Ma’muriy-huquqiy usulda aholining takror barpo bo’lishi rasmiy qonun hujjatlari asosida boshqariladi (qonunchilik xujjatlari, kontratseptivik vositalarni ishlab chiqish, foydalanish uchun ruxsat yoki taqiq, birinchi nikohga kirish yoshining belgilanishi, harbiy xizmatga chaqirilgan oilali, farzandi bor erkaklarga turli imtiyozlarning belgilanishi va hokazo). Binobarin, bu usulda ijtimoiy fondlardan aholining turli guruhlari uchun aksiyalarning taqsimlanishi, o’qishga qabul qilishdagi imtiyozlarning belgilanishi kabi ishlar o’z ichiga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |