Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


  OQSILLARNI TEKSHIRISH USULLARI



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   414
Bog'liq
Туплам

 


277 
OQSILLARNI TEKSHIRISH USULLARI 
Xujamatova M. 
Farg‘ona davlat universiteti
Funksional biokimyo organizmning bir-biriga o`xshash ichki kasalliklarni bir-birdan farqlash, 
ya‘ni kasalliklarga aniq tashxis qo`yish usullarini o`rganadi va albatta organizmda oqsillar miqdorini 
aniqlash ham funksional biokimyoda o`rganiladi. Tarkibida azot tutuvchi moddalarni, ya‘ni oqsillarni 
golland olimi Mulder dastlabki tajribalarni olib borgan.
Tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi organik moddalarning biologik va struktura jihatdan eng 
muhim va eng murakkabi oqsillardir, oqsillar proteinlar va proteidlarga bo`linadi. Oqsillar hujayrada 
boshqa komponentlarga qaraganda nihoyatda ko`p, xilma –xil funksiyalarni bajaradi. 
Oqsillar organizmda eng muhum funksiyalarni bajaradi. Hujayra tarkibiga organizm strukturasi 
hamda organlarda bo`ladigan barcha jarayonlarda faol ishtirok etadi. Garmonlar, steroidlar, sekretlar, 
organizm ishlab chiqaradigan barcha moddalar oqsil tabiatli bo`ladi va oqsil hatto qon tarkibida ishlab 
chiqariladigan, ikkinchi darajali himoya hisoblanadigan antitelalar, imunoglobulin ham oqsil tabiatli 
modda. 1 gr oqsil parchalanganda 17,15 kj (4,1 kkal) energiya ajrab chiqadi.Inson tana massasining 
20% oqsillar tashkil etadi. Muskul va jigarda 22 % oqsil bo`lsa, miyada 11 % yog` to`qimasida esa 6 
% oqsil tashkil etadi. Odatda qon tarkibida oqsil doimiy bo`lib, qon zardobi tekshirilganda uning 
meyordan ko`p yoki kamligi aniqlanadi. Aksincha odam peshobi tarkibida qondan farqli ravishda oqsil 
uchramaydi. Tekshiruv paytida peshob tarkibida oqsil aniqlansa, bu xolatda organizmda ayirish 
sistemasida patologik o`zgarishlar kechayotgan yoki buyrak usti bezlarining faoliyati buzilgani 
ma‘lum bo`ladi. Bazan esa peshob tarkibida eritrositlar miqdorining ortishi yoki qonli peshob ajralishi 
kabiholatlarda ham peshob tarkibida oqsil aniqlanib, bunda siydik tanosil a‘zolarida ichki jarohatlar 
kuzatilishi mumkin. Shu sababli ham diagnostikani oydinlashtirish va davolash maqsaddida plazmada 
umumiy oqsil va uning fraksiyalarini, shuningdek umumiy azotni va qon hamda siydikning har xil azot 
tutuvchi komponentlarini aniqlashda bemorni tekshirishni biokimyoviy laboratoriya taxlillari eng 
muhim hisoblanadi.
Oqsil miqdorini BUYRET usuli bilan aniqlash. 
Bajarish tartibi quydagilardan iborat: 
1. Oqsil miqdorini buyret usuli bilan aniqlash.
2 Umumiy oqsillarni referaktometrik usulda aniqlash.
3 Biomaterialni yig`ish va zararsizlantirish.
Tajriba bajarilayotgan paytda yodda tutish kerak bo`lgan qoidalar: 
1. Oqsillar ishqoriy muhitda mis sulfat tuzi bilan siyox rangli birikma hosil qiladi.
2. Qonda 65-85% g/l oqsil bo`ladi. 
Bajarish tartibi: 
1. To`rtta quruq prabirka olib, uning birinchisiga 0,5% li, ikkinchisiga 1,0% li uchinchisiga 
1,5% li oqsil eritmasi solinadi. To`rtinchi prabirkaga noma‘lum bo`lgan oqsil eritmasi solinadi.
2.Har qaysi probirkaga 4 ml dan BUYRET reaktivi quyiladi va yaxshilab aralashtirib, xona 
haroratida 20 daqiqa qoldiriladi. Shunda eritma asta-sekin rangga kiradi, uni FEKda ko`riladi. 1sm 
qalinlikdagi kuvetkada o`lchanadi.
3. Oqsillarning refraktometrik aniqlanadi. Referaktometr oqsil o`lchovchi asbob bo`lib, uning 
raqamli ko`rsatgichlari bor, ozgina suv tomizilib uning ko`rsatkichi ma‘lum burchakka to`g`irlanib, 
so`ngra qon zardobi solib o`lchandi.
Jadvaldagi raqam ko`rsatgich ko`rsatganiga qarab oqsil miqdorini hisoblanadi. Bu usul nurni 
sindirishga asoslangan. 


278 
Organizmda oqsil kamayib ketishiga gipopotenemiya deyiladi. Bu asosan surunkali kaslliklarda, 
yalig`lanishlarda, ochlikda va ichketganda hamda ovqat tarkibida oqsil yetishmaganda yuzaga kelishi 
mumkin bo`lgan kasallik. Oqsillar organizmda to`planib qolmaydigan birikmalar hisoblanadi. Hozirda 
zamonaviy texnologiyalar rivojlanib ketishi natijasida tabiiy holda sut zardobi oqsili Whey protein 
hamda tuxum oqsili Mass effect kabi ko`plab oqsil tarkibli ozuqalar tayorlanmoqda. Ba‘zilari esa 
kimyoviy usullar natijasida sun‘iy ravishda tayorlanmoqda. Ba‘zilari tarkibida barcha biologlarga 
tanish bo`lgan GMO ya‘ni geni o`zgartirilgan maxsulotlarda borligi yangilik emas. Ularni esa hozir 
zamonaviy tilda prorteinlar deb ataladi. Doimiy beriladigan savol: Proteinni organizmga zarari 
yo`qmi? Yuqorida aytib otilgandek, oqsil organizm uchun juda ham muhim hisoblanadi. Bu 
maxsulotlarni iste‘mol qilish, albatta organizmo`zini tiklashi hamda mushaklar hajmining ortishi 
organizmda ortiqcha yog`larning to`planishiga to`sqinlik qiladi. Me‘yoridan oshgan oqsil organizm 
uchun zararli, bu ozuqalarni oz vaqtida va me‘yorida iste‘mol qilinishi organizm uchun foydali 
hisoblanadi. Lekin ma‘lumot o`rnida shuni aytib otish kerakki, oqsillar vena yoki mushak ichiga 
yuboriladigan steroid garmonlarni oqsil bilan adashtirib yubormang. Organizm uchun me‘yoridan 
ortiqcha yuborilgan garmonlar organizmda turli xil o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Hattoki bu holat 
bepushtlikkacha olib kelishi mumkin. Xulosa qilib aytganda,organizm uchun har bir moddani, xususan 
oqsillarning ham oz me‘yori va miqdori bor bu me‘yorni saqlash sog`lom bo`lish barchaning o`z 
qolida. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish