakillarini mustahkam birlashtiruvchi, tutib turuvchi belbog'. Demak, bu ramziy belbog'ning kuchi, qudrati siz-u bizning ona tilimizga bo'lgan munosabatimizga bog'liqdir.
Mafkura bo'lmasa, odam, jamiyat, davlat o'z yo'lini yo'qotishi muqarrar. Qayerdaki mafkuraviy bo'shliq vujudga kelsa, o'sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Mafkura sohasida bo'shliq vujudga kelishiga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Inson uzluksiz ravishda ezgulikka yo'g'rilgan ruhiy, ma’rifiy va ma’naviy ozuqa olib turmasa, bularning o'rnini yot ta’sirlar ishg'ol etadi.
Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asoslab berishga va himoya qilishga da’vat etilgan, uning bosh vazifasi ham shudir, Bizning istiqlol mafkuramiz asriy milliy qadriyatimizga, yangi vujudga kelgan va kelayotgan xalqimizning bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodalaydigan fikrlarga - xalq tafakkuriga asoslanishi lozim (A.lbrohimov).
TEMUR BOBOGA MUROJAAT!
Dil so'zlaring ne deysizmi? Eshiting, bobo!
Siz tiklagan Turonzamin hali-hanuz turadur, og‘a-ini turkiyingiz bir-birini suyadir. Biri o'zbek, biri tojik, biri qirg'iz, turkmandir, bir-biriga xuddi tog'a, og‘a-ini, singildir.
Bobojonim, axir, ayting, orzuyingiz shul emasmi, tomirimda oqayotgan turkiy degan qonmasmi? Siz yaratgan ko'hna bino, qarang, qanday ko'rkamdir. Bir-biriga do‘stlasharkan o'g'lonlaringiz, bobo, yurtning, elning kelajagi gullab, yashaydi obod.
Qaytib keldi elga insof, vijdon hamda e’tiqod, go‘yo qora zulmat ichra balqib chiqdi nur, oftob. Erlarida mardlik mo‘l-ko‘l, ayolida nazokat, farzandlari bari baxtli, yurtda ko'pdir halovat. Tinglang, bobo. O'g'lonlari yurtim deya uyg'onsin, qalbimda erk ataluvchi o'chmas olovlar yonsin, yog'iylarning ko'zi chiqib, soqolini silasin, qabrdan ham qo'llab turgan qo'ling yaxshi deyarlar, fido bo'lay, jonim bobo, qo'llab turing o'zingiz. Ijobat bo'lur, bilaman, Sizning har duoyingiz...
...Vaqt oxirlab qolibdi, qalamim ham tolibdi. Otayotgan tong misol yorug' bo'lsin kelajak, pok ruhingiz qo'llasin, farzandingiz kutajak (D.Jo'rayeva).

Download 71,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish