VII Bob. XALQARO TURIZM INDUSTRIYASI
7.1. Turizm industriyasi tushunchasi.
7.2. Transport tashish sektori
7.3. Joylashtirish sektori
7.4. Ovqatlanish sektori
7.5. Sayr – tomosha sektori
7.6. Turoperatorlar va turagentlar
7.1. Turizm industriyasi tushunchasi
Turizm industriyasini aniqlashning juda ko‘p yo‘llari mavjud. Ulardan biri va nisbatan muvoffaqiyatlirog‘iga BMTning 1971 yilda savdo va taraqqiyot bo‘yicha Konferensiyasida baho berildi. Unga ko‘ra, turizm industriyasi – sayohat qiluvchi shaxslar uchun tovarlar va xizmatlarga qaratilgan o‘xshash ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatlar turlaridir.
Keyinchalik turizm industriya tushunchasi o‘z mohiyatini oydinlashtirish va turistik sektor tarkibini belgilashda turli xil qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ular turizm industriyasining iqtisodiyotni boshqa sohalari bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqligidan paydo bo‘lgandi. Turistik talablar majmuasi va ko‘p qirrali ehtiyojlarini qondirishda sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish va savdo tarmoqlari ishtirok etdi. AQSH savdo vazirligining ma’lumotlari bo‘yicha, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sohasiga mamlakat iqtisodiyotining 24 tarmog‘i jalb etilgan. Shu munosabat bilan turistik sektorga aniq chegara qo‘yish va tarmoqlardan ajratib tashlash g‘oyat mushkul ishdir.
Hozirgi paytda amaldagi klassifikatorlardan birortasi ham turistik faoliyat turlarini uzil-kesil belgilovchi ruyxatga ega emas. Turizm sohasida faoliyat turlarining xalqaro klassifikatsiyasi (SIKTA) standartlari BTT (VTO) tomonidan ishlab chiqilgan va 1993 yilda BMT statistikasi komissiyasi tomonidan vaqtincha klassifikatsiya sifatida qabul qilingan. SIKTA turizmga daxldor statistik axborotlarni obyektiv yig‘uv tizimini yaratish, qayta ishlash, umumlashtirish va tarqatishga xizmat qilishga asoslangan.
SIKTA ni joriy etish imkon beradi:
turizmning nisbatan to‘liqroq statistik manzarasini yaratish;
milliy hisoblarni turizmdagi iqtisodiy faoliyatning turlari klassifikatsiyasini yangi prinsiplarga qaratish;
turizm to‘g‘risida milliy va xalqaro darajada statistik ma’lumotlarni taqqoslashni ta’minlash;
mutaxassislarga bozor konyukturasi, turistik tovarlar va xizmatlar to‘g‘risida ishonchli axborotlar taqdim etish;
statistik xujjatlarda turizm faoliyati turlari klassifikatsiyasini talab va taklif nuqtai nazaridan bog‘lash;
xalqaro savdo taraqqiyotida turizm hissasi va to‘lov balansi ahvoli to‘g‘risida aniqroq baholash va o‘tkazish.
SIKTA ishlanmalarida markaziy masala bo‘lib klassifikatsion belgilarni tanlash hisoblanadi. Turizm bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat an’anaviy ravishda tashrif buyuruvchilar tovar va xizmatlar iste’molidan va ularga sarflanadigan turistik xarajatlar nuqtai nazarida aniqlanadi. Turizmga bunday yondoshuvda turli tarmoqlar faoliyat turlarini qamrab olgan yig‘uv sohasi asosiy manba sifatida namoyon bo‘ladi, chunki tashrif byuruvchilar iqtisodiyotning amalda hamma sohalarida xarajatlarni ko‘taradi. «Turistik xarajatlarga daxldor ta’sirlar hisobiga olinganda, faqat bir soha – mudofaa hech qanday ta’sirga ega bo‘lmaydi» deb ta’kidlanadi.
Mavjud turistik faoliyat turlari va mahsulotlari ruyxati asosiy statistik hisobotlar shakllarida turizm haqida zarur tarzda tasavvur bermasada muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Uning (ouchhti) haqiqiy masshtabi va iqtisodiy potensialini aniqlashga yordam beradi. Talabga qurilgan bu ko‘rinishlar milliy hisoblar tizimi va xalqaro klassifikatsiyalar bilan mos kelmaydi. Chunki ularda tarmoqlar va iqtisodiy faoliyat turlari ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqarish ya’ni taklif nuqtai nazari mantiqidan kelib chiqadi.
Taqqoslashni ta’minlash va SIKTA keng yoyilishi xalqaro tarmoqlar standartlari klassifikatsiyalari bilan mustahkam bog‘langan. Ular kod tarkiblari, tipologiyasi va keyingi nomenklaturalardan foydalanib ishlab chiqarilgan. Bunda iqtisodiy faoliyat turlarini tanlash umumiy bosh mezon bo‘lib, hisoblanadi: ya’ni masshtab, ixtisoslashish darajasi va ishlab chiqarishni markazlashtirish (bozorni qamrab olish). Shu bilan birga talabga asoslangan turizm chegarasini belgilashdan voz kechish maqsadga muvofiq bo‘lardi. SIKTA doirasida ikki yondoshuvni qo‘shish qo‘shimcha guruh belgilarini kiritish tufayli mumkin bo‘ldi. YA’ni turistik xarajatlar ustun yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Turizmda takliflar xususiyatlari bilan bir qatorda, SIKTA turistik xarajatlar ulushiga to‘g‘ri keladigan ruyxatlarga tashrif buyuruvchilar xoxishi va talabini qo‘shib aks ettirdi. Tanlangan belgilar muvaffaqiyatli ravishda bir-birlarini to‘ldiradi va turizm sohasini chuqurroq idrok etish imkonini berdi.
SIKTA 17 bo‘lim, 18 bo‘limchalar, 43 guruhlar, 66 klass va 121 klass bo‘laklarini o‘zida mujassamlashtirgan. Rekratsion xo‘jalikning o‘xshash tarkibi sobiq sovet ilmiy adabiyotlarida o‘tgan asrning 70-80 yillaridayoq ishlab chiqilgandi. Tadqiqotchilar ketma-ket amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar doirasida rekratsion tarmoqda mavjud faktlardan kelib chiqishdi. Unga kiritiladigan xo‘jalik birligi aholi dam olishini tashkil qilishda faol ishtirok etadi. Ammo uning rekratsion faoliyat bilan bog‘liqlik darajasi turlicha.
Bir muassasa o‘z rekratsion xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashadi – bu ularning ishida bosh, ko‘pincha yagona yo‘nalishdir. Sayyohlik va ekskursiya byurolari, otellar, motellar, restoranlar, kafelar tashrif buyuruvchilarga bevosita xizmat ko‘rsatishdan 100 % ga yaqin daromad oladilar. Ular dam olish sohasidan tashqarida faoliyat yurita olishmaydi va iqtisodiyotning rekratsion sektori uchun tarkib yaratish ahamiyatga ega.
Boshqa guruhlar hayotiy ta’minlash korxonalari tashkil qiladilar. Ular turizm obyekti ham, uning natijasi ham emas. Ularning xizmatidan mijozlr ham mahalliy aholi ham foydalanishadi. Shunga qaramasdan savdo tarmoqlari, kommunal – xizmat ko‘rsatish transport, aloqa mavjudligi aholi dam olishini tashkil etishning zarur shartlari hisoblanadi.
Turistizm industriyasi – bu o‘xshash mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, transport tarmoqlari, ko‘ngil ochar obyektlar, ishbilarmonlik, sog‘lomlashtirish, sport va boshqalarga mo‘ljallangan tashkilotlar, shuningdek ekskursion xizmatlar va gid – tarjimonlar xizmati ko‘rsatish majmuasidir.
Turistik talabni to‘liq va har tomonlama qondirish turizm industriyasi barcha obyekt va tashkilotlari, hamma xildagi vositlarni, ishlarni muvofiqlashtirilishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |