2. Aholi migratsiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Aholi migratsiyasi ko’plab omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Ularga birinchi navbatda iqtisodiy-ijtimoiy (ishlash, ish qidirish, o’qish bilim olish, turmushga chiqish, uylanish, siyosiy) siyosiy, milliy, diniy, harbiy, ekologik omillarni kiritish mumkin.
Iqtisodiy omillar. Aholi migratsiyasiga ta’sir etuvchi omillar orasida iqtisodiy omillar eng muhimi hisoblanadi, Chunki qolgan barcha omillar pirovardida iqtisodiy muammolarga aylanadi yoki iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Iqtisodiy omillar deganda har bir davlat iqtisodiy tizimining mustahkamligi, uning o’sish darajasi va rivojlanish ko’lami tu shuniladi. Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar, mehnat sharoitlari va ish haqi o’rtasida yuzaga kelgan sezilarli farq ishchi kuchlarini mamlakatlararo ko’chib yurishiga sabab bo’luvchi muhim omil hisoblanadi. Masalan AQSh va Meksikadagi daromadlarning taxminan 10 barobarga farq qilishi meksikalik ishchilarni AQSH ga ish qidirib o’tishlarining asosiy sababi hisoblanadi. shunday qilib er yuzida rivojlangan boy va rivojlanayotgan iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarning mavjudligi xalqaro migratsiya va jahon mehnat bozorining amal qilishini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.11
Demografik omillar. Aholining o’sish sur’ati, aholi sonining ko’payishi yoki qisqarishi bilan bog’liq bo’lgan omillar demografik omillar bo’lib sanaladi. Bunday omillar qatoriga birinchi navbatda aholining tabiiy o’sish darajasini kiritish mumkin, Chunki tabiiy o’sish migratsion jarayonga ta’sir etishi bilan birgalikda migratsion jarayonning jadalla shuvi ham o’z navbatida, tabiiy o’sishga sabab bo’lishi mumkin. Tabiiy o’sish natijasida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi etishib chiqishiga, ya’ni migratsiya qilishi mumkin bo’lgan aholi ko’payishiga zamin yaratiladi. shu o’rinda demografik omillarning iqtisodiy omillar bilan uzviy bog’liqligini alohida ta’kidlab o’tish lozim bo’ladi. Jumladan, iqtisodiy o’sish bilan tabiiy o’sish o’rtasidagi farqning ortishi ham migratsiyaga katta ta’sir etadi. ya’ni, tabiiy o’sish sur’atlari iqtisodiy o’sish sur’atlaridan yuqoriroq bo’lsa mamlakatda ishsizlar sonining ortishiga va kishilarning chet elga ish izlab chiqishlariga sabab bo’ladi. Tabiiy o’sish sur’atlari iqtisodiy o’sish sur’atlaridan past bo’lsa mamlakatda ishchi kuchiga bo’lgan talab ko’tariladi va chet ellik ishchilarning ish izlab kelishlari ortadi. Misol uchun, 90 - yillarning o’rtalarigacha Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti mamlakatlarida (AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, yangi Zelandiya, Islandiya, Turkiya, Shveysariya va Yevropa Ittifoqi davlatlari) iqtisodiy faol aholi yiliga o’rtacha 0,8 foiz ko’paygan, yalpi ichki milliy mahsulot hajmi esa 3 foizga oshgan.12
Siyosiy omillar. Ayrim mamlakatlardagi, siyosiy vaziyatning bararor emasligi, ularning iqtisodiy ahvoliga ta’sir etib, mamlakat ishchi kuchinining chetga oqimini keskin kuchaytiradi. shu jumladan, turli siyosiy inqiroz va urushlar natijasida majburiy migrantlar (qochoqlar, deportatsiya qilinganlar) sonining ko’payishiga olib keladi. Sobiq Ittifoqning tarqalib ketishi natijasida, nafaqat, Ittifoq tarkibidagi davlatlarda, balki unga qo’shni bo’lgan sotsialistik lager tarkibidagi davlatlarda siyosiy beqarorlik hollarining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Uning natijasida majburiy migrantlar soni ko’paydi. Ekspertlarning ma’lumotiga ko’ra MDH davlatlarida ayni paytda (2003 y.) 1,8 mln. qochoqlar va majburiy migrantlar mavjud.13
Ijtimoiy omillar. Aholi migratsiyasini keltirib chiqaruvchi omillar ichida ijtimoiy omillar ham kattagina ahamiyat kasb etadi. L.L. Riybakovskiy migratsiyaning ijtimoiy omillari deganda, migratsion jarayonga ma’naviy omillarning ta’sirini tu shunadi.14 M.Q. Qoraxonov migratsion jarayondagi ijtimoiy omillarni kishilarning malakasi va ma’umoti qanchalik yuqori darajada bo’lsa, uning migratsion harakatchanligi (mobilligi) shunchalik tez va u ongli ravishda malakasidan samarali foydalanish mumkin bo’lgan joyni qidiradi.15 shu jumladan, o’qish va kasbiy malakani oshirish maqsadlari ham ko’plab kishilarni, ayniqsa, yoshlarni migratsiya qilishlariga sabab bo’ladi.
Ijtimoiy omillar ichida etnik omillar ham o’ziga xos mavq’ega ega. Etnik omillarga - aholining an’analari, urf-odatlari, tili, turmush tarzi kabilarni kiritish mumkin. Ularning har biri migratsiya jarayonini jadallashtirishi yoki sekinlashtirish mumkin. Jumladan, o’zbek xalqining tarixan o’troqligi, o’z tug’ilgan va o’sgan joyiga bog’liqligi, o’rgangan qadriyatlari va turmush tarzini o’zgartirishga moyil emasligi tufayli, sobiq Ittifoqdagi boshqa xalqlar ichida eng sust migratsion harakatchanligi bilan ajralib turadi. Biroq so’nggi bir necha yil ichida migrantlar tarkibida o’zbeklar salmog’ining tobora ortib borayotganligini ko’rish mumkin. Til omili ham migratsiyaga sezilarli ta’sir etadi. Kishilarning til bilish bilmasligi ham ularning migratsiya qilishiga yoki migratsiyadan tiyilib turishiga sabab bo’ladi. Misol uchun 1989 yilda o’zbek tiliga “Davlat tili” maqomining berilishi va davlat rasmiy idoralarida o’zbek tilida ish yuritishning lozimligi ta’minlanishi natijasida o’zbek tilini o’rganishni hohlamagan yoki o’rganmagan kishilarning boshqa hududlarga migratsiya qilishlariga sabab bo’ldi.
Ekologik omillar. XX asrning o’rtalaridan migratsiya omillari qatoriga ekologik omillar ham qo’shildi va borgan sari uning ko’lami tobora ortib bormoqda. Ekologik jihatdan o’z hayotlariga havf tug’iladigan joylardan kishilarning ko’chib ketishi tabiiy holdir. Misol uchun, O’zbekistonda ikkita yirik ekologik havf o’chog’i mavjud. Bular Orol dengizining qurishi bilan bog’liq ekologik xavf o’chog’i va Surxondaryo viloyatining Tojikiston bilan chegara hududlari (Tursunzoda alyuminiy zavodi atmosferaga chiqindilarni chiqarishi natijasida) bo’lib, bu erlardagi kishilar o’zlarining va avlodlarining kelajak taqdirini o’ylab boshqa ekologik jihatdan xavfsizroq hududlarga ko’chib ketmoqdalar. Birgina O’zbekistonning Orolbo’yi hududlaridan 90-yillarda Qozog’istonga- qariyib 30 ming, Turkmanistonga – 4 ming va O’zbekistonning boshqa hududlariga qariyib 20 ming kishi ko’chib ketishga majbur bo’lishgan.16
Do'stlaringiz bilan baham: |