Turistlarni joylashtirishning jamoaviy (kollektiv) vositasi. Bunga mehmonxonalar va ularga o‘xshash muassasalar, maxsus ixtisoslashgan muassasalar va boshqa jamoaviy (kollektiv) joylashtirish vositalari kiradi. Ularning har birida o‘rinlar soni belgilangan minimumidan ziyod bo‘lishi, joylashtirish obyekti yagona rahbarlikka ega bo‘lgan, boshqarish esa tijoriy asosga qurilgan bo‘lishi lozim.
Mehmonxonalar. Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. Uning asosiy belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha zaruriy xizmatlar turlarini taqdim etadi. Har kuni to‘shakni tartibga keltirish, xona (nomer) va sanitariya uzellarini yig‘ishtirish, shuningdek, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay talab qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli klassifikatsiyalari mavjud. Mehmonxona xo‘jaligi nazariyasi va amaliyotida xizmatlar turlari va maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo‘lish keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan otel kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo‘yicha har bir mehmonxonaga razryad beriladi. Bu uning binosi sifat va son xususiyatlariga, nomer fondiga, infrastrukturasi, turmush ta’minoti, shuningdek shinamlik darajasi, asosiy assortimentlari, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis madaniyatiga bog‘liqdir. Razryadga ega bo‘lish otel narxnomalari va mijozlar tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida erkin munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga imkon beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq miqdorining taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi sohasida narx siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi.
Xizmatlar xili va maishiy qulaylik darajasi jihatidan otellar klassifikatsiyasi butun jahon sivilizatsiyasida qabul qilingan ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida bunday turdagi klassifikatsiyalar davlat tarkibi (Fransiyada markaziy, Ispanida mahalliy) ishiga kiradi va maxsus qonunchilik aktlarini ko‘rib chiqish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar (jumladan Shveytsariya)da ular rasmiy xarakterga ega emas, balki mehmonxona biznesi vakillari tashabbusi bilan kelishib olinadi. Bundan tashqari ko‘pgina mehmonxona zanjirlari, assotsiatsiyalar va ittifoqlar o‘z klassifikatsiyalariga ega. Ularning umumiy soni 30 dan ko‘p. Shu jumladan, yulduzlar tizimi (birdan beshgacha), tizimi (A-V-S-O), «tosh» yoki «kalitlar», ballar va boshqalar. Ularni faqat toifa (kategoriya)lari miqdori, ramzlari, balki xizmat ko‘rsatish standartlari bilan ham farqlanadi. Bu farqlar davlatning tarixiy madaniy xususiyatlaridan kelib chiqadi va milliy an’analar, urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Otellarning asosiy mijozlari ichki turistlar hisoblanadi. Ular yil davomida 70-90 % yuklanishni ta’minlaydi. Amalda ana shular mehmonxona bazasiga talab va servis darajasini belgilaydilar.
Avstriya va Germaniyada eng yaxshi otel eng avvalo keng assortimentda vino va pivoga, Ispaniya va Portugaliyada esa tamaki mahsulotlariga ega bo‘lishi lozim. Agar Fransida otel klassida bide mavjudligi muhim bo‘lsa, Gretsiya va boshqa Janubiy Yevropa mamlakatlarida nomerda konditsioner borligi hasham hisoblanadi. BTTning Yevropa Ittifoqi mehmonxonalar va restoranlar Qo‘mitasi, Xalqaro mehmonxonalar assotsiatsiyalarining jahondagi otellarga yagona klassifikatsiya joriy etishga ko‘p bor urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Vazifaning mushkulligi shundaki, mehmonxonalardan tashqari boshqa turdagi juda ko‘p joylashtirish vositalari mavjud, ularning har birida o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Vujudga kelgan vaziyatda xorijiy turistik katologlar mijozlarni mehmonxona tanlashini yengilllashtirish uchun intilib, piktogramma tizimiga o‘tishmoqda. Ular yuzdan ortiq turli xil ramzlar va belgilardan iborat. Afrikada, BTT tomonidan boshlangan piktogrammalarni standartlashtirish ham tez natijalarni bermayapti. Ayrim mehmonxona xizmatlarining grafik tasviri avvalgidek juda bir-biriga zid. Shunga qaramasdan piktogramma asta-sekin yagona, hamma tushunadigan tasvirga yaqinlashayapti va ko‘p hollarda ikki-uch tilda qisqa izohlar bilan qulaylik tug‘dirmoqda (34-rasm).
BTTning nomerlar hajmi, ularni joylashgani, qulayligi va jihozlanishi, boshqa binolari mavjudligi, mehmonlar dam olishi va ishbilarmonlar ishlashi uchun jihozlangan binolar borligi, ularga xizmat ko‘rsatish qanday yo‘lga qo‘yilganiga qarab otellar yulduzli klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya qildi. Mehmonxona korxonalarini yulduz bilan ajratish eng ko‘p tarqalgan lekin u ham universal emas. Misol uchun, Ispaniyada birdan besh yulduzagacha mehmonxona kategoriyalari belgilangan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatlisi alohida ajratilgan. Xuddi shuncha kategoriya Fransiyada ham amal qilinadi: yulduzsiz, birdan to‘rt yulduzgacha va to‘rt yulduz «lyuks». Vengriyada otellar esa bosh razryadga ega bo‘lib u birdan besh yulduzgachadir. Marokkoda ham shunday yulduzli klassifikatsiyaga amal qilinadi. Mavjud farqlarga qaramay, bir kategoriyadagi mehmonxonalar bir-biriga o‘xshash xildagi xizmatlar va maishiy qulayliklarni taklif qiladi. Yuqori razryadli mehmonxonalar, qulay va shinam nomerlardan iborat bo‘lib, odatda keng xolligi, milliy taomlar restorani, diskoteka, sauna, suzish hovuzi va boshqa dam olish, sport bilan shug‘ullanish, ko‘ngil ochish binolarga, sinxron tarjima, teletayp va kongress zallariga egadir.
Korxona moddiy bazasi xilma-xil talablariga asoslangan va uning ekspluatatsiya holati, servis madaniyati va sifati hisobga olingan mehmonxonalar klassifikatsiyasi xarakterlidir. Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish qanchalik yaxshi tashkil etilsa, joylashish vositasining kategoriyasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Lyuks klassidagi «Manila» oteli Filippinda joylashgan. Uning xodimlari barcha kelgan sayyohlarni o‘sha kunning o‘zidayoq ismi-shariflarini bilib olishadi. Liftchi xodim esa qaysi mehmon qaysi xonada yashashini aniq biladi. Bularning barchasi individual xizmat muhitini yaratadi.
«Liding Xoutelz of Uorld» xalqaro kompaniyasi yarim asrdan ko‘proq vaqtdan buyon (21 regional bo‘limlariga ega) jahondagi mehmonxona ishlari holati ustidan monitoring o‘tkazib keladi. U otellar ishini baholaydi va ulardan eng yaxshilarini aniqlaydi. Mehmonxona korxonalari reytingi ularning qisqacha xarakteristikasi, fotosuratlari, joylashgan o‘rni, nomerlar soni va narxlari bilan «Yillik ma’lumotnoma (spravoch)nik»da e’lon qilinadi. Ularning asosiy qismi AQShda (40 otel, shu jumladan, Nyu-Yorkda 10 ta), qolganlari esa Italiya, Shvetsariya, Germaniya, Fransiya va Ispaniyada joylashgan. Keyingi 15-20 yilda mehmonxona sektorida yangi kategoriya otellar paydo bo‘lishi kuzatildi. Ular iqtisodiy klass (Budget economic hotels) deb atalmoqda.
Bu uncha qimmat bo‘lmagan ixcham va qulay mehmonxonalar juda ko‘p G‘arb mamlakatlari, birinchi navbatda AQSH, Buyukbritaniya, Fransiya turistik bozorida o‘zining afzalliklarini namoyon etdi. Ular xizmat ko‘rsatish yuqori standartlarini ta’minlaydi, maqbul narxlarda ko‘ngil istagan nomerlarga joylashishni kafolatlaydi.
Yangi kategoriya afzalligi uning nomida ham aks etgan. Bunda «Iqtisodiy» (tconomic) atamasi «tejamli» degan ma’noni anglatadi. Bu bilan shu narsa ta’kidlanadiki, qiymatning pasayishiga servis xizmati sifatini yomonlashtirish evaziga emas, balki qat’iy tejamkorlik rejimini yo‘lga qo‘yish orqali erishiladi. Tejamkor klas mehmonxonalar namunaviy qurilish xarakteri, dizayn soddaligi, bino ichida hashamatli pardoz-andozning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Shahar chekkasidagi arzon yerlarda joylashgan bu joylashish vositalari cheklangan xizmatlar xillarini taklif etadi va shu yo‘l bilan ovqatlanish sohasida yirik operatsiyalarga mablag‘ni tejab qoladilar. Ular shuningdek ma’muriy – boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni yarimiga qisqartirib, asosiy xarajatlar stateyalaridan biri bo‘lgan ish haqi xarajatlarini ham kesib tashlashlari mumkin.
Tilga olingan tadbirlar ularga korxona rentabelligiga zarar yetkazmasdan yashash uchun tariflarni 20-50 % ga qisqartirish imkonini berdi. Bu otellarda o‘rtacha yuklanish koeffitsiyenti 80 % dan oshadi.
Mehmonxonalar o‘rtasida jihozlanishi va ko‘rsatayotgan xizmatlari xususiyatlariga qarab, keng profildagi mehmonxonalar ajralib turadi. YA’ni ular apart-otel (kvartira tipida), motellar, kurort mehmonxonalari, klublar yashash bilan birga va boshqalar.
Turistik biznesda keyingi yillarda «Pucopte» (inglizchadan report - kurort) klass otellar tarmog‘i tez rivojlana boshladi. Odatda ular manzarali qirg‘oq bo‘ylarida joylashgan. Tropik bog‘lar va parklar ko‘rinishidagi yam-yashil daraxtlarga burkangan «risorts» lar jannati dam olish joylaridir. Bu kategoriyadagi otellarga tijorat xizmat «hammasi bor» tizimi muvaffaqiyatni keltiradi.
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlarga joylashish, ovqatlanish («shved dasturxoni»), ko‘ngil ochish barlardan tez-tez bepul foydalanish, shuningdek samolyotga imtiyozli biletlar, transfer, ekskursiyalar kiradi. Shinam va uncha qimmat bo‘lmagan dam olish a’lo darajada transport xizmati ko‘rsatish bilan uyg‘unlashib ketgan. Bolalar va uy hayvonlarini nazorat betida qoldirish mumkin. Shuningdek boshqa qulayliklar «Risorte»ni turistlar uchun ayniqsa o‘rta xol sayyohlar uchun yanada jozibador qiladi.
Ularning tarmoqlari to‘xtovsiz kengayib borayapti. Fidji va Malayziya, Portugaliya va Seyshel orollari – ularni qamrab olgan. Bu ruyxatni yana davom ettirish mumkin. Braziliyada bunday dam olish maskanlari kurort modasining so‘nggi kashfiyoti bo‘ldi. 1995 yilda uning 5000 kilometrlik qirg‘oqlari bo‘ylab yoyilgan yirik 14 «Risorts» larida 170 ming kishi dam oldi. Braziliya yaqin kelajakda yana shunday o‘zining 43 ta markazini ochishni mo‘ljallayapti. Ularni kurish uchun 3,5 mlrd. Amerika dollari ajratilgan.
Mijoz uchun kurashda mehmonxona korxonalari butun guruhlari va har bir otel alohida xizmat turlarini doimiy ravishda kengaytirib borayapti va turizm bozorga talabi (original) takliflar kiritishayapti.
Klassik otellar bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning katta shtatiga ega va mijozlarga keng xizmatlar taklif etuvchi, shinamlik darajasi yuqori bo‘lgan mehmonxona tipidagi sof milliy motellar AQShda paydo bo‘ldi va keng tarqaldi. XX asr boshlarida yo‘l yoqalari bo‘ylab «Turistik kulbalar» qurila boshladi. Bu obyektlar joylashishning elementar qulayliklariga ega bo‘lib, odatda fermerlar dam olishlari uchun to‘xtab o‘tishga mo‘ljallangandir.
«Motel» atamasi 1935 yilda paydo bo‘ldi. AQSH statistikasida motel avtomobilda sayohat qiluvchi turistlarni qabul qiluvchi muasasa sifatida talqin etiladi. Bu muassasalar yil davomida yoki mavsumda mehmonxona ekspluatatsiya xizmatlari (xudi oteldagidek, lekin «lyuks» kategoriyadan pastroq) va texnik xizmatlar to‘liq majmuasi (garajlar, avtomobil sag‘lanadigan maydon, yoqilg‘i qo‘yish stansiyasi va avtomobilni ta’mirlash ustaxonasi)ni taqdim etadi. Odatda ular shahardan tashqarida tashkil etilgan bo‘lishadi. Mijozlarning to‘xtab o‘tishi davomiyligiga qarab motellar tranzit va oxirgilarga bo‘linadi. Birnchisi shosse yo‘l va bosh magistrallar bo‘ylab joylashadi. Ikkinchisi esa daryo qirg‘oqlari, ko‘l va suv dambalar yaqinida bo‘ladi.
60-yillarda AQShda mototellar shuhrat qozona boshladi. Bu tipdagi mehmonxona korxonalari o‘sha motel xizmatlarini taklif qiladi. Lekin xizmat sifati yuqoriligi va qulayliklar yaxshilangani otellarga xosdir. Bu joylashish obyektlarining yaxshi moliyaviy ko‘rsatkichlari juda ko‘p otellarni mototellarga aylanishiga zamin yaratdi. Asosiy bino oldingi mehmonxona shaklini saqlab qoldi. Unga tutash hududlarda esa avtomobillar uchun to‘xtash joyi, garaj, texnik xizmat stansiyalari jihozlanadi. 20 yil davomida otellar soni mutloq va nisbiy ifodalarda ikki marta kamaydi.
Motellar va mototellarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar umumiy soni mehmonxona muassasalarida bandlikni urushdan keyingi 30 yil davomida uch martadan ziyodroqqa ko‘paytirdi. Motellarda nomer fondi yuklatish koeffitsenti otellar uchun shunga o‘xshash ko‘rsatkichlardan ziyod bo‘lib, munosib ravishda 72 % va 62 % ni tashkil qiladi. Motelda sutkalik to‘lov o‘rtacha hajmi otelga nisbatan yarmiga kam. Shunga qaramasdan motelda yillik tushumlar sur’ati o‘sishi yuqori darajada qolmoqda.
Mehmonxona korxonalari xizmat sifati va xillari, maishiy qulayliklari darajasidan tashqari xususiy mulkligi shakli bilan ham farqlanadi. Bu belgiga ko‘ra davlatniki, munitsipial va shaxsiy otellarga ajratiladi. Keyingi kategoriya bozorda turistik xizmatlarni mustahkam egallab turibdi. Parij, London, Amsterdam, Bryussel, Madrid, Frankfurt – na Mayn kabi Yevropa turizm markazlarida mehmonxona tipidagi joylashtirish vositalarining 50 % dan ko‘prog‘i, Milanda esa 90 % unga to‘g‘ri keladi. Munitsipal otellar salmog‘i ancha past bo‘lib, Frankfurt – na – Maynda 10 %, Bryussel va Londonda 40 % ni tashkil qiladi. Mehmonxona xo‘jaligida davlat sektori bir muncha sust rivojlangan. Uning ulushi 20 % dan oshmaydi. Bryussel, London, Madrid va Milanda u umuman yo‘q. AQShda shaxsiy joylashtirish vositalari bilan bir qatorda, idora va muassasalarga tegishli mehmonxona korxonalari, shuningdek kondominimum (taymshering) tipida otellar tarqalgan. Uning qisqacha xarakteristikasi 13-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |