22
soyalar borligi nefrolitiaz tashxisini qo‗yishga asos bo‗lolmaydi. Faqat
marjonsimon toshning soyasi kosacha–jom tizimi shaklini takrorlashi tashxis
qo‗yishda shubxa tug‗dirmaydi. Siydik yo‗llarida
haqiqiy toshlardan tashqari
yolg‗on soyalar ham joylashishi mumkin. Tashxislash xatolari shu zaylida ortib
boradi, chunki bahzi kasalliklar siydik–tosh kasalligiga o‗xshash simptomlar
kompleksini beradi.
siydik pufagi toshi qorin bo‗shlig‗i umumiy rentgenogrammasi
Ekskretor va
infuzion
urografiya
diagnostikasida yetakchi urinni egalaydi
va
asosiy usul bo‗lib hisoblanadi. Ekskretor va infuzion urografiya
-
bu
buyraklar
va siydik nafakat morfologik xususiyatlari, balki fuktsional xolatini aniqlashga
yordam beruvchi asosiy kontrast rentgenologik tekshiruvlardan bulib, ular
buyraklar tomonidan kontrast moddani ajratishga asoslangan.
Ekskretor
urografiyaga bemor obzor urografiyaga kabi tayyorlanadi. Bemorga allergik
reaktsiyani oldini olish uchun antigistamin preparatlar (dimedrol, pipolg‘fen va b.)
Kilinadi. Bunday usul yordamida siydik chiqarish yo‗llarining morfologik va
funktsional holati,
tosh joylashagn urni, kosa-jomcha
sistemasining uzgarishi
to‗g‗risida mahlumot olsa bo‗ladi. Bolalarda tez-tez uchraydigan qorindagi
«sababsiz og‗riqlar»ni topishning imkoni bo‗lmaganda bezovta bo‗lish,
xarxashalik va chinqirib yig‗lashlar, siydik sindromi, ayniqsa kichik yoshdagi
bolalar
siydigidagi
minimal
o‗zgarishlar (leykotsitlarning 6—8 dan,
eritrotsitlarning 3—4 dan ko‗p bo‗lishi) ekskretor urografiya bajarilishiga bo‗lgan
ko‗rsatmalardir.
23
Ekskretor urografiya uchun uch atomli suvda eriydigan kontrast moddalar—
tri-yodtrast (50 yoki 70%), verografin,
triombriast
(76%li) keng qo‗llaniladi.
Kontrast moddalar miqdorini
aniqlashda bemorning yoshi, vazni, buyrak va jigar
funktsional holatlarini inobatga olish zarur. Kontrast moddalar (verografin,
urografin, uropolin va b.) 1-2 minut ichida vena ichiga kuyidagi dozalarda
yuboriladi: kukrak yoshi 6 oygacha - 2 ml/kg, 6 -12 oy - 12-15 ml, 1-3 yoshda 15-
17 ml, 3-6 yosh - 17-19 ml, 6 yoshdan kattalarga - 20 ml. Umum qabul qilingan
miqdor 1 ml/kg hisoblanadi. Kontrast moddalar shprits
orqali tomir ichiga asta-
sekinlik bilan yuborilgandan keyin 3 yoshgacha bo‗lgan bolalarda 3, 10, 20 va 40,
katta yoshdagilarda esa 5, 15, 30 va 60 daqiqalarda rentgenografiya o‗tkaziladi.
Kontrast yuborilgandan 15 daqiqa o‗tgach, bemor tik holda rentgen qilinsa,
buyrakda nefroptoz borligini aniqlash mumkin. Buyrak faoliyati sustlashgan
taqdirda infuzion ekskretor urografiya, ya‗ni kontrast moddanitomchilab tomirga
yuborish usuli qo‗llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: