Huquqiy qobiliyati. Firmaning milliy qonunchilik asosida xalqaro turistik faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon beradigan ahvoli. Bunday maqomga ega bo‘lmagan huquqiy va jismoniy shaxs, to‘la huquqli turistik firma sifatida qaralishi mumkin emas. Bunday firma bilan tuzilgan har qanday bitim yoki kelishuv keltirib chiqaradigan oqibatlari bilan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Turistik firma huquqiy qobiliyatligi rasmiy xujjatlarda aks etadi: litsenziya yoki patent, registratsiya va boshq. Firmaning huquqiy agentlikka yoki xalqaro turistik tashkilotga a’zoligi, transport kompaniyalari tomonidan akkredatsiyalangani hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |