Alisher navoiy nomidagi samaqand davlat universiteti



Download 11,53 Mb.
bet4/8
Sana01.04.2017
Hajmi11,53 Mb.
#5861
1   2   3   4   5   6   7   8

Mezenxima to’qimasi embrion tanasida uchraydi. Preparat mikroskopning kichik obyektivi ostida kuzatilganda siyrak xolida joylashgan yulduzsimon mezenxima hujayralari kurinadi. Ularning orasida amorf modda buladi. Mezenxima hujayralari turli uzunlikdagi usimtalari yordamida bir-biri bilan tutashib sinsitiy xosil kiladi. hujayra yadrolari yumalok shaklida bulib xromatinga boy buladi. Bulardan tashkari mezenxima hujayralari orasida limfositlar va qon tomirlarini uchratish mumkin.


Retikulyar to’qima to’qima biriktiruvchi to’qimalar qatoriga kirib, to’rsimon tuzilishga ega. Asosan retikula hujayra va retikula tolachalaridan tashkil topgan. Hujayralari tolachalari bilanbirikkan holda bo’lib, tolalar tartibsiz yo’nalishdagi organlar asosini tashkil qiladi. Qizil iliq va limfa tugunlarida hamda ichakning shilimshiq qavatida, buyrak va boshqa organlarda retikulyar tola asosini kollagen mikrofibrillar tashkil etgan bo’lib, ustini murakkab uglevod moddalar qoplab turadi. shuning uchun bu tolacha osmiy kislotani o’ziga yaxshi singdiradi.

Retikulyar to’qima organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Qon hosil qiluvchi organlarda qonning shaklli elementlarini yaratadi. Retikulyar to’qima bir joydan o’tayatgan qon va limfa tomirlarida uchraydigan organizm uchun yot bo’lgan oqsillarni vamikroblarni tutib, ya’ni makrofaglarga aylanib fagositoz qilish va ularga qarshi antitela ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Odatda, retikulyar to’qima tarkibida (limfa tuguni misolida ko’rsak) limfositlar ko’p bo’lganligi tufayli retikulyar tola va hujayra yaxshi ko’rinmaydi. Shuning uchun kesmada limfositlar yo’q yoki kam joylarni topib, katta obyektivda kuzatish mumkin.


Preparat: Retikulyar to’qima (11-rasm).


11-rasm. Retikulyar to’qima (Z.S. Kasnelsondan).

1-retikulyar hujayralar, 2-shakllanayotgan kon hujayralari,

3-retikulin tolalar
Retikulyar to’qima retikulyar, gemositoblast, fibroblast hujayralari va retikulin tolalarining yigindisidan iborat. Preparat limfa tugunidan tayyorlangan. Uni mikroskopning kichik obyektivi ostida karab limfa tugunining yorug joyralari topiladi. Keyin preparat katta obyektiv ostiga olinadi. Unda hujayralari yulduzsimon shaklga yega ekanligi va bir-biri bilan usimtalari orkali tutashib retikulyar to’qimani

xosil kilish ko’zdan kechiriladi. Hujayralarining sitoplazmasi och pushti ranga bo`yalgan bulib, yumalok shaklga ega buladi. Bu hujayralarning orasida gemositoblast hujayralarini va retekulin tolalarini ham kurish mumkin.



12-rasm)'>Preparat: Siyrak tolali asl biriktiruvchi to’qima (12-rasm).

Preparat terining derma qatlamidan tayyorlangan. Mikroskopning kichik obyektivi ostida karalganda aloxida-aloxida yotgan fibroblast va gistiosit hujayralari anikrok kurinadi. Fibroblastlar sertarmok yirik hujayralar bulib, anik kurinadi. Yadrosi loviya shaklli, xromatin donachalari kam buladi. Gistiositlar xajmlarining kichikligi yadrosining tuk bulib, buyalishi bilan fibroblastlardan fark kilib turadi. Kollagen tolalari yugon tugri yoki tulkinsimon tasmalar shaklida, elastik tolalari esa ingichka, tarmoklangan, bir-biri bilan kesishib tur shaklida

joylashgan ipchalar xolida kurinadi.


12-rasm. Siyrak tolali zich biriktiruvchi to’qima (K.A. Zufarovdan)

1-fibroblast, 2-gistiosit, 3-kollagen tola, 4-elastik tola.
Preparat: Zich tolali biriktiruvchi to’qima (13-rasm).

Preparat payining kundalang kesimidan tayyorlangan. Mikroskopning kichik obyektivi ostida karalganda tolalari tutam-tutam bulib joylashganligi yakkol kuzga tashlanib turadi. Hujayralari tolalarining orasida kisilib kolganligi seziladi.

Tolalari birinchi, ikkinchi va uchinchi tutamlarni xosil kiladi. Tutamlarini siyrak tolali asl biriktiruvchi to’qima parda shaklida urab turadi.



13-rasm. Zich tolali

biriktiruvchi to’qima (V.G.Yeliseyevdan)



1-birlamchi tutam, 2-ikkilamchi tutam, 3-uchlamchi tutam,

4-hujayralar, 5-tolalar.
Sinov uchun savollar
1.Biriktiruvchi to`qimalarga kaysi to`qimalar kiradi?

2.Mezenxima to`qimasi kanday tuzilgan?

3.Retikulyar to`qima organizmning kaysi kismlarida uchraydi?

4.Siyrak biriktiruvchi to`qima kanday tuzilgan va organizmning kaysi kismlarida uchraydi?

5.Zich biriktiruvchi to`qimasi tuzilishini aytib bering.

Qon
Qon odam va xayvon organizmida muxim ahamiyatga ega bulgan muxim

to’qimalardan biridir. Kon gistostrukturasi jixatidan hujayralar va plazmadan iborat. Qon haqida gapirganda qon yaratuvchi a’zolar-ko’migi limfa tugunlari, taloq haqida ham gapirishga to’g`ri keladi. Bularni alohida ajratib o’rganish mumkin emas, chunki istasangiz-istamasangiz biri haqida gap borganda ikkinchisini ham qisqacha bo’lsa ham tilga olib o’tishga tug`ri keladi. Qon hayvonlarda bo’lsin, odamda bo’lsin doim harakatlanib turadi. Shu harakati jarayonida uning tarkibi doim o’zgarib turadi. Shu jihatdan qaraganda, qon yaryatuvchi organlardagi qonning tarkibi bilan tomirlarda aylanib yurgan, ya’ni periferik qonning tarkibi o’rtasida biroz farq bo’ladi.

Qo’sh, qon o’zi nima, u nimadan paydo bo’ladi? Ma’lumki, organizmning embrion rivojlanishi davrida ektoderma, entoderma va mezodermadan tashqari, ular oralig`ida mezenxima deb ataluvchi embrion to’qimasi ham rivojlanadi. Kelajakda mazkur to’qimadan bir qator yangi to’qimalar rivojlanadi. Binobarin, qon va limfa ham ana shu mezenxima hujayralaridan rivojlanadi.

Mezenxima hujayralari, odatda, protoplazmatik o’simtalarga o’xshash bir nechta o’simtalari bilan o’zaro tutashib, to’rsimon shaklda tuzilgan. Bularning hammasi kamtabaqalangan hujayralar qatoriga kiradi. Hujayralarning orasini yarim suyuqlik holatida bo’ladigan modda to’ldirib turadi. Mezenximaning turli qismlaridagi hujayralarning ko’payishi va tabaqalanishi embrionda har xil to’qimalar rivodlanishiga olib keladi. Bular jumlasiga qon va limfa, ularning tomirlari, shaklli elementlar hamda suyuqliklari kiradi. Qon va limfaning boshqa biriktiruvchi to’qimalardan farqi organizmning ichki muhitini ta’minlashda ishtirok etishdir. Embrion rivojlanish davrida oldin qon tomirlar sistemasi, so’ng limfa sistemasi paydo bo’ladi. Qon va limfa o’zining tarkibiy tuzilishi jihatidan bir-biriga o’xshash moddalardir. Masalan, qon asosan suyuq plazma va unda erkin suzib yurgan shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfa tomirlari o’z suyuqligini qon tomirlarga quyib, uni har tomonlama to’ldirib turadi (limfa haqida tegishli paragrafga qarang). Qon organizm uchun muhim bo’lgan bir necha xil vazifalarni bajarishi hammaga ma’lum. Shulardan birinchisi uning trofik (oziqlantiruvchi) vazifasi bo’lib, ichaklardan qonga so’rilgan barcha oziq moddalarni organizmga tarqatib beradi va to’qimalarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan chiqindi moddalar organizmdan tashqariga chiqarilishini ta’minlaydi.

Ikkinchisi, organizmda gazlar almashinuvi (nafas) jarayonini ta’minlaydi, ya’ni qon o’pka pufakchalari (al’veolalari) dan kislorod biriktirib olib, organldar to’qimalariga tarqatadi va u yerdan karbrnat angidrid gazini olib, o’pka orqali tashqariga chiqaradi. Bu vazifani asosan qizil qon tanachalari-eritrositlar bajaradi.

Uchinchisi, organizmda himoya vazifasini bajaradi. Bu vaifani bajarishda qon tarkibidagi bir nechta elementlar ishtirok etadi. Masalan, qonning oq qon tanachalari-leykositlar fagositoz xususiyatiga ega, ya’ni organizmga tashqaridan tugan har xil mikroorganizmlarni qamrab olib, parchalab yuboradi. Kasallik tufayli nekrozga uchragan, organizm uchun yot moddalarga aylangan hujayralarni yutadi. Qonning ba’zishaklli elementlari har xil immunitet hosil qiladi. Qonning mana shu xususiyati tufayli organizm sog`lom bo’ladi.

Bundan tashqari, qon organizmda bir nechta gumoral vazifvani ham bajaradi. Ekdokrin va nerv sistemasi bilan birga u organizmning ichki turg`unligini (muhitini), ya’ni gomeostazini saqlab turishda ham ishtirok etadi.

Qon tuzilishiga ko’ra ikki qismiga bo’lib o’rganiladi: suyuq qismi-plazma va unda erkin suzib yuruvchi shaklli elementlar-eritrositlar, leykositlar va qon plastinkalari- trombositlar. Qon plazmasi hajmi jihatidan qonning 55-60% ni, shaklli elementlari 40-45%ni tashkil etadi. Qonning umumiy massasi odam organizmining taxminan 7% ni tashkil etadi. Masalan, massasi 70 kg keladigan odamda taxminan 5-5,5 l qon bo’ladi.



Qon plazmasi. Plazmaning 90% suv, 10%-ni qolgan ximiyaviy moddalar tashkil kiladi, bundan 7% oksil, 3% boshka organik va anorganik moddalardan iborat. Plazma al’fa, betta va gamma globulinlar,al’bumin, lipoproteidlar va fibrinogen oksillari uchraydi. Oksillardan tashkari plazmada aminokislotalar, karbon-suvlar, yoglar xar-xil tuz birikmalari garmonlar,fermentlar, siydik va siydik kislotasi va suvda erigan gazlar uchraydi. Plazma konning suyuk kismini tashkil kiladi. Unda kon hujayralari erkin suzib yuradi. Kon hujayralariga eritrositlar, leykositlar va trombositlar kiradi.

Eritrositlar. Eritrositlar - qizil qon tanachalari qon shaklli elemenilarining eng ko’p qismini tashkil qiladi. Ularning soni, odatda, erkaklarda 1 mm3 qonda 5-5,5 mln bo’lsa, ayollarda 4,5-5 mln, yosh organizmlarda ular soni nisbatan ko’p bo’ladi. Odam katta bo’lgach, bu miqdor odatdagi darajaga tushadi va organizm qarigan sari uning miqdori yana ortib boradi, tarkibidagi gemoglobin miqdori esa yoshlarnikiga nisbatan kamayadi. Eritrositlar har xil fiziologik holatlarda va kasalliklarda oshib yoki kamayib turishi mumkin. Eritorositlarning soni umurtqali hayvonlarning yashash sharoitiga, jinsi, yoshiga va yil fasliga qarab o’zgarib turadi. Har xil his va tuyg`ular natijasida va jismoniy harakat vaqtida eritrositlar soni ko’payadi. Ular miqdorining bunday o’zgarib turishi organizmning moslashish xususiyatidan kelib chiqadi. Har bir eritrosit, masalan, odamda 3 oydan ortiq yashaydi. Organizmda jigar, taloq va terida qon depolari bo’lib, u yerda hamma vaqt eritrositlar mavjud bo’ladi va kerak vaqtida qonga chiqarib turiladi. Eritrositlar gazlar almashinuvini, qon plazmasidagi ionlar munosabatni boshqa rishda, lgikoliz jarayonida, ya’ni uglevodlarning parchalanishida, tonsinlarning adsorbilanishida ishtirok etadi, viruslarni tutib qolish kabi vazifalarni bajaradi. Eritrositlarning gazlar almashinuvidagi vazifasi organizmni kislorod bilan ta’minlash va karbonat angidridni tashqariga chiqarishda namoyon bo’ladi. Umurtqali hayvonlar eritrositlarning tarkibida kislorodni o’ziga tez qabul qilib olish xossasiga ega bo’lgan nafas pigmenti - gemoglobin bo’ladi. Qon o’pka pufakchalaridan (alveolalarida) o’tar ekan, eritrositlar gemoglobini xuddi magnitga o’xshab kislorodni o’ziga tortib oladi va hujayralarga yetkazib beradi.

Eritrositlar, odatda, nihoyatda ixtisoslashgan bo’lib, rivojlanish davrining oxirgi pog`onlarida yadro va boshqa organoid hamda hujayra kiritmalarini o’zidan tashqariga chiqaradi. Sitoplazmasi faqat qonga qizil rang berib turuvchi gemoglobin moddasi bilan to’ladi, bo’linish xususiyatini yo’qotadi. Amofibiyalarda va parrandalarda (baqa va tovuqlarda) eritrositlar tarkibida yadrolar oxirigacha saqlanib qoladi, binobarin, ularning eritrositlari yadroligicha qoladi.

Umurtqali hayvonlarda va odamda (tuya va lamalardan tashqari) eritrositlarning shakli deyarli yumaloq, ikki tomoni botiq disk shaklida bo’ladi. Ularning bunday morfologik tuzilishi fiziologik jihatdan katta ahamiyatga ega, gemoglobin o’ziga kislorodni tez qabul qilib, organizm talabini yetarli darajada kislorodga qondiradi. Eritrositlar juda elastik xususiyatiga ega bo’lib, o’z diametridan kichik diametrli kapellyar tomirlardan shaklini o’zgartirgan holda bemalol o’tib ketaveradi. Ayrim tuban umurtqalilarda eritrositlar shakli ovalsimon, tuxumsimon yoki ikki tomoni qavariq, bo’rtiq bo’lishi ham mumkin. Eritrositlarning diametri har xil bo’ladi. Masalan, tovuqlarda 12 mk, filda 8-10 mk, echkida 4, qo’yda 4,3, odamda 7,5 mk ga teng. Shuni ham aytib o’tish kerakki, umurtqalilarda eritrositlarning diametri ularning umumiy vazniga qarab o’zgarmaydi. Tuban umurtqalilarda ham eritrositlarning diametri har xil bo’lishi, ya’ni yirik-mavyda bo’lishi mumkin. Sutemizuvchilarda, odatda, mayda, tuban xordalilarda ancha yirik, ayniqsa, proteyalarda 58 mk bo’ladi. Bitta eritrositning satxi 128 mk2 ga; odamning 5,5 l qonilagi eritrositlarning umumiy satxi 3700 m2 ga teng.

Zamonaviy sekunt elektron mikroskop yordamida erirositlarning nozik tuzilishi yaxshi o’rganib chiqilgan. Shundan ma’lumki, eritrositlar sitplazmasining qalinligi 20 nm ga teng bo’lib, uning tashqi yuzasida fosflipaza, kislota, adsorbsiya qilingan proteinlar, ichki yuzasida esa glikolitik fermentlar, natriy va kaliy, glikoproteitlar va gemoglobin topilgan. Eritrositlarning membranasi tanlab o’tkazish xosasiga ega bo’lib, o’zidan natriy, kaliy, kislorod va karbonat angidridni o’tkazadi.

Eritrositlarning ximiyaviy tarkibi: 60% suv, 40% quruq moddadan tashkil topgan. Quruq moddaning 95% ni gemoglobin, 5% uning qobig`i (stromosi) va boshqa lar tashkil etadi. Bitta eritrosit vaznining 32,5 % ni gemoglobin moddasi tashkil etadi. organizmdagi barcha gemoglobinning massasi taxminan 800 g ga teng. ma’lumki, gemoglobin murakkab oqsillarga kirib, uning oqsil qismi - globin, oqsil bo’lmagan qismi - gemindir. Ular tarkibida temir bo’lib, protoporsirinlar guruhiga kiradi. Nemoglobin o’pkaga kirgan kislorod bilan tezda birikib, oksigemoglobinga aylanadi. O’zidagi kislorodni to’qimalarga berib, u yerdan karbonat angidridni olib karboksigemoglobinga aylangan holda uni o’pka orqali tashqariga chiqarib yuboradi. Eritrositlarda qondagi karbonat angidridning 1/3 qismi bo’ladi. Eritrositlar, odatda, romanovskiy-Gimza (zozin va bo’yoqlarnng aralashmasi)

usuli bilan bo’yab o’rganiladi. Qon surtmalarining fiksasiyasi etil va metil spirtlar yordamida bajariladi. Bunda eritrositlar ko’zga yaxshi ko’rinib turadi. odatda. Qonda 5% atrofida yosh gemoglobin bo’ladi. Ularning sitoplazmasida to’rsimon donachalar bo’lib, bularni retikulositlar deyiladi. Ular endoplazmatik to’r bilan ribosomalarning qoldig`idir.

Eritrositlar tarkibida gemoglobin bo’lgani uchun islotalibo’yoqlarda oksifil bo’yaladi. Qonda kam o’chraydigan yosh eritrositlar tarkibida gemoglobin kam bo’lganiligi usun kislotali bo’yoqlarda yaxshi bo’yalmaydi, aksincha, ishqoriy bo’yoqlarda bazofil bo’yaladi. Bunday eritrositlarga polixromatofil eritrositlar deyiladi. Umuman, eritrositlarning har xil bo’yoqlarga polixromatofiliya deyiladi.

Sutemizuvchilarda eritrositlar har xil tashqi va ichki ta’sirga sezgir bo’ladi. Ayniqsa, qonda osmotik bosimning o’zgarishi ularga kuchli ta’sir qiladi. Masalan, 0,9% li osh tuzli izotonik eritma eritrositlar chun normal hisoblanadi. Gipotonik eritmalarda eritrositlar suvni o’ziga tortib shishib ketadi, natijada ular yorilib, gemoglobin tashqariga chiqadi. Bunday holatga gemoliz deyiladi. Gemoliz faqat nepotonik eritmada emas, balki boshqa moddalar (xloroform, spirt va ilon zahari) ta’sirida ham sodir bo’lishi mumkin. aksincha, gipertonik eritmada eritrositlar o’zidan suvni tashqariga chiqarib yuborib, burishib qoladi, bunga plazmoliz deyiladi. ikkala holatda ham eritrositlarning fiziologik faoliyati buziladi.

Eritrositlarning umri o’rtacha 110 kun, erkaklarda - 126 kun, ayollarda 90 kun. Ma’lum bo’lishicha, organizmda har kuni 200 mln ga yaqin eritrositlar nobud bo’lib, yemirilib turadi. ularning o’rnini yangi eritrositlar egallaydi. Eritrositlar emirilishi natijasila gemoglobin globin va geminga ajraladi. Bunda ajralib chiqqan temir elementlarini yangi hosil bo’lgan eritrositlar o’zida qabul qilib oladi va undan o’z faoliyatida qayta foydalanadi.

Leykositlar. Leykositlar - oq qon tanachalari qonninng shaklli elementlaridan biri. Uni birinchi marta 1673 yili A. Levinguk aniqlagan. Ular protoplazmatik o’simtalari orqali amyoba shaklida surilib yurish xususiyatiga ega. Morfologik tuzilishi va bajaradigan fiziologik vazifasiga ko’ra ham bir-biridan farq qiladi. Leykositlarning soni har xil hayvonlarda har xil: 1 mm3 qonda 3 mingdan 18 mingacha bo’ladi, qushlarda 30 mingdan ham oshadi. Yosh bolalarda ulaning soni 1 mm3 qonda 10-12 ming kattalarda 6-8 ming. Leykositlarning soni o’zgarib turadi, masalan, ovqatlanishdan va jismoniy harakatdan keyin ko’payishi mumkin. Shuning uchun analizga olinadigan qonni, odatda, nahorda olinadi. Bordi-yo’ leykositlarning soni 1 mm3 qonda 10 mingtaga o’zgarsa, uni odatda fiziologik o’zgarish deyiladi, patologik holat deb tushinilmaydi. Ayrim vaqtlarda, masalan, og`ir kasalliklarda leykositlarning soni undan ham ko’payib ketadi, ularning bunday holatiga leykositoz deyiladi, kamayi ketishiga esaleykopeniya deyiladi. Leykositlar aktiv harakat qilib kuchib YO’rish xususiyatiga ega, ya’ni soxta oyoqchalari bilan harakatlanib, qon tomirlardan atrofdagi biriktiruvchi to’qimalarga chiqib, u yerdagi patologik earayonlarda ishtirok etadi. ular harakatining tezligi harorat, rN ga bog`liq. Leykositlarning yeng muhim vazifalaridan biri, YO’qorida aytib o’tilgandek, organizmga tushgan yot moddlarni yoki mikroorganizmlarni o’ziga qamrab olib, uni pachalab YO’borishdir. Uning bu ishi fagositoz deyiladi.

Leykositlar mikroorganizmlarga ikki xil: bakteriostatik va bakteriosit ta’sir ko’rsatadi. Birinchisida leykositlar tarkibidagi fermentlar yordamida miroorganizmlarni to’la qamrab olib, parchalab YO’boradi, ikkinchisida esa ularni chalajon qilib, kasallik keltirib chiqarish xususiyatini yo’qotadi. Bundan tashqari, leykositlar gumoral vazifani bajararkan, immunitet hosil bo’lishida ham ishtirok etadi.

Umurtqali hayvonlar va odamda leykositlar sitoplazmasida donachalari bor yoki yo’qligiga qarab ikki guruhga bo’linadi. Birinchisi, donador leykositlar-granulositlar, ikkinchisi donachasiz leykositlar-agranulositlar. Lkykosit donachalari kislotali (zozin) bo’yoqlar bilan tekis bo’yalsa, zozinofil leykositlar,donachalari ishqg`oriy (azur) bo’yoq bilan bo’yalsa, bazofil leykositlar,kislotali va ishqoriy bo’yoq bilan bo’yalsa, neytrofillar deyiladi. Donachasiz leykositlar limfosit va monositlarga bo’linadi.

Donador leykositlar - granulositlar. YO’qorida aytib o’tilandek, donador leykositlar - granulositlar o’z navbatida neytrofil, zozinofil va bazofillarga bo’linadi. Quyida ularni birma-bir ko’rib chiqamiz.



Neytrofil leykositlar qonda leykositlarturining yeng ko’p qismini , ya’ni jami leykositlarning 65-75% ni tashkil qiladi. Neytrofillar asosan YO’maloq shaklda bo’lib, daimetri 7-15 mkm ga teng. sitoplazmasida joylashgan mayda donachalar bo’lib, ular ochroq bo’yalgan. Elektron mikroskopda yaxshi ko’rinadi. Hujayra markazida joylashgan yadrosi ishqariy bo’yoq ilan yaxshi bo’yaladi. Yadrolarning shakli hujayra shakliga qarab har xil. Yosh neytrofillarning yadrosi tayoqchaga o’xshagan bo’lgani uchun tayoqchasimon yadroli neytrofillar deyiladi, ular jami leykositlarning 3-5% ni tashkil etadi. Yosh hujayralar yetila borishi bilan bug`imlar hosil qiladi. Har bir bo’g`im juda ingichka, ko’zga ko’rinmaydigan elementlar bilantutashgan bo’lib, ularga bo’g`im yadroli leytrofillar deyiladi. Neytrofillar leykositlarning 60-65% ni tashkil etadi. Odatda, neytrofil leykositlar yadrosining shakliga qarab ularning yoshini aniqlash mumkin. Neytrofil leykositlar tarkibida proteoltik fermentlardan sitoxromoksidaza, ishqoriy fosfataza hamda aminokislotalar, lipidlar va glikogen borligi aniqlangan. Neytrofil leykositlar organizmiga tushgan mikroorganizmlarni va kasalliklarda hosil bo’ladigan chiqindi moddalarni qamrab olib, pachalash xususiyatiga ega. Ana shu fagositoz qilish xususiyatiga qarab ularga mikrofaglar degan nom berilgan.

Shuni ham aytish kerakki, har xil umurtqalilarda neytrofillarning soni, shakli va ichki tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Masalan, mushuk qrnidagi neytrofil leykositlar donachasi juda ham mayda bo’lib, katta obyektivda ham deyarli ko’rinmaydi. Odatda ular qizg`ish rangga bo’yaladi. Otlarda va kavsh qaytaruvchi hayvonlarda esa neytrofil donachalar kislota va ishqroiy buyoqqa bo’yaladi. Uy quyonlari bilan qushlarniki kislotali bo’yoqqa (eozinga) bo’yaladi. Shuning uchun neytrofil leykositlarni faqatbo’yalishiga qarab ajratish umurtqali hayvonlardan aniq ma’lumot bermaydi.

Neytrofil leykositlar soni patologik va fiziologik holatlarga qarab o’zgarishi mumkin. Chunonchi, yallig`lanish jarayonida, jismoniy harakat vaqtida, homilador ayollarda uning soni ortib boradi.

Eozinofil (asidofil) leykositlar qondagi leykositlar umumiy miqdorining 2-5% ni tashkil etadi. Boshqa donachala leykositlarga nisbatan ular ancha yirik bo’lib, daimetri 9-14 mk ga teng. Sitoplazma vaqtidagi donachalar boshqa granulositlarning donachasiga nisbatan ancha yirik, bir tekis joylashgan donachalar bo’lib, zozin va boshqa kislotali bo’yoqlarda yaxshi bo’yaladi. Otlar qonidagi zozinofil leykositlar ancha yirikligi bilag farq qiladi. Romanovskiy bo’yog`ida qizil rangga bo’yaladi.

Eozinofil donachalarning shakli yumaloq yoki ovalsimon bo’lib, boshqa leskosit donachalaridan ancha yirik, diametri 0,7-1,3 mk ga teng. Ularning donachalari oddiy mikroskopning kichik obyektivida ham yaxshi ko’rinadi. Ular lipoidlardan (oqsil moddalardan) tashkil topgan. Donachalar tarkibida fosfor, temir, oksidlanish va qaytarilish jarayonida ishtirok etadigan fermentlar uchraydi. Elektron mikroskopda olib borilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, sitoplazma qismida yaxshi rivojlangan endoplazmatik to’r, Golji kompleksi, hujayra markazi va mitoxondriylar bor ekan. Eozinofil yadrosi hujayra markazida joylashgan bo’lib, odatda, ikkita, ba’zida esa uchta segmentdan tashkil topgan, ular ingichka belbog`chalar yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Eozinofil leykositlar ham sukrilib ko’chish xususiyatiga ega. organizmning kasallangan joylarida ko’plab uchraydi. Fagositoz xususiyatiga ega. Organizmda har xil zaharli ta’sirida intoksikasiya bo’lganda ularning aktivligi yanada ortadi. eozinofil ba’zi bir yuqumli kasalliklarda ham aniqlangan. Masalan, gijja kasalliklarida, allergik holatlarda va organizmga yog` oqsillar tushib qolganida uldarning qondagi miqlori birmuncha ko’payadi. Hayvonlarda buyrak usti bezi olib tashlanganida zozinofiliya bo’lishi ko’zatiladi. Aksincha, qalqonsimon bez olib tashlanganida esa uning kamayishi, ya’ni eozinopeniya sodir bo’ladi.



Bazofil leykositlar umuiy leykositlarning 0,52% ni tashkil etadi, diametri 6-10 mk. Bazofillar qushlar qonida boshqa umurtqalilardagiga nisbatan ko’proq bo’ladi, yadrosi boshqa granulositlarga nisbatan ancha och bo’yaladi, bo’g`imlari deyarli ko’rinmaydi. Sitoplazmasida intensiv ravishda ishqoriy bo’yoqqa to’q bo’yalgan yirik donachalarni ko’ramiz. Donachalari suvda tez eriydi, organizmdagi vazifasi yaxshi o’rganilgan emas. Rentgen nuri hamda toksinlar ta’sirida ko’payadi, yangi bazofillar yuzaga keladi.

Donachasiz leykositlar - agranulositlar. Donachasiz leykositlar morfologik tuzilish va vazifasiga ko’ra donachali leykositlardan farq qiladi. Hujayra markazida bitta yumaloq yadrosi bor. donachali leykositlarga o’xshash senmentlari yoki donachalari bo’lmaydi. Odatda, kam miqdordabo’lib, sharoitga qarab tuzilishini o’zgartirib turadi. Ayrim vaqtlarda fagositoz vazifasini bajaradi. Donachasiz leykositlar bemalol qon tomirlardan tashqariga chiqib, u yerdagi biriktiruvchi to’qimalarga kiradi. Qonda uch xil: limfosit, plazmosit va monositlar shaklida bo’ladi.



Limfositlar oq qon tanachalari orasida ko’p tarqalganlar qatoriga kiradi. Miqdori har xil umurtqalilarda turlicha. Ayrim suiemizuvchilar va qushlarda limfositlar umuiy leykositlar miqdorining 40-60% ni tashkil qilsa, yirtqich toq tuyoqlilarda 20-40% ni tashkil etadi. Limfositlar ko’pchilik umurtqali hayvonlarda va odamda leykositlar umumiy miqdorining 25-35% ni tashkil etadi, shakli yumaloq, o’rtacha diametri 7-10 mk. Yirik-maydaligiga qarab-yirik, va mayda limfositlarga bo’linadi. Ular orasida eng ko’p uchraydigani 60% ni, o’rtachasi-33% ni va yirigi 1% ni tashkil etadi. Mayda va o’rtacha limfoyitlar yadrosi to’q bo’lib, mirkoskopda yaxshi ko’rinadi. Yirik limfochitlarda yirik, oavlsimon bo’ladi. Limfositlar kam tabaqalangan hujayralar qatoriga kiradi va boshqa hujayralarga aylanib, organizmda ulardagi gistiosit, makrofag va gemositoblastlar hosil bo’ladi. Sitoplazamasida orgonoidlarning hammasidan uchraydi. Limfosito’rtacha 3-6 kun yashaydi. ular yirik-maydagidan tashqari, T - limfosit va V - limfositlarga bo’linadi.

T-limfositlar ayrisimon bez-timus ichida timositlar deyilsa, undan siqqandan so’ng yana T-limfositlar deyiladi. Bular organizmda immunitetning saqlanishida ishtirok etadi, fagositoz qilish xususiyatiga ega.

V-limfositlar nomi qushlarning lmifoid organi hisoblangan burs fabrisius degan ngomdan olingan bo’lib, birinchi marta u shu organdan topilgan. V-limfositlar ham immunitetni ta’minlashda ishtirok etadi. o’zidan maxusu oqsil-antitelo ishlab chiqarib organizmnibakteriyalardan va yuqumli kasalliklardan saqlaydi. Uning antitelo ishlab chiqarishi T-limfositlar tax’sirida yuzaga keladi. Odatda, yuqumli kasallikdan tuzalayotgan odamlarda limfositlar soni ortib ketadi, kasallikning boshida esa kam bo’ladi.

Plazmositlar ayrim V-limfositlarning tabaqalanishi jarayonida hosil bo’ladigan hujayralardir. Ular suyak ko’migi, taloq, limfa tugunlari va siyrak biriktiruvchi to’qialar tarkibida uchraydi. Hamma leykositlarning 1% ni tashkil etadi. Bu hujayralar ham yumaloq shaklda bo’lib, diametri 8 mk ga teng. Yadrosi ovalsimon, yekssentrik joylashadi. Endoplazmatik to’rning yuksak darajada rivojlanishi hujayraning immun oqsillari, ya’ni gamma-globulin ishlab chiqarish bilan bog`liq. Ayrim vatqlarda qondagi globulin oqsilini ham ishlab chiqarishi bilan bog`liq.

Monositlar (qon makrofaglari) donachasiz leykositlar orasila eng yiriklari hisoblanadi, diametri 20 mk ga teng. Qondagi leykositlarning 5-8% ni tashkil etadi.Yadrosi yirik, loviyasimon yoki yumaloq bo’lib, siyrak tuzilishga ega, xromatindan tashkil topgan. Sitoplazmasida barcha orgonoidlar uchraydi. Fagositoz qilish xusuiyatiga ega. Organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi.

Monositlardan bir qator hujayralar hosil bo’ladi. Masalan, siyrak biriktiruvchi to’qimadagi gistiosit hujayralari, ayrim makrolfoglar, jigarning kuffer hujayralari, sotioklast, mikrogliya va boshqalar shular jumlasidandir.

Qon plastinkalari-trombositlar. Qon plastinkalari-trombasitlar qonda har xil shaklda bo’lishi mumkin. Ko’proq yumaloq yoki ovalsimon shaklda ko’rinadi. Agglyutinasiya, ya’ni parchaoanish xususiyatiga ega. O’lchami 2-3 mk ga teng. umumiy miqdori 1 mm3 qonda 200-300 mingga yetadi. Har qaysi plastinkasi gialomer va granulomer (xromomer) donachachlaridan tashkil topgan. Gialomerlar plastinkaning asosini tashkil etsa, granulomerlar mayda donchachalar shaklida uning markazida bo’ladi yoki tarqalib joylashadi. Romanovskiy bo’yog`i bilan bo’yalganida gialomer oqish-havo rangga bo’yaladi. Granulomer (donachalar) to’q qizil yoki binafsha rangga bo’yaladi. Odam va sutemizuvchilarning qon plastinkasida yadrolari bo’lmaydi. Sitoximiyaviy usulda bo’yalganda DNK musbat natija beradi. Umurtqalilarning boshqa sinf vakillarining (qushlarda ham) qon platinkalarida yadrolari bo’lib, ularni trombosit hujayralar deyiladi. Bu hujayralar mustaqil hujayra bo’lib, suchk ko’migida uchraydigan yirik hujayra-megakariositlarning yuqori darajada tabaqalangan sitoplazmasidan hosil bo’ladi. Plastinkalar tarkibida trombasitlar fermenti bo’lib, qon quyulishida, tomirlardan qon oqqanda uning to’xtashida muhim vazifa bajaradi. U qon plastinkasi parchalanganida ajrab chiqadi va qon quyulishida ishtirok etadi. Pastinkalarning o’rtacha umri 8 kun.

Voyaga etgan xayvon va odam tanasida kon hujayralari kizil kon iligi,

talok va limfatik tugunchalarda tarakkiy etib turadi. Kizil kon iligida

donachali leykositlar, eritrositlar, trombositlar, limfatik

tugunchalarda limfositlar, talokda monositlar tarakkiy etib turadi.

5-mashgulot

Mavzu: Qon hujayralari
Mashgulotning maqsadi: Qon hujayralarining tuzilishini urganish.

Reja: 1. Odam qoni tarkibining tuzilishi.

2. Baqa qoni tarkibining tuzilishi

3.Eritrositlar va ularning tuzilishi.

4.Leykositlar va trombositlarning tuzilishi.

5.Qonning hosil bulish mexanizmi

Kerakli jihozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qullanmalar, amaliyot darsi uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.
14-rasm)'>Preparat: Odam qonining bo’yalgan surtmasi (14-rasm).

Preparat mikroskopning kichik obyektivi ostida qaralganda juda ko`p mikdorda qizil rangga bo`yalgan eritrositlar, bular orasida ko’k ranga bo`yalgan kam mikdordagi leykositlarni ko’rish mumkin. Shundan keyin preparat mikroskopining katta obyektivi orqali qaraladi. Bunda eritrositlarning ikki tomoni botik bo`yalganligi sababli markaziy kismi birmuncha yupka bulib, och pushti rangda ko’rinadi. Periferik kismi esa tukrok qizil rangda kurinadi.



14-rasm. Odam konining bo`yalgan surtmasi (sxema).

1-eritrositlar, 2-neytrofilli leykosit, 3-eozinofilli leykosit,

4-bazofilli leykosit, 5-monosit, 6-kon plastinkalari.
Preparatda leykositlar yadroli ko’k rangli bo’lib, ko’zga tashlanib turadi. Leykositlarning soni konda eritrositlarga nisbatan kam bo’lganligi sababli ular ko’rish maydonida uchray vermaydi. Shuning uchun preparatni siljitib leykositlarni topish mumkin. Neytrofilli leykositlarning yadrosi 3-5 bugunli bo’lib boshqa leykositlardan farqqilib turadi. Bazofilli leykositlarni odatdagi qon surtmasidan tayyorlangan preparatda kurish juda kiyin, chunki ular umumiy leykositlar sonining 0,5-1% ni tashkil kilib,juda kam bo’ladi. Yadrosi loviya shaklida bulib kurinishi bilan boshqa leykositlardan fark kilib turadi. Eozinofilli leykositlarning sitoplazmasidagi donachalari nisbatan kattarok bo’lib, yadrosi ikki buginli bo’lishi bilan boshqa leykositlardan fark kilib turadi. Limfositlar yumaloq shaklida bo’lib, yadrosi juda katta bo’ladi. Sitoplazmasi ensiz gardishga uxshab yadroni o’rab turadi.

Sitoplazmasida donachalari bo’lmaydi. Monositlarning yadrosi takasimon shaklda bo’lib, boshqa leykositlarga nisbatan yirik bo’lishi bilan fark kilib turadi. Trombositlar mikroskopning katta obyektivi ostida yumaloq, ovalsimon, duksimon yoki notug’ri shaklda juda mayda, gurux-gurux bo’lib yoki aloxida-aloxida xolida ko’rinadi.



Preparat: Baqa qonining surtmasi (15-rasm).

15 – rasm. Baqa qonining surtmasi (sxema).

1 - eritrositlar, 2 - leykositlar

Mikroskopning kichik obyektivi ostida bakaning eritrositlari odam qonidagi eritrositlarga nisbatan anchagina katta bo’lib, markazida joylashgan ko’k rangli yadrosi bilan ko’zga aniq ko’rinib turadi. Sitoplazmasi qizil ranga bo`yalgan. Eritrositlarning orasida boshqa qon hujayralarini ham ko’rish mumkin.


16-rasm)'>Preparat: Suyak ko’migi (16-rasm).

Suyak ko’migidan tayyorlangan preparatni mikroskopning katta obyektivi ostida karalganda gemositoblast, neytrofillar, retikulyar hujayralari, polixromotofil va oksifilli eritroblastlarni ko’rish mumkin. Ko’mikda (kizil kon iligida) tarakkiy etayotgan boshqa qon hujayralarini aniqlab ko’rish juda qiyin.

Gemositoblast hujayralarining yadrosi yirik bo’lib, sitoplazmasi ochiq qizilroq rangga bo`yalganligi ko’zga tashlanadi. Neytrofillarning yadrosi 3-4 bo’g’inli bo’lib, sitoplazmasida donachalari yaxshi ko’rinadi. Polixromotofilli va oksifilli eritroblastlar xar xil xajmga ega bo’lib, sitoplazmasi ko’ng’ir-qizil rangda bo’lib ko’rinadi. Bundan tashkari mitoz yo’li bilan bo’linayotgan qon hujayralarini ham ko’rish mumkin.


16-rasm. Suyak ko’migi.

1-shakllanayotgan qon hujayralari

Sinov uchun savollar

1.Qon to`qimasi qanday tuzilgan?

2.Eritrositlar qanday tuzilgan va organizmda qanday vazifalarni bajaradi?

3.Leykositlar qanday tuzilgan va organizmda qanday vazifalarni bajaradi?

4.Trombositlar qanday tuzilgan va organizmda qanday vazifalarni bajaradi?

6-Mashg’ulot
Mavzu:Tog’ay to’qimasi.
Mashgulotning maqsadi: Tog’ay to’qimasiining tuzilishini urganish.

Reja: 1. Tog’ay to’qimasiining tarkibiy tuzilishi.

2. Tog’ay to’qimasining hujayralari

3.. Tog’ay to’qimasi xillari

4.Togay ustki pardasining tuzilishi.



Kerakli jihozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qullanmalar, amaliyot darsi uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.
Tog`ay to’qimasi morfologik tuzilishiga, rivojlanishi va vazifasiga ko’ra boshqa to’qimalardan tubdan farq qiladi. Ular biriktiuvchi to’qimalar qatoriga kiradi va ular bilan birgalikda o’rganiladi. Bunga sabab, tog`ay organizmning embrional rivojlanishi davrida biriktiruvchi to’qimalar hosil bo’ladigan embrinal to’qimadan, ya’ni mezenxima hujayralaridan tarqaladi, ya’ni organizmning dastlabki ontogenez rivojlanishi davrida skelet suyaklarining aksariyati o’rnida oldin tog`ay to’qimasi paydo bo’lib, so’ng ular suyak to’qimaga aylanadi.

Tog`ay organizmda tayanch, mexanik va biriktiruvchi vazifani bajaradi. Odamda va sutemizuvchi hayvonlarda yetuk va yuksak darajada tabaqalangan bo’ladi. Tuzilishi jihatidan qattiq to’qimalar qatoriga kiradi. Qattiqligi jihatidan esa skelet suyaklaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Shuning uchun tog`ay to’qima tarkibida qon tomirlari va nerv tomirlari kabi boshqa to’qimalar uchramaydi.

Tog`ay moddalar almashinuvi uning ustini o’rab turgan tog`ay pardasi orqali sodir bo’ladi. Nerv tolalari bilan ta’minlanishi va innervasiyasi ham shu parda orqali amalga oshadi.

Tog`ay gidrativ to’qimalar qatoriga kiradi, tarkibining 80% suv, 15% organik moddalar va 5 % mineral tuzlardan tashkil topgan. Organik moddalarning asosini oqsillar, mukopolisaxaridlar va lipidlar tashkil etadi. to’qimada uchraydigan oqsillar asosini esa fibrillyar oqsillar, ya’ni kollagen va elastik hamda mukopolisaxaridlar bilan birikkan holda uchraydigan nofibrillyar oqsillar-xondroitinsulfatlar, keratosulfat va sialit kislota tashkil etadi. Xondromukoprotein va xondromukoid tog`ay to’qimaning asosiy moddasi sifatida ko’plab uchraydi.

Tog`ay to’qimasi ham boshqa biriktiruvchi to’qimalarga o’xshab, to’qima hujayralari va oraliq moddadan tashkil topgan. Hujayralar tarkibiga shakli yumaloq yoki ovalsimon tog`ay hujayralari (xondrositlar) va to’qimaning rivojlanishi hamda regenerasiyasini ta’minlovchi xondrioblast hujayralar kiradi. Hujyra oraliqlarini esa oraliq modda to’ldirib turadi. Oraliq modda boshqa to’qimalardagiga nisbatan bu yerda ko’proq bo’ladi va tayanch hamda mexanik vazifalarni bajaradi. Vazifasi va morfologik tuzilishiga ko’ra uch xil tog`ay to’qimasi uchraydi; gialin, elastik va tolador tog`ay to’qimalar. Hujayra va oraliq moddalarni quyidagicha klassifikachiya qilish mumkin.
Tog`ay to’qimasi hujayralari.

Tog`ay to’qimsi hujayralari tuzilishi va vazifasiga ko’ra xondrosit va xondroblastlarga bo’linadi.

Xondosit tog`ay to’qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Odatda, yumaloq yoki ovalsimon shaklda bo’lib, tashqi yuzasi noteks, hujayra yuzasida mikrovorsinalarga o’xshash o’simtalar bor. Har bir tog`ay hujayrasi yoki bir nechta hujayradan tashkil topgan bir guruh hujayralar to’qimaning oraliq moddasida hosil bo’lgan bo’shliqlarda joylashadi. Tog`ay hujayralarining bo’shliqda hosil qilgan guruhi izogen guruh deyiladi. Odatda, bunday guruhlar bitta ko’payishi natijasida hosil bo’ladi. Har bir tog`ay hujayrasida bittadan, ayrimlarida ikkitadan yadro bo’lib, bu yadrolar ichida bo’yoqlarga yaxshi bo’yaladigan bitta yoki ikita yadrocha bo’ladi.

Elektron mikroskopda hujayra sitoplazmasida mitoxondriy, donador endoplazmatik to’r va yaxshi rivojlangshan Golji kopleuksini ko’ramiz. Yosh tog`ay hujayralarida mitoxondriylarning soni odatda ko’p bo’ladi, boshqa orgaoidlarning shakli ham aniq ko’rinadi. Hujaralar kirib borgani sari mitoxondriylarning soni kamayib, orgaoidlarning shakli ko’rinmaydigan bo’lib boradi. Hujayralarda sodir bo’ladigan bunday jarayon regressiv o’zgarish deyiladi. Buning oqibatida hujayraning fiziologik vazifasi ham ancha pasayadi. Tog`ay hujayralarining ximiyaviy tuzilishini tadqiq qilish uning tarkibida glikogenlar, lipidlar, fermentlar, ya’ni ishqoriy fosfataza, lipaza va oksidaza fermentlari borligini ko’rsatadi.

Xondroblast kam tabaqalangan yosh hujayra bo’lib, shakli yassi, o’rtasida bitta yadrosi bor. Tog`ayning ustki pardasiga yaqin joylarida ko’p uchraydi. Xondroblast doim ko’payib turish xususiyatiga ega. Ko’payishi natijasida yangi tog`ay hujayralari-xondrositlar hosil bo’ladi. Natijada tog`ay periferik qismiga qarab o’sadi. Tog`ayning bunday o’sishigaperiferik (oppozision) o’sish deyiladi. Xondroblastlarning ikkinchi xususiyati hujayralararo modda-kollagen hosil bo’lishida aktiv ishtirok etishdir. Kollagen hujaylralararo modda bo’lib, uning tarkibida tropokollagen, elastik va tog`ayning asrsiy moddasi uchraydi. Xondroblast sitoplazmasida RNK ko’p, hujayra orgaoidlari ham yaxshi rivojlangan.

Tog`ay to’qimaning hujayralararo moddasi. Tog`ay to’qimaning hujayralararo moddasi kollagen (xondrin) va kamroq uchraydigan elastik tolalardan hamda asosiy amorf moddadan tashkil topgan. Xondrin tolachalari ximiyaviy tuzilishiga ko’ra biriktiruvchi to’qima tarkibida uchraydigan kollagen tolachalarga o’xshaydi. Mikroskopda oddiy nur yordamida ko’rinmaydi uni ko’rish uchun tripsin, bariyli suv bilan impregnasiya qilish kerak. Shunda tolachalarning to’rsimon shaklda joylashganldigi yaxshi ko’rinadi.

Tog`ay to’qimasining asosiy amorf moddasi protein va uglevoddan tashkil topgan. Ular bir-biri bilan mustahkam birikishi natijasida tog`ayning asosiy moddasi-xondramukoid birikmasi hosil bo’ladi, ya’ni bunda xonldroitin sulfat kislota og`sil bilan birikadi. Gistologtk preparatlarda xondroitin sulfat kislota asosiy bo’yoqlarga bazofil, ya’ni to’q bo’yaladi. Kollagen tolachalar oksifil, ya’ni ancha och bo’yaladi.

Tog`ay to’qimasi tarkibida tolalar va xondromukoid modda notekis joylashganligi uchun bo’yalishi ham turlicha bo’ladi. Tog`ay hujayralari va izogen guruhlarining atrofida xondromukoid ko’p bo’lib, to’qimaning boshqa joylariga nisbatan bo’yoqlarga bazofil, ya’ni to’q bo’ladi. Xondromukoid moddalarning to’qimada notekis joylashishi yoshi o’tgan organizmda ro’y rost ko’zga tashlanib turadi. Bunday jarayon natijasida to’qima pishiqligini yo’qotadi. Keyinchalik uning ichki qismlarida, ya’ni oziq modda yetib borishi qiyin joylarda kalsiy tuzlari yig`ilib, to’qimani yanada mo’rt, sinuvchan qilib qo’yadi. Bu to’qima elastikligini yo’qotdi, degan so’zdir.

Yuqorida aytilganlaridan ko’rinib turibdiki, tog`ay to’qimalari tarkibiy tuzilishi bilan ajralib turadi. Xuddi shuning uchun ham tog`ay to’qimasi gialin tog`ay to’qima, elastik tog`ay to’qima, tolali tog`ay to’qimalarga bo’linadi. Ularning uchalasi ham mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishiga ko’ra bir tipdagi hujayralardir. Biroq hujayralararo moddalari bir-biridan farq qiluvchi o’ziga xos xossalarga ega. Ularning ana shu xusasiyati tog`aylarni bo’lib o’rganishni taqozo etadi.

Gialin (yaltiroq) tog`ay to’qima. Gialin tog`ay organizmda uchraydigan tog`aylarning asosiy qismini tashkil etadi. Gialin tog`ay nafas olish sistemasining havo o’tadigan naysimon qismi bilan embrion skeletining ko’pgina qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, qovurg`alarning to’sh suyagi bilan birikadigan joyda, uzun naysimon suyaklarning epifiz va diafiz qismlari tutashadigan joylarida (metaepifizar tog`ay), skelet suyaklarining bo’g`im yuzalarida uchraydi. Bo’yalmagan tog`ay to’qima yaltiroq, och pushti bo’lib, tashqi tlmondan biriktiruvchi to’qimadan iborat yupqa parda, ya’ni tog`ay ustki pardasi (perixondriy) bilan o’ralgan. Bu parda asosan uzunchoq shakldagi tog`ay hujayrasi-fibroblast va kollagen tolalardan tashkil topgan tutamlardan tuzilgan. Bularning orasida qon tomirlar bilan nerv tolalari tarqalgan. Tog`ay ustki pardasi asta-sekin tog`ay ustki qatlamlariga qushilib ketadi. Shu zonada uchraydigan tog`ay hujayralari-xondroblastlar, odatda, bittadan bo’lib, ular ustidan hujayra oraliq moddasi kapsulasiga o’xshab o’ralib turadi.

Xondroblastlarning bo’linishi natijasida hosil bo’lgan yosh xondrositlar asta-sekin ajralib chiqib, tog`ay to’qima hujayrasiga-xondrositga aylanadi. Tog`ay pardasining ostida esa saosan duksiomn yosh xondrositlar bo’ladi. To’qimaning ichki qavatlarida xondrositlar ovalsimon yoki g`ovak bo’ladi.

Ayrim xondroblastlarining bo’linishi natijasida hosil bo’lgan hujayralar bir-biridan uzoqlashib ketmay bitta kapsula ichida qolib, hujayra guruhini hosil qiladi. Bunday guruhga izogen guruhi deyiladi. Buni yuqoirida eslatib o’tgan edik.

To’qima ichidgi ayoim xondrositlar ham ko’payiщ xususiyatiga ega. ana shunday ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hujayra I tip xondrositlar deyiladi. Demak, ma’lum bo’lishicha, tog`ay to’qimada ikki xil o’sish jarayoni kechadi. Birinchi tog`ay ustki pardasidagi xonroblastlarning ko’payishi natijasida (oppozision) o’sish sodir bo’lsa, ikkinchi to’qima ichidagi I tip xondrositlarning o’sishidir. Bunga interstisional o’sish deyiladi. Hujayra oraliq moddasi yetarli darajada qattiq bo’lgani uchun bo’lingan hujayralar bir-biridan uzoqlashib keta olmaydi. Shu sababli ham tog`ay to’qimada izogen guruhlar ko’p uchraydi. Organizm qarigani sari ular soni ko’payib boradi.

Izogen guruhda 3-10 tagacha xondrosit uchrashi mumkin. har bir guruh hujayralararo modda bo’shliqlarida alohida-alohida joylashadi. Hujayralar joylashgan bo’shliqlarni o’rab turgan hujayralararo modda ancha zich joylashgan bo’lib, bo’yoqlarga to’q bo’yaladi. Shu jihati bilan zich joylashmagan qismlaridan ajralib turadi. Bunga hujayra kapsulasi ham deyiladi. Bu o’rinda shuni eslatib o’tish lozimki, kapsla termini noo’rin ishlatiladi, chunki kapsula deyilganda, odatda, o’attio’ziga xos mustaqil struktura tushuniladi. Bu yerda esa”kapsula” zich joylashgan hujayralararo moddalar yig`indisidan tashkil topgan.

To’qima fiksasiya qilinganida, odatda, xondrositlar zichlashib, kapsula devoidan qisman qochgan bo’ladi. Kapsula devorini o’rab turuvchi to’q bo’yalgan hujayralararo modda yuqori darajada konsentrlangan mukopolisaxaridlardan iborat. mikroskopda kichik obyektiv orqali qaralganda hujayra kapsulasi oavlsimon yoki yumaloq sharchalarga o’xshab ko’rinadi. Shuning uchun ular xondrin sharchalari ham deyiladi. Har bir sharcha bir-biridan ma’lum masofada joylashadi. Organizm qarigan sarimana shu masofa uzoqlashib boradi.

Xondrin sharchalarning atrofidagi to’q bo’yalgan hujayralararo modda territorial modda deyiladi. Sharchadlararo masfada joylashgan hujayralararo modda interterritorial modda deyiladi. Interterritorial modda ochroq bo’yalgan bo’lib, tarkibida xondramukoid, ya’ni tog`ayning saosiy moddasi kam uchraydi. Aksincha, albumid va kollagen (xondrin) esa ko’p bo’ladi.

Gialin tog`ay hujayralararo moddasi asosan kollagen toladan va kamroq elastik tola bilan asosiy amorf moddadan tashkil topgan. Tolachlalar kollagen tarkibidauchraydigan II tip molekulalardan tashkil topgan. Bunday modda suyak va zich biriktiruvchi to’qima hamda elastik to’qima oqsilida uchraydi.

Tog`ayning asosiy amorf moddasi yuqori molekulali polianin, galaktozaminglikol, glikozaminglikal, xondriosulfat, keratosulbfat, gailuronat va siadat kislota, geparindan tashkil topgan. Bular oqsillar bilanbirikishi natijasida hosil bo’lgan proteoglikaning molekulyar strukturasi tog`ayni egiluvchan qilib turadi. Shuni aytib o’tish kerakki, tog`ayning egiluvchanlik xususiyati aosan hujayralararo moddaning tuzilishiga ham bog`liq. Tog`ay to’qimaning ayrim moddalar (pepsin, bariyli suv va kaliy permanganat eritmasi) yordamida ta’sir ko’rsatishi natijasida tog`ayning asosiy amorf moddasi erib, xondromukoid bilan yopishib turgan kollagen tolachalar ko’rinadigan bo’lib qoladi. Organizm qarishi bilan hujayralararo oraliq moddasida kalsiy tuzlari yig`ilib borib, tog`ay mo’rtlashadi va sinuvchan bo’lib qoladi.

Elastik tog`ay to’qima boshqa tog`aylarga nisbatan kam tarqalgan, lekin organizm uchun muhim bo’lgan organlarda uchraydi, ayrimlarning esa skeletini hosil qiladi. Sutemizuvchi hayvonlarda elastik tog`ay quloq suprasi hamda kekirdakning cho’michsimon va no’xatsimon tog`ay plastinkalarini tashkil etadi. Shu bilan birga tashqi quloq yo’li, quloq nayi va eshitish nayining skeleti qurilishida material bo’lib xizmat qiladi. Yangi fiksasiya qilingan elastik tog`ay sarg`ish bo’ladi.

Gistologik tuzilishiga ko’ra u gialin tog’ayga o’xshaydi. Tashqi tomonidan tog`ay ustki parda bilan qoplangan. Tabaqalangan yosh tog`ay hujayralar, xondrositlar yo’qoridagi tog`ayga o’xshab hujayra kapsulalarida bittadan yoki bir nechtadan guruh hosil qilib joylashadi.

Elastik tog`ay boshqa tog`aylardan asosiy farqi hujayralararo moddasida kollagen tolachalardan tashqari ko’p miqdorda elastik tolachalar bo’lishidir. Ular to’qimani egiluvchan qiladi. To’qimani tog`ay ustki pardasiga yaqin joylashgan elastik tolachalar hyech qanday chegarasiz, to’siqsiz hamisha bir-biriga o’tib turadi. Elastik tog`ayning tarkibiy tuzilishidagi asosiy farq bunda oqsillar glakogen va xondroitinsulfatlar kam uchraydi, kalchiy tuzlari hech qachon yig`ilmaydi. Shuning uchun hamma vaqt elastiklik hosasini saqlab turadi.

Tolali tog`ay to’qmiasi umurtqa pog`onalari orasidagi tog`ay disklarni hosil qiladi. Zich biriktiruvchi to’qimaning gialin tog`aygi o’tish qismida (pay va bog`lamlar tarkibida) bo’ladi. Sonning yumaloq bog`lamchasi ham tolali tog`aydan tashkil topgan. Tolali tog`ay mikroskopik tuzilishga ko’ra gialin tog`ayga o’xshaydi. Ularning asosiy farqi shundaki, hujayralararo moddadagi kollagen tolalar gialain tog`ayda to’rsimon shaklda bo’lsa, tolali tog`ayda bog`lamchalar hosil qilib joylashadi. Tog`ay hujayralari bu yerda ham bittadan yoki izogen guruhlar hosil qilgan holda uchraydi. Hujayra sitoplazmasida vakuolalar nisbatan ko’p. Tolali tog`ay biriktiruvchi to’qimaga yaqinlashgani sari tarkibiy tuzilishi o’zgarib, paylarning tuzilishiga o’xshab boradi. Tog`ay to’qimasi bilan biriktiruvchi to’qima chegarasida ovalsimon yoki yumaloq tog`ay hujayralari, xondrositlar asta-sekin shaklini o’zgartirib yassilashib boradi va u ham biriktiruvchi to’qima hujayralariga o’xshab joylashadi. Tog`ay to’qimasining hujayralararo moddasidagi odatda ko’rinmaydigan kollagen tolachalar biriktiruvchi to’qimaga yaqinlashgani sari bog`lamchalar shaklida ko’rina boshlaydi.

Shunday qilib, tolali tog`ay gialin tog`ay bilan biriktiruvchi to’qima o’rtasidagi oraliq to’qimani tashkil qiladi. Binobarin, tolali tog`aylarda kollagen tolachalarning spesifik, ya’ni uzunasiga va ko’ndalangiga joylashgan bo’lishi to’qimaning qattiqligini, og`ir bosim ostida ezilmasligini va yirtilmasligini ta’minlaydi.



Tog`ay ustki pardasi - perixondriy. Tog`ay ustki pardasi zich biriktiruvchi to’qimadan tarkib topgan bo’lib, organizmdagi tog`aylar ustini qoplab turadi. Uning tarkibiy qismi asosan kollagen va elastik tolachalardan va ular orasida joylashgan duksimon shakldagi fibroblastlarga o’xshagan hujayralardan iborat. Mikroskopik tuzilishi yaqqol chegaraga ega emas, ikki qavatdan tashkil topgan 1) tashqi (qattiq) atrofdagi to’qimalarga bevosita tutashib ketgan qavat 2) ichki (yumshoqroq) qavati Bevosita tog`ay to’qima ustiga yopishib turadi, unga xondrogen qavat ham deyiladi Mana shu xondrogen qavat hujayralari ko’payib tog`ay to’qimani o’stiradi Tog`aydagi regenerasiya jarayoni ham shu vaqtda sodir bo’ladiXondroblast bo’linishi natijasida xondrositlar hosil bo’ladi Kollagen va elastik tolachalar hyech qanday chegara hosil qilmasdan to’qimaning hujayralararo moddasiga qo’shilib ketadi Perixondriyda qon tomirlari bilan nerv tolalari ko’plab uchraydi

Preparat: Gialin tog’ayi (17-rasm)

Download 11,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish