Dunyo va yirik regionlarining urbanizatsiya darajasi (2016)
№
|
Hududlar
|
Urbanizatsiya, %
|
1
|
Dunyo
|
54
|
2
|
Rivojlangan davlatlar
|
78
|
3
|
Rivojlanayotgan davlatlar
|
49
|
4
|
Evropa
|
74
|
5
|
Osiyo
|
48
|
6
|
Afrika
|
41
|
7
|
SHimoliy Amerika
(AQSH va Kanada)
|
81
|
8
|
Lotin Amerika
|
80
|
9
|
Avstraliya va Okeaniya
|
70
|
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Nima sababdan urbanizatsiya jarayoni aynan ohirgi ikki asr mobaynida yuqori tezlik bilan rivojlandi?
2. Urbanizatsiya rivojlanishi qanday bosqichlarni bosib o’tadi?
3. Global shahar hisoblanishi uchun shahar qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
4. Yirik shaharlarning ijobiy va salbiy tomonlarini jadval shaklida daftaringizga yozib chiqing.
5. O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonining rivojlanish xususiyatlari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
13-mavzu: (2 Soat ) Aholi rivojlanishining qonuniyatlari, kontseptsiyalari,
ularni bashoratlash
Reja:
1.Demografik kontseptsiyalar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
2.Qadimiy demografik kontseptsiyalar.
3. Zamonaviy demografik kontseptsiyalar.
4. Aholi sonini bashoratlash usullari.
Tayanch tushunchalar: demografik kontseptsiyalar, qadimiy demografik kontseptsiyalar, zamonaviy demografik kontseptsiyalar, demografik prognozlashtirish.
1.Demografik kontseptsiyalar va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Demografik kontseptsiyalar jamiyat ehtiyoji e’tiborga olingan holda mamlakatda aholi soni, uning tabiiy ko’payishi, mexanik harakatiga nisbatan bo’lgan qarashda ifodalanadi. U turli tarixiy davrlarda turlicha xarakterga ega bo’lib kelgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida qabila va urug’lar orasida aholi tabiiy ko’payishining tabiiy holda past darajaga ega ekanligi, bu davrda alohida davlat manfaatlarining mavjud emasligi hech bir yo’nalishdagi demografik kontseptsiyalarga ehtiyoj yaratmagan.Demografik kontseptsiyalarning miqdoriy va sifatiy ko’rinishlari mavjud. Miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan demografik kontseptsiyalarda asosan aholi miqdori va u bilan bog’liq holatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni tahlil etiladi. Ularga quyidagilar misol bo’la oladi:
Ilk demografik kontseptsiyalar
Malьtus nazariyasi
Aholi sonining yetarlilik nazariyasi (I.Ferenchi)
Aholi yetishmasligi (L.Gersh)
Sifatiy xususiyatga ega bo’lgan demografik kontseptsiyalarda asosan aholi hayot tarzi va u bilan bog’liq holatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni tahlil etiladi. Ularga quyidagilar misol bo’la oladi:
Irqchilik
Organik nazariya (Spenser)
Ijtimoiy muqimlik
Demografik tsikllar nazariyasi (F.Brodelь)
Do'stlaringiz bilan baham: |