20
7.
Uzum
745
621
624
1090
1205
1322
1748,9
Respublikamiz qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishda er-suv
resurslarining ahamiyati beqiyos. Chunki ular yordamida mamlakatimiz ichki yalpi
mahsulotining to’rtdan uch qismi, xalqimiz iste’mol qilayotgan mahsulotlarning 95
foizi etishtirilmoqda. Shunday ekan, ulardan kelajakda yanada to’liqroq, samaraliroq
foydalanish dolzarb muammo hisoblanadi. Uni hal etish maqsadida respublika
hukumati tomonidan siyosiy, huquqiy,
tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, er, suv,
mulk to’g’risidagi qonunlar, kodekslar qabul qilindi. Ularda respublikamizda erga,
suvga egalik qilish, ulardan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish
borasidagi munosabatlar tizimi va ularni amalga oshirish tartibi ko’rsatilgan. Er-suv
resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi O’zbekiston Konstitutsiyasining 55-
moddasida «Er…suv…umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va
ular davlat muhofazasidadir»
5
deb alohida ta’kidlangan.
Yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosiy tayanchi bo’lgan qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, ekin maydonlari
tarkibini optimallashtirish, ishlab chiqarishga yangi va
ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ekin navlari va chorva mollari zotini, urug’chilik-
selektsiya ishlarini tubdan yaxshilash borasida keng qamrovli, shu bilan birga, puxta
o’ylangan ishlar amalga oshirildi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmining oshishi faqat ekin maydonlarini
kengaytirish yoki chorva mollari bosh sonini ko’paytirish evaziga emas, balki asosan
intensiv rivojlanish, ya’ni ekinlar hosildorligi va chorva
mollari mahsuldorligini
oshirish evaziga ta’minlanmoqda.
Qishloq xo’jaligida dehqonchilik va chorvachilik oddiy tarmoqlar
hisoblanmasdan, unda mehnat qilayotgan fuqarolar mamlakatimizda ma’lum bir
ahloqiy va ma’naviy boyliklarni saqlovchi va tarqatuvchi yirik kuch sifatida alohida
qadrlanadi. Uning asosini esa shaxsning erkinligi, oila va o’z eriga muhabbat
tashkil
etadi. Jahon qishloq xo’jaligi tajribalarining ko’rsatishicha, oilaviy fermer
xo’jaliklarida ishlab chiqarishdagi yangiliklarga bo’lgan qiziqish oshib bormoqda,
er va mulkning qadriga etish, oila a’zolarining bir-biriga bo’lgan munosabatida mehr
– muhabbat etakchi o’rin tutadi, ahloqiy urf-odatlar mustahkam saqlanadi va
avloddan avlodga o’tib boradi.
Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni,
ahamiyati
quyidagilarda ifodalanadi:
qishloq xo’jaligi aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, oziq-ovqat
kishilarning ma’naviy hayoti va moddiy ishlab chiqarishining asosi hisoblanadi;
qishloq xo’jaligi engil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo manbaidir.
Bu tarmoqlarning mahsuloti ham bevosita aholi ehtiyojlarini qondirishda
foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi
va samaradorligi sanoatning ayrim tarmoqlari
ishlab chiqarish hajmini va
samaradorligini aniqlaydi. To’qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 40
5
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. «O‘zbekiston», 1992.
21
foizini, qand ishlab chiqarishda 70 foizini, sut va yog’ mahsulotlarida 80 foizga
yaqinini qishloq xo’jalik xom ashyosi tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatda
aholi iste’moli fondining to’rtdan uch qismi bevosita qishloq xo’jalik mahsulotidan
yoki qishloq xo’jaligi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotidan
iborat;
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mamlakat og’ir sanoatining rivojlanish
sur’atiga va darajasiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi yirik miqdorda
ishlab chiqarish vositalarini iste’mol
qilgani holda traktor, meliorativ va qishloq
xo’jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o’g’it
ishlab chiqarishga
faol ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab
chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlarning asosiy qismini sanoat etkazib
beradigan ishlab chiqarish vositalari (yoqilg’i-moylash materiallari, zahira qismlar,
mineral o’g’it, omuxta em, asosiy vositalar amortizatsiyasi va boshqalar) tashkil
qiladi;
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga mehnat resurslarini jalb qilish
borasida ham katta ahamiyatga ega, chunki bu tarmoqda faol xodimlarning 40 foizi
faoliyat olib boradi. Qishloq xo’jaligi xodimlarning bir qismini boshqa tarmoqlarga
o’tkazib, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ishchi kuchini takror ishlab
chiqarishga katta hissa qo’shadi;
qishloq xo’jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni yana shu bilan
aniqlanadiki, u umumxalq masalalarini hal qilish uchun zarur bo’lgan
jamg’arishning muhim manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: