F. A. Babashev esa ―Xorazmda tashkil etilgan «Bilimlar uyi» «Ma‘mun akademiyasi» (1003-1014) va unda faoliyat ko‘rsatgan olimlar Abulayr Hammor, Ibn Hamid al-Xorazmiy, Abu Sahl al-Masihiy, Abu Ali Ahmad ibn Miskav


SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy axamiyati



Download 57,86 Kb.
bet5/5
Sana03.06.2022
Hajmi57,86 Kb.
#631625
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sharq mutafakkirlari manbalarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishi

2.2.SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy axamiyati.
SHarq allomalari va mutafakkirlari yosh avlodni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tengi yo‘q fikr, g‘oyalarni ilgari surganlar, ta‘limotlar yaratganlar. Ilmiy merosni sinchkovlik bilan o‘rganish, tahlil qilish, tizimlashtirish hamda jahon fanining mazkur sohadagi yutuqlari bilan taqqoslash o‘zligimizni anglash imkonini kengaytirib, xalqimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e‘tiborini yanada oshiradi. Milliy pedagogikamiz tarixini, ayniqsa, yosh avlodni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ajdodlarimizning asrlar davomida to‘plagan tajribalarini o‘rganish esa kasbga yo‘naltirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Manbalarda bayon qilinishicha, azal-azaldan farzandlarini kasb-hunarga
yo‘naltirishga, ularning ilm-fan, ma‘rifat sirlarini egallashiga ajdodlarimiz katta e‘tibor berishgan. Mehnat, mehnat tarbiyasi, ustoz-shogird an‘anasi, kasb-hunarning mohiyati, kasb-hunarni egallashning jamiyat va yosh avlod uchun ahamiyati, kasb-hunarlarning kishiga qo‘yadigan talablari kabi masalalar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi ulug‘ bobokalonlarimizning tarixiy merosidan joy olgan. ―Avesto‖da ham bolalar yoshligidan daraxt ko‘chati o‘tqazish, uy-ro‘zg‘or qurollarini tayyorlash kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari kerakligi haqida ko‘plab satrlar mavjud.
Imom Buxoriy to‘plagan hadislar kitobi – ―Al jome-as sahih‖da ham yoshlar kelajagi uchun muhim kasb-hunarni o‘rganish, mehnat qilish va uning afzalligi to‘g‘risida ko‘plab hadislar keltirilgan. Etiborlisi shundaki, mazkur to‘plamda
―To‘quvchi haqida‖, ―Temirchi haqida‖, ―Tikuvchi haqida‖, ―Savdo ishlari haqida‖ boblar mavjud bo‘lib, ularning kasbiy odobi bilan bog‘liq masalalar ham o‘zaksini topgan. Bular ona diyorimizda yosh avlodni kasbga yo‘naltirish ishini olib borishda muhim manba bo‘lgan.
―Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib
tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan.
Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan‖15.
O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
Ayniqsa, ajdodlarimiz tomonidan toshlarni parmalab teshish, arralash va kesishda zarur bo‘lgan oddiy parmalash dastgohi hamda burg‘uning kashf qilinishi o‘sha davr uchun o‘ziga xos mo‘‘jiza sanalgan. Yuqorida bayon qilinganlar yurtimizda metallurgiya, konchilik sohalari bilan birga, hunarmandchilikning naqadar keng tarmoq otganidan dalolat beradi.
Abu Rayhon Beruniy ta‘lim va tarbiyani amalga oshirishda bolaning moyilligi, qobiliyatini hisobga olish zarurligining tub mohiyatini pedagogika-psixologiya fanlari
tarixida ilk bor ko‘rsatib bergan.
Tarixiy manbalardan ma‘lumki, hunar egallash ko‘lami rivojlanishi yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan. Natijadaxalqimizning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, 32 xil hunar turi mavjud bo‘lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. Sohibqiron Amir Temur ham Samarqandni o‘z saltanatining poytaxti etib tanlashida yuqorida ko‘rsatilgan qoidaga amal qilganini alohida ta‘kidlash joiz.

Ilk uyg‘onish (Renessans) davri fani va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan donishmand Yusuf Xos Hojib ―Qutadg‘u bilig‖ asarida har bir kishi ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisi sifatida hunar o‘rganmog‘i, o‘z hunari bilan xalqiga,
Vataniga xizmat qilishi zarurligini uqtiradi. Darhaqiqat, hunar o‘rganishga va mehnat qilishga intilish har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj bo‘lmog‘i kerak. SHu bois ulug‘ mutafakkir o‘z bolalarini foydali mehnatga o‘rgatmasdan ortiqcha erkalatib, bu bilan ularning kelgusida noloyiq xatti-harakatlar qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdor bo‘ladigan ota-onalarni qattiq qoralab, ―Kimning o‘g‘li yoki qizi taltaytirib yuborilgan bo‘lsa,
buning uchun u oxiri qattiq yig‘laydi‖, deb ta‘kidlaydi.
―Mahmud Qoshg‘ariy ―Devoni lug‘atit turk‖ asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga
yaxshilik qilib so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshir‖, deydi. Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni
qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e‘zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi‖16.
Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to‘qimachilik, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, gilam to‘qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. SHu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb-hunarlarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l ko‘yilmagan.
Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda katta etibor berganlar. Ular kasb-hunar ta‘limiga talim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va manaviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarga qobiliyatlarini va moyilliklarini hisobga olib, jiddiy o‘ylab mehnat turini tanlash to‘g‘risidagi pand va nasihatlarini ko‘rish mumkin.
CHunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini

hisobga olish zarurligini ta‘kidlab, ―Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan‖17, deydi.
―Farhod va SHirin‖ dostonida pahlavon Farhodning ilm-hunarga qiziqishini targ‘ib etadi hamda Farhodni bir necha kasblar egasi, ya‘ni sangtaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi hunarlarni mukammal egallab olgan kishi sifatida ulug‘laydi. Ilm va hunarni egallagan, jismoniy jihatdan chiniqqan mehnatsevar Farhod kamtarin, mazlumlarga
g‘amxo‘r, odil, mard va olijanob bo‘lib yetishadi.
Bu kabi misollar nafaqat adabiyot darsida, balki kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta‘limi ustasi mashg‘ulotlarida ham keltirilsa, o‘quvchilarning bir necha hunarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi.
Buyuk ajdodlarimiz badan tarbiyasi, jismoniy mashqlar va sport, milliy harakatli o‘yinlarning yosh avlodning asosli kasb tanlashiga ijobiy tasirini boshqa millatlardan ancha oldin fahmlab olgani, undan oqilona foydalangani ibratlidir. Davlat va fuqarolik ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda odamlarning psixologik, fiziologik imkoniyatlarini hisobgaolib ish ko‘rganliklari, shubhasiz, har birimizda hayrat, zavq va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, buyuk allomalar va mutafakkirlar kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo‘lini mustaqil tanlashiga alohida e‘tibor 6ilan qarashgan. Bolani hunarga yo‘llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini o‘rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.
Xullas, bu kabi misollar ajdodlarimizning kasb tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo‘shganidan dalolat beradi. Umumta‘lim maktablarida kasbga
yo‘naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir.

Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga tariximizdan ko‘p misollar keltirish mumkin.
Al Farobiyning ―Fozil odamlar shahri‖ Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u bilik‖,
Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asari, Ahmad Yugnakiyning ―Hibatul haqoyiq‖, Sa‘diyning ―Guliston‖, Jomiyning ―Bahoriston‖, Alisher Navoiyning ―Mahbubulqulub‖, Davoniyning ―Axloqi Jaloliy‖ kabi asarlarida sog‘lom va barkamol insonni shakllantirish mazmuni, yo‘llari, shakllari hamda usullari yoritiladi. SHunday asarlardan biri Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asaridir. Ming yilga yaqin davrlardan beri xalqni ayniqsa yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo‘llanma bo‘lib kelayotgan ―Qobusnoma‖ asari hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma‘naviy kamolotga yetkazishda muhim o‘rin kasb etmoqda. XII asrning 82-83 yillarida
G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab ―Nasihatnoma‖ sini yaratdi va uni bobosi podshoh SHamsul maoniy Qobus sharafiga ―Qobusnoma‖ deb ataydi. Bu asar juda ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima qilingan. 1860 yilda ―Qobusnoma‖ asari birinchi marta buyuk o‘zbek shoiri va mutaffakkiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan.
Ushbu asar muqaddima va qirq to‘rt bobdan iborat. Muqaddimada asarning nomlanishi va G‘ilonshoh shajarasi xususida yozib, ―Ey farzand, ikki tarafdan sening asling va nasabing pokdur va ulug‘dur‖ deydi. Kaykovus ―Qobusnoma‖ asarida ilmni uchga bo‘ladi: biror kasb-hunarga bog‘liq ilm, ilm bilan bog‘liq bo‘lgan kasbhunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat. Ilm olish yo‘liga kirgan toliblarga hamma vaqt parhezli va qanoatli bo‘lish, bekorchilikdan o‘zini tiyish, doimo shodxurram va harakatchan bo‘lish, kitob o‘qishga berilish, ilm yo‘lida qayg‘u hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun uni takrorlab borish, ilmda haqiqat uchun kurashish, oz
so‘zlab, ko‘p tinglash haqida gapiriladi.
―Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini aytib, uni mol-dunyodan ham yuqori qo‘yadi. ―Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say‘
ko‘rguzgilki, mol bila boy bo‘lgandan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim, aql bila mol jam etsa bo‘lur, ammo mol bilan aql o‘rganib bo‘lmas. Bilgil, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvda oqmas, inson odobi ham aqlning belgisi ya‘ni ―al adab – suratil aql ‖ deb xulosa chiqaradi‖18.
Kaykovus kasb-hunar o‘rganishni bilim olish bilan qo‘shib olib borishni tavsiya etadi.Kaykovus inson tarbiyasiga katta e‘tibor beradi. U axloqlilikning birinchi belgisi suxandonlik deb, suxandonlik (notiqlik) da rost so‘zlash kerakligini ta‘kidlaydi. Kayqovus asarining 5-bobi ―Ota va ona haqqini bilmoq zikrida‖ deb nomlanadi. Unla muallif ―Qur‘on‖ va ― Hadis‖lardan kelib chiqib: ―O‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota- onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim, sen otaonang, haqinda nima qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, odam mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydur‖, deydi.
―Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat beradi. Farzand tug‘ilganda avvalo, unga yaxshi ism qo‘yish, undan so‘ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda kasb-hunar o‘rgatish kerak, deydi.
Kaykovus otaning burchi o‘z farzandiga adab ham o‘rgatish ekanligini ta‘kidlaydi. U ilm, hunar va adabni farzandga meros qoldirish har bir ota-onaning farzandi haqqini bajargani, deb hisoblaydi. Kaykovus otalarning o‘z farzandlariga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishlarini talab qiladi. Otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayiqmasa, ota-onani xor qiladi, deydi‖19.
Kaykovusning hayotga xulq-odob qoidalariga qanday rioya etgani haqidagi fikrlari ajoyibdir. Bu borada uning yoshlarni adolatsevar, insonparvar, saxovatli, sabrqanoatli, muruvvatli, to‘g‘riso‘z, rostgo‘y bo‘lish haqidagi qarashlari mavjud. Uning yaxshilik haqidagi fazilatli fikrlari diqqatga sazovordir: ―Ey farzand, yaxshilik qil va qilg‘on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo‘lmag‘il. Bir kishiga bir yaxshilik qilsang, ko‘rgilki, yaxshilik qilg‘on vaqtda u kishiga naqadar rohat etadi, sening ko‘nglingda ham undan
ziyodroq shodlik va xurramlik yetishur‖. Kaykovus asarning ―Do‘st tutmoq zikrida‖

bobida inson do‘stsiz bo‘lgandan ko‘ra, birodarsiz bo‘lgani durustdir, deydi. Kishining qancha do‘sti ko‘p bo‘lsa, aybi shuncha sir tutiladi va fazilati ko‘payadi. U haqiqiy do‘st deb qiyinchiliklarga duchor bo‘lganda unga yordam bergan, undan yuz o‘girmagan,
ta‘magir, hasadchi bo‘lmagan, aqlli, bilimli, muruvvatli kishilarni aytish va ularni do‘st tutish mumkin, deb ta‘kidlaydi. Kaykovus ―Qobusnoma‖ asarida jismoniy tarbiyaga e‘tibor berib, javonmardlik tarbiyasiga bag‘ishlaydi. U javonmardlikning jismonan sog‘lom yoshlar sifatida kamolga yetishishini ta‘kidlaydi. U inson salomatligini ta‘minlashda to‘g‘ri va oqilona ovqatlanish haqida alohida bob ajratgan. U bir kechakunduzda ikki mahal-erta tong va peshinda ovqatlanishni tavsiya etadi, kechki ovqatni tavsiya etmaydi. Kayqovus inson o‘z tanasining toza, pokiza bo‘lishiga ham e‘tibor berishi kerak, deydi. Uning ―Hammomga borish zikrida‖, ―Uxlamoq va osuda bo‘lmoq zikrida‖, ―Tamkin sharofati va taom tartibining bayoni‖ kabi boblarida uxlamoq, yemovichmoq, hammomga borish qoidalarini bayon etib, yoshlarni jismoniy, axloqiy tarbiyalab, ularni doimo faol bo‘lishga undaydi. Kayqovus javonmardlar uchun shaxmat va chavgon o‘yini, kamondan o‘q uzish kabi qoidalarni bilishi zarur, deydi. U rushda ham adolatli bo‘lishi, do‘st bilan dushmanni ajrata bilishi zarur, deydi. Kaykovusning xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlash, hamda ularni har tomonlama kamolga yetkazishga yo‘naltirilgan faoliyatning nazariy hamda amliyotga tatbiqi mohiyatini ifodalab beradi. SHu bois bu asar barcha davrda ham, xususan, xozirgi 2016 yil-
―Sog‘lom ona va bola yili ‖da ham o‘z qimmatini yo‘qotmadi.
Amaliy hayot dasturi sifatida o‘z qiymatini topa oldi.
Qaykovusning ―Qobusnoma‖ asari har bir o‘qituvchi darslarida dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi tabiiy.
Hikmatli so‟zlar
"Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So‘zni o‘z joyida so‘zla, joyida aytilmagan so‘z, agar u yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon ko‘rinadi".
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar kechayotgan hozirgi kunlarda talabalarning milliyma‘naviy merosimiz asosida ma‘naviy rivojlantirish masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqdi.
Chunki, yoshlarning ma‘naviy tarbiyasida Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi olimlari merosidan foydalanish yanada samarali bo‘lishiga olib keldi. Haqiqatdan ham bu ma‘naviy merosimiz turli pedagogik muammolarni hal etishda, eng muhimi, ma‘naviy barkamol insonni rivojlantirish va bu bilan pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda ulkan imkoniyatlarga egadir.
Barkamol avlod sifatlarini shakllantirish tizimi O‘zbekiston tarixi, falsafa, etika, metodika fanlari bilan o‘zaro aloqada o‘qitish jarayonida amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Bu borada pedagogika kursini o‘qitishning turli xil yo‘llari, usul va vositalari ayniqsa katta imkoniyatlarga ega.
Talabalarni IX-XV asrlarda yashab ijod etgan mutafakkirlar hayoti, ilmiy faoliyati, yoshlarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasiga oid fikr va g‘oyalari bilan tanishtirish natijasida ular ongi va xulqida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Tadqiqot jarayonida talabalar qanday yashash, o‘qish va ishlash kerakligiga
namuna, o‘rnak bo‘la oladigan allomalarning ilg‘or fikr va g‘oyalari bilan tanishtirish imkoniyatlari ochib berildi; ular ongi mutafakkirlar turli ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarda qanday faoliyat ko‘rsatganligi haqidagi bilimlar bilan boyitildi; talabalarning ma‘naviy sifatlarni tarbiyalash haqidagi tushuncha va tasavvurlari kengaytirildi; Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi mutafakkirlarining ta‘lim-tarbiya masalalarini talqin qilishda uning ustuvorligiga ishontirildi va isbotlandi; kasbiy va ma‘naviy sifatlarini tarkib toptirish uchun tinimsiz mehnat hamda shaxsiy sifatlarini takomillashtirib borish zaruriyati tushuntirildi. Talabalarda o‘zining buyuk yurtdoshlari, dunyo ilm-fani, jumladan
Ma‘naviyat asoslari fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar bilan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ldi; Vatanga muhabbat, uning tarixi, an‘analari, xalq pedagogikasi xazinasiga qiziqishi orttirildi; xalqimizning buyuk allomalari merosini mustaqil ravishda
yanada chuqurroq o‘rganishga ishonch hosil qilindi.
Gurganjda tashkil topgan «Olimlar uyushmasi» tarixda Ma‘mun akademiyasi nomi bilan shuhrat qozondi va Sharqda madaniy hamda ilmiy yuksalishda katta ahamiyat kasb etdi. Tadqiqot ishida dunyo sivilizasiyasi ilmiy markazi sifatida ushbu markazda faoliyat
ko‘rsatgan olimlarning ijtimoiy qarashlariga katta e‘tibor berildi.
Ma‘mun akademiyasining ahamiyati shundan iborat ediki, u yerda Xorazmshoh Ali ibn Ma‘munning rahnamoligida fundamental tadqiqotlar olib borilgan. Chunonchi, matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik kabi dunyoviy ilmlar rivojlangan edi; insonning koinotga parvozi haqidagi g‘oya va uning amaliy qo‘llanishi shu akademiya tufayli dunyoga keldi;
akademiya mamlakatlar o‘rtasida madaniy va ilmiy aloqalar mustahkamlanishiga ko‘maklashdi; akademiyada ilgari surgan gipotezalar, fikr va g‘oyalar fanning kamida besh yuz yillik rivojida boshqaruvchi vazifasini o‘tadi; shu ilmiy markaz tufayli qator olimlarning ma‘naviy tarbiyaga oid qarashlari hozirgi kungacha yetib keldi.
BMIda Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi mutafakkirlarining ta‘limotlari tizimlashtirilib tahlil etildi hamda ularning pedagogik fikr va g‘oyalaridan talaba-yoshlarning ma‘naviy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash ma‘naviy sog‘lom avlod tarbiyasida foydalanish yo‘llari, shakl va usullari aniqlandi.
Tadqiqot natijasida yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda quyidagi xulosalarga keldik:
Hozirgi davrda yosh avlodning intellektual va ma‘naviy jihatdan
rivojlantirmay turib jamiyat taraqqiyotiga erishib bo‘lmaydi. Bu borada O‘rta Osiyo mutafakkirlarining jtimoiy ta‘limoti katta ahamiyatga ega ekanligi o‘zining ilmiy isbotini topdi.
Ijtimoiy fikrlar taraqqiyotida O‘rta Osiyoda mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti talabalar ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashga doir fikr va g‘oyalari o‘z davri jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda keyingi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasida aql-idrok, bilim, yaratuvchilik, ijodkorlik, xulq-odob, insoniy munosabatlar, mehnatsevarlik, sog‘lom turmush tarzi kabilarni tarkib toptirishda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi asoslab berildi.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida tarbiya tizimida o‘ziga xos umumiylik mavjud bo‘lib, bu umumiylik iymon-e‘tiqod, ona-Zamin, Vatanga
muhabbat, erksevarlik, adolat, xalqparvarlik, insonparvarlik, xulq-odob qoidalari bosh g‘oya tarzida fikrlar mahsuli bo‘lib, talabalarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashda o‘ziga xos uyg‘unlik kasb etadi.
Ta‘lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida mutafakkirlarimiz ijodini o‘rganish asosida yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, yurt tinchligi, yuksak axloqiy fazilatlar, mehnatevarlik tuyg‘ulari shakllanadi.
Bu borada ta‘lim-tizimiga texnologik yondoshuv, yangi pedagogik texnologiyalardan, ta‘limning eng ilg‘or tajribalaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
SHarq mutafakkirlariningta‘lim-tarbiyaga oid qarashlari yordamida talaba yoshlarda ijobiy insoniy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari ishlab
chiqilgan bo‘lib, ulardan samarili foydalanish har bir o‘qituvchining muhim vazifasidir.
SHarq mutafakkirlariningasarlari yordamida yoshlarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlandi.
SHarq mutafakkirlari ijodini o‘rganish yordamida yoshlarda milliy g‘oyani shakllantirishning maqbul tizimini ishlab chiqish va hayotga joriy yetish;
hayotni anglashga qiziqish hissini o‘stirish, atrof-muhit va inson xarakterining murakkabligini tushunish qobiliyatini rivojlantirish;
Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish;
SHarq mutafakkirlarining didaktik asarlari yordamida o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar uyushtirish;
O‘quvchilarning ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan
tashviqottarg‘ibotchilik faoliyatini takomillashtirishga alohida ahamiyat berish;
Mutafakkirlarimiz ijodi yordamida o‘quvchilarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishning maqsad va vazifalari, mazmun, shakl va metodlar birligini ta‘minlash hamda o‘quvchi shaxsini kamol toptirish;
-Mutafakkirlarimiz ma‘naviy merosi yordamida o‘quvchilarda mafkuraviy immunitetni yaratish.
FOYDALANILGAN ADABIYATLAR RO‟YXATI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O‘zbekiston, 1998. –48 b.
Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.:
O‘zbekiston, 1992. – 80 b.
Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 62 b.
Karimov I.A. Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik. – T.: O‘zbekiston, 1993. – 60 b.
Karimov I.A. Halollik va fidoiylik faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lsin, – T.: O‘zbekiston, 1994. – 70 b.
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq NMK, 1997. – 64 b.
Karimov I.A. Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi. Xalq so‘zi, 1997 yil 21 oktyabr.
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston, 1997. – 326 b.
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni –millat qilishga xizmat etsin. – T.: O‘zbekiston, 1998. – 30 b.
Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O‘zbekiston, 1998. – 682 b.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. – T.: O‘zbekiston, 7 - jild. 1999. – 410 b.
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O‘zbekiston, 1999. – 49 b.
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‘naviyat, 2008. - 171 b.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma‘mun Akademiyasini tiklash to‘g‘risida» Farmoni. № UP-1880. 1997 yil 11 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bayonnomalari; №10 (1258). – 22-23 b.
«Xorazm Ma‘mun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi Qarori.
2004 yil, 10 noyabr // Ta‘lim muammolari. – Toshkent, 2006. – №1. – B. 4.
Milliy g‘oya targ‘iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori. Xalq so‘zi, 2006 yil, 25 avgust. – B. 1.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida» qonuni. 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan // Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.:
Sharq matbaa-nashriyot konserni, 1997. – B. 20-29.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi // Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq matbaa - nashriyot konserni, 1997. – 61 b.
Abu Mansur as-Saolibiy. Ajoyib ma‘lumotlar. (Tadqiq qiluvchi, tarj., izoh va ko‘rsatkichlarni tuzuvchi I.Abdullayev). T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 1995. – 144 b.
Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. 1-jild. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994, – 212 b.
Abu Ali ibn Sino. Tarjimai holi. – T.: Fan, 1980. – 44 b.
Babashev F. Xorazm Ma‘mun akademiyasi allomalarining ma‘naviy- axloqiy qarashlari: Ped. fan. nom. ... yozilgan dis. – T.: 2000. – 145 b.
Inomova M. Oilada bolalarning ma‘naviy axloqiy tarbiyasi. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, Maxpirat nom. O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti, 1999. – 152 b.
Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 192 b.
Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. – T.: Fan, 1994.–135 b.
Nishonova S. Sharq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi: – Ped. fan. dok. ... yozilgan diss. – T.: 1998. – 288 b.
Nosirov K.J. Idei mыsliteley Sredney Azii IX-X vekov o nravstvennom vospitanii:
Avtoref. diss. ... kand. ped. nauk. – T.: GFNTI, 2000. – 20 S.
Ortiqov N. Ta‘lim va islom: yoshlarni tarbiyalashdagi muammolar va yechimlar. – T.: Fan, 1994.
Safo Ochil. Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1995.
– 208 b.
Temur tuzuklari: Ahmedov B. tahriri ostida. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa birlashmasi, 1991. – 144 b.
Forobiy. Fozil odamlar shahri / Tuzuvchi M.Mahmudov. – T.: Xalq merosi, 1993. – 224 b.
Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 75 b.
Quronboyev Q.Q. Talabalarning ma‘naviy-ijtimoiy faoliyatlarini rivojlantirishning pedagogik asoslari: Ped. fan. nom. ... yozilgan dis. – T.: 2000. – 156 b.
Quronov M. O‘zbekiston umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida milliy tarbiyaning ilmiy-pedagogik asoslari: Ped. fan. dok. ... yozilgan dis. – T.: 1998. – 316 b.
WWW.ziyonet.uz
WWW.Google.uz
WWW.Ref.uz
WWW.Yandeks.ru
WWW.Bing.ru
WWW.Mail.ru

1 Babashev F. Xorazm Ma‘mun akademiyasi allomalarining ma‘naviy- axloqiy qarashlari: Ped. fan. nom. ... yozilgan dis. – T.: 2000. – 145 b.

2 Nishonova S. Sharq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi: – Ped. fan. dok. ...
yozilgan diss. – T.: 1998. – 288 b.

3 Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 192 b.

4 Ibragimova X.I., Abdullaeva SH.A. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan, 2004, 42 b.

5 Nishonova S. Sharq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi: – Ped. fan. dok. ... yozilgan diss.
– T.: 1998. – 288 b.

6 Yu.Axrorov ―O‘zbekistonda pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixidan‖ maxsus kursga doir ma‘ruzalar matni. _ T.: TDPI.
1992.15-bet

7 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 95 b.

8 Forobiy. Fozil odamlar shahri / Tuzuvchi M.Mahmudov. – T.: Xalq merosi, 1993. – 224 b.

9 Forobiy. Fozil odamlar shahri / Tuzuvchi M.Mahmudov. – T.: Xalq merosi, 1993. – 229 b.

10 Forobiy. Fozil odamlar shahri / Tuzuvchi M.Mahmudov. – T.: Xalq merosi, 1993. – 254 b.

11 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 124 b.

12 XII asrlarda madaniy taraqqiyot. 75 b.

13


14 XII asrlarda madaniy taraqqiyot. 94 b.

15 Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 192 b.

16 Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 196 b.

17 Safo Ochil. Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1995. – 208 b.

18 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 75 b.

19 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 78 b.


Download 57,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish