Dunyo aholisi jinsiy tarkibining mintaqaviy tafovvutlari
№
|
Mintaqalar
|
Erkaklar salmog’i (% hisobida)
|
Ayollarga nisbatan erkaklar salmog’i (mln. kishi hisobida)
|
Har 1000 ayolga to’g’ri keladigan erkaklar soni
|
1
|
Dunyo bo’yicha
|
50,3
|
+34,0
|
1015
|
2
|
MDH
|
47,2
|
-16,0
|
911
|
3
|
Evropa
|
48,7
|
-13
|
958
|
4
|
Osiyo
|
51,2
|
+73
|
1049
|
5
|
Afrika
|
49,8
|
-3
|
990
|
6
|
SHimoliy Amerika
|
48,8
|
-7
|
954
|
7
|
Janubiy Amerika
|
49,9
|
-1
|
999
|
8
|
Avstraliya va Okeaniya
|
50,2
|
+0,1
|
1011
|
Shuni alohida qayd etish lozimki, ikkinchi jahon urushida Yevropagi qator davlatlar, ayniqsa sobiq SSSRda juda ko’p erkaklar halok bo’lgan. Shuning uchun ham XX asrning oxiriga qadar aholi tarkibida ayollar nisbatan eng yuqori bo’lgan davlat sobiq SSSR hisoblanar edi. Chunonchi 1989 yilda bu davlatda har 1000 ayolga 891ta erkak to’g’ri kelgan.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha dunyo aholisining umumiy tarkibida erkaklar ayollarga nisbatan bir muncha ko’proq bo’lib, ya’ni har 1000 ayolga nasbatan erkaklar soni 1009 ni tashkil etar ekan. Ayollarga nisbatan erkaklarning ko’pligi asosan Osiyo davlatlarida (1000 ayolga 1042 ta erkak) kuzatilsa. Yevropa davlatlarida esa aksincha – ayollar salmog’i yuqoriligi kuzatiladi. Ayollarning erkaklarga nisbatan ko’pligi ayniqsa Rossiya davlatida yuqoridir (1000 ayolga 890 erkak.
O’zbekistonda ham aholining jinsiy tarkibi hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati va demografik jarayonlari ta’sirida shakllanib, kelgan. Respublika hududida XIX asrning ikkinchi yarmi hamda XX asrning boshlarida ayollar salmog’i ancha past bo’lib, har 1000 erkakka 856-859 ni tashkil etgan. XX asrning 60 yillaridan boshlab ayollar salmog’i oshib borgan. Hozirgi davrda O’zbekistonda aholining jinsiy tarkibi deyarli tenlashib, qulay demografik rivojlanishga asos bo’lmoqda 2008 yil O’zbekistonda 1000 ayolga nisbatan erkaklar soni 999,8 ni tashkil etgan.
Aholining jinsiy tarkibida migratsiyaning o’rni ahamiyatlidir. Aholi migratsiyasida erkaklar ishtiroki yuqori bo’lganligi sababli migratsion oqim yuqori bo’lgan ba’zi yirik shaharlarda, o’zlashtirilayotgan hududlarda aholi tarkibida erkaklar salmog’i yuqori bo’ladi. Masalan Toshkent shahrida jami aholining 51 foizini erkaklar tashkil etadi.
O’lish jarayoni ham aholi jinsiy tarkibiga ma’lum darajada ta’sir etadi. Ayniqsa keksa aholi guruhida (65 va undan yuqori yoshlarda) ayollarga nisbatan erkaklar o’limining yuqori bo’lishi, ushbu yoshlarda erkaklar salmog’ining pasayib ketishiga sabab bo’lgan. Masalan O’zbekistonda 2008 yil 70 yosh va undan yuqori har 1000 ayolga nisbatan 704 erkak to’g’ri kelgan.
5-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |