11..3. Turoperatorlarning xalqaro turlarni tashkil etish
xususiyatlari
Xalqaro turistik sayohatlarni tashkil etishda bir mamlakat turistik firmasi boshqa mamlakat turistik firmasi bilan hamkorlik qiladi. Bu turistik firmalar o‘rtasidagi aloqa quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Jadval 28
Xorijiy turistlarni qabul qilishda milliy va xorijiy turfirmalarning o‘zaro harakati.
Manba: Экономика и организация туризма. М. 2006
Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan turoperatorlik funksiyasi quyidagicha taqsimlanadi:
1) Xorijiy turoperator o‘z mamlakati chiqish turizmi bozorida turmahsulot sotish, uning harakatini ta’minlaydi va turistlarning xalqaro tashishini tashkil qiladi;
2) Turoperator turmahsulotni shakllantiradi va xizmatlar paketiga narx qo‘yadi, shuningdek kelgan xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatishning tashkil etilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |