Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


TURLI FASLLARDA QASHQADARYO HAVZASIDAGI BA‟ZI BIR DORIVOR



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
TURLI FASLLARDA QASHQADARYO HAVZASIDAGI BA‟ZI BIR DORIVOR 
O‟SIMLIKLAR BARGLARIDA VITAMIN C NI ANIQLASH 
 
Xo‘janazarov O‘.E., Mirxamidova P. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti
Vitaminlar o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ular moddalar almashinuvining asosiy 
regulyatori – fermentlar biosintezida ishtirok etadi. Ba‘zi vitaminlar aminokislotalar almashinuvida 
ishtirok etadi [1]. 
Vitamin C, karotin, ketixinlar va flavonollar o‘simlik to‘qimalarida doimiy ravishda ro‘y berib 
turadigan oksidlanish va qaytarilish jarayonida faol qatnashadi. Bu jarayon davrida vitaminlar vaqt 
ichida oksidlanib va qaytarilib turadi. Vitamin C – kuchli antioksidantlar qatoriga kiradi va oksidlanish 
– qaytarilish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Odatda vitamin C ning miqdori shimoliy tumanlarda 
va yuqori tog‘li yerlarda o‘sadigan o‘simliklarda janubiy tumanlarda hamda pastliklarda o‘sadigan 
o‘simliklarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Vitamin C o‘simliklar dunyosi vakillarining barchasida 
uchraydi [2]. 
Ayniqsa, namatak mevasi – 
Fructus Rosae
(
Fructus Cynosbati
), smorodina bargi va mevasi – 
Folia Et
Fructus Ribis
Nigri, o‘rmon qulupnayining bargi va mevasi – 
Foliaet Fructus Fragariae
Vescae kabi o‘simliklar askorbin kislotasiga boy bo‘lib, ulardan ekstrakt, damlama konsentratlar 
tayyorlanib, tibbiyotda keng qo‘llaniladi [3]. 
Dorivor o‘simliklarda vitamin C miqdorini aniqlash eng muhim biologik ahamiyatga ega bo‘lgan 
ko‘rsatkichdir. Ilmiy tadqiqotlarimizning asosiy maqsadi, antioksidant ta‘siriga ega bo‘lgan vitamin C ni 
miqdorini turli fasllarida Qashqadaryo havzasi yuqori qismida o‘sadigan yalpiz, kiyiko‘ti, limono‘ti, 
kampirchopon, zira kabi dorivor o‘simliklarning barglarida aniqlandi.
Vitamin C miqdorini aniqlash, askorbinat kislotaning nordon sharoitda 2.6 – dixlordofenolni 
qaytarish xususiyatiga asoslangan. Antioksidant xususiyatini namoyon etuvchi vitamin C ning miqdori 
dorivor o‘simliklarning vegitatsion davrlariga bog‘liq ekanligi aniqlandi(Jadval -1 ). 
Jadval- 1 
Dorivor o‘simliklarda vitamin C ning miqdori( mg/% ) 
№ 
Dorivor o‘simliklarning nomi 
Bahor 
Yoz 
Kuz 

Yalpiz 
121 ± 2,2 
92,4± 3,5 
86,24± 5,1

Kiyiko‘ti 
81,9 ± 1 
58,08± 2,5 
57,2± 4,1

Limon o‘ti 
76,56± 3,5 
92.4± 4 
81,8± 3,2 

Maymunjon 
123,2 ± 4,6 
49,2± 4,1 
36,9± 6,1 


279 

Kampirchopon 
29.9± 2,5 
60,72± 5,1 
71,28± 5,3 

Zira 
26,4± 1,8 
25,5± 2,2 
68,3± 3,6 
Vitamin C ning eng yuqori miqdori maymunjon va yalpiz dorivor o‘simligida bahor faslida 
kuzatildi. Yalpiz barglarida efirmoylari va flavonoidlar topilgan [5]. Yalpizida kamroq miqdorda 
bo‘ladigan efirmoylaridan tashqari oshlovchi moddalar, vitamin C, katexinlar ham topilgan. Olingan 
natijalarimiz shuni ko‘rsatadiki, vitamin C ning yuqori miqdori bahor faslida bo‘lib, 121 ± 2,2 mg/% ni 
tashkil etdi, yoz faslida 92,4 mg/%, kuzda 86,24 mg/% ekanligi aniqlandi. 
Kiyik o‘tining barglarida vitamin C ning miqdori turli fasllarda o‘zgarishini kuzatdik. Bahor 
faslida uning miqdori yuqori bo‘lib, 81,9 mg/%, yoz, kuz fasllarda deyarli bir xil ekanligini aniqladik. 
Kiyik o‘ti – Respublikamiz taboat olamida shifobaxshligi jihatdan oldingi o‘rinlarda turadi [4].
O‘simlikning poyasi, barg va to‘pgullari tarkibida 2,5 % efirmoylari, C, E,A vitaminlari mavjud. 
Zangori maymunjon bargi tarkibida C vitamin, karotin, oshlovchi moddalar bor. Maymunjon 
mevalarida organik kislotalar, vitamin C, talaygina miqdorda klechatka, organik kislotalar, qand 
moddalari, B guruh vitaminlari, oshlovchi moddalar, kaliy tuzlari, mis, margens bor. Olingan 
tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatadiki, o‘rganilayotgan dorivor o‘simliklar ichida eng yuqori vitamin C ning 
miqdori bahor faslida bo‘lib, 123,2 mg/% ni tashkil etdi. 
Ziraning mevalarda 2,75 – 3,0 % efirmoyi bor. Mevalarida 20 % atrofida moy, 15% oqsilli 
moddalar, minerallar mavjud. Tabobatda mevalaridan foydalaniladi. Ziraning barglarida vitamin C ning 
yuqori miqdori kuz faslida 68,3 mg/ % ekanligi aniqlandi. 
Limon o‘tida efir moylari, oshlovchi moddalar, vitamin C, urosolyat va boshqa kislotalar bor. 
Bizning natijamiz limon o‘tida vitamin C ning miqdori bahor faslida 76,56 mg/ %, yozda 92,4 mg/%,
kuzda 81,8 mg/% borligini ko‘rsatdi. 
Kampirchopon- barglarida vitamin C ning miqdori bahor 29,9 mg/%, yozda 60.72 mg/%, 71,28 
mg/% ekanligi aniqlandi. Kampirchopon o‘simligi O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. U tarkibida 
alkoloidlarni saqlaydi. Alkoloidlar uning urug‘larida ko‘p uchraydi. Barglarida ham kuchli alkoloidlar 
borligi aniqlandi. 
Shunday qilib, vitamin C yalpiz, kiyiko‘ti, maymunjon, limono‘ti, kampirchopon, zira kabi 
dorivor o‘simliklarning barglarida mavjud bo‘lib, uning eng yuqori miqdori bahor faslida maymunjon, 
yalpiz o‘simligida bahor faslida kuzatildi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish