Alisher navoiy nomidagi samaqand davlat universiteti



Download 11,53 Mb.
bet5/8
Sana01.04.2017
Hajmi11,53 Mb.
#5861
1   2   3   4   5   6   7   8

Preparat mikroskop orkali karalganda tog’ay, tog’ay usti pardasi bilan Koplanganligi yaxshi ko’rinadi. Togay usti pardasi zich shakllanmagan asl biriktiruvchi to’qimadan iborat. Tog’ay usti pardadan keyin to’gay tukimaning yosh hujayralari – xondroblastlar joylashgan. Xondroblastlar asta – sekin xondrositlarga aylanadi. Xondrositlar izogen gruppa qatlamini xosil kiladi. Xar bir izogen gruppada 2-tadan 8-tagacha hujayra bo’lishi mumkin. Preparatda tolalar kurinmaydi, ammo asosiy, ya’ni amorf modda zich joylashgan bo’lib, yaxshi ko’rinadi.






17-rasm. Gialin tog’ayi (I.V.Almazovdan).

1-tog’ayustiparda, 2-yosh tog’ay usti hujayrasi,

3-to’liq shakllangan tog’ay hujayrasi, 4-izogen guruh
Preparat: Elastik tog’ay (18-rasm).

Elastik tog’ayining tuzilishi umuman gialin tog’ayining tuzilishiga uxshaydi. Ammo elastitk tog’ayining hujayralararo moddasida kollogen tolalariga nisbatan elastik tolalari ko`p mikdorda bo’ladi. Mikroskop orqali qaralganda elastik tolalari chigallashgan ipchalarga uxshab kora rangda kurinadi. Togayning chuqurrok qatlamida elastik tolalar yugonrok va ko`prok buladi. Chetki yuza kismlariga yakinlashgan sari ingichka shaxobchalarga tarmoklanib boradi. Hujayralari to’qimaning chetki yuza qatlamlarida yassi, kichik bo’lib, yakka-yakka xolda joylashadi. Chuqurrok qatlamdagi hujayralar esa yirikrok bo’lib, izogen guruxlarini xosil qilib joylashadi.




18-rasm. Elastik tog’ay (I.V.Almazovdan)

1-tog’ayusti parda, 2-elastik tola, 3-tog’ay hujayralari,

4-izogen guruh.
Preparat: Tolador tog’ay (19-rasm).

Tolador tog’ay to’qimaning tarkibida kollogen tolaning mikdori ko`p bo’lib, bir tomondan payga, ikkinchi tomondan gialin tog’ayiga o’xshash bo’ladi. Preparat mikroskopning kichik obyektivi ostida karalganda kollogen tolalar yugon va uzun tutamlarni xosil kilib zich joylashganini ko’rish mumkin. Tolalar orasida tog’ay hujayralar yakka-yakka bo’lib kator tuzilib yotganligi kuzga anik ko’rinadi. Kam mikdorda izogen gruppalarini ham ko’rish mumkin.



19-rasm. Tolador tog’ay. (I.V.Almazovdan)

1-tog’ay hujayrasi, 2-tolalar
Sinov uchun savollar

1.Tog’ay to`qimasi qanday tuzilgan?

2.Tog’ay to`qimasi hujayralari va hujayra oralik moddalari qanday tuzilgan.

3.Tog’ay turlari haqida gapiring.

4.Tog’ay to`qimasi organizmning kaysi qismlarida uchraydi?

7-Mashg’ulot
Mavzu: Suyak to’qimasi
Mashgulotning maqsadi : Suyak to’qimasiining tuzilishini urganish.

Reja: 1. Suyak to’qimasiining tarkibiy tuzilishi.

2.Suyak to’qimasining hujayralari

3.Naysimon suyaklarning gistologik tuzilishi

4.Suyak to’qimasi gistogenezi



Kerakli jihozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qullanmalar, amaliyot darsi uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.
Suyak to’qimasi tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar tutadigan biriktiruvchi to’qima bo’lib, suyak skeletining asosiy struktura komponenti hisoblanadi. U mexanik vazxifalariga ko’ra boshqa biriktiruvchi to’qimalardan farq qiladi, ya’ni umurtqali hayvonlar (odam) skeletining tashkil etad, gavda tuzilishini tashkil etadi, harakat funksiyalarini yuzaga chiqaradi (chunki ularga ko’ndalang yo’lli muskullar birikkan bo’ladi). Ximiyaviy-biologik jihatdan esa suyak to’qimasi organizmda mineral moddalar almashinuvi balansini ta’minlab turadi va hokazo. Uning hujayralararo moddalari tarkibida ko’p miqdorda kalsiy tuzlari va ftor elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzining 97% suyak to’qimada uchraydi.

Tirik organizmning suyak to’qimasida mineral elementlarning miqrodi doim o’zgarib turadi. Bunday o’zgarishlarga, odatda, birinchidan, organizm yoshining ulg`ayib borishi, kundalik qabul qilinadigan ovqat tarkibi, ikkinchidan, nerv sistemasining ichki sekresiya bezlarining unga ko’rsatadigan ta’siri sabab bo’ladi. Suyak to’qimasi ham boshqa biriktiruvchi to’qimalarga o’xshab asosan suyak hujayralardan va hujayralararo moddalardan tarkib topgan.

Suyak to’qimasining hujayralari. Demak, suyak to’qimasi hujayralari bajaradigan fiziologik vazifasi va morfologik tuzilishga ko’ra uchga bo’linadi: ostioblast, ostiosit va ostioklast hujayralar.

1.Ostioblast hujayralar kam tabaqalangan bitta yadroli suyak hosil qiluvchi hujayra bo’lib, suyak to’qimasi hujayralararo moddasi bilan asosiy modda uchun kerakli moddalarni sintez qilib beradi. ostioblast hajayralar tabaqalangan suyak to’qimasida, uning singan yoki tiklanayotgan joylarida ko’p uchraydi. Barcha skelet suyaklari ustini qoplab turuvchi suyak ustki pardasi tarkibida doimo bo’ladi. Shakli kubsimon yoki burchaksimon. Sitoplazmasining periferik qismida yumaloqyoki ovalsimon yadrosi bo’ladi. Har bir hujayra yadrosi bitta yoki bir nechta yadrocha bo’ladi. Elektron mikroskopda ko’rilganda tarkibidagi organoidlardan tioxondriy, enoplazmatik to’r va Goljikompleksi yaxshi ko’rinib turadi. Bundan tashqari, sitoplazma qismida ko’plab RNK va yuqori aktivlikka ega bo’lgan ishqoriy fofataza uchraydi. Bular to’qimada mineral tuzlar almashinuvida ishtirok etadi. Organizmning embrional rivojlanishi davrida ostioblast hujayralar mezinxema hujayralaridan hosil bo’lib, so’ng embrion skeletining rivojlanishida aktiv ishtrok etadi. Shu bilan birga to’qimada sodir bo’ladigan fiziologtk va reforativ regenerasiya jarayonlarini ham ta’minlaydi. Ostioblast hujayralar asta-sekin ostiositlarga aylanishi ham mumkin.

2. Ostiositlar yetilgan, yuqorida darajada tabaqalangan, suyak to’qimasining asosini tashkil etuvchi hujayralar jumlasidandir. Atrofi hujayralararo moddasi bilan o’ralgan. Har bir hujayra hujayralararo moddada hosil bo’lgan bo’shliqlarda joylashgan. Ostiositlar yassilashgan yumaloqyoki ovalsimon shaklda bo’lib, atrofidan kanalchasimon bir nechta o’simta chiqargan. Yonma-yon joylashgan hujayra o’simtalari bir-biri bilan tutashgan bo’lib, to’qimaga to’rsimon shakl beradi. Hujayra o’simtalari hujayralararo moddada joylashgan bo’lib, shu yo’l orqali to’qimaning ichki qismiga oziq modda kiradi. Ishdan chiqqan yoki qarigan to’qimma kanalchalarida oziq moddalar ko’rinmaydi. Ostiositlar joylashgan bo’shliqlarning devoridagi hujayralararo modda tarkibida, odatda, tuzlar yig`ilmaydi. Eskm adabiyotlarda tog`ay hujayralarning kapsulasiga o’xshatib, uni ham suyak hujayrasining kapsulasi deb atashgan va o’ziga xos mustahkam tuzilishiga ega bo’lgan deb tushinishgan. Lekin elektron mikroskop yordamida olib borilgan tadqiqod ishlari shuni ko’rsatdiki, haqiqatdan ham kapsulada mineral tuzlaryig`indisi bo’lmas ekan, kapsula devoridagi modda, to’qimaning boshqa qismidagi tuzlarga boy moddalarga nisbatan, aksincha, yumshoq tuzilishga ega ekan. Shuning uchun kapsula mikroskopda yaltirab ko’rinar ekan. Ostiositning ochroq bo’yalgan sitoplazmasi markazida, odatda, bitta to’q bo’yalgan yadro bo’ladi. Organoidlardan mitoxondriy ko’p uchraydi. Golji komplesi ham uncha rivodlanmagan. Ostiositlar to’qima faoliyatida deyarli ativ ishtirok etmaydigan, to’qimada stabil holatda joylashgan hujayralardir. Ayrim yosh ostiositlar ko’payish xususiyatiga ega. To’qimaning hujayralararo moddasi tarkibidagi mineral tuzlar almashinuvida ishtrok etadi.

3. Ostioklast hujayralar tog`ay va suyak hujayralarini buzish xususiyatiga ega. Boshqa suyak hujayralaridan ancha yirik (50-90 nm), noto’g`ri shaklda bo’lib, ko’p yadroli hujayralar qatoriga kiradi. tarkibida 3-10 tagacha yadrosi bo’lishi mumkin. Hujayralararo moddaga tegib turgan tashqi membranasida sitoplazmatik o’simtalarga o’xshash, ingichka ichak epiteliysi mikrovorsinalarini eslatuvchi ko’p miqdordagio’simtalarga ega. O’simtalar ichida ko’p miqdorda lizosomalarga o’xshash vakuolalar uchraydi. ular hujayra membranasi orqali tashqariga, ya’ni hujayralararo moddaga chiqib, uni shiddat bilaneritadi. Shu yo’l bilan ostioklast hujayralar to’qimaning rivojlanishini, o’sishi va tikolanishini ta’minlaydi.

Ostioklast hujayralar sitoplazmasining markazi asosan bazofil, ya’ni to’q bo’yaladi, periferik qismlari oksifil, ya’ni ochroq bo’yaladi. Hujayra o’simtalarining ichidagi lizosomalarda gidrolitik fermentlar ko’p. Mitoxondriylarning soni ham ko’p. Donali endoplazmatik to’r donasiz endoplazmatik to’rga nisbatan oz. Lizosoma bilan vakuolalar ko’p miqdorda bo’ladi. Ostioklast hujayralarning hujayralararo moddasi bilan tutashgan joylarida mayda bo’shliqlar yoki lakunalar hosil bo’ladi. Ostioklast hujayralar normal fiziologik holatda atrofdagi hujayralararo moddalarga karbonat angidrid chiqaradi, u yerda karbonat angidrid suv bilan birikib karonat kislota hosil qiladi:

SO2 +N2O=N2SO3

Natijada kalsiy tuzlari erib, oraliq moddaning organik strukturasi buziladi.

Ko’rinib turibdiki, ostioklast hujayra suyak to’qimasining embrional va postembrional rivojlanishi davrida va regenerasiya jarayonlarida o’ziga xos muhim vazifalarni bajaradi.



Suyak to’qimasining hujayralararo moddasi struktura tuzilishiga ega va tarkibiy kompanentlariga ko’ra tog`ay to’qimasining oraliq moddasiga deyarli o’xshaydi, ya’ni hujayralararo moddaning tarkibi suyakning asosiy moddasi bo’lgan ossiomukoid tolachalar va har xil anorganik tuzlardan iborat. Ossein yoki ossiokollagen nomi bilan ataluvchi tolachalar siyrak biriktiruvchi to’qima tarkibidagi kollagen tolachalarga o’xshagan va suyak to’qimasining 20-40% ni tashkil etadi. Osseomukoid ham tog`ayning asosiy moddasi-xondromukoidga o’xshaydi. Asosan, glyukoproteidlardan, ya’ni oqsillarning uglevodlar bilan birikishidan hosil bo’lgan hamda gidradlangan nordon sulfatlangan mukopolisaxaridlardan tashkil topgan. Suyak to’qimasinioyatda qattiq bo’lishiga qaramasdan tarkibida nisbatan ko’p miqdorda suv bo’ladi. Aniqroq qilib aytganda, mazkur to’qimaning 50% ni suv, 15,7% ni yog`, 12,45%ni organik moddalar va 21,85% ni har xil tuzlar tashkil qiladi. Suyak to’qimasining qattiq bo’lishiga asosiy sabab uning tarkibida kollagen (fidril) va mineral tuzlarning ko’pligi ham ular birikmasining mustahkamligidir. Agar to’qima tarkibidagi anorganik moddalar (masalan, kalsiy tuzi) dekalsinasiya usulida eritib ajratib olinsa, unda to’qimaning gistologik tuzilishini saqlab turuvchi organik birikmalarning o’zigina qoladi. Natijada suyak qattiqlik xususiyatini yo’qotib, yumshoq tortib qoladi. Odatda suyak to’qimadan gistologik preparat tayyorlashda uning shu xususiyatidan foydalaniladi. Chunonchi, bir parchasuyak bo’lakchasi 5% li sulfat kislotaga 8-24 soat mobaynida solib qo’yilsa, yuqorida ta’riflangan hodisa ro’y beradi. Suyak to’qimasini kuydirish yo’li bilan tarkibidagi organik moddalar ajratib olinsa, u holda suyak o’z shaklinisaqlab qoladi, lekin mo’rt bo’lib qolib, oson maydalanib ketadi.

Tajribalardan ham ko’rinib turibdiki, suyak to’qimasining qattiqligi faqat organik va anorganik moddlarning o’zaro birikishidan yuzaga keladi. Suyak to’qimasida kollagenlashgan protofibrillalar (ya’ni fibrillalarning asosini tashkil etuvchi elementlar) har xil yo’nalishda joylashgan bo’ladi. Masalan, ular hujayralarning atrofida tartibsiz holada joylashgan bo’lsa, atrofidagi kalsiy tuzlari ko’p joylarda esa bir-biriga nisbatan zich bo’lib parallel bog`lamchalar hosil qilib joylashadi.

Tolachalarning qalinligi yosh organizmlarda 100 A0 dan 600 A0 gacha keladi. Katta odamda ularning qalinligi 1600 A ga teng. Suyak to’qimasi mineral moddasining qalinligi 15-75 A0, uzunligi 1500 A0. Shakli nina uchiga yoki plastinkasimon zarrachalarga o’xshash gidroksiapatit kristallaridan tashkil topgan.

Organizm rivojlanishi davrida suyak to’qimasida kalsiy tuzlarining yig`ilishidan oldin to’qima fibrillalari hosil bo’ladi, ular orasiga tuzlar yig`iladi va bir-biri bilan mustahkam birikadi.

Suyak to’qimasining hujayralararo moddasiga ko’p miqdorda ovalsimon bo’shliqlar bo’lib, ularda suyak hujayralari joylashadi. Bo’shliqlarning uzunligi 22-25 mk, eni 6-14 mk, qalinligi 4-9 mk ga teng. Bo’shliqlarning to’qima ustki pardasi olinib, metilen ko’ki bilan bo’yalsa yaxshi ko’rinadi. Bo’yalgan preparatlarda hujayra bo’shliqlari bilan ularni bir-biri bilan tutashtirib turgan kananalchalar ham yaxshi ko’rinadi. Suyak bo’shliqlari va kanalchalarinig devorlari boshqa qismlariga nisbatan ko’proq bo’yalgan asosiy modda bilan qoplangan. Bu yerda suyakning asosiy moddasi tog`ay hjayrasining kapsulasiga o’xshash ancha zich joylashgan, uni suyak bo’shlig`ining kapsulasi deyiladi.

Kollagen tolachalar hujayralararo moddaning qayerida va qanday yo’nalishda joylashganligiga qarab suyak to’qimasi: dag`al tolali suyak to’qimasi va plastinkasimon suyak to’qimasiga bo’linadi.

Dag`al tolali suyak to’qimasi ko’proq embrion skeleti suyaklarini tashkil etadi. katta organizmda esa kalla suyaklari chekklarining yuzalarida, paylarning suyaklarga birikadigan joylarida uchraydi.tuban umurtqalilardan baliq amfibiyalarning skelet suyaklari, asosan, dag`al suyak to’qimasidan tashkil topgan. To’qimada tolachalar yirik dag`al bog`lamchalar hosil qilib, har tomonlama yo’nalgan bo’ladi va oddiy mikroskopda ham yaxshi ko’rinadi. Dag`al suyak to’qimasining hujayralararo moddasida lakunalar hamda mayda mikroskopik chuqurchalar ko’p uchraydi, ularda to’qima hujayralari- ostiositlar joylashgan bo’ladi. Bundan tashqari, biriktiruvchi to’qimaga to’lgan bo’shliqlar ham ko’p. Suyak to’qimasining ustini suyak ustki pardasi o’rab turadi.

Plastinkasimon suyak to’qimasi murakkab tuzilgan bo’lib, skelet suyaklarining talaygina qismini tashkil etadi. Plastinkasimon suyak to’qimasining asosiy qismi suyak plastinkalaridan iborat (nomining atalishiga e’tibor bering). Suyak plastinkasi ossein (kollagen) tolachalardan va ular oralig`idagi mineral tuzlarga boy amorf moddadan hamda suyak hujayrasidan tashkil topgan.

Plastinkalardagi donachalar, odatda, bir-biriga nisbatan zich parallel joylashib. Bir tomonga yo’nalgan bo’ladi. Qo’shna plastinkalarda esa aksincha, tolachalar teskari tomonga yo’nalgan bo’lib, shu bilan suyakning tuzilishini qattiqlikni ta’minlab turadi. Yassi va naysimon skelet suyaklarining g`ovak va zich qismlari platinka shakllaridan tashkil topgan. Plastinkasimon suyaklarining gistologik tuzilishi (naysimon suyakning diafiz qismi misolida) katta organizmlarda ikki xil shaklda uchraydi: siyrak va kompakt (zich) suyaklar. Bularning ikkalasi ham, odatda, plastinkasimon suyak to’qimasidan tashkil topgan.

Plastinkasimon g`ovak (kovak) suyak to’qimasi, odatda, yupqa suyak plastinkalaridan tashkil topgan. Plastinkalar bir-biri bilan kesishib joylashishi natijasida hosil bo’lgan bo’shliqlar ichida qizil ko’mik va kapillyar tomirlar joylashgan.



Naysimon suyaklarning gistologik tuzilishi.

Plastinkasimon kompakt (zich) suyak to’qimasida suyak plastinkalari nioyatda tartibli, naysimon suyak o’qiga (bo’ylamasiga) parallel holda joylashgan. Qon tomirlari atrofidagi suyak plastinkalari silindir shaklda joylashgan. Har bir qon tomir atrofida 5-15 tagacha suyakplastinklar joylashishi mumkin. Suyak pastinkalarining oralarida suyak hujayralari yotadi. Bitta qon tomir atrofida joylashgan suyak plastinkalari kompleksiga ostion yoki Gaversov sistema deyiladi. Naysimon suyak ko’ndalangiga kesib ko’rilganda ostionlardan bir nechtasiko’zga tashlanadi, ya’ni nechta qon tomir bo’lsa, har birining atrofida bittadan ostion ko’rinadi. Ostionlar bir-biriga nisbatan yaqinjoylashgan, oralaridagi bo’shliqlarida oraliq yoki qo’shimcha suyak plastinkalari bor. Naysimon uzun suyaklarda suyak plastinkalari bir necha shaklda uchraydi. Ular joylashishiga qarab to’rtga bo’linadi:

1) tashqi umumiy yoki ulkan plastinkalar; 2) o’rta ostion plastinkalar; 3) oraliq yoki qo’shimcha plastinkalar; 4) ichki umumiy yoki ulkan plastinkalar.

Tashqi umumiy yoki ulkan plastinkalar. Suyak to’qimasida uchraydigan hamma ostion va boshqa qismlarin tashqi tomondan o’rab turadi. Bir necha doiracha bo’lib joylashgan, aytarli zich bo’lmagan suyak plastinkasi qavatidan iborat. Yuqori tomondan suyak ustki pardasi ichki qavati bilan bevosita chegaralanib, undan to’qima ichki qismiga qarab tolachalar va oziq modda olib keluvchi qon tomirlar kanalchalari o’tadi.

O’rta ostion plastinkalari asosan qon tomir kanalchalarining atrofida doiracha bo’lib joylashgan plastinkalardan tashkil topgan, o’rtasidan ostion kanal o’tadi.

Oraliq yoki qo’shimcha plastinkalar to’qo’imad uchraydigan barcha ostionlar, ya’ni Goversov sistiyemasi oralarini to’ldirib o’tadi.

Ichki umumiy yoki ulkan plastinkalar pstki tomondan, ya’ni suyak kanali tomondan xuddi tashqi umumiy bosh plastinkalarga o’xshab har tomonlama o’rab turadi.

Bundan tashqari, naysimon suyak kanali devorida ham bir necha qavat suyak plastinkasi bo’lib, ichki yuzasi kollagen tolachalardan tashkil topgan va yupqa parda - endost bilan qoplangan.

Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, suchk to’qimalarining dag`al tolali va plastinkasimon turlaridan tashqri, yana dentinoid tkri ham bor, u morfologik tuzilishi jihatdan tubdan farq qiladi. uning eng xarakterli tomoni - bag`rid hujayralararo modda bo’lmaydi. Yuksak darajada rivojlangan hayvonlar bilan odamda bu to’qima faqat tishda bo’ladi (tishning dentin qavati deganda mana shu suyak to’qima turi tushuniladi). Tuban hayvonlarda bunday suyak to’qimasi skelet t suyaklarinitashqi tomondan qoplab turadi. qazilmalardan topilgan qadimgi tuban hayvonlar qoldiqlarida ham ana shunday to’qima bo’lganligi fanga ma’lum.
Suyak to’qimasi gistogenezi

Suyak to’qimasi asosan ikki yo’l bilan rivojlanadi. Birinchisida u organizmning embrional rivojlanishi davrida embrionning mezenxima to’qimasi hujayralaridan hosil bo’lsa, ikkinchisida suyak to’qimasi tog`ay to’qimasidan hosil bo’ladi. Shuni aytib o’tish kerakki, ikkala holda ham suyak to’qimasining rivojlanishida mezenxima hujayralari birlamchi material bo’lib xizmat qiladi. Tog`ay to’qimasining o’zi ham aslida boshlang`ich davrda mezenximadan kelib chiqadi.

Buni yuqorida ko’rib o’tgan edik. Suyak to’qimasining asosiy moddasini esa suyak hujayralari ishlab chiqaradi.
Suyak to’qimasining mezenximadan rivojlanishi
Suyak to’qimasi organizmning embrional rivojlanishi davrida embrionning kam tabaqalangan mezenxima hujayralaridan paydo bo’ladi. Bu hodisa bilan atroflicha tanishamiz.

Ma’lumki, dastlab plastinkasimon suyaklarga nisbatanoddiy tuzilishga ega bo’lgan dag`a suyak to’qimasi paydo bo’lib, so’ng u aasta-sekin suyak plastinkasiga aylanadi. Bungacha mezenximaning suyak to’qimasi hosil bo’ladigan hujayralar shiddat bilan bo’linadi. Bo’lingan hujaralar bir-biridan uzoqlashib ketmay, qattiq birikma homil qiladi. Shu bilan bir vaqtdaular oralig`ida boshlang`ich hujayralararo modda ham yig`ila boshlaydi. Shu moddadan keyinchalik tabaqalanishi jarayoni natijasida kollagen tolachalar hosil bo’lib, ularning zichlashib qattiqlashishi oqibatida suyak plastinkalari hosil bo’ladi. Oraliq moddaning ko’payishi natijasida suyak hujayralari bir-biri bilan o’simtalari orqali tutashgan holda picha uzoqlashadi. So’ng asta-sekmn asosiy modda tarkibida (assimukoid) paydo bo’lib, to’qima tolachalarini bir-biriga zich yopishtiradi va nioyat attiq modda (massa) shaklanadi. Shakllanmagan suyak to’qimasining periferik qismidagi mezenxima hujayralaridan ostioblast hujaralar paydo bo’lib, ular ham shiddat bilan bo’lina boshlaydi. Bo’linish natijasida hosil bo’lgan hujayralar suyak plastinkasining tashqi tomniga joylasha boshlaydi. So’ng bo’linishdan to’xtab asta sekin ostiositlarga aylanadi va yana mezenxima hujayralaridan hosil bo’lgan ostioblastlar ko’payib, boshqa suyak hujayralari qatlamini hosil qiladi. Shunday qilib, asia-sekin suyak plastinkalari qavatlari hosil bo’ladi.

Suyak to’qimasining oraliq moddasi hosil bo’lishida ostioblast hujayralari asosiy rolt o’ynaydi. Ostioblast hujayralar, odatda, ikki qismdan tarkib topgan. Birinchisi tashqi - periferik qismi bo’lib, uni ektoplazma deyiladi. ikkinchisi ichki qismi, buni endoplazma deyiladi. Entoplazma qismi, odatda, asta-sekin hujayralardan ajralib chiqib oraliq modda hosil qiladi, so’ng uning orasida mineral tuzlar va boshqa kamponentlar yig`ilib, qattiq modda hosil qiladi. Ntijada suyakning oraliq moddasi hosil bo’ladi. Bu jarayon suyak to’qimasining embrional rivojlanishi davrida nioyatda shiddat bilan boradi.
Tog`aydan suyak to’qimasining rivojlanishi

Umurtqali hayvonlarda embrional va postembrional rivojlanish davrida tog`ay to’qimasidan suyak to’qimasi hosil bo’lishi jarayonini uzun naysimon suyaklar misolida juda yaxshi o’rganish mumkin. quyida bu hodisani chuqurroq ko’rib chiqamiz.

Ma’lumki, embrional rivojlanishning boshlang`ich davrlarida, ya’ni uning ikkinchi oyidan boshlab bo’lajak uzun naysimon suyaklar o’rnida gialin tog`ay to’qimasidan suyakning dastlabki elementlari paydo bo’la boshlaydi. Tog`ay ustki pardasida joylashgan xondroblast va ichidagi xondrosit hujayralar hisobiga tog`ay shiddatli ravishda rivojlanish jarayoni kechadi. Bu davrda tog`ay tarkibida glikogen moddasi ko’p bo’lib, asta-sekin suyak to’qimasiga aylanishi bilan uning miqdori kamayib boradi va oxirida tugaydi. Rivojlanishning boshlang`ich davrida tog`ay ustki pardasida intensiv ravishda qon tomirlar rivojlanib, suyakning kam tabaqlangan ostioblast hujayralari paydo bo’la boshlaydi. Ostioblast hujayralar asta-sekin suyak atrofini o’rab olib, dastlabki dag`al suyak to’qimasini vujudga keltiradi. Suyak to’qimasi rivojlanishining bu davriga tog`a to’qimasining suyak to’qimasiga aylanishining dastlabki davri deyiladi.

Keyinchalik ostioblast hujayralridan ostiosit hujayralar va hujayralararo modda hosil bo’la boshlaydi. Bunday yo’l bilan tog`ayning suyakka aylanish jarayoni suyakning diafiz qismidan boshlanib, asta-sekin epifiz qismiga o’tadi. Tog`ay ustki pardasi ham asta-sekin suyak ustki pardasiga aylanadi. Suyak to’qimasi rivojlana borgan sari murakkablashib boradi. Uning orasiga ostiositlar bilan birga ostioblast hujayralar ham kirib boradi. Ostioblast hujayralar tog`ay hujayralarining suyak hujayralariga aylanish jarayoni tezlashtiradi. Shunday qilib, diafizdan boshalb epifiz tomon kechayotgan suyak to’qimasi hosil bo’lishi jarayoni natijasida suyakning to’qima qavati qalinlashib boradi. Suyak plastinkalari va ostionlar, ya’ni Gaversev sistemalariga yuzaga keladi.

Postembrional davrda ham 23-25 yoshgacha diafiz va epifiz chegaralarida tog`ayning suyak to’qimasiga o’tishjarayoni davom etadi. organizmda o’sish jarayoni to’x’tamaguncha bu jarayoni to’xtab, hamma tog`ay to’qimasi suyakka aylanib bo’ladi. Shu davrda paydo bo’lgan barcha dag`al suyaklar ham plastinkasimon suyaklarga butunlay aylanib bo’ladi. Shu bilan organizmdagi o’sish jarayoni to’xtaydi. Dag`al suyaklar skelet suyaklarining ayrim qismlaridagina qoladi.
Preparat: Naysimon suyakning ko’ndalang kesimi (20-rasm).

Suyak to’qimaning ham sirti tog’ay singari biriktiruvchi to’qimadan iborat parda-periost bilan qoplangan. Naysimon suyaklarning ichi kavak bo’lib, unda illik joylashadi. Suyakning mana shu ilikda qaragan ichki yuzasi ham biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lgan parda bilan qoplangan bo’lib, u endost nomi bilan ataladi.

Preparat mikroskopning kichik obyektivi ostida karalganda gaversiv kanallarining kundalang kesimi kuzga tashlanadi. Preparatda bu kanalchalarning devori konsentrik xolda joylashgan plastinkalardan tashkil topganligi ko’rinadi. Gaversiv sistemasi osteon deyiladi. Osteonlar muayyan tartibda joylashib, suyakning asosiy massasini tashkil etadi. Preparat mikroskopning katta obyektiviga o’tkazib karalganda bir qancha qatlam b’olib joylashgan tashki va ichki suyak plastinkalarini ko’rish mumkin. Suyak plastinkalari kator tizilgan suyak hujayralaridan iboratligi yaxshi ko’rinadi. Bulardan tashkari preparatda suyak hujayralarining bir-biri bilan tutashib ketgan sertarmok usimtalari yaxshi k’orinadi. Gaversiv kanalchalarining ichida suyak to’qimasini oziqlantiruvchi qon tomirlari va nerv tolalari joylashadi.


20-rasm. Naysimon suyakningg ko’ndalang kesimi. (I.V.Almazovdan)

1-gaversiv tizim, 2-gaversiv tizim kanali, 3-suyak hujayralari.
Preparat: Naysimon suyakning bo’yiga kesimi (21-rasm).

Bu preparatni mikroskopning kichik va katta obyektivlari ostida karalganda suyak plastinkalari orasida kator tuzilib yotuvchi suyak hujayralarini va ularning bir biri bilan tutashib ketgan sertarmok usimtalarini ko’rish mumkin. Gaversiv kanallari buylama kesilganligi tufayli ular uzun naychalar shaklida kurinadi.



21-rasm. Naysimon suyakning buyiga kesimi (I.V.Almazovdan).

1-gaversiv kanali, 2-suyak hujayralari.
Preparat: Tog’ay to’qimadan suyakning rivojlanishi (22-rasm)

Embrion tarakkiyoti davrida dastlab bo’lajak naysimon suyaklar o’rnida gialin tog’ay shakllanadi. Tog’ay bo’lajak naysimon suyak shaklida bo’lib, keyinchalik uning diafiz kismida suyaklanish jarayoni boshlanadi. Nay shaklidagi tog’ayda suyaklanishda dastlab suyak usti pardasining ostki tomoning diafiz kismida boshlanadi. Xosil b’olgan suyak moddasi diafezni xuddi belbog’ singari o’raydi. Bu jarayon prixondral suyaklanish deb ataladi.

Tog’ay diafizdan xar ikkala epifiz tomon suyaklanib boradi. Shu sababli preparatda suyaklanishning turli boskichlari ‘oz ichiga olgan murakkab jarayonni kurish mumkin, yoni diafiz kismida shakllana boshlagan suyak moddasi, epifiz tomon esa yemirilayotgan tog’ay va undan keyin normal tog’ay zonalari k’oinadi.

Preparatni siljitib, tog’ayning ichki tomonni qarasak tog’ay hujayralarining qator-qator b’olib tuzilib yotganini ko’ramiz. Hujayralarining bu ko’rinish ustma-ust yotgan tangachalar ustuniga uxshaydi. Shuning uchun ham bu qatlam hujayralari ustunchalar zonasi deb ataladi. Yemirilayotgan tog’ay ustunchalarining urnida ham ichki suyak xosil bo’la boshlaydi. Bu jarayon enxondral suyaklanish deb ataladi.



22-rasm.Tog’ay to’qimadan suyakning rivojlanishi (I.V.Almazovdan).

1-gialin tog’ayi, 2-suyak to’qima, 3-tog’ayusti parda.
Preparat: Suyakning mezenximadan rivojlanishi (23-rasm)

Miya qutisining qoplovchi suyaklari embrionning tarakkiyoti davrida mezenximadan shakllanadi. Dastlab qoplovchi suyaklar xosil bo’ladigan joyda mezenximadan shakllanadi. Dastlab qoplovchi suyaklar xosil bo’ladigan joyda mezenxima hujayralari ko`payib, zich xolda joylashadi. Preparatda mezenximaning orasida eozin buyog’i bilan to’k pushti ranga bo`yalgan suyak tusinlarining chetida osteoblast deb ataluvchi suyak hujayralari bir kator bo’lib, tizilib yotadi. Suyak moddasi xosil bo’la borishi davomida osteoblastlar ana shu yangi xosil bo’layotgan suyak moddasiga ko’shilib qoladi va asta-sekin osteoblastlar osteositlarga aylanadi. Preparatda suyak tusinlari ichida osteositlar yaxshi ko’rinadi. Mezenximaning ichida kundalangiga kesilgan qon tomirlarini ko’rish mumkin.





23-rasm .Suyakning mezenximadan rivojlanishi.(K.A.Zufarovdan).

1-mezenxima hujayralari, 2-qon tomiri, 3-suyak to’qini yoki oroli.

Sinov uchun savollar

1.Suyak to`qimasi qanday tuzilgan va organizmda qanday vazifalarni bajaradi?

2.Suyak to`qimasi hujayralari qanday tuzilgan?

3.Suyak to`qimasi hujayra oralik moddalari qanday tuzilgan?

4.Naysimon suyakning tuzilishini aytib bering.

5.Suyak to`qimasi tarakkiyoti qanday yuzaga chikadi?



8-Mashg’ulot
Mavzu: Muskul to’qimasi
Mashgulotning maqsadi : Muskul to’qimasiining tuzilishini urganish.

Reja: 1.Muskul to’qimasiining tarkibiy tuzilishi.

2. Skeletning ko’ndalang yo’lli muskul to’qimasi tuzilishi.

3.Silliq muskul toqimasining gistologik tuzilishi.

4.Yurak muskul to’qimasining tuzilishi.



Kerakli jihozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qullanmalar, amaliyot darsi uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.



Download 11,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish