Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

bo‘laklarga ajralmaydigan 
– bu dekorator tomonidan vitrina ko‘rgazmasini 
bezatishda foydalaniladigan tayyor moslamalar; 
yig‘iladigan va bo‘laklarga ajraladigan 
– dekorator qo‘ygan maqsad va 
vazifalarga qarab turli moslamalardan yig‘ilishi mumkin bo‘lgan detallar to‘plami. 
Tayyorlash xarakteri bo‘yicha vitrina inventari namunaviy va individual bo‘lishi 
mumkin. 
Namunaviy inventar 
reklama kombinatlari yoki ustaxonalar tomonidan katta 
miqdorda ishlab chiqariladi. Qoidaga ko‘ra, u tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘ladi. 
Individual inventar 
dekoratorning eskizi bo‘yicha bitta yoki bir nechta nusxada 
tayyorlanadi va muayyan vitrinani bezatishda qo‘llanadi. 
Dekoratorlarning ishida turli xildagi takliklar muhim rol o‘ynaydi. Dekorativ 
tagliklarda sharf, kiyim-bosh, oyoq kiyimi kabi turli tovarlarni ko‘rsatish va ulardan 
jalb etuvchan uyg‘unlikdagi kompozitsiyalar yaratish mumkin. Tagliklardan vitrinada 


316 
foydalanish imkoniyatlari xilma-xildir. Biroq vitrinani ularga to‘ldirib tashlamaslik 
kerak, chunki bu potensial xaridorlar e’tiborini tovardan chalg‘itadi. SHuni esdan 
chiqarmaslik kerakki, tagliklar – faqat yordamchi inventardir. 
Tovarlarni vitrinada reklama qilishda tagliklar katta rol o‘ynaydi. Ular tovar bilan 
birgikda vitrinaning umumiy mazmunini tashkil qiladi, tartib kiritadi, shuningdek, 
qo‘yilgan u yoki bu namunani ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ularning 
yordamida tovarlar joylashtiriladigan maydon kengaytiriladi. 
Vitrina tagliklariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: ko‘zga 
tashlanmaslik, soddalik, tayyorlash uchun materiallar minimal sarfi, mustahkamlik, 
shuningdek, vitrina qutisi, tovar o‘lchamlari va xarakteri bilan to‘g‘ri nisbatda bo‘lish. 
Vitrinani bezatishda shuni yodda tutish kerakki, u faqat tovarlarni reklama qilish 
uchun mo‘ljallanadi. Vitrinada tovarni eng foydali tarzda ko‘rsatish uchun xizmat 
qiladigan barcha yordamchi elementlar (bu erga tagliklar ham kiradi) to‘laligicha 
tovarga bo‘ysunishi lozim. Tagliklarning o‘zi xaridorning e’tiborini jalb qilmasligi 
lozim, shu sababli vitrinani bezatishda xaridorlar ko‘ziga tashlanmaydigan yoki 
ulardan yashirish oson bo‘lgan konstruksiyalar tanlash lozim. Vitrinada ishchi 
elementlar qanchalik kam ko‘rinadigan bo‘lsa, tovarga shunchalik ko‘p e’tibor 
qaratiladi. Xaridorni birinchi navbatda, tovarning o‘zi qiziqtiradi, uning vitrinada 
qanday joylagani emas. Bundan kelib chiqib, tagliklar shakli eng soddalashtirilgan 
ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Konstruksiyalarda ortiqcha bezaklardan foydalanish 
ma’noga ega emas. Tagliklar engil va ixcham bo‘lishi uchun ularni tayyorlashda 
minimal miqdorda materiallardan foydalanish kerak. Birinchidan, bu ularga qarashda 
qulayliklar yaratadi, ikkinchidan, ularni vitrinada tez joylashtirish imkonini beradi. 
Katta va beso‘naqay tagliklardan foydalanish tovarni ijobiy tomondan ko‘rsatishga 
yordam bermaydigina emas, balki bunga xalaqit qilishi ham mumkin. 
Tagliklar tovar o‘lchamiga mos kelishi lozim. Katta yuzada kichik tovar 
namunalari chiroyli ko‘rinmaydi, katta tovarni kichkina joyda joylashtirish esa oson 
bo‘lmaydi. 
Tagliklar qattiq konstruksiyali yoki ulardan turli konstruksiyalar yig‘ish mumkin 
bo‘lgan detallar elementlarini ifodalaydigan, bo‘laklarga ajratiladigan holda yasaladi. 


317 
Qoidaga ko‘ra, tagliklar metall, organik oyna, silikat oyna yoki yog‘ochdan yasaladi. 
Bajaradigan vazifalariga ko‘ra tagliklar universal va maxsus turlarga ajratiladi. 
Universal tagliklar 
sanoat tovarlari turli guruhlarini joylashtirish uchun yaraydi. 
Ular oyna yoki plastik tokchali metall konstruksiyalar shaklida bo‘ladi. Bunday 
tagliklarda parfyumeriya, kanselyariya anjomlari, mayda tovarlar, oyoq kiyimi, idish-
tovoq (shisha va metall) va xo‘jalik tovarlarining ayrim turlarini namoyish etish 
mumkin. 
Maxsus tagliklar 
bu – belgilangan tovar guruhlarini namoyish etish uchun 
mo‘ljallangan tagliklardir. 
Boshqa inventar turlariga geometrik shakllar ko‘rinishidagi konstruksiyalar 
kiradi. Ular yog‘och-qirindi plitalardan tayyorlanib, ustidan material yoki rangli 
qog‘oz tortiladi. Har xil o‘lchamdagi stendlar komplekti vitrina bezalishini tez-tez 
almashtirishga imokn beradi. Stendlar oziq-ovqat mahsulotlari, yozuv qog‘ozi mollari, 
attorlik mollari, oyoq kiyimi va turli anjomlarni namoyish etish uchun foydalaniladi. 
Tayyor kiyimlarni, shuningdek, tayyor ayollar ko‘ylagi ko‘rinishida matolarni 
namoyish etish uchun manekenlar foydalaniladi. Sanoatda magazinlarning savdo 
zallarida ham, vitrinalarda ham keng qo‘llanadigan erkaklar, ayollar, bolalar va 
o‘smirlar manekenlari ishlab chiqariladi. 
Hozirgi paytda manekenlarning roli ham, ko‘rinishi ham o‘zgargan. Agar ilgari 
manekenlar bilan odam qiyofasiga yaqinlashtirgan holda realistik jihatlar va shakllar 
ko‘rsatishga harakat qilingan bo‘lsa, hozirda ular, qoidaga ko‘ra, ma’lum uslubga 
solingan shaklga ega, ularning silueti esa dinamik xarakterga ega.
Kiyim-boshlarni vitrinada joylashtirishda pape-mashe, sim va novdalardan 
qilingan gavda va yarim manekenlar ham muvaffaqiyat bilan foydalaniladi. Ularning 
yordamida vitrina kompozitsiyasini turli tusga kiritish mumkin. YArim manekenlar 
vitrinada turli rakursda osib qo‘yiladi, mustahkam bir o‘zakka o‘rnatiladi yoki 
oddiygina polga qo‘yib qo‘yiladi. Ular qulay va engil bo‘lib, mahsulotlarni har 
tomonlama ko‘rsatish uchun ko‘plab imkoniyat beradi. 
Erkaklar va ayollarning tayyor ko‘ylaklari va ayollarning ichkiyimini 
joylashtirish uchun sim va organik oynadan yasalgan byust-karkaslar ko‘p 


318 
foydalaniladi. Ixchamligi tufayli ular xaridor ko‘zlaridan deyarli yashiringan bo‘ladi, 
lekin o‘z shakli bilan taqdim etilayotgan mahsulotga kerakli hajmdorlik baxsh etadi. 
Ular ustki trikotaj kiyimlar (erkaklar va ayollar uchun) namoyishida ham foydalanilishi 
mumkin. 
Vitrinada bosh kiyimlarni namoyish etish qiziqarli uchun kompozitsiyalar 
yaratishga imkon beradigan yarim manekenlar, erkaklar va ayollarning boshchalari 
mo‘ljallanadi. 
Vitrina inventarining eng muhim elementlaridan biri bo‘lib planshet xizmat 
qiladi. U vitrinaga turlicha shakl berish, yo‘lovchilarni jalb qilish, vitrinaning amaliy 
natija berishini oshirishga imkon yaratadi. 
Planshet tayyorlash ko‘p xarajat talab qilmaydi. U rasm chizish, fotosuratlar va 
boshqa elementlarni joylashtirish mumkin bo‘lgan, qanor tortilgan va qog‘oz 
yopishtirilgan romdan iborat bo‘ladi. Agar planshet doimiy foydalaniladigan bo‘lsa, u 
ikki tomondan, zar qog‘oz, rangli qog‘oz yopishtiriladi yoki bo‘yaladi. 
Planshetning ifodaliligi, ma’nodorligi ko‘p jihatdan bo‘yoq tanlashga bog‘liq 
bo‘ladi. Zaruriy rang boyligi bera olmaydigan guash va meldan foydalanish tavsiya 
etilmaydi. Moybo‘yoq va elimbo‘yoqdan, shuningdek, qorong‘ida nurlanadigan 
bo‘yoqlardan foydalangan ma’qul. 
Vitrinada foydalaniladigan xilma-xil reklama elementlari orasida fotosurati 
alohida o‘rin egallaydi. Dekorativ funksiyadan tashqari fotosurat tovar haqida batafsil, 
aniq va haqqoniy axborot beradi. 
Fotoplanshet vitrinada quyidagi fotosuratlarni o‘z ichiga olishi mumkin: tovarni 
xarid qilish yoki undan foydalanish paytidagi iste’molchi; reklama shiori yoki firma 
belgisi bilan tovar; turli harakat bosqichidagi tovar (fotomontaj); tovarga xos bo‘lgan 
detal; tovar qimmatini naamoyish etadigan ob’ekt. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish