1.4.§ Takrorlash va umumlashtirish, nazorat darsi. (4-juftlik)
1 – masala
6V kuchlanish ostida turgan, uzunligi 10 m bo’lgan temir o’tkazgichdagi tok zichligini toping.
Berilgan:
U= 6 V.
ℓ= 10m
ρ
1
=9,8· 10
-8
Om·m
-----------------------
J=?
Echish:
Tok zichligi quydagi ifoda bilan aniqlanadi:
S
J
j
Agar zanjirning bir qismi uchun Om qonuni J=U/R dan foydalansak, tok zichligi
RS
U
j
ko’rinishni oladi.
Bu yerda
S
R
o’tkazgichning qarshiligi. Unda
U
S
US
j
berilganlardan foydalanib
topamiz:
2
2
6
8
12
,
6
10
12
,
6
10
10
8
,
9
A
A
G
j
Javob:
2
12
,
6
A
j
2 – Masala
EYuK ε = 16,OV va ichki qarshiligi r= 0,1Om bo’lgan akkumlyator qarshiligi R=12,4 Om
bo’lgan tashqi zanjirga tok beradi.
Butun zanjirda t=10 mii ichida ajralib chiqqan issiqlik miqdori Q nimaga teng?
Berilgan:
ε=6OB
20
r= 0,1 Om
R = 124 Om
t=10 min
---------------------
Q=?
Echish:
To’liq zanjirga oid Om qonuniga asosan zanjirdagi tok
r
R
J
zanjirning tashqi qismidagi
ajralib chiqqan issiqlik miqdori Q
1
=J
2
Rt ichki qismidan ajralib chiqqan issiqlik miqdori Q
2
=J
2
Rt
to’liq issiqlik miqdori.
Q=Q
1
+Q
2
=J
2
(R+r)t=
кж
r
R
t
7
,
1
2
3 – masala
EYK ε=50 OB va ichki qarshiligi r= 0,2 Om bo’lgan galьvanik element qarshiligi R=40.0
Om bo’lgan o’tkazgichga ulangan bu o’tkazgichdagi kuchlanishi U nimaga tang?
Berilgan:
ε=5OB
r= 0,2 Om
R = 124 Om
t=40 Om
---------------------
U=?
Yechish:
Zanjirning bir qismiga oid Om qonuniga asosan U=JR. Berk zanjirdagi tok kuchi
r
R
J
.
SHuning uchun
r
R
R
U
kelib chiqadi.
В
Ом
Ом
oOм
B
U
97
,
4
,
0
40
40
50
Javob: 4,97 V
Oddiy savol
1.
Tok zichligi deganda nimani tushunasiz?
2.
Solishtirma qarshilik deganda nimani tushinasiz?
21
3.
Ichki qarshilik bilan tashqi qarshilikning bir – biridan farqni ayting?
4.
To’liq zanjir uchun Om qonunini ayting?
5.
Jol – Lens qonunini ayting?
Test savol
1. Tok zichligi birligi qanday?
a) A; v)
2
A
; s) V.
2. Berk zanjirdagi tok kuchi formulasini
toping?
a)
R
U
J
v)
r
R
J
s)
t
q
J
3. EYuK ning belgilanishi qaysi javobda to’g’ri
ko’rsatilgan?
a) ε v) A s) U
4. Quyidagi javoblardan issiqlik miqdorini birligini toping?
A) Volt; v) Joul; s) Om.
II-bob. Fizika o’qitishning umumiy masalalari.
2.1.§ Fizikadan nazariy materialni bayon etish usullari.
Fizika o’qitishda yangi materialni bayon etish “darsi” dars shakllari tizimida asosiy o’rin
tutadi. Ushbu dars ko’p xollarda og’zaki bayon etishning xikoya, suhbat va ma’ruza usullaridan
foydalanib o’tkaziladi.
O’rta maktabning yuqori sinflarida (9-11-sinflar) litsey va kollejning 1-2- kursida xikoya,
suhbat, ma’ruza usullaridan foydalaniladi.
Og’zaki bayon etishda o’qituvchining tovush balandligi me’yorida bo’lishi, oxangi
o’zgarib turuvchi, zarur xollarda “ehtirosli”, sodda va ravon tilda, yoqimli ovozda yaxshi
kayfiyat va ochiq chehra bilan borilishi muximdir.
Dars mazmunini o’quv rejasi va dars turi asosida tanlanadi, fizika o’qitishning maqsad va
vazifasi inobatga olinadi.
Tanlangan mavzudagi fizik tushunchalar, qonunlar fizik doimiylar o’rganilishi zarur
bo’lgan jarayon va xodisalar mazmunining nazariy asosini mavzuga doir tajribalar masalalar –
22
turli nazariya va amaliy tadbiqlari, uning amaliy asoslariga ko’ra uning mazmuni axborot tizimi
uning fizika o’qitish nuqtaiy nazaridan taxlil etilib, samarali bayon etish usullari tanlanadi.
“Nazariy materialni bayon etish usullari” samaradorligi qator omillarga bog’liqdir.
A) dars mazmunini to’g’ri tanlash;
B) yaxshi darslik (qo’llanmalar) mavjudligi;
V) darsda o’qituvchi va o’quvchi bog’lanishi;
G) muammoli vaziyat yaratish va undan foydalanish;
D) dars mavzusiga oid namoyish tajribalari to’g’ri tanlash va undan unumli foydalanish.
O’zbekistn Respublikasini yuksaltirishda barkamol avlodni shakllantirish, dunyoqarashni
o’stirish, ijobiy qobiliyatni rivojlantirish, fizika faniga bo’lgan qitziqishni orttirish, fan va
texnika sohasida fizika fanini ahamiyatini o’quvchilarga yetkazib berish xozirgi zamon fizika
o’qitish metodikasining dolzarb masalasidir.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qarori, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” xaqidagi qonunlar fizika o’qitish metodikasi masalalarining dolzarbligini yanada
oshirdi.
Ilmiy – uslubiy izlanish ob’ekti qilib -yalpi yondashuv asosida fizikada yangi materialni
bayon etish, laboratoriya, masala yechish darslarida va barcha mashg’ulotlarda o’quvchilarning
o’quv faoliyatidir.
Ilmiy – uslubiy izlanishning predmeti esa – fizika o’qitishning nazariy va amaliy
masalalari o’quvchilarga tizimli va mustaxkam bilim berish jarayoni xisoblanadi. Ilmiy
izlanishdan maqsad fizikadan yalpi yondashuv asosida o’qitilib, o’quvchilar dunyoqarashini
shakllantirish, fikrlashning mustaqilligi, fizika faniga qiziqishini o’sishi, fizikadan olingan
bilimini qo’llashda ijodiy yondashishini ta’minlash.
2.2.§ Fizikadan masalalar yechish mashg’ulotlarini tashkil etish va amalga oshirish
usullari.
Fizik masalalar yechish o’quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirish vositasidir.
Turli muloqot va tadbirlarda muammoli vaziyat masala va mashq yechish yordamida
xosil etilib, o’quvchining fikrlash qobiliyatini faollashtiradi.
Fizik masala va mashq yechish yordamida xosil etilib, o’quvchining fikrlash qobiliyatini
faollashtiradi. Fizik masala har qanday mashg’ulot va tadbirlarda darsning ixtiyori tarkibiy
qismida yechish mumkin, uning yordamida bilim nazorati uyushtirish mumkin. Fizik masala
yechish muhum ta’lim – tarbiya vositasi bo’la oladi.
23
Uning yordamida fan – texnika yangiliklarini o’quvchilarga yetkazish fizika fani
qiziqashini oshiradi.
1. Fizik kattaliklar orasidagi funktsional bog’lanishlarni tushuntirish.
2. O’quvchi bilimini chuqurlashtirish va kengaytirish.
3. Fizik kattaliklar orasidagi funktsional bog’lanishlarni tushuntirish.
4. Nazariyani amaliyotga qo’llashni o’rganish fan va texnika orasidagi o’zaro aloqani
aniqlash.
5. O’quvchilarda mustaqil ishlash va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.
6. O’tilgan materialni maqsadi yo’naltirilgan va qulay tarzda takrorlashni amalga
oshirish.
7. Fizika va matematika orasidagi bog’lovchi omil ekanini tushuntirish.
O’quv amaliyotida qonunlar va fizika usullari asosida mantiqiy – muloxazalarni
matematik amallar va tajriba yordamida yechiladigan muammoga fizik masala deyiladi.
O’quvchilarning faol ma’lum o’quv maqsadiga yo’naltirilgan fikirlashni masala yechish
deyiladi.
Fizika masalalar mazmuni va masalalar shartlarining berilishi usuli masalasi yechish
usuliga qarab toifalarga ajratiladi.[8] (Bugaev).
Fizika masala analitik va sintetik usulda yechiladi. Analitik usulda masala yechish
so’ralgan kattaliklardan boshlanib, berilgan kattaliklar tomon beriladi. Fizik masalalar asosan 4
bosqichda va yakunlovchi bosqichdn iborat (5-bosqich) yechiladi.
1 – Bosqich.
a) masala shartini o’rganish.
b) berilganlarni yozish.
v) kattaliklarni bir xil sistemaga keltirish.
2 – Bosqich.
g) masala shartidagi xodisa va jarayonlarni xar tomonlama taxlil etish .
3 – Bosqich.
d) masalalar shartidagi xodisa va jarayonlarga uni tasvirlaydigan qonuniyatni tonish xotirada
tanlash.
4 – Bosqich.
e) xosil qilingan tenglama sistema tuzish, noma’lum sonini aniqlash tenglama sistemasini
umumiy yechish ishchi formulalarni keltirib chiqarish.
5 – Bosqich.
24
e) hisoblash izlanayotgan kattaliklarni son qiymatini hosil qilish, masala javobini muxokama
qilish tekshirib ko’rish. Masala shartini chiziqlar bo’ylab uch to’ncha ko’rishida ko’p
qo’llaniladi.
2.3.§ Fizikadan laboratoriya mashg’ulotini amalga oshirish yo’llari.
Fizikaning tadqiqot tajriba usullari vazifasiga ko’ra ilmiy va o’quv tajribasiga ajratiladi.
O’quv yoki o’rgatish maqsadiga yo’naltirilgan tajribalar o’quv tajribasi deyiladi.
O’quv tajribasining
a) O’quv namoyish tajribasi
b) Frontal laboratoriya mashg’uloti
v) Oddiy laboratoriya mashg’uloti
g) Praktikum
d) O’quvchining mustaqil kuzatish va tajriba turlari mavjud yangi laboratoriya ishida barcha
o’quvchilar bir xil xodisani o’rganadi.
Frontal laboratoriya ishi namoyish tajribasi davomida uyushtiriladi. Praktikum
mashg’uloti esa yil oxirida jadval asosida ishidan ya’ni ikkitadan o’quvchi guruxi tomonidan
amalga oshiriladi.
Oddiy laboratoriya o’quvchi tomonidan tajriba namoyish etiladi, so’ng o’quvchilar (2-4
tacha) bo’linib mustaqil xolda tajriba o’tkaziladi.
“O’zgarmas tok qonunlari” bo’limi tomonidan dasturga ikkita laboratoriya ishi
1) 1 – laboratoriya ishi.
“O’tkazgichlarning solishtirma qarshiligini aniqlash”
2) 2 – laboratoriya ishi.
“Tok manbaining elektrt yurituvchi kuchini va ichki qarshiligini aniqlash” mavzularidagi
laboratoriya ishi bajarilishi mo’ljallangan quyida oddiy laboratoriya ishi bo’yicha ba’zi
muloxazalarni aytamiz.
Har bir laboratoriya ishini bajarish uslubi ko’rsatilgan aloxida tavsif tayyorlanadi.
Tavsiflarning tarkibiy qismlari quydagilardan iborat bo’ladi.
1.
Ishning maqsadi.
2.
Nazariy tushuncha.
3.
kerakli asbob uskunalar materiallar va parametrlari.
4.
Ishni bajarish tartibi.
5.
Ish natijalarini paydo etish uchun xisobot jadvali.
6.
Sinash savollari.
25
7.
Xavola etilgan adabiyotlar laboratoriya ishlari samaradorligini kuydagi omillari bor.
a) Ko’rilmalarning zamonaviyligi takomillashganligi, sezgirligi va qurilma to’laligi.
b) Tavsifning sodda, keng va ilmiy dastur mazmuniga mos yozilgani.
v) Laboratoriya ishi tavsifini mavjudligi, zarur materiallarining yetarliligi.
g) Laboratoriya ishining bajarish uchun sharoitning mavjudligi.
d) Xodisa yoki jarayonni namoyish etuvchi pedagogik dastur vositalari tizmasi,
mulьtimediyalar mavjudligi.
e) O’TV va materiallar mavjudligi.
Magistrlik ishida belgilangan laboratoriya mashg’ulotining uyushtirilish va o’tkazilishi
yuqorida bayon etilgan fikrlarga asoslanib uslubiy taxlil etiladi.
2.4.§ Fizikadan bo’lim bo’yicha takrorlash, umumlashtirish va muloqot darsi.
Muloqot kishilar o’rtasidagi aloqa, muomala munosabati jarayonidir.
O’quv jarayonidagilarga tadbiq etilgan xolda o’quvchilar orasidagi o’zaro muomala
munosabatidan iborat bo’ladi. Demak, o’qituvchilar va o’quvchilar o’zaro o’quv faoliyatiga
bog’liq bo’lgan aloqa va muomala munosabatlari jarayoni o’quv muloqoti bo’ladi.
O’quv muloqoti dars, darsdan tashqari mashg’ulotlarda, barcha tadbirlarda amalga
oshirilishi mumkin.
O’zaro munosabat ruxsat etilmaydigan xolatlarda kirish bitiruv va yakuniy yozma
ishlarida va boshqalarda, bu mustasnodir.
O’quvchi va o’quvchilar orasidagi muloqot o’quv jarayonida ko’p kuzatiladi. Bu muloqot
yakka (bir o’quvchi bilan) tig’izlashgan (birdan ortiq o’quvchi bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Muloqot davomiyliligiga qarab “qisqa muloqot” (5-minut) o’rtacha muloqot (5-10 minut)
va bir dars davomidagi “yakuniy muloqotlarga” ajratish mumkin.
O’quvchilarning o’zaro muloqoti darslarning barcha turlarida “o’tilgan darslarning
so’rash”, “yangi darsni mustaxkamlash” qsmlarida,seminar darsida “guruxcha” usulida
uyushtirilgan darslarida o’qituvchi ruxsati bilan amalga oshiriladi o’quv muloqotning og’zaki,
yozma va texnik mashinali kompьyuter, kalьkulyator va o’qitishning boshqa texnik vositalari
yordamida mumkin
Og’zaki o’quv muloqotda o’quvchilarga oddiy savol, test savoli, turli masala va
mashqlar, o’quv jixozlari va materiallari qismlari xodisa va jarayonlariga tegishli qonuniy
bog’lanishlar fizika yutuqlarining qo’llanishi sohasidagi ma’lumotlarni so’zlab berish xavola
etiladi.
26
Texnik (mashinali) usullarda esa kompьyuterlarda o’zgaruvchi va nazorat etuvchi dasturli
tizimlardan foydalanib, kino va videomagintafon lentalardan diopozitiv slayd va shaffof
lentalaridagi yozuv va chizmalardan foydalanib, barcha texnik o’quv ko’rgazmali qurollar qo’lda
yasalgan “yasama qurollar” uy anjomlari va mavzuga mos bolalar o’yinchoqlaridan foydalanib,
yassi ilmostrativ materiallardan radio va televideniyadan foydalanib amalga oshiriladi.
“O’zgarmas tok qonunlari” mavzusiga oid muloqot darsida muloqotning og’zaki va
yozma usulidan foydalanish mumkin.
“O’zgarmas tok qonunlari” mavzusiga oid savollari, modellar ko’rgazmali qurollar
yordamidagi muomalalar o’qituvchi tomonidan o’quvchiga beriladi va javob olinadi xuddi shu
savollar o’quvchilar orasida o’zaro hal etilishi mumkin.
Bu savollar va muammolarga tegishli tarqatma materiallar yordamida “qisqa yoki o’rta”
davomiylidagi yozma ishlar o’tkazish foydadan xoli emas.
“O’zgarmas tok qonunlari”ga oid muloqot darsida muloqot mazmuni bobni qamrab
olmog’i kerak. Bu darsda xam muloqotni og’zaki va yozma usullardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Bunday savollar oddiy savol, test savollari, rasmli savollari barcha ko’rgazmali
qurollarga tegishli savollar va shu savollar asosida tayyorlangan tarqatma materiallaridan iborat
bo’ladi.
Muloqot darslarini xavola etilgan tarzda uyushtirish bircha o’quvchilar olgan bilimlarini
nazorat etish va baxolashga, o’quvchilarning faollashtiruvchiga, fizikaga qiziqishini oshirishga,
chuqur va puxta bilib olishiga yordam beradi.
2.5.§ Fizikadan nazorat turlari va nazorat darsi.
O’quvchilar o’zlashtirishini nazorat etishidagi asosiy talab doimiy va uzluksiz bajarishda
xaqoniylikdir.
O’quvchilar bilimini, qobiliyatini va malakalarini nazorat qilish fizika o’qitishda asosiy
jarayon hisoblanadi.
Uning maqsadi o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qay darajada o’zlashtirilganligi,
aloxida o’quvchi va sinfning bilim va bilim qobiliyat xolatini aniqlashdan iborat. Bilimni,
qobiliyat va malakani nazorat qilish bir vaqtda takrorlash, chuqurlashtirish, mustaxkamlash va
bilimni sistemalashtirishdan iborat.
Nazoratning asosiy turlari quydagilardan iborat.
1. Og’zaki nazorat.
a) Yakka so’rash
b) Tig’izlashgan individual so’rash doskaga bir yo’la 2,3,4 kishini chiqarish va so’rash.
27
v) Yalpi (frontal) so’rash
g) Sinov (sinf bo’yicha “zachyot”)
2. Yozma nazorat.
a) Qisqa vaqtli (5-15 min.) yozma ishlar.
b) Yakuniy yozma ishlar (1-soatlik yozma ish, diktant, insho).
3. Bilimni programmalashtirilgan “dasturli” nazorati.
4. O’quvchi bilimi va qobiliyatini fizikadan og’zaki va yozma ishlar,
laboratoriya ishi natijalari bo’yicha xisobot praktikum ishi natijalari asosida ham nazorat
o’tkaziladi. O’zlashtirishni og’zaki tekshirish bilim va malakalarni tekshirishning eng
keng tarqalgan ko’rinishi bo’lib, u o’quvchilarning fikrlash jarayonini, mantiqiy
fikrlashning va uning nutqi rivojlanishini kuzatib borishiga imkon beradi.
Uning natijasida o’quvchi bilimidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo’lini
aniqlashiga imkon yaratadi.
Shu bois fizikaga vaqtdan unumli foydalanilgan xolda og’zaki so’rashni darsning ko’p
qismlarida amalga oshirish mumkin.
Bilim va malakalarni og’zaki tekshirish usulini yangi darsni mustaxkamlashda masala
yechish darsida laboratoriya va frontal tajribalar o’tkazishdan ilgari yakuniy takrorlashda
qo’llash yaxshi natija beradi.
So’rash uchun ajratilgan vaqtdan bog’liq xolda, o’qitish xolati va rivojlantiruvchi ta’lim
masalasini xal etishda og’zaki so’rashning yakka yalpi so’rash nazorat va sinov usullaridan biri
qo’llaniladi.
Nazorat natijalariga qarab o’quvchining o’zlashtirish darajasi “besh balli” tizimda yoki
reyting tizimi asosida ballar raqami yordamida baxolanadi.
Magistirlik dissertatsiya ishi mavzularini uslubiy taxlilida nazoratning barcha turlari
inobatga olinadi.
2.6.§ Fizika o’qitishda dars samaradorligini oshirishning ilg’or usullari.
“Pedagogik texnologiya” termini yoki iborasi hali barcha izohli lug’atlarga kirib
ulgurmagan bo’lsada, hatto kundalik pedagok nashrlarda keng qo’llanib kelinmoqda.
28
Pedagogik texnologiya-bu ta’lim jarayonini natijasi oldindan to’la belgilangan, o’ziga xos
ishlab chiqarish texnologik ta’limning ijobiy natijasining to’la kafolatlay oluvchi uslublar
majmuasi deb qaraladi.
Pedagogik texnologiya-bu ta’limni amalga oshiruvchi mas’ul shaxsning maqsadi
bo’lmay, balki ta’limni amalga oshirish maqsadida amalga oshiradigan tadbirlar, usullar
qo’llanilib kelingan. Bu borada har bir mashxur davlat arboblari va taniqli sarkardalarning
ta’lim-tarbiya va intizom haqidagi nizomlari va tuzuklari yaratilgan.
Pedagogik texnologiya o’qituvchining tajriba mohirlik darajasidan qat’iy nazar albatta bir
xil darajadagi ijobiy natijaga olib keluvchi metodik texnologiya majmuasidir. Pedagogik
texnologiya asosini- o’qitish metodlari va prinsiplari, xususan izchillik prinsiplari tashkil etadi.
Pedagogik texnologiya-bu o’qitish jarayonini izchil metodik tashkil etish, qo’llash,
bilimlarini sinab ko’rish va baholash, inson imkoniyatlarini va salohiyatini hisobga olish va
undan samarali foydalanishni tashkil qilish xamonaviy fan-texnika yutuqlari va kompyuter
texnologiyalari yutuqlaridan foydalanib, samaradorligini eng yuqqori darajaga ko’tarishdan
iborat jarayon tadbiridir.
Yapon olimi T.Sakomoto fikriga ko’ra “Pedagogik texnologiyalar- o’qitishda izchillik
yondashuvini qo’llashdir” izchil yondashish pedogogik texnologiyaning boshqa usullaridan
ajratib turuvchi asosiy belgisidir.
Pedagogik texnologiya dastlab AQSHda mashhur olim va pedogoglar B.Blum, D.Prajval,
N.Gronxund, J.Kerall, J.Blok, L.Anderson, A.F.Osborn, V.D.Gardon va boshqalar tomonidan
ishlab chiqildi va rivojlantirildi.
Pedagogik texnologiya pedogogika jarayoni natijasi kafolatlangan “ishlab chiqarish”
jarayoniga aylantirishni maqsad qilib olgan.
Yangi pedagogik texnologiyalarning metodlari ichida “aqliy hujum” usuli hozirgi
kungacha barcha pedogoglar va ixtirochilar tomonidan keng qo’llanilib kelinmoqda.
Aqliy hujum- ma’lum muammoni xal qilish uchun turli-ruman g’oyalarni umumlashtirish
va rivojlantirish usulidir.
A.F.Osborn fikricha tadqiqotchilarning ishini guruhga ajratish mumkin. Bir guruh
ishlarda g’oyalarni yaratish, ilgari surish va topa bilish qobilyatlari rivojlangan bo’lsa, boshqa
birlarida shu g’oyalarni tahlilini qilish uchun qobiliyatlarini yuqori bo’lishi aniqlanadi.
“Aqliy hujum” usulini quyidagi asosiy qoidalarga amal qilgan holda olib boradilar:
1. Muammoni aniq ko’rsatish;
2. Alohida miya hujimi olib borish;
3. Guruhda miya hujumini olib borish;
-berilayotgan barcha g’oyalarni yozib borish;
29
-fikrlarni navbati bilan nayon etish;
-berilayotgan g’oyalarni tanqid qilmaslik;
-har bir g’oyani muhokama qilish;
-o’zgalar g’oyalariga quloq solish, e’tibor berish.
-g’oyalarni ijobiy tahlil qilish.
4. Har bir g’oyani ijobiy tahlil qilish:
-aniqlab olish va yaxshi tushuntirish uchun;
-birlashtirish va asosini ajratib olish.
“Aqliy hujum” usulini rivojlantirish va takomillashtirishni Amerika olimi V.D.Gordon
“sinektika” deb ataluvchi uslubini taklif etdi.
Ixtirochilik vazifalarini hal etish notanish narsani tanish narsaga, odatdagi narsani
odatdan tashqari narsaga aylantirishga asoslanadi.
Notanish narsani tanish narsaga aylantirish- bu muammoni o’rganish va unga
tushuntirishdir. Qarama-qarshi jarayon yangi odatiy narsani odatdan tashqari narsaga aylantirish
4 ta o’xshashliklar yordamida amalga oshiriladi:
1. To’gri o’xshashlik;
2. Shaxsiy o’xshashlik;
3. ramziy o’xshashlik;
4. Hayoliy o’xshashlik.
G’arbda keng tarqalgan texnologiyalardan biri B.Blumning “Taksomaniya” deb ataluvchi
usulidir. Bu usulning ob’ektlar, hodisalarning tabiiy bog’lanishlarini hisobga olib ilyuslariga
ajratish va sistemalashtirishni anglatadi.
O’tgan asrning 90-yillarida novator pedagoglar ish usullari keng targ’ib qilindi, ularning
yutuq va kamchiliklari chuqur o’rganildi.
Bu usullar o’ziga xos o’sha davr uchun katta samara berishi kuzatildi. Novatorlarning ish
uslublari lokal ta’lim muassasalaridagina qo’llanildi va muvaffaqiyatga erishildi.
XX asrning 90-yillarida ittifoq matbuotda novator pedagoglardan Donetslik 5-
maktabning mashhur matematika fani o’qituvchisi F.V.Shatalovning birinchi kitobi “Uch
baholar qayoqqa va qanday qilib uo’qoldi” nomi bilan 1979-yili nashr qilindi. Uzoq yillar
qilingan mehnatlar ko’pchilikka o’z samarasini berdi.
Sh.A.Omanashvili 6-yoshli bolalarni o’qitishning “o’yinlar usuli”ni taklif etdi va shu usul
bilan mashg’ulotlar olib bordi.
Omanashvili baholash borasida zo’r kashfiyot qilgan. Masalan, o’quvchi matematik
misollarni ko’zi yumuq holda yechadi va o’qituvchisi kimni qachon rag’batlantirganini
ko’rmaydi. Har bir o’quvchi o’z vaqtida baholandim deb his qiladi.
30
Bu pedagogik ustalik chinakam pedagogik mahorat deb baholanishi mumkin.
V.F.Shatalov esa o’zining tayanch belgilari va tayanch konspektlari bilan Donetsdagi 5-
maktabda birinchi fanlarni samarali o’qitishda erishgan. Tayanch belgilari juda ixcham va
imkoni boricha kam sonli belgilar ishlatilgan holda foydalanadi. Tayanch belgilarni o’quvchilar
o’zlari ham tushunishlari mumkin.
Shatalov usuli faqatgina tayanch belgilar bilan cheklanmaydi. Ularning mantiqiy asosini,
mazmunini keng qamrovli bo’lishini ta’minlaydi. Tayanch belgilarini tuzatayotgan o’quvchilar
albatta mavzu bo’yicha anchagina bilimga ega bo’lishlari kerak bo’ladi.
I.T.Volkov esa asosan ulgurmovchi bolalar bilan shug’ullanadi. Volkovning usulida
o’quvchining shaxsiy qiziqishlari, layoqati o’quvchida rivojlantiriladi. O’quvchi har bir
tayyorlangan yoki bajargan ijodiy ishini “Hisob daftarchasi” ga yozib boradi. “Hisob
daftarchasi”dagi ijobiy taqrijlar o’quvchini yanada ijodga chorlaydi.
N.Ilinning adabiy darsida esa o’qimaydigan o’quvchining o’zi yo’q. Masalan,
o’quvchilarga o’qituvchi biror she’rni misralarini o’qiydi va ma’nosiga qarab muammoni
qo’yadi. Muammoni ustida o’ylanishga majbur bo’lgan o’quvchilar butun asarni goho esa shoir
yani yozuvchining to’la ijodini o’rganishga harakat qiladi.
Azorsk maktabining sobiq direktori M.T.Shattinin esa maktabni deyarli aktyorlik teatriga
aylantirishga muvaffaq bo’lgan.
O’quvchilar Nyuton va Platon davriga qaytishlari, o’sha davr liboslari va muhitida huddi
o’sha olimlar kabi fikr almashishlari va bahslashishlari kerak bo’ladi.
O’quvchilar o’sha olimlar davriga mos sahna bezaklariga, kiyim, bosh liboslariga
qiziqishi keskin ortadi, o’quvchilar o’zlari ijod qiladilar va dars o’tadilar. Mashg’ulotni o’tishda
barcha o’quvchi qatnashadi.
Yangi asr informatsion texnologiyalarning shiddati katta mashtabli rivojlanish bilan
boshlangan. Bu borada yetuk mutaxasislar, ayniqsa yangi boshlovchi tadqiqotchilar va axborot
texnologiyalarining o’rgatuvchilari ham uning tadqiqotiga va imkoniyatlariga yetib olish
mushkul ekanligini his etmoqdalar.
Axborot texnologiyalari texnik imkoniyatlari, intelektual salohiyati, ko’p qirraliligi bilan
lokal rivojlanishda jahon fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Lokal, alohida
davlatlar va ilmiy markazlarda raqobatni rivojlanishi keng ma’noda taraqqiy etish, o’sha
davlatning yoki markazning tom ma’nodagi gegamonligiga olib kelmoqda. Bunday taraqqiyot
har bir davlat va hatto har bir mutaxassisda doimo izlanishda bo’lishiga va shu taraqqiyot o’sishi
poygasida o’z o’rnini topa bilishni taqozo etmoqda.
Bunday raqobatni axborot texnologiyalarning barcha sohalarida kuzatilmoqda.
Kompyuter texnikasi imkoniyatlari tezligini, xotirasini va mobilligini doimo takomillashtirish
31
borasida rivojlangan davlatning shu soha mutaxassislari to’xtovsiz ish olib borib, kutilmagan
natijalarga, yutuqlarga erishmoqdalar.
Ikkinchi tomondan dasturlash muammolarni hal etish va bu sohaning cheksiz katta
imkoniyatlarini ham yanada chuqurroq o’rganilib, informatsion bozorda nihoyatda samarali
yangi biznesning rivojlanishiga ham olib keldi.
Uchinchi tomondan internet xizmati turlari kengayishi, rivojlanishi va mobillashuvi
jahonda fan va texnika hamda biznesning rivojiga katta turtki bo’ldi. Bu yutuqlarning barchasi
sanab o’tilgan sohalarda ko’zga ko’rinib turgan muvaffaqiyatlarga olib kelishi bilan ta’lim va
tarbiya sohasida ham keng imkoniyatlarni yaratdi.
Ta’lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishda dastlab EXM ning qo’llanishi juda qiyin
va sekin sodir bo’lgan bo’lsada, keyingi yillar ichida axborot texnologiyalarining ta’limga
integratsiyasi keskin kuchaydi.
Pedagogik texnalogiya tushunchasi, har bir pedagog tomonidan xususiy yondashish
asosida idrok qilinmoqda. Pedagogik texnalogiya ta’limining ijobiy natijasini oldindan to’la
kafolatlay oladigan metodlar, usullar va tadbirlar majmuasidir. Pedagogik texnalogiyani yaratish
va ta’limni qo’llashdan maqsad esa, ta’limning samaradorligini oshirish, oson o’qish va oson
o’qitishni yo’lga qo’yishdan iboratdir. Bu borada klassik pedagoglar, bashariyat allomalari
qanday fikrda bo’lgan? – degan savol tug’iladi. Albatta inson yaratilganidan boshlab, ta’lim va
tarbiyani samarali amalga oshirish borasida izlangan va muammolarni xal etib kelgan. Ta’lim
samaradorligini oshirish borasida sharq va g’arb mutafakkirlarning qator durdona asarlarini
sanab o’tish mumkin. Yu.X.Xojibning “Qutadg’u bilig” asari, Qobusnoma, Temur tuzuklari,
Navoiy “Xamsa”si, “Boburnoma” kabi durdonalar shular jumlasidandir. Biz bugun ta’limda
keng qo’llayotgan ta’limning 10 dan ortiq printsiplari va ta’limning asoslari shu tasarlarda ishlab
chiqilgan.
17 asrda yashagan buyuk texnologiya pedagogi Ya.O.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari
esa g’arb pedagogikasida o’ziga xos buyuk asar sifatida bugungi kunda ham o’z qiymatini
yo’qotgani yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |