Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya


ILMIY USLUB Ilm-fan sohasida qo`llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi



Download 71,78 Kb.
bet5/23
Sana16.03.2022
Hajmi71,78 Kb.
#493002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

ILMIY USLUB
Ilm-fan sohasida qo`llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi.
Ilmiy uslub daliliy ma’lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (ta’rif-qoidalar)ga ega bo'lish, atamalarning keng qo'llanilishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.
Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o'ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi.
Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi: 1) sof ilmiy uslub; 2) ilmiy-ommabop uslub.
Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilar uchun mo'ljallanadi. Shu bois bu uslubda fanning ma’lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi.
Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma’lum fan sohasiga doir atamalar qo'llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun izohlanadi.
Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon etish kuchli bo'ladi.
Ilmiy uslub obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko'radi. Kitobxonning his-tuyg'ulariga emas, ongiga ta’sir etadi.
Ilmiy uslubda so'zlar o'z ma’nosida qo'llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo'laklar, kirish so'z va iboralar, shuningdek, qo'shma gaplardan ko'proq foydalaniladi.
Sof ilmiy uslubga misollar:
-Tobe so'zning hokim so'z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo'shimchalari yoki ko'makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi.
- Atomlar kimyoviy bo'linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt; barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi.

Download 71,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish