3.Demografik siyosat yuritish usullari. Demografik siyosat deganda, hozirgi davr hamda uzoq muddatli istiqbol uchun aholining takror barpo bo’lishi va dinamikasi sohasida muayyan bir sifat va miqdorga erishishni nazarda tutuvchi birlashgan vositalar va fikrlar birligining davlat miqyosida qabul qilingan tizimi tushuniladi. Demografik siyosatni o’tkazishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
iqtisodiy;
ma’muriy-huquqiy;
ijtimoiy-psixologik.
Iqtisodiy usulda demografik hodisalarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash nazarda tutiladi. Jumladan, bunga tug’ilishni ko’paytirish, ko’p farzandli oilalar uchun uy-joy olishga imtiyoz, farzandlarga nafaqa ajratish, maktabgacha tarbiya muassasalari, maishiy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini rivojlantirish va. boshqalar kiradi. Shuningdek, ko’chib kelgan hududdagi migrantlar uchun ijtimoiy himoya, ish xaqi, ish joyi, uy-joy, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish kabilarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash ham nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |