321
muvofiq, shuningdek, tijorat vazifalarini hisobga olgan holda belgilanadi. Reklama
ob’ektini – tovarning vazifalari va xossalari, iste’mol shartlari va boshqa
xususiyatlarini – batafsil o‘rganish vitrina g‘oyasi va maqsadli ko‘rsatmalarini
belgilash uchun xizmat qilishi lozim. Vitrina g‘oyasiga
muvofiq unda
joylashtiriladigan matn va shiorlar belgilanadi, vitrinaning kompozitsion tuzilishi
ishlab chiqiladi. Ish vitrinani bezatish eskizi tuzish bilan yakun topadi.
Eskiz tovarlar, asbob-uskunalar va dekorativ elementlarni vitrinada joylashtirish
dastlabki sxematik rejasi bo‘lib, qalam, bo‘yoq yoki applikatsiya yordamida qog‘oz
varoqda chiziladi.
Eskizga odatda izohlovchi xat biriktirilib, unda oynali vitrinaning asosiy mazmuni
bayon qilinadi, foydalanish zarur bo‘lgan vitrina inventari, tovarlar soni va ro‘yxati
keltiriladi, vitrinani bezatish bo‘yicha boshqa ko‘rsatmalar beriladi. Vitrinani bezatish
san’ati shundan iboratki, vitrina qutisi maydoni va kompozitsiya tuzilishidan oqilona
foydalanish lozim.
Vitrinada
ekspozitsiya
makon jihatidan old, o‘rta va orqa sahnaga bo‘linishi
lozim. Bu esa ayrim predmetlar boshqalardan ko‘ra oynaga yaqinroq, boshqalari esa –
vitrina ichkarisida joylashishi lozimligini anglatadi. Qo‘shimcha ekranlar yordamida
yaratiladigan fon yordamida vitrina, uning proporsiyasi va ko‘lamini ko‘rish
yordamida idrok qilishni o‘zgartirish mumkin.
Vitrina ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan bo‘lishi kerak.
Bunga
vitrinaning
kompozitsion markazi
yaratish yo‘li bilan erishish mumkin bo‘lib, u tomoshabin
nazariga birinchi bo‘lib tashlanadigan, undan keyin esa tomoshabin e’tibori
ahamiyatning o‘sib borish tartibida ekspozitsiyaning boshqa elementlariga ko‘chib
o‘tadi. Alohida qismlarga bir xil ahamiyat qaratiladigan vitrina hech qachon
uyg‘unlikdagi bir yaxlitlik sifatida qabul qilinmaydi: u betartiblik
va chalkashliklar
yuzaga keltirib, odamning ko‘zini charchatadi, xolos.
Kompozitsiya markazi o‘rtacha bo‘yli odamning ko‘zlari balandligida bo‘lgan
yuzada, ya’ni 150-165 sm balandlikda joylashgan bo‘lishi kerak.
Vitrinaning u yoki bu qismi, u yoki bu tovar yoki dekorativ element kompozitsion
markaz bo‘lishi mumkin. U optik markaz bilan mos tushishish ham, undan biroz
322
og‘ishi ham mumkin.
Tomoshabinni vitrina ekspozitsiyasini ko‘rib chiqishga majbur qilish uchun
tovarlar va bezatish elementlarini to‘g‘ri joylashtirish
va guruhlash zarur, bunda
dekorativ san’atda qabul qilingan eng muhim kompozitsiya qoidalariga amal qilish
kerak. Vitrinalarni bezatishda tovarlar va dekorativ elementlarni kompozitsion
guruhlashning uchta asosiy tamoyiliga rioya qilinadi
.
Birinchi tamoyil – muvozanatga amal qilish. Muvozanatning
eng oddiy turi bu
simmetriya hisoblanadi.
Vitrina kompozitsiyasi turlicha bo‘lishi mumkin: simmetrik va nosimmetrik,
tekislikka oid va makonga oid.
Simmetrik kompozitsiyada
predmetlar markazdan faraz qilingan o‘qning ikki
tomoni bo‘ylab bir maromda joylashtiriladi, ya’ni chap tomonning oynadagi aksi kabi
bo‘ladi.
Nosimmetrik kompozitsiyada
uning markazi biroz siljigan bo‘ladi. Vitrinaning bir
tarafi ko‘proq to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin, lekin umuman olganda kompozitsiya
muvozanatli bo‘lishi lozim. Muvozanatga vitrina yuzasida alohida elementlarni to‘g‘ri
taqsimlash yo‘li bilan erishiladi.
Simmetrik kompozitsiya ko‘pincha statik (harakatsiz) bo‘ladi.
Nosimmetrik
kompozitsiya – dinamik bo‘ladi, ya’ni vitrinadagi bezatish elementlari joylashuvining
o‘zi harakat taassurotini uyg‘otadi. Dinamik echim inson ko‘rish orqali idrok qilishiga
ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, demak, xaridor e’tiborini reklama qilinayotgan tovarga
qaratishga yordam beradi. Amaliyotda ko‘pincha nosimmetrik muvozanat qo‘llanadi.
Bundan tashqari, nosimmetrik kompozitsiya ko‘proq bezatish variantlarini beradi.
Vitrina chuqurligiga qarab, kompozitsiya tekislikka oid va makonga oid bo‘lishi
mumkin. Vitrina makonida ichkariga qarab foydalanish imkoni bo‘lmagan tovarlarni
yon tomondan joylashtirishga to‘g‘ri keladigan hollarda kompozitsion echim frontal
yoki tekislikka oid hisoblanadi.
Agar vitrina etarli darajada (0,8-1,2 m va undan ortiq) chuqurlikka ega bo‘lsa,
kompozitsiyani makonda hal etish mumkin. Bunday echim butun vitrina ichkarisidan
foydalanish va tovarlarni bir necha qator qilib joylashtirish imkonini beradi.
323
Ikkinchi tamoyil – barqarorlikni ta’minlash. Vitrina ekspozitsiyasi barqarorligi
odatda ko‘rgazma asosini kengaytirish, shuningdek, yirik
predmetlarni vitrinaning
quyi qismida va tomoshabindan uzoqda joylashtirish bilan erishiladi. Bunday
barqarorlikka misol – piramida.
Uchinchi tamoyil – ritmga rioya qilish. Vitrinani bezatishning kompozitsion
echimida ritm alohida predmetlar yoki tovarlar guruhi konturining, shuningdek,
alohida predmetlar yoki ularning guruhlari o‘rtasidagi masofa va h.k. takrorlanishini
ifodalaydi.
Tovarlarni vitrinada namoyish etish uchun ularni
joylashtirishning xilma-xil
usullaridan foydalaniladi. Masalan, tovarlar vertikal va gorizontal bo‘yicha harakatsiz
joylashtiriladi. Dinamik joylashtirish qiya chiziqlardan. Aralash yoki «fantastik»
chiziqlar bo‘yicha tovarlarni joylashtirish qiziqarli g‘oyalar yaratadi. Tovarlarni
joylashtirishning u yoki bu usulidan foydalanish tovar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, beso‘naqay mebel statik joylashtirishni, bijuteriya – dinamik joylashtirishni,
bolalar uchun tovarlar esa - «fantastik» joylashtirishni talab qiladi.
Amaliyotda tovarlarni vitrinada joylashtirishda quyidagi kompozitsion echimlar
ko‘proq tarqalgan:
Do'stlaringiz bilan baham: