Aralash irqlarning shakllanishi
Ko’pchilik zamonaviy Amerika xalqlari ikki, ba’zan uch irq vakillari qo’shilishidan paydo bo’lganlar. Bunda Afrikadan keltirilgan, turli qabilalarga mansub, yangi joylarda oqlar bilan ketma-ket o’rnashgan negrlar tezda qabila tillarini unutib, o’zlari yashay boshlagan mamlakatning hukmron tillarini (ingliz, ispan, portugal, fransuz) o’zlashtirdilar. Atrofdagi aholi bilan qo’shilib, ular ayrim mamlakatlarda millatni (braziliyaliklar, kubaliklar) tashkil etuvchi asosiy etnik komponentlarga aylandilar. Boshqa mamlakatlarda, ayniqsa AQShda, ularning oq aholi bilan qo’shilish jarayoniga irqiy kamsitish siyosati orqali sun’iy to’siqlar qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |