Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Qishloq aholi manzilgohlari: turlari, tarqalish xususiyatlari



Download 5,32 Mb.
bet74/150
Sana29.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#158420
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   150
Bog'liq
Аҳоли геогр ва дем янги 2020 2021 TOSHKENT

3. Qishloq aholi manzilgohlari: turlari, tarqalish xususiyatlari. Qishloq aholi punktlapining aniq bir ta’rifi yo’q, ammo aytish mumkin-ki, shahar aholi punktlapi talablariga javob bermaydigan barcha aholi punktlapi qishloqlar hisoblanadi. Shuningdek, uncha katta bo’lmagan, sanoat, transport o’rmon xo’jaligi, dam olish uylari, sanatoriyalar qoshida paydo bo’lgan kichik posyolkalar qishloq aholi punktlapiga tegishli bo’ladi. Dunyo bo’yicha qishloq aholi punktlapining umumiy soni mavjud emas. Har bir davlat o’zining ma’muriy-hududiy tuzilishidan kelib chiqib qishloqlarni ajratishadi. Masalan, O’zbekistonda rasmiy shahar yoki shaharcha maqomini olmagan, aholisi 2000 kishigacha bo’lgan, aholisining deyarli barchasi qishloq xo’jaligida va u bilan bog’liq tarmoqlarda band bo’lgan aholi punktlapini qishloq aholi punktlapiga kiritish mumkin.

Qishloq aholi punktlapi unda yashovchilar soni, joylashgan geografik o’rni, bajaradigan funksiyasiga ko’ra shaharlardan farq qiladi. Qolaversa, shaharlar uchun qo’yilgan talablarning birortasiga qishloqlar javob bermaydi.

Aksariyat qishloq aholi punktlapi bevosita yer bilan chambarchas bog’langan. Yer qishloq ahlining asosiy ishlab chiqarish vositasi, ularni boqadigan zamini hisoblanadi. Biroq yerlardan foydalanishdagi va qishloq xo’jaligi ixtisoslashuvidagi tafovutlar iqlim, rel’ef hamda tabiiy sharoit bilan uzviy bog’langanligi tufayli bir-biridan keskin farq qiladi. Bu esa qishloqlardagi ishlab chiqarish tiplarining ham xilma-xilligiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa, aksincha, qishloq joylardagi aholi qishloq xo’jaligi bilan juda kam shug’ullanishadi.

Tabiiy sharoit qishloq aholisi punktlapidagi xo’jalik tarmoqlarining ixisoslashuviga hamda shu asosda kichik-kichik ixtisoslashgan qishloqlarning paydo bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Masalan, dehqonchilik, qoramolchilik, o’rmon xo’jaligi, tog’-kon va hokazo.

Barcha qishloq aholi punktlapi shaharlar singari o’z bajaradigan funktsiyasiga qarab uchta asosiy guruhga birlashtiriladi.


    1. Qishloq xo’jaligi

    2. Qishloq xo’jaligi bilan bog’lanmagan

    3. Aralash qishloq aholi punktlapi

Qishloq xo’jaligi bilan bevosita bog’liq bo’lgan, aholisi qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish va uni qayta ishlash bilan band bo’lgan aholi punktlapi qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan aholi punktlapi, deb yuritiladi. Bunday qishloqlar aholisi odatda dehqonchilik, bog’dorchilik, uzumchilik hamda chorvachilik bilan shug’ullanadi.

Qishloq aholi punktlapining ikkinchi guruhiga bir qismi aholi qishloq xo’jaligida, qolgani sanoat, transport, qurilish va xizmat ko’rsatish sohalarida band bo’lgan qishloq xo’jaligi bilan bog’lanmagan aholi punktlapi kiradi.

Aholisining aksariyati qishloq xo’jaligida, ma’lum bir yashovchilar sanoatda, transportda, qurilishda, xizmat ko’rsatish yoki boshqarishda ishlaydigan qishloq aholi punktlapi aralash qishloqlar, deb ajratiladi.

Qishloq aholi punktlapini klassifikasiyalashganda aholiyligi ko’rsatkichidan foydalaniladi. S.A. Kovalyov tomonidan qishloq aholi punktlapi aholiyligiga ko’ra quyidagicha klassifikasiyalangan (1963. 36 bet).

1) aholisi 10 kishidan kam aholi punktlapi (yakka hovli, yakka yashash joyi);

2) 100 kishigacha yashovchilari bor kichik aholi punktlapi;

3) 200-500 kishigacha, bunga fermer xo’jaligi, bir xo’jalik brigadasi misol bo’la oladi;

4) 1000-2000 aholisi bor qishloq aholi manzilgohi, bular endi nisbatan yirik hisoblanadi. Xo’jalik markazi, qishloq markazi misol bo’la oladi;

5) 3000-5000 aholisi bor yirik qishloq aholi manzilgohi. Bularga shahar darajasidagi qulayliklarga ega aholi punktlapini kiritish mumkin.

Qishloq aholi punktlapini geografik tadqiq etishda ularda yashovchi aholi soniga, o’sishi, joylashishi, zichligi va taqsimlanishiga alohida e’tibor berish talab etiladi.

4. Urbanizatsiya jarayonining shakllanish bosqichlari. Urbanizasiya – (lotincha urbanus – shahar) – shaharlashish, ya’ni shaharlarning o’sishi va ko’payishi. Bu jarayon fan-texnika inqilobi davrida keskin kuchayib, shahar aholisining ko’payishiga, shahar turmush tarzining keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Eng yuqori ko’rsatkich (100%) Qatar, Monako, Baxrayn, Nauru kabi mitti davlatlarda kuzatiladi. Eng past ko’rsatkich esa Burundi (10%), Malavi (16%), Efiopiya (17%) kabi davlatlarga xos.

18-chizma



Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish