“Qabr azobi haq”
Kofiru fosiqlar “ekkanin o’rar”
Qabrning dahshatli azobin ko’rar.
Qabrdagi imtihondan o’ta olmagan kimsalar, xabarlarda kelgani kabi, to qiyomat kunigacha qabr azobiga duchor bo’ladilar. Qur’onda Fir’avn ahlining ertayu kech olovga ko’ndalang qilinib turishlari xabar berilgan; “Bas Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning yomon makrlaridan saqladi va Fir’avn zodagonlarini yomon azob o’rab oldi. (U azob qabrdagi bir) olovdirki, ular ertayu kech unga tutib turilurlar. Qiyomat qoim bo’ladigan kunda esa (do’zax farishtalariga); “Fir’avn zodagonlarini eng qattiq aobga kiritingiz!” (deyilur). Ushbu oyati karimadagi olovni mafassirlar qabr olovi va qiyomat kuninng azobi oyati karimaning davomida alohida bayon etilgan. Ya’ni Fir’avn ahli qiyomatgacha qabrda azoblanadi, qiyomatda esa undan ham battar azobga duchor bo’lishadi. O’sha kunda farishtalarga: “Fir’avn zodagonlarini eng qattiq azobga kiritingiz!”- deyiladi. Ko’pchilik olimlar kofir va ba’zi gunohkor mo’minlar qabrda azoblanishi, itoatkor bandalarga qabrda rohat borligi va Munkar-Nakir savolga tutishi haqligi borasida bir qancha dalillar keltirganlar. Qabr azobi mashru’ bo’lib, aqlga to’g’ri keladigan ishdir. Bunga sabab uxlagan kishidan ruh chiqadi, bunga dalil; - “Alloh jonlarni o’lgan vaqtida, o’lmaganlarni esa uxlayotgan oaytlarida olur…”(Zumar surasi 42-oyat)dir. Uxlagan kishi uyqusida azoblanadi, rohat topadi, ta’lim oladi, gapiradi, kuladi, yig’laydi ba eshitadi. Chunki ruh kishiga mattasil bo’lsa, u hoh go’sht, hoh tuproq bo’lsin, azob chekadi. Chunki tish etga yopishganligidan tish og’riqni his etadi.
Alloh taolo bunday deydi: - “Va Fir’avn ahlini yomon azob o’rab oldi. U olovdir. Unga ertayu kech ko’ndalang qilinurlar. Soat (qiyomat) qoi m bo’lganida esa; - ”Fir’avn ahlini eng ashaddiy azobga kiritinglar”, deyilur” (G’ofir surasi 45-46- oyatlar). Bu oyatdan Fir’avn oilasi (ya’ni hamtovoqlari) qiyomat kunigacha olovga duchor bo’lishi tushuniladi. Bu esa, ulamolarning ijmolariga ko’ra, ruh bilan badanga bo’ladi. Shuningdek, ushbu oyati karimada Fir’avn oilasi qiyomat qoim bo’lishidan oldin olov azobiga duchor bo’lishlari zikr qilinmoqda. Bu esa, qabr azobi demakdir. Chunki qiyomat kunining azobi oyatning davomida alohida bayon etilgan. Alloh taolo bunday deydi; - “Albatta, zolim (kofir) bo’lgan kimsalar uchun bundan (qiyomatdan) ilgari (dunyoda) ham azob (lar) bordir. Lekin ularning aksariyati (buni) bilmaslar” (Tur surasi 47-oyat). Ushbu oyati karimadagi “…bundan (qiyomatdan) ilgari (dunyoda) ham azob(lar) bordir…” ma’nosi haqida Ibn Abbos roziyallohu anhumo: “U qabr azobidir”, - deganlar. Boshqa bir oyati karimada Alloh taolo bunday deydi: “…Albatta, ularni ikki bor azoblaymiz. So’ngra (qiyomatda) ulkan azob (do’zax)ga qaytarilurlar” (Tavba surasi, 111-oyat). Mazkur oyatdagi “ikki bor” so’zidan dunyodagi azob va qabrdagi azob iroda qilingan. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamt qiladilar: “Bavldan (siydik) saqlaninglar. Chunki qabr azobining barchasi shundandir”. Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Shu o’rinda yuqorida keltirilgan Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisni yana bir bor tahlilga tortamiz. Abdulloh ibn Abbos rozillyallohu anhu rivoyat qilib aytadilar: “Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam Madina devorlaring birining yonidan o’tib ketayotganlarida qabrlarida azoblanayotgan ikki kishining ovozini eshittilar. So’ng: “(bu ikki qabrning sohiblari)azoblanmoqdalar. Ularning azoblanishi katta gunoh tufayli emas”, dedilar. Keyin gaplarida davom etib: “Ularning biri o’zining peshovidan saqlanmas edi. Ikkinchisi chaqimchilik qilib yurar edi”, dedilar So’ng biron qurimagan shoh keltirishni buyurdilar. (Keltirilgach) shohni ikki bo’lakka bo’ldilar-da, ikkovisini ikki qabrga suqub qo’ydilar. “ Ey Rasululloh, nima uchun bunday qildingiz ?’’ deb so’ralganida u zot: “Shoyad shohlar qurigunicha u ikkovisidan azob yengillatilsa”, dedilar. Ushbu hadisi sharifda qabr azobi haqligi va qabr azobiga sabab bo’ladigan amal zikr qilinmoqda. Shuningdek, ikkita gunoh, ya’ni siydikdan saqlanmaslik va chaqimchilik qilish katta gunoh emas deb zikr qilindi. Mazkur ikki gunoh sag’ira gunohlardan degani emas. Balki qabrda azoblanayotganlar uni kichik gunoh deb, be’etibor bo’lganliklaridir. Zotan, siydikdan saqlanmaslik va chaqimchilik Alloh taoloning nazdida katta gunoh hisoblanadi. Shuningdek, kichik gunohlarda bardavom bo’lish ham katta gunoh hukmida bo’ladi. Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar: “…Qabr jannat bog’laridan bir bog’ yoki do’zahning bir chuqurligidir”. Imom Termiziy rivoyati. Yuqorida aytilgan dalillar qanday o’rin va holatda bo’lsa ham, qabr azobining haqligiga dalolat qiladi. Kim uni inkor qilsa KOFIR bo’ladi. Itoatkor bandaga qabrda azoblanish yo’q. Lekin qabrning qisishi bor. Ba’zilar qabrning qisishi Allohning bergan ne’matlariga shukrni to’la ado etolmagani uchundir deyishgan.
“Hidoyat” diniy-ma’rifiy internet sayti asosida tayyorlandi
Tayyorlovchi: Yusubjonov Ulug’bek Mirzohid o’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |