2. Dinlarni guruhlashtirish. Jahon davlatlarida tarqalgan barcha dinlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Primitiv (sodda) din qabila va urug’lar orasida tarqalgan, diniy e’tiqodning eng sodda ko’rinishi bo’lib hisoblanadi. Tropik Afrika negrlari, Janubiy Amerika hindilari, ayrim Janubiy-SHarqiy Osiyo va Okeaniyaning kichik etnik xalqlari orasida primitiv din ko’rinishlari tarqalgan. Ular orasida fetishizm(biron tabiat jismlarining alohida qismlariga e’tiqod qilish) Tropik Afrikada, totemizm(biron hayvonga e’tiqod qilish) Avstraliya aborigenlari, Amerika hindulari va Hindistonda, shomonlik(o’lganlar ruhining qayta tirilishi va tanlangan kishilarning ular bilan muloqot qila olishiga ishonish) shimol xalqlari orasida keng tarqalgan. Bundan tashqari, animizm, ajdodlar ruhi madaniyati kabi primitiv dinlar ham bor.
Mahalliy din ma’lum bir yoki bir necha qardosh etnik birliklar orasida tarqalgan diniy ko’rinish hisoblanadi. Bu guruh tarkibigabir qator diniy ko’rinishlar mansub bo’lib, ular orasida eng ahamiyatlilari quyidagilar:
Induizm – ruhning tanadan-tanaga ko’chishi, barcha qilingan ishlar uchun javobgarlik mavjudligi targ’ib etiladi.
Sikxizm – induizmdan ajralib chiqqan sekta. XVI – XVII asrlardan boshlab mustaqil diniy ko’rinishi sifatida shakllangan. Asosan kastalarning mavjudligini inkor etadi.
Konfutsiylik – faylasuf Konfutsiy ta’limotlari asosida eramizdan avvalgi VI-V asrlarda shakllangan. Tabiat bilan birlikni targ’ib etadi.
Sintoizm – VII-VIII asrlarda shakllangan. Mavjud ko’p sonli ilohlar va xudolar orasida quyosh xudosi – Amaterasuni ulug’lab, yapon imperatorlik oilasi uning avlodlari sifatida tan olishadi.
Iudaizm – mahalliy dinlar orasida yagona yakka xudolikni targ’ib etuvchi din hisoblanadi.
Jahonning bir qancha mintaqalarida tarqalgan, e’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra katta salmoqqa ega bo’lgan dinlar dunyoviy dinlar deb nomlanadi. Dunyoviy dinlar orasida buddizm dini e’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra eng kam salmoqni tashkil etadi. Bu din SHimoliy Hindistonda eramizdan avvalgi 5-6 asrlarda paydo bo’lgan. Uning maxayana va xanayana ohimlari mavjud. Xristian dini eramizning 1 asrida Isroilda paydo bo’lgan bo’lib, eng ko’p e’tiqod qiluvchilarga ega. Bunga Yevropa davlatlarining mustamlakasilik siyosati va Buyuk geografik kashfiyotlar sabab bo’lgan. Uning katolik, protestant va provaslav mazhablari mavjud. Islom dini eramizning 7 asrida Arabiston yarim orolida paydo bo’lgan. U e’tiqod qiluvchilar soni tez o’sib borayotgan din hisoblanadi. CHunki, musulmon davlatlari dunyoda tug’ilish darajasi yuqori bo’lgan davlatlar qatoriga kiradi. Uning sunniy va shia mazhablari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |