1. Qaysi gap tarkibida yasama so’z yasama fe’lga nisbatan tobe sanaladi?



Download 48 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi48 Kb.
#432340
Bog'liq
bugun 8-aprel sintaksis testi 30ta






Sintaksis sinov test .
1. Qaysi gap tarkibida yasama so’z yasama fe’lga nisbatan tobe sanaladi?
A) Ariqlarning bo’yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib , nafarmon gullar bilan bezandi.
B) Toleyim shulki, jahonda bir guliston tanladim.
C) Bu so’zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni ifodalovchi purhikmat so’zlardir.
D) Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi.
2. Hayotda o’zining o’rnini topishda odamning
bolalikdagi faoliyati, olgan bilimi va tarbiyasi
katta o’rin tutadi.
Gapdagi tobe bog’lanishlar sonini aniqlang.
A) 18 B) 17 C) 16 D) 14
3. Bir xil so’z turkumidan tashkil topgan gap berilgan javobni aniqlang.
A) Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi
kuzning ziynati.
B) Ikkining kvadrati-to’rt.
C) Qizg’ish-pushtidan to’qroq, qizildan ochroq rang.
D) Yashashni istasang, ishlashni o’rgan.
4. Gapdagi otlashgan so’zlar haqidagi noto’g’ri bo’lmagan fikrni aniqlang.
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan
o’ziga zolim.
A) Otlashgan so’zlar har xil so’z turkumiga tegishli.
B) Otlashgan so’zlar har xil gap bo’lagi vazifasida
qo’llangan.
C) Otlashgan so’zlarning barchasida bo’g’inlar soni teng.
D) Yasama so’zning otlashgan so’zga nisbatan tobe
munosabatda ekanligi kuzatilmaydi.
5. Bog’lovchili qo’shma gaplar berilgan javobni toping.
1.O’zgalar g’amini yemasa odam, anga noloyiqdir
inson degan nom.
2. Bilak bilan bo’lmagan,bilim bilan bitar.
3.Molni ishlatganing sari ozayadi, ilm esa ko’payadi.
4. Na yomg’ir yog’madi, na qor yog’madi.
5. Hujrasiga qaytdi-yu, o’ylay boshladi.
6. Qor yog’di, go’yo don yog’di.
7. Yangi do’stni topganda, eskisini unutma.
8. To’g’ri o’zadi, egri to’zadi.
9. Quvonarlisi shu: biz o’z maqsadimizga erishdik.
A) 1, 4, 5, 9 B) 1, 3, 5, 6 C) 3, 4, 5 D) 4,5,6,9
6. Izohlovchi haqida berilgan qaysi hukm noto’g’riligi
aniqlang.
A) Izohlovchilar, ko’pincha, ot so’zlar bilan izohlanadi.
B) Izohlovchi faqat shaxsni boshqacha nom bilan
aniqlaydi.
C) Aniqlovchi so’z birikmalarning izohlovchi-
izohlanmsh turida izohlovchi va izohlanmish o’rnini
almashtirish ma’noga ham, so’z birikmasidagi
so’zlararo munosabatga ham ta’sir etmaydi.
D) Ayol hamshira birikmasida ayol izohlovchi-
aniqlovchi, hamshira izohlanmish-aniqlanmish
sanaladi.
7. Osmon hadsiz, ufqlar, qirlar jimirlaydi zarrin yog’dusida. Ushbu gapning kesimlari haqida tog’ri hukmni aniqlang?
1) sodda ot kesim; 2) sodda fe’l kesim; 3) barcha gap bo’laklarini kesimlar o’ziga bevosita (to’g’rida to’g’ri)tobelantirgan; 4) kesimlar yasama so’z;5) kesim tub so’z
A) 1 2 4 5 C) 2 4 5 B) 1 2 4 D) 1 2 3 4
8. Quyidagi gapda ega qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?
Har bir yangi narsada lazzat bor.
A) sifat C) olmosh
B) ravish D) ot
9.Xorazmiy zuryodimiz,
Navoiyning avlodimiz,
Yurtga tikib hayotimiz,
Asragaymiz biz Vatanni.
Ushbu parchada nechta gap tarkibida ega qatnashgan ?
A) bitta C) ega ishtirok etmagan
B) ikkita D) uchta
10. Bulutlar haydar shamol,
Goh yog’ib o’tar yomg’ir.
Barglar pokiza, zilol,
Goh quyosh to’kadi nur.
She’riy parchada kesimlar kesimlar qaysi so’z turkumlari bilan ifodalangan?
A) ot, sifat B) sifat, fe’l
C) ot, sifat, fe’l, D) ot, fe’l
11.Quyidagi she’riy parchada nechta sodda gap egasi ot bilan ifodalangan?
Bir oqil aytarmish, tingla, qarindosh,
Siringni fosh etma, kerak bo’lsa bosh.
A) 1 ta C) 3 ta
B) 2 ta D) ot bilan ifodalangan ega qatnashmagan
12.To’rt narsani berdi menga oqillarcha o’ylamoq:
Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr.
Ushbu baytda nechta so’z kesim bilan bilvosita aloqaga kirishgan?
A) 8 ta C) 5 ta
B) 7 ta D) 6 ta
13.Yer uzra qo’ndi oqshom, oy shu’lasi bir mayin.
Kel, oppog’im, kel, erkam, men seni allalayin.
Dudog’ing guldan xushbo’y, yuzlaring undan xushro’y,
Kel, oppog’im, bag’rimga jajji boshginangni qo’y.
Ushbu she’riy parchada nechta gapning kesimi sifat bilan ifodalangan?
A) 3 ta C) 4 ta
B) 2ta D) 5 ta
14. Yer uzra qo’ndi oqshom , oy shu’lasi bir mayin.
Kel, oppog’im, kel, erkam, men seni allalayin.
Dudog’ing guldan xushbo’y, yuzlaring undan xushro’y,
Kel,oppog’im, bag’rimga jajji boshginangni qo’y.
She’riy parchadagi nechta gapning kesimi yasama so’z bilan ifodalangan?
A) 2 ta C) 4 ta
B) 3 ta D) 5 ta
15.Qaysi gapning egasi narsa oti bilan ifodalangan?
A) Qog’oz oq bo’lganligidan unga so’z bitadilar.
B) Qog’oz pok bo’lgani uchun zarracha cho’g’ga yonib ketadi.
C) Paytava kir bo’lganligidan uni yondiribbo’lmaydi.
D) Paytava kir bo’lganligidan unga so’z bitib bo’lmaydi.
16. So’z ochma boshqa bo’stondan, menga bo’ston shu bo’stondir,
Shu bo’ston kaftida durdona bizning O’zbekistondir.
Ushbu parchada necha o’rinda ot so’z turumiga oid so’z ega vazifasini bajargan?
A) 4 o’rinda C) 3 o’rinda
B) 1 o’rinda D) 2 o’rinda
17. Illat izlaganganga illatdir dunyo,
G’urbat izlaganga g’urbatdir dunyo.
Kim neni izlasa, topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.
Ushbu she’riy parchadagi kesimlar sonini aniqlang.
A) 5 ta C) 4 ta
B) 6 ta D)3 ta
18. Senga faqat hasadgo’ylar qilar yovqarash,
Seni manfur bosqinchilar yoqtirmas faqat.
Ay, ona til, o’zing uchun o’zing ham kurash,
Ay, ona til, g’animlarga aylama shafqat.
Ushbu she’riy parchadagi egalarni toping.
A) hasadgo’ylar,onatil, shafqat,
B) hasadgo’ylar, bosqinchilar, o’zing
C) bosqinchilar, kurash, shafqat,
D) ona til, g’animlarga, yovqarash,
19.Qanday so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi?
A) so’roq olmoshlari bilan shakllangan so’roq gaplar.
B) so’roq yuklamalari bilan shakllangan so’roq gaplar
C) so’roq ohangi bn shakllangan so’roq gaplar
D) barcha javob to’g’ri
20. Topshirdim o’zimni muhit erkiga,
Muhit girdobida bir somon parcha,
Bir poxol cho’pidek oqib boraman.
Har amal, har ishni “haq” deb bilaman,
Vazminim qolmadi bir uzik qilcha.
Ushbu she’riy parchada nechta sodda gap mavjud?
A) 2ta C) 5 ta
B) 4 ta D) 3ta
21. Yurak kerak doim haqni demoqqa,
Dilim yondi-isi tegdi dimoqqa
Sho’rlik elning farzandlari, botirlar
Og’iz ochar faqat ovqat yemoqqa.
Ushbu she’riy parchada egasiz gaplar soni nechta?
A) 3 ta C) 1 ta
B) 2 ta D) barchasi egali gap
22.Quyidagi she’riy parchada nechta sodda gap mavjud?
Qancha tavallolar qilmay taqdirdan,
Sochilgan umrimdan bermas bir yilin.
Lek afsus, nadomat achchiq zahridan
Kashf etib bo’lmaydi ro’shnolik.
A) 4 ta C) 5 ta
B) 3 ta D) 2 ta
23. Yaxshiga yaxshi nom fe’lidan yetar,
Sha’niga barcha el rahmatlar aytar,
Yomon bag’rini tosh aylasa yaxshi
Yurak qo’ri bilan toshni eritar.
Ushbu she’riy parchada nechta gapning kesimi sodda fe’l bilan ifodalangan?
A) 1 ta C) 2 ta
B) 3 ta D) 4 ta
24. Egasi qatnashmagan gaplarning qaysi birida harakat nomi murakkab kesim hosil qiladi?
A) egasi ma’lum gap
B) egasi noma’lum gap
C) egasi umumlashgan gap
D) murakkab kesim hosil qilmaydi
25.Bo’talog’im, sen bilan vidolashar ekanman, sening so’zingni yana bir bor takrorlayman: “Salom, oq kema, bu men!” “Oq kema” qissasidan olingan ushbu parchada qo’llangan egalarni ajrating
A) sen C) bu men
B) bu D) bo’talog’im, sen, oq kema, men
26. Guruchni qopi bilan olishdi.
Ushbu gapda holning qaysi turi qo’llangan?
A) vositali to’ldiruvchi C) daraja-miqdor holi
B) ravish holi D) sabab holi
27. Kelajakning nurli cho`qqisiga boq,
Ezgulik ishini tark etma sira.
Berilgan gapdagi so`z birikma sonini aniqlang.
A) 8 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 6 ta
28. Bu sozda hayotbaxsh ohang yarata olish har kimga ham
nasib qilmasa kerak.
Ushbu gapdagi tobe bog`lanishlar sonini aniqlang.
A) 7 ta tobe bog`lanish
B) 5 ta tobe bog`lanish
C) 6 ta tobe bog`lanish
D) 5 ta tobe bog`lanish
29. O`zidan keyin kelayotgan avlod zakovati va shijoatiga
ishonmagan jamiyatning ichi mo`rt bo`ladi.
Berilgan gapda nechta so`z birikmasi bor?
A) 5 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 6 ta
30. Bilmaganni so`rab o`rgangan - olim..
Gapdagi so`z birikmalar sonini toping.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta



Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish