26
darajasiga qarab fikr yuritish mumkin. Rentgenonegativ toshlarni tashxislash
uchun kontsentratsiyasi past bo‗lgan kontrast modda yoki gaz bilan (odatda,
kislorod bilan) undan jomga 6–8 mlsonda kiritilib retrograd ureteropielografiya
o‗tkaziladi. Bu usulretrograd pnevmoureteropielografiya deb ataladi.
Rentgen
nurlar uchun kattao‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan gaz fonida rentgenonegativ tosh
soya ko‗rinishida,suyuq kontrast modda fonida esa to‗lish nuqsoni ko‗rinishida
aniqlanadi. Buyraklar va siydik yo‗llarining yuqori bo‗limlaridagi o‗zgarishlar
xususiyati to‗g‗risidagi masalani shoshilinch ravishda hal qilish kerak bo‗lganda,
ya‗ni bemorning hayoti jiddiy xavf ostida qolganda faqat ayrim hollardagina bir
vaqtning o‗zida ikki tomonlama retrograd ureteropielografiya o‗tkazishga ruxsat
etiladi. Erkaklar jinsiy ahzolarida, siydik yo‗llarining pastki va yuqori bo‗limlarida,
buyrakdagi o‗tkir yallig‗lanish jarayonlarida, total gematuriyada
rejali retrograd
ureteropielografiya qilish mumkin emas. Buyrak jomidan siydik oqimi buzilgan
vaqtda bu tekshirishni juda ehtiyotlik bilan amalga oshirish kerak. Tekshirish
yakunlangach rentgenkontrast modda va siydikning oqib chiqishi uchun kateterni
jomgacha yuborib, u yerda bir necha soatga qoldirish lozim. Retrograd
pielografiyada kosachalar, so‗rg‗ichlar, jom va siydik
nayidagi hatto ozgina
destruktiv o‗zgarishlar ham aniq ko‗rinadi. Lekin bu fiziologik usul
hisoblanmaydi. Tsistoskopiya va siydik naylarini kateterlashni qo‗llash zarurligi,
jom–siydik nayi reflyuksi va pielonefrit rivojlanishi xavfi borligi retrograd
ureteropielografiyani qo‗llashni cheklaydi; bu faqat
birmuncha fiziologikroq
usullarni bajarish imkoni bo‗lmay qolganda yoki yetarli mahlumot bermagan
hollarda qo‗llaniladi. Zamonaviy texnik imkoniyatlar pielorentgenoskopiyani
elektron–optik o‗zgartiruvchi yordamida o‗tkazish imkonini beradi hamda
televizor
ekranida
xuddi
ekskretor
urografiyadagiday,
retrograd
pielografiyadagiday
urodinamikani
kuzatish
olib
boriladi.
Retrograd
ureteropielografiyani bajarganda jom ichki bosimining ko‗tarilishi bilan bog‗liq
reflyukslar paydo bo‗lishi, yuqori siydik yo‗llari diskiniziyasi, o‗tkir pielonefrit
rivojlanishi hamda buyrak yoki siydik naylari teshilishi
eng jiddiy asorat
hisoblanadi. Siydik naylarini kateterlaganda, asoratlarning oldini olish uchun
27
kateterni 15.20–sm dan ko‗proq kiritish kerak emas. Kontsentratsiyasi 10–
12%rentgenkontrast moddaning soni 4–6 ml dan oshmasligi kerak, bu
mehyordagijomning sig‗imiga to‗g‗ri keladi. Retrograd ureteropielografiyani
ehtiyot bajarganda kosacha–jom tizimsining
aniq tasviri olinadi, bu yuqori siydik
yo‗llarining tuzilishi to‗g‗risida fikr yuritishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: