12.2-rasm. Reklamadan kutiladigan natija
E’tibor ob’ekti, iste’molchining reklama qilinayotgan tovarga qiziqishi va unga
ehtiyoj o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud. E’tibor hajmi o‘ziga xosligini reklama
kinofilmlari, teleroliklar, radioxabarlar va boshqa reklama vositalari yaratishda
hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Reklama ta’siri samaradorligiga e’tibor
kuchliligi, ya’ni inson reklama qabul qilishda sarflaydigan psixik faoliyat belgilangan
soni ta’sir ko‘rsatadi.
Aniqlanishicha, reklama xabari obro‘li shaxs tomonidan berilganda eng ko‘p asab
energiyasi sarflanar ekan. Masalan, pishloq va yogurtlar reklamasiga bag‘ishlangan
reklama teleko‘rsatuvida Tibbiyot akademiyasi olimlarining ishtirok etishi
teletomoshabinlar e’tibori qizg‘inligi va hajmining ortishiga xizmat qiladi.
Reklamaga e’tibor jalb qilish – individual holat bo‘lib, inson ehtiyojlariga, uning
xohish-istaklariga, motivlari va kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Reklama maqsadlari va
shaxsning reklama qilinayotgan tovarga bo‘lgan qiziqishiga qarab, e’tibor bir necha
E'tibor jalb qilish
Qiziqishni qo'llab
quvvatlash
Hissiyot namoyish
etish
Ishontirish
Qaror qabul qilish
Harakat (xaridni
amalga oshirish)
224
turlarga ajratiladi.
G‘ayriixtiyoriy e’tibor,
masalan, reklama vositasiga nisbatan uning tashqi
ko‘rinishi yoki dinamiklik, qizg‘inlik, kontraslik, o‘lcham kabi omillar bilan
asoslanadi. Reklama omili insonning hissiyot organlariga qanchalik qizg‘in ta’sir
ko‘rsatsa, uning e’tibor darajasi shunchalik kuchli bo‘ladi. Gazetadagi yorqin reklama
shiori, radio orqali reklama xabarining yoqimli musiqa jo‘rligida emotsional so‘z
boyligi, telefilmning qiziqarli syujeti – bu omillarning barchasi beixtiyor inson
e’tiborini jalb qiladi. Biroq reklamaga e’tibor qaratishning bunday usullari ma’lum bir
chegaraga ega. Bu chegaradan o‘tish shunga olib keladiki, odamlar «qichqirayotgan»
reklamani qabul qilmay qo‘yadi.
Reklama o‘zining noyobligi, g‘ayriodatiy ekanligi, yangiligi bilan jiddiy e’tibor
jalb qiladi.
Oziq-ovqat tovarlari, masalan, meva-sabzavotlar, sharbatlarni reklama qilishda
rangi fotosuratlar yoki plakatlardan foydalanish samara beradi. Bunda shuni hisobga
olish kerakki, plakatga odatda uzoqdan qaraladi, shu sababli u dekorativ va kontrastli
ravishda bajarilgan bo‘lishi kerak.
Reklamaga g‘ayriixtiyoriy e’tiborni oshirishning boshqa usullari odatiy fonning
buzlishi yoki omillar xarakterining keskin o‘zgarishidan iborat. Tomoshabinning
g‘ayriixtiyoriy e’tiborini biron-bir korxonada dinamik reportajda diktorning ohista
nutqi birdan keskin o‘zgarishi jalb qiladi.
Reklama bilan e’tiborni jalb qilish jarayonida uning omillari u yo‘naltirilgan
shaxsning ichki holatiga va ehtiyojlariga mos kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Inson
idroki reklama xabaridan faqat uning hayoti va faoliyati uchun kerakli bo‘lgan
narsalarni tanlab oladi va sub’ektiv ravishda unga zarur bo‘lib ko‘rinmagan narsalarni
qabul qilmaydi.
Reklama ta’siri samaradorligi ko‘p jihatdan reklama omili yuzaga keltiradigan
e’tibor jarayoni uzunligiga va omil kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Uzoq vaqt davom etadigan
omil, masalan, butun reklama filmi davomida yangraydigan sho‘x musiqa
tomoshabinlarni tezda toliqtirib qo‘yadi. Reklamani qabul qilishda uning hajmi ham
muhim ahamiyatga ega (masalan, ulkan reklama taxtasi yaqin atrofda boshqa reklama
225
taxtalari bo‘lmagan hollarda yaxshi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin).
Matbuot, radio va televideniedagi reklama har bir alohida holatda qo‘yilgan
vazifalarga muvofiq, omilning qat’iy differensiatsiya qilingan holda berilishini talab
qiladi.
Reklama qilinayotgan tovarning yangilik darajasi e’tibor uyg‘otishning muhim
omili hisoblanadi. Ushbu holat asosida xulosa chiqarish mumkinki, har bir reklama
vositasi reklama o‘tkazish ob’ektiga e’iborni kuchaytirish uchun u haqida bironta
yangilik xabar qilishi lozim, garchi gap an’anaviy buyumlar, masalan, radiopriemnik
va televizorlar, avtomashin va velosipedlar yoki hammaga yaxshi tanish bo‘lgan
mahsulotlar – choy, kofe, sut va h.k. haqida boradigan bo‘lsa ham.
Reklamada yangilik usulidan foydalanishda ayrim xususiyatlarni hisobga olish
zarur. Insonga ta’sir etishning eng oson yo‘li – butunlay yangi, maqsadli doira uchun
kutilmagan tovar haqida axborot bo‘lib, bunda iste’molchida unga nisbatan ma’lum bir
munosabat shakllanmagan bo‘ladi yoki aksincha, qarorni o‘zgartirishga tayyorlik
o‘ringa ega bo‘ladi. Kichkina ekranli televizorlarni katta ekranli, oq-qora televizorlarni
rangli televizorlarga almashtirish bunga misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu erda
reklama tovarning o‘zi timsolida ittifoqchiga ega bo‘ladi. Reklama ob’ekti bo‘lib
iste’molda yaxshi ma’lum bo‘lgan mahsulot ishtirok etadigan bo‘lsa, reklama
funksiyalari ancha murakkablashadi. Maqsadli doirada bu mahsulotga bo‘lgan
munosabatni yangi ma’lumotlar yordamida tubdan o‘zgartirish qiyin. SHu sababli
reklama faqat u haqida mavjud fikrni kuchaytirishi mumkin, xolos.
Maqsadli doira e’tiborini reklamaga jalb qilishning eng oddiy usuli – odamlarning
ehtiyojlari va qiziqishlaridan foydalanishdir. Bunda reklamada odamlarning qaysi
ehtiyojlari va qiziqishlari tovarda iodalangani, uning qanday mos kelishi ochib beriladi.
Bunday reklamaga misol tariqasida «Pantin-Provi» shampuni reklamasini keltirib
o‘tish mumkin: «Men sochlarim sog‘lom bo‘lishi va yaltirab turishini istayman.
YAqinda men SHveysariyaning yangi «Provi» shampunidan foydalana boshladim.
Qazg‘oq yo‘qoldi. Mening sochlarim sog‘lom ko‘rinibgina qolmay, haqiqatda sog‘lom
va yaltirab turadigan bo‘ldi».
Odamning yaxshi jismoniy va emotsional holatda bo‘lish istagi «Bruk-Bond»
226
choyining reklama shioriga asos qilib olingan: «Ishingiz o‘ngidan kelmagan va
kayfiyatining tushib ketgan paytda Bruk-Bond choyini – ajoyib tetiklantiruvchi
vositani tatib ko‘ring! U qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Ajoyib ta’m!»
Reklamada e’tibor jalb qilish uchun ko‘pincha muammoli vaziyat usuli
foydalaniladi. Maqsadli doira oldiga muammo qo‘yiladi — «qanday qilish kerak?».
Masalaning bunday qo‘yilishi fikrlashga undaydi, muammoning mohiyatiga chuqurroq
kirib borishga olib keladi. Bu turdagi reklamaga misol tariqasida yosh va qari ayol
o‘rtasidagi reklama suhbatini keltirish mumkin. YOsh ayol: «Men rakovinadagi zang
izlarini ketkizish uchun nimalar qilib ko‘rmadim deysiz. YAxshisi qiynalib
o‘tirmasdan yangisini sotib olish kerak ekan». Qari ayol: «YAngisini sotib olishning
nima keragi bor? «Komet» tozalagichi rakovina yuzasidan zangni osonlik bilan
ketkazadi. «Komet» tozalagichi tarkibiga istalgan chuqurlikdagi zangni ketkaza
oladigan xlorinol moddasi kiradi».
Birga qatnashish usulidan foydalanish reklamani faolroq qabul qilishga xizmat
qiladi. Unga hammadan ko‘proq telereklamada murojaat qilinadi: taqdimotlar,
ko‘rgazma-savdolar, modalar namoyishi va h.k.dan reportajlarda foydalaniladi. Bu
usuldan foydalanuvchi telesharhlovchi teletomoshabinlarni go‘yoki bu voqeaning
qatnashchisiga aylantiradi: «Hurmatli teletomoshabinlar, biz siz bilan birgalikda
«Bolshevichka» fabrikasi ayollar kiyimi yangi modellarining ko‘rgazma-savdosida
ishtirok etmoqdamiz.
Reklamaga g‘ayriixtiyoriy e’tibor agarda u boshqa bir e’tibor turi – ongli ravishda
yo‘naltiriladigan va tartibga solinadigan ixtiyoriy e’tibor bilan mustahkamlanadigan
bo‘lmasa, juda tez yo‘qoladi. Ixtiyoriy reklamaning maqsadli yo‘naltirilganligi
reklama samaradorligining eng muhim omilidir. Reklamaga ixtiyoriy e’tibor
shakllantirishning psixologik mexanizmi negizida amaliy va estetik xarakterdagi
qiziqishlar yotadi.
U yoki bu maqsadli doira e’tiborini reklama vositalariga jalb qilish reklama
kompaniyasi muvaffaqiyatlarining asosi hisoblanadi. Reklamaga ixtiyoriy e’tibor jalb
qilishning ob’ektiv imkoniyatlari reklama tabiati bilan asoslanadi. Biroq bu erda bir
qator qonuniyatlar mavjud. Bu qonuniyatlardan biri – muayyan reklama turi,
227
etkazilayotgan xabar xususiyatlari va maqsadli doiraning xarakteri o‘zaro aloqalari
hisoblanadi.
Bitta maqsadli doira uchun mo‘ljallangan reklama xabari yoshi, jinsi va ijtimoiy
tarkibi bo‘yicha farq qiladigan boshqa maqsadli doiraning e’tiborini jalb qilmasligi
mumkin (ayollar uchun gigiena vositalari reklamasi faqat ayollarning e’tiborini jalb
qiladi, erkaklar esa bu reklamani piching bilan qabul qiladi). Sportchilar maqsadli
doirasida sport tovarlari do‘koni ochilishi haqidagi xabar darrov ularning e’tiborini jalb
qilishi mumkin.
G‘ayriixtiyoriy e’tiborni ixtiyoriy e’tiborga aylantirshi uchun quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |