Халқаро туризм


Amerikada davolash – sog‘lomlashtirish turizmi



Download 1,06 Mb.
bet145/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Amerikada davolash – sog‘lomlashtirish turizmi. Amerika qit’asida davolash-sog‘lomlashtirish turizmi bozorida shubhasiz AQSH yetkachi o‘rinni egallaydi. Uning sog‘liqni saqlashdagi yutuqlari (organlar va xujayralarni ko‘chirib o‘tkazish, kardioxrururgiya, plastik operatsiya) butun dunyoda tan olingan. Vrachlar va yordamchi tibbiyot xodimlari dunyoda eng malakali va mahoratli hisoblanadilar. Klinik komplekslar ilm-fan yutuqlarining eng so‘nggi uskunalari bilan jihozlangan. Ammo AQShda tibbiy yordam juda qimmat turadi. Shuning uchun ham tobora ko‘proq amerikaliklar o‘z salomatliklariga jiddiy e’tibor bilan qaraydilar. Turli kasalliklar oldini olish choralarini ko‘radilar va shu maqsadda kurortlarga boradilar.

Shimoliy Amerika kurortlarining asosiy turi – balneologik tipda. Ular barcha shtatlarda mavjud bo‘lib, AQShning markaziy qismida Arkanzas shtatida joylashgan Xot–Springs, Xiber-Springs, Mammot – Springs kurortlari o‘zining mineral suvlari bilan mashhur. Nyu-York shahri chekkasidagi Long-Bich, Atlantika okeani qirg‘og‘idagi Xatteras, Shimoliy Karolina, Floridadagi Mayami–Bich, Kaliforniyadagi San-Diyego va Santa-Kruz dengiz bo‘yi iqlim kurortlarida dam olishga talab katta. Ko‘l bo‘yi kurortlari ham mashhur. Ko‘pchilik amerikaliklar dam olish va davolanish uchun Markaziy Amerika, Barbados, Kuba va Bagam orollarini ma’qul ko‘rishsada, bu ko‘lbo‘yi kurortlari ham doimo gavjum.



Yaqin Sharq davolash –sog‘lomlashtirish maqsadida turistlar oqimi «Hayot yo‘li» bo‘ylab tuz va mineral moddalarga boy O‘lik dengiz sari yo‘l olishadi. Uning suvi hatto oddiy organizmlarning yashashi uchun ham yaroqsiz. Ammo Isroilning Eyn-Bokek, Eyn-Bukek, Eyn-Gedi, Neve – Zoxar va O‘lik dengiz bo‘ylarida joylashgan boshqa kurortlariga kelayotgan turistlar a’lo darajada terapevtik davosi olishlarini yaxshi bilishadi.

O‘lik dengiz rayoni yoki ko‘pincha SHo‘r dengiz deb ataluvchi bu joylar shifobaxsh mineral termal suvlari, balchig‘i, ayniqsa insonga ijobiy ta’sir etuvchi biometereologik sharoiti, boshqa tabiiy shifobaxshlik omillari uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Million yillar avval Yer qobig‘i siljishi oqibatida O‘lik dengiz okeandan ajralib qolgan va tuz hamda minerallar ko‘p miqdorda to‘plangan jonsiz ko‘lga aylangan. Uning suvida brom 80, magniy 35, tuz 10 marta okeandagidan ko‘p. Suvning alohida ximiyaviy tarkibi quvvatni tiklash va organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Brom asab tizimini tinchlantiradi. Magniy tonusni rag‘batlantirishda va terini tozalaydi. O‘lik dengiz suvining zichligi xususiyati shundaki, unga tushgan suzishni bilmaydigan kishi ham cho‘kib ketmaydi, bemalol suv yuzasida qalqib turaveradi.

O‘lik dengiz boshqa mineral manabalardan: tog‘ toza suvlaridan, shifobaxsh bo‘loqlardan to‘yinadi. Ular o‘zi bilan shifobaxsh balchiqlarni oqizib keladi. Turli xil moddalar va mineral tuzlarga boy bo‘lgan bu balchiq organizmda moda almashinuvini yaxshilaydi. Kishini bardam qiladi, ko‘pgina kasalliklarning oldini oladi. O‘lik dengiz kurortlari kishilarning davolanish haqidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Davolanish jarayoni bu yerda boshqa muolajalarga qaraganda dam olish va ko‘ngi lochishda ko‘proq xush kayfiyat uyg‘otadi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish