Birinchidan, irqiy tarkib boshqa ijtimoiy tarkib ko’rinishlaridan farqli ravishda biologik kategoriya hisoblanadi.
Ikkinchidan, shaxslar emas, balki turli populyatsiyalarning jamlanmasi sifatida qaraladi. Populyatsiya – (lotincha popilus – xalq, aholi) – bir turga kiradigan hamda uzoq vaqt davomida muayyan maydonga tarqalgan va ko’p avlodlar davomida tiklanib turadigan individlar majmui.
Irqlarni ajratuvchi asosiy fiziologik belgilar quyidagilar hisoblanadi:
tana rangi;
soch qoplami xususiyati;
kallaning yuz qism tuzilishi;
tana qismlari proportsiyasi;
kaftlar va tovondagi asosiy chiziqlarning joylashuvi;
barmoqlardagi chiziqlar;
qon guruhi;
tishlar va jag’ tuzilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |