11.4. Xorijiy turfirmalar bilan sheriklik
munosabatlarini yo‘lga qo‘yish
Xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qila turib, turfirmalar avval boshdan manfaatdor xorijiy turfirmalar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishi lozim. Alohida olingan mamlakatda xorijiy sheriklar soni tarkibi masalasi turistik bozor yoki xorijiy potensialni baholash yoki turfirmaning moddiy – texnik imkoniyati asosida hal etiladi. Bunda optimal variantga erishishga intilish kerak. Aks holda xorijdagi ko‘p sonli sheriklar bozorni maydalanib ketishiga va potensial xaridorlarni «olib borish»ga olib keladi, ularning sonini yagona bosh vakilgacha qisqartirish esa milliy turfirmalarni raqobat omillaridan foydalanish imkoniyatdan mahrum qiladi va uni xorijlik sherikka qaysidir jihatdan tobe qilib qo‘yadi.
SHeriklik munosabatlari mo‘ljallangan mamlakatdan istiqbolli va salmoqli turfirmalarni qidirishni yo‘lga qo‘yish orqali boshlanadi. Shu maqsadda Internetdagi axborotlardan turfirmalarning xorijiy spravochniklari, ularni reklama materiallari, turistik ko‘rgazma, birjalar, taqsimotlarda xorijiy turfirma vakillari bilan uchrashuvlardan foydalaniladi. Turistik agentliklar assotsiatsiyasi va boshqa turistik tashkilotlar tavsiyasiga amal qilinadi. Bunda qidiruvning faol usullari tavsiya etiladi. Masalan, milliy turfirma rahbarlarining xorijga ishga doir safarlari, xorijiy turistik ishbilarmonlar doirasida maqsadli reklama yo‘li bilan milliy turfirma nufuzini oshirish lozim.
Ishbilarmon sheriklarni tanlash konkurs asosida bir nacha xorijiy turfirmalar bilan qayta aloqani o‘rnatish, ularni ishchanlik sifatiga baho berilgandan keyin uzil-kesil muzokoralar olib borish uchun va nisbatan maqbul variantlarda shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Xorijiy turfirmalar ishchanlik sifatlariga baho berishda yordam qiladigan asosiy masalalar odatda quyidagicha:
turfirmaning manzili va yuridik nomi, telefon, faks, e-mail;
huquqiy – tashkiliy shakli (mulkchilik shakli);
firma huquqiy maqomi qanday (litsenziya, patent, registratsiya, ularning amal qilish muddati) rasmiy xujjatlar bilan tasdiqlangan;
firma tashkil qilingan yil;
nizom jamg‘armasi hajmi, moliyaviy javobgarlik summasi;
pullash mumkin bo‘lgan asosiy boyliklar fondi mavjudligi bino, mehmonxona, avtotransport va boshq.;
faoliyat turlari (yo‘nalish, turistlarni qabul qilish, ixtisoslashish);
asosiy statiyalar bo‘yicha bo‘lingan yillik oborot (inklyuziv turlarni sotish, transport xujjatlari, alohida xizmatlar, sug‘urta va boshq.);
firma qaysi bozorda ishlaydi (sotiladigan hududda, maqsadli bozor segmentida);
firma hisobi ochilgan bank nomi va ma’lumoti, bankda xorij banklari bilan korrespondentlik munosabatlari mavjudligi;
firmaning milliy turistik assotsiatsiyasi va boshqa turistik tashkilotlarga a’zoligi;
firmada transport kompaniyalari tomonidan akkreditatsiya mavjudligi;
firmada chakana turagentlik tarmog‘i mavjudligi, uning soni va hududiy joylashuvi;
reklamalar hajmi va turlari (ularning namunalari);
firma tarkibining tashkil etilishi, uning xodimlari soni, раҳбарлар исм shariflari;
O‘rganilayotgan firma haqida turli manbalardan olingan bu va boshqa axborotlar tizimlashtirilishi kerak. YA’ni ikkinchi darajali ma’lumotlar elakdan o‘tkaziladi va faqat ishchanlik sifatlarini baholash imkonini beradiganlarigina ajratib olinadi. Eng avvalo uchta asosiy savolga javob olish lozim: huquqiy qobiliyat, kredit qobiliyati va bizni qiziqtirayotgan firmaning layoqatligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |