28
bo‗lganda qo‗llaniladi. Bu bajariladigan operatsiyaning turi va xususiyati
to‗g‗risidagi masalani hal qilish uchun juda muhimdir.
Rentgenkontrast moddani
jomga pielo(nefro)stomik drenajdan yuborib qilingan antegrad pieloureterografiya,
yuqori siydik yo‗llarining morfologik va funktsional holatlari to‗g‗risida fikr
yuritishga imkon beradi: jom va kosachalar kattaligi, ularning tonusi, jomdan
siydik nayi orqali siydik passajining buzilish darajasi va uning sabablari, toshlarni
aniqlash, siydik nayidagi torayishning joylashishi va uzunligi hamda
pielo(nefro)stomik drenajni, agar u o‗z vazifasini bajarib bo‗lgan bo‗lsa,olib
tashlash mumkinligi to‗g‗risidagi masala hal qilinadi. Kosacha–jom tizimi kattaligi
va shaklining haqiqiy tasvirini olish va siydik nayining tonusi to‗g‗risida
tasavvurga ega bo‗lish uchun antegrad pieloureterografiya
qilayotgan vaqtda
jomning haddan tashqari cho‗zilib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak, chunki jom–
siydik nayi segmentining ochilishi jom ichidagi bosimning ko‗tarilishiga bog‗liq.
U oshib ketgandasegment berkilib qoladi. Jomning ichki bosimi birdan
ko‗tarilganda, jom–buyrak reflyukslari va pielonefrit xuruji xavfi kelib
chiqadi.rentgenkontrast suyuqlikni drenajdan yuborgan vaqtda bemor bel
sohasidaog‗riq yoki og‗irlik sezmasligi, balki
siydik nayidan suyuqlik
o‗tganliginihis qilishi kerak. Jom ichki bosimining birdan ko‗tarilishiga
yo‗lqo‗ymaslik uchun rentgenkontrast moddani porshensiz shprits bilan
yuborishlozim. Bunday hollarda u jomga o‗z og‗irlik kuchi (drenaj naycha va
shpritsvertikal holatda o‗rnatiladi) bilan tushadi va mehyordagi bosimiga
yetgandajomning to‗lishi to‗xtaydi.yuqori siydik yo‗llarining funktsional qobiliyati
yaxshi bo‗lganda,siydik nayini retgenkontrast modda bilan liq to‗ldirish mumkin
emas. Shpritsda siydik paydo bo‗lishi ignaning
jomga yoki kosachaga
tushganligidan dalolat beradi. Bunda jom ichki bosimini o‗lchash mumkin, bu
gidronefrotik transformatsiyasi bo‗lgan bemorlar uchun ayniqsa muhim. Keyin
siydikning bir qismi aspiratsiya qilinadi va ignadan aspiratsiya qilingan siydik
sonidan bir oz kamroq dozada rentgenkontrast modda yuboriladi. Rentgen surati
olinadi. Tekshirish oxirida jomning ichidagi hamma narsa aspiratsiya qilinadi va
unga antibiotiklar eritmasi yuboriladi. Antegrad pieloureterografiya uchun tegishli
29
ko‗rsatmalar bo‗lganda rentgenkontrast modda sifatida
kislorodni ishlatish
mumkin.
Ulg‘tratovush nazorati jomni punktsiya qilishni anchagina
yengillashtiradi.
Pielo–yoki nefropielostomik drenajdan rentgenkontrast moddani yuborib antegrad
pieloureterografiya qilish texnik jixatdan oddiy muolaja hisoblanadi. Odatda uni
operatsiya qilingan buyrakning kosacha–jom tizimsi va siydik nayining
operatsiyadan keyingi holatini nazorat qilish uchun qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: