Jahon davlatlarida millioner shaharlar soni
№
|
Davlat
|
Millioner shaharlar soni
|
1
|
Xitoy
|
199 ta
|
2
|
Hindiston
|
54 ta
|
3
|
Rossiya
|
15 ta
|
4
|
Braziliya
|
14 ta
|
5
|
Indoneziya
|
12 ta
|
Aholisi soni 10 mln.dan ortiq shaharlari megasitilar deb nomlanadi. Jahonda 15 ta shahar shunday maqomga ega.Ular orasida SHanxay, Karachi, Pekin eng yiriklari bo’lib hisoblanadi.
Shaharlarning funktsional tuzilishi shahar hayotining barcha jabhasida yaqqol seziladi, shu boisdan shaharlarni turli yo’nalishda tadqiq etishda buni albatta hisobga olish lozim. Shaharlarning funktsional tuzilishi aholi takror barpo bo’lishi sur’atiga, aholi demografik tarkibiga, aholi bandligi, aholi migratsiyasi xarakteriga, aholi ijtimoiy tarkibiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Aholining yirik shaharlarda to’planishi yirik–katta shaharlarning vujudga kelishiga ham sabab bo’lmoqda. Yirik shaharlar mayda va o’rta shaharlar hisobiga tobora gigant shaharlarga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |