3. Zamonaviy demografik kontseptsiyalar. 1950-1960 yillarga kelib yangi demografik kontseptsiyalar va qarashlar paydo bo’la boshladi. E.Bozerup, M.Posten va R.Xarrodlar aholi sonining ortishi milliy daromad va mehnat samaradorligining oshishiga yordam beradi deb hisoblashsa, A.Koul, M.Guver, X.Leybnshteyn, D.Mid, G.Oxlinlar esa bunga teskari fikrlarni bildirganlar. Bundan tashqari G.Bekkerning “tug’ilish iqtisodiyoti”, Notenshteyn kontseptsiyasi, D.Boug klassifikatsiyasi kabilar ham zamonaviy demografik kontseptsiyalarning asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |