Abdullayeva muyassarxonning


Mavzu: “Ko'pyoqlar. Muntazam prizma va muntazam piramida” mavzusida bir soatlik noan`anaviy dars ishlanmasi



Download 327 Kb.
bet2/2
Sana14.03.2021
Hajmi327 Kb.
#61516
1   2
Bog'liq
11 DARS ISHLANMA GEOMETRIYA 11 Ko'pyoqlar

Mavzu: “Ko'pyoqlar. Muntazam prizma va muntazam piramida” mavzusida bir soatlik noan`anaviy dars ishlanmasi.



Darsning shiori: O’ylab muammoni hal qil.
Darsning maqsadlari:


  1. Tarbiyaviy: O`quvchilarga axloqiy sifatlarni shakllantirish, o`zaro hurmat, hamkorlik, faollik,ishchanlik, tartiblilik, madaniyatlilikka o`rgatish, mavzu orqali o`quvchilarni yetuk inson qilib tarbiyalash.




  1. Ta`limiy: Ko’pyoq, ko’pyoqning tomonlari, burchaklari, yoqlari, muntazam ko’pburchaklar haqidagi ma’lumatlarni o’rgatish.




  1. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning geometriyaga oid qiziqishlarini rivojlantirish, ularning mustaqil va erkin fikrlash malakasini, tafakkur, xotira, idrok, tasavvur mashqini rivojlantirish;




  1. Kasbga yo`llovchi: Shu mavzu orqali o`quvchilarni muhandislik kasbiga yo`llash;


Dars turi: Yangi bilim, tushuncha hosil qiluvchi
Dars uslubi: Og`zaki, ko`rgazmali-amaliy, yozma, klaster.
Dars usuli: Musobaqa, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, tayanch signallar
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, pisa testlar, tarqatmalar, ko`rgazmalar, sirkul, chizg`ich, slaydlar.
Fanlararo bog`lanishi: Algebra, geografiya, chizmachilik.

Darsning borishi:


1. Tashkiliy qism.
Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism 3minut

Ma’naviyat daqiqasi 5 minut

  1. O’quvchilar o’tgan mavzuni takrorlashi, 10 minut

  2. Test savollari (tarqatmalar asosida) 3 minut

  3. Baxtingdan ko`r” o`yini (sinf taxtasiga chizma chizish) 7 minut

  4. “Oyla, izla, top” 5 minut

  5. Yangi mavzuni bayoni: 7 minut

  6. Mustaxkamlash 3 minut

  7. Darsni yakunlash 2 minut

Darsning bayoni:



  1. Tashkiliy qism


Ajdodlarning zamonida rivojlangan yetilgan,

Bobolarning merosodan bizga taqdim etilgan,

Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug`beklar boyitgan

Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.

-Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar.
Bugun ___ __________, 201__-yil. Darsimiz geometriya. Navbatchi axboroti so`raladi.
2. Ma’naviyat daqiqasi
-qadrli o`quvchilar, jonajon yurtimizda, jahonda ro`y berayotgan voqealardan kim bizlarni xabardor qiladi?

-18-noyabr qanday kun?

-18-noyabr O’zbekiston Davlat bayrog’i qabul qilingan kun.

-8-dekabr kuni qanday bayramni nishonlaymiz.

- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27- yilligini nishonlaymiz.

Darhaqiqat, O’zbekistonning nafaqat kelajagi, balki o’tmishi ham, tarixi ham buyuk davlatdir. Buyuk bobolarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Al-Xorazmiy, Beruniy, ibn Sino, Farobiylar merosi, shaxsi, tarixi bilan cheksiz g`ururlanishimiz, Vatanimizga, bobolarimizga munosib farzandlar bo`lishimiz kerak.

3. O’tgan mavzuni takrorlash
-Aziz o`quvchilar, bugun darsimizni noan`anaviy usulda o`tkazamiz.
Bizlarga ma`lumki, qadimda yurtimiz hududidan buyuk ipak yo`li o`tgan. Bu ko`chma bozorlarda savdo-sotiqdan tashqari turli xil musobaqalar, bellashuvlar o`tkazilgan. Keling, bizlar ham bugun darsimizda ko`chma bozorni tashkil qilamiz. Lekin biz noyob, antiqa mahsulot, o`zimizning bilimimizni sotamiz. Bozorga kelgan har bir odam o`z mahsuloti- uyga vazifasi, chaqqonligi, bilimi bilan keladi.

Darsimizning shiori: “O’ylab moammoni hal qil.”

Darsning rejasi e`lon qilinadi.



-Aziz bolajonlar, kelinglar ko`chma bozor qonun–qoidalari bilan tanishamiz:

1. Og`zaki savol-javobiga 2 rag’bat

2. Sinf taxtasiga misol yechimiga 3 rag’bat

3. Test topshirig`iga 5 rag’bat

4. Qiziqarli savol-javobga 3 rag’bat

5. Ijodiy ishlarga 5 rag’bat
-Qadrli o’quvchilar, sinfni ikki guruh Al-Xorazmiy va Beruniy guruhlariga bo`linib, bellashuv o`tkazamiz. Ko`chma bozorni nazorat qilish uchun ekspert guruhini tayinlaymiz.

Darsimizning “Oltin qoidalari” bilan tanishing:
1. Darsda o`ng qo`l qoidalariga rioya qilish.

2. O`zgalar fikrini tinglay bilish.

3. Guruhlarda ahillik va hamkorlikni tashkil qilish.

4. Faollik.Vaqtdan unumli foydalana olish
-O`quvchilar, o`tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishganmiz?
O`quvchi: O’tgan darsda “Ko’pyoqli burchaklar” mavzusini o’tgan edik. Uyga vazifa shu mavzularni takrorlash.

- O`quvchilar, 2019-2020 o’quv-yilda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga katta e`tabor berilmoqda. Qani ko`raylikchi, ko`chma bozorimizning birinchi xaridori keldilar. Ular bizga savol bermoqchi ekanlar.

-Salom, mening aziz o’quvchi bilimdonlarim. Sizning maktabingiz haqida juda ko`p eshitganman. Sizlarga quyidagi savollarimni yuboraman:

1. Uchburchak nima, uning qanday turlari bor?

2. Pifagor teoremasini ayting?


O`quvchilar savollarga javob berayotgan vaqtda ko`rgazmalardan foydalanadilar.

Javoblar:



- Uchburchak-bir to`g`ri chiziqda yotmaydigan 3 ta nuqta va bu nuqtalarni ikkitalab ketma-ket tutashtiruvchi 3 ta kesmadan iborat shakl.

Uchburchakning burchaklariga ko`ra quyidagi turlari bor: o`tmas burchakli, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli; tomonlariga ko`ra esa teng yonli, teng tomonli, turli tomonli turlari bor.


Pifagor teoremasi.

To`g`ri burchakli uchburchakning katetlari kvadratlarining yig`indisi gipotenuza kvadratiga teng.
-O, juda yaxshi, men javobingizdan qoniqdim. Sizlarga omad, o`qishlaringizga zafarlar tilayman. Xayr.
Endigi navbat keyingi xaridorimizga. Ular talaba ekanlar.

- Sizning ko`chma bozoringizda men ham ishtirok etmoqchiman. O`zbekistonlik yoshlar meni hayratga solmoqda. Doim shunday zukko bo`ling. Savollarim quyidagicha:

1. Ko’pyoqlardan papallelepipedning ning yuzi qanday topiladi?

2. To`rtburchaklarning qanday turlari bor?


Javoblar:

1. Parallelepipedning yuzini topish uchun uning oltita yoqlqri yuzalarining yig’ndisini qo’shish kerak.
S=2*(a*b+a*c+b*c)
2.To`rtburchaklarning bir necha xil ko`rinishlari mavjud: kvadrat, romb, trapetsiya, parallelogram, to`g`ri to`rtburchak.

-Juda yaxshi, xayr sog` bo`ling.


4. O’qituvchi so`zi
-O’quvchilar endi avvalgi sinflarda o’tilgan “Ko’pyoq” mavzusini mustashkamlab olamiz.
Reja:

  1. Ko’pyoqli burchak nima?

  2. Ko’pyoqning elementlari

  3. Qavariq ko’pyoq deb nimaga aytiladi?

  4. Ko’pyoqli burchakni shaklini sinf taxtasiga chizing


DTS talablariga ko`ra, darsimizning maqsadi ko’pyoq, uninmg elementlari, qavariq ko’pyoq, prizma va piramidalar haqida tushunchaga ega bo`lish. Yangi pedagogik texnologiyaga asosan darsda o`qituvchi emas, o`quvchi faol bo`lishi kerak. Sizlar bu mavzu bilan tanishsizlar. Bugun bilim, ko`nikma va malakangizni yanada kengaytiramiz.

-Qani bolalar, “Ko’pyoq”ga hayotiy misollar keltiringchi?

O`quvchilar:

-Yashaydigan uyimiz, maktab binosi, meva solinadigan yashiklar.

-Bolalar, quyidagi savollarga javob berib ko`ring-chi:



1. Ko’pyoq nima?

2. Ko’pyoq qanday elementlari mavjud?

3. Ko’pyoqning qirralari uzunliklarini topishni bilasizmi?

4.Qanday fazoviy shakl prizma deyiladi?

5. Qanday fazoviy shakl piramida deyiladi?
O`quvchilar bir varaqdan toza qog`oz oladilar. Unga o`zlarining ko’pyoqqa oid tushunchalarini yozadilar. O`quvchilar yozib bo`lgach, javoblarini o`qiydilar. Javoblar orasidan eng to`g`ri va toliq javob tanlanadi. O`quvchilar fikri tinglab bo`lingach, o`qituvchi ko’pyoq va uning elementlariga oid ko`rgazmalardan foydalanib, tayanch signallarni qo`llab o’tgan mavzuni to`la yoritib beradi.
-O`quvchilar, agar sizlar geometrik chizmalarni aniq, to`g`ri, chiroyli, estetik did bilan chizsalaringiz, kelajakda muhandislik kasbini egallamoqchi bo`lsalaringiz, juda yaxshi zamin yaratgan bo`lasiz.
5. “To`g`ri so`z tuzing” o`yini (tarqatmalar asosida)
Bu o`yinda ikkita guruhning o`quvchilariga tarqatmalar beriladi. Har bitta to’gri javobga ko’pyoqning bitta harfi ochiladi. Natijada
PIRAMIDA

so`zi hosil bo`ladi.



  1. Parallelopipedning nechta yog’i bor?(6 ta)

  2. Parallelopipedning nechta qirrasi bor?(12 ta)

  3. Aylana diametri 4 sm, radiusi qanchaga teng? (2 sm)

  4. Parallelopipedning nechta uchi bor?(8 ta)

  5. Aylanaga ikkita diametr o`tkazilsa, u nechaga bo`linadi? (4 ga)

  6. Soat va minut mili 1800 ga ochilsa, soat necha bo`ladi? (soat 6 bo`ladi)

  7. Kubning hajmi formulasi.(s=a*a*a)

  8. Eng mashhur piramidalar qaysi davlatda joylashgan?


6. “Baxtingdan ko`r” o`yini:
Bunda sinf taxtasiga masalalar yechiladi.

Mustaqil ish.

1. Munatazam oltiburchakni teng 4 bo`lakka bo`ling.

2. Munatazam oltiburchakni 8ga bo’ling

3. Munatazam oltiburchakni dioganal o’tkazang


7. Yangi mavzu bayoni

1. Faollashtiruvchi mashqni bajaramiz.

2. Ta’rif: Ko’pyoq deb yassi ko’pburchaklar bilan chegaralangan jism-ga aytiladi.
Ta’rif. Ko’pyoq ixtiyjriy yo’g’i yotgan tekislikning bir tomonida yotsa, bunday ko’pyoq qavariq ko’pyoq leyiladi.

Asosi muntazam ko’pburchakdan iborat prizma muntazam prizma deb nomlanadi.



Muntazam prizma va piramida qavariq ko’pyoqqa
misol bo’ladi.
Ta’rif. Muntazam piramida deb asosi muntazam ko’p burchak va uchidan asos markaziga tushirilgan kesma shu markazdan o’tuvchi va asos tekisligida yotuvchi to’g’ri chiziqqa perpendikular bo’lgan piramidagi aytiladi
Qavariq ko’pyoqlar jadvalini ko’rgazma orqali namoyish etiladi.

Eyler teoremasi. Ixtiyoriy qabariq ko’pyoq uchun: Y+U-Q=2 munosabati o’rinli bo’ladi, bu yerda Y-ko’pyoqning yoqlari, U-ko’pyoqninguchlari, Q-esa qirralari soni.


Eyler teoremasidan quyidagi natijalar kelib chiqadi.

1-natija.Qo’yoq tekis burchaklarining soni har doim juft bo’ladi.


2-natija. Ko’pyoq tekis burchaklari soni har doim juft bo’ladi.
3-natija. Agar ko’pburchakning har bir uchida bir xil k sondagi qirralar tutashsa, U•k=2Q munosabat o’rinli bo’ladi.
4-natija. Agar ko’pyoqning barcha yoqlari bir xil n-burchaklardan tashkil topgan bo’lsa, Y=2Q munosabat o’rinli bo’ladi.
5-natija. Ko’pyoqning tekis burchaklari yig’indisi 360°(Y-Q) ga eng.
Ta’rif. Yoqlari bir-biriga teng muntazam ko’pburchaklardan iborat va har bir uchidan bir xil sondagi qirralar chiqadigan qavariq ko’pyoqli muntazam ko’pyoqli deb ataladi.

Muntazam ko’pyoqlar 5 xil bo’ladi:

1. Muntazam tetraedr – to’rtyoqli.

2. Kub, geksaedr – oltiyoqli.

3. Oktaedr – sakkizyoqli.

4. Dodekaedr – o’nikki yoqli.

5. Ikosaedr – yigirmayoqli.

8. Tarixiy ma’lunotlarni o’rganish.


Barcha muntazam ko’pyoqlar Qadimgi Yunonistonda ma’lum edi. Yevklidning mashhur “Negiz”larining XIII asr kitobi muntazam ko’pyoqlarga bag’ishangan. Bu ko’pyoqlarni ko’pincha Platon jismlari deb ataladi. Platon bu jismlardan to’rtasini olamning to’rt unsuriga o’xshatgan: tetraedr – olov, geksaedr – yer, ekosaedr – suv, oktaedr – havo.

9. “Kim tez va aniq tarzda quyidagi shakllarni chizish” o’yini.

10. “O’yla, izla, top” bellashuvi
Al-Xorazmiy guruhiga:

  1. Geometriya faniga asos solgan olimlardan misollar keltiring.

  2. O’zbekiston konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (1992 yil, 8 dekabr)

  3. To`g`ri to`rtburchakning bir uchi kesib tashlansa, necha burchak hosil bo`ladi? (Beshburchak)

  4. Namangan so’zining ma’nosi nima (Tuz koni)

  5. Maqolni davom ettiring: Sog` tanda,… (sog`lom aql)

Beruniy guruhiga:



  1. Al-Xorazmiyning matematikaga oid eng mashhur asari nomini ayting.

  2. Muntazam ko’pyo’qlarni olamning to’rt unsuriga qiyoslagan mashhur olim kim?

  3. 6 raqamida nechta burchak bor? (burchak yo`q)

  4. Namanganlik buyuk shaxslarni bilasizmi? (Boborahim Mashrab, Chustiy, Ishoqxo’ja Ibrat, Usmon Nosir)

  5. Maqolni davom ettiring: Ona yurting omon bo`lsa,… (rangu ro`ting somon bo`lmas)


11. Test topshirig`i
Bu topshiriq o`quvchilarning yangi mavzuni qanchalik yaxshi o`zlashtirganliklarini aniqlab beradi.

1. Kubning qirrasi 1 sm bo`lsa, uning hajmi toping.

A) 2 sm3 B) 4 sm3 C) 1 sm3

2. Agar muntazam piramidaning apofemasi 7sm bo’lsa, yon sirti 42 sm2 bo’lsa, asosining peremetrini toping.

A) 6 B) 12 C) 14

3. Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning uzunligini toping.

A) 3,14 sm B) 6,28 sm C) 1 sm
Test natijalarini har bir guruhdan bittadan tayinlangan o`quvchi e`lon qiladi.

Masalan, bizining guruhda 1-savolga 6 kishi A javobni, 3 kishi B javobni 2 kishi C javobni,…

O`qituvchi natijalarni tahlil qiladi.



12. “Bilimingni sinab ko`r”
(Kubik strategiyasi)

Kubik strategiyasida o`quvchilarning zukkoligi, topqirligi, izlanuvchanligi sinaladi. Bunda “Hashar” o`yinini o`tkazamiz. Agar birinchi guruh topshiriqbi bajarolmasa, ikkinchi guruh hasharga borishi mumkin.
O`quvchilar kubikni tashlab, topshiriq tanlaydilar.

  1. Teng yonli trapetsiyani teng 4 bo`lakka bo`ling.

  2. Har birining uzunligi 4,5 sm bo`lgan 14 ta gugurt cho`pidan metr hosil qiling.

  3. Aylana yoyini teng 8 bo`lakka bo`ling.

  4. Aylana markazini faqat chizg`ich va qalam yordamida toping.

  5. Muntazam uchburchakni teng 4 bo`lakka bo`ling.

  6. Kvadrat ichiga aylana chizing.


13. Mavzuni mustahkamlash.

Darslikdagi 142-143-masalalarni mustaqil yechish.


14. Dars qatnashchilarini baholash.
-Darsimizning asosiy qismi tugadi. Endi natijalarni tahlil qilamiz.

Qani, ekspert guruhi, ko`chma bozorimizning bugungi faoliyatini tahlil qilib bering.



Guruhlar natijasini ekspertlar e`lon qiladilar. Masalan, “Al-Xorazmiy”-65 rag’bat, “Beruniy”- 70 rag’bat.

-Endi sotuvchilarimiz-o`quvchilarning to`plagan rag’batlarini hisoblab ko`ramiz.

1-5 rag’bat “3” ball

6-12 rag’bat “4” ball

13-20 rag’bat “5” ball

O`quvchilar baholanib, ularning barchasiga “Eng faol”, “Eng izlanuvchan”, “Eng bilimdon”, “Eng zukko”, “Eng samimiy”, “Eng topqir” kabi va hokazo baholar beriladi.


15. Uyga vazifa
Darslikdan 148-betdagi savollarga javob topish, teoremalarni yodlash.158-159 masalalarni yechish.
16. Darsni yakunlash
Shirin so`z sotilmas bebaho,

Yaxshilik bor bo`lsin doimo.

Bu yerda bo`lolsa, kim mamnun,

Bu eng oliy mukofot o`shalar uchun.


-Xayr o`quvchilar, sog` bo`linglar.

Dars yakunlandi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


      1. Davlat ta’lim standarti.

      2. 11-sinf “Matematika” darsligi.

      3. www.ziyonet.uz

Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish