O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA`LIMI BОSHQARMASI
Namangan shahar xalq ta`limi
bo’limiga qarashli
82-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Matematika fani o’qituvchisi
ABDULLAYEVA MUYASSARXONNING
11-sinflar uchun Geometriya fanidan
bir soatlik ochiq
NAMANGAN SHAHAR
Ushbu dars ishlanmasi umumiy o’rta ta`lim maktablarining matematika fani o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. Bu dars ishlanmasidan maktablarda faoliyat ko'rsatayotgan matematika fani o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi: M. Abdullayeva, Namangan shahar 82–sonli umumiy o’rta ta`lim maktabi matematika fani o`qituvchisi.
Taqrizchi: N. Nurmatova, Namangan shahar 82–sonli umumiy o’rta ta`lim maktabi, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
Muharrir: A. Ziyayeva, Namangan shahar 82–sonli umumiy o’rta ta`lim maktabi matematika fani o`qituvchisi.
Namangan shahar xalq ta’limi bo’limi metodika markazining 20___-yil ______ kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidagi №____ sonli qaror bilan foydalanishga tavsiya etilgan.
MEHNAT FAOLIYATI
Abdullayeva Muyassarxon Xusanovna, 1967-yil, 16-fevralda Namangan tumani, G’irvon qishlog’ida xizmatchi oilasida tug’ilgan.
1974-yilda Namangan tumani,Malla Boqiboyev nomli, 35-o’rta maktabga 1-sinfga o’qishga qabul qilingan.
Bu maktabni 1984-yilda “Oltin medal” bilan tamomlagan. Shu yili Namangan Davlat Pedagogika instituti, Matematika fakultetiga o’qishga kirgan.
Institutni 1988-yilda “a’lo” baholar bilan tamomlab, Namangan shahridagi 7-o’rta maktabga ishlash uchun yo’llanma olgan. 1988-1998-yillar davomida shu maktabda matematika o’qituvchisi bo’lib ishlagan.
1998-yil, sentyabr oyidan boshlab Namangan tumani, 37-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi, hozirda Namangan shahar 82-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida, mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
To’rt marta marta viloyat, bir necha marotaba maktab va tuman “Faxriy yorliq” lari bilan taqdirlan
Maqolalari viloyat va tuman gazetalarida bir necha marta bosilib chiqqan, jumladan, “Murabbiy” gazetasining 2015-yil aprel oyi sonida “Tinchlik darsi” uchun dars ishlanmasi , “Bolalar dunyosi” gazetasining 2015-yil iyun, iyul oylari sonlarida “Matematikadan mantiqiy masalalar”, Namangan tuman “Istiqlol” gazetasining 2015-yil may oyi sonida “Tinchlik –buyuk ne’mat”, ”Kamolot” gazetasining 2016-yil mart oyi sonida “Fan oyligi doirasida”,2018 yil sentabr oyida “Наманган хақиқати” gazetasida “Matematikaga mehrim tufayli” nomli maqolalari keng ommaga namoyish etilgan.
Namangan viloyati o’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida o’tkazilgan respublika ilmiy, amaliy aniumanida “Matematika darslarida muammoli ta’lim texnologiyasini qo’llash” nomli ma’ruzasi bilan qatnashgan va kitobcha qilib nashr etilgan.
Ziyonet internet tarmog’ida matematikabdullayeva.zn.uz. nomli veb-sayti ochilgan bo’lib, unda doimo maqolalar, dars ishlanmalar va testlarni o’zining hamkasb o’qituvchilar uchun tavsiya qilib boradi. O’qituvchilar uchun 2018-2019-o’quv yilida Ziyonet internet tarmog’ida o’tkailgan dars ishlanmalar tanlovida “Geomatriya” fanidan tayyorlagan dars ishlanmasi respublika bosqichiga tavsiya etildi.
Bir nechta o’quvchilari turli oliy o’quv yurtlarida tahsil olishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |