Osiyo, Okeaniya va Afrikada davolash – sog‘lomlashtirish turizmi. Janubiy Osiyo, Sharqiy va Janubiy–sharqiy Osiyoda davolash – sog‘lomlashtirish turzmi sust rivojlangan. A’anaviy tibbiyot, fitoterapiya, igna bilan davolash Sharqda keng tarqalgan bo‘lib, bular xorijiy turistlar uchun unchalik qiziqarli emas.
Avstraliya davolash – sog‘lomlashtirish turizmi uchun zarur barcha tabiiy resurslarga ega. Yirik balneologik kurortlar Deylsford, Mork, Springvud materikning janubi-sharqida joylashgan. Avstraliya dungiz bo‘yi iqlimi kurortlari ham dunyoda mashhur. Oltin Qirg‘oq, Deydrim - Aylend, Kerns davolanish va dam olish uchun eng yaxshi joylar hisoblanadi. Ammo Astraliyaning Yevropa va Amerikadan uzoqligi turistik oqimlarni kengaytirishga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun Avstraliya kurortlari amerikaniki singari asosan ichki turistlarni qabul qilishga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |