Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

reklama 
usullari
qo‘llanadi: 

reklama qilinayotgan tovar bilan bog‘liq dalillarni jalb qilish; 

tovarning afzalliklari, uning mashhurligi, savdo markasiga e’tibor jalb qilish; 

matnni oxirigacha o‘qib chiqishga majbur qiladigan, qiziqtirib qo‘yadigan 
sarlavhalar qo‘llash; 

matnning ishonarliligi; 

reklama elementlarining muhimlik darajasi pastroq bo‘lgan elementlardan 
muximroq elementlarga qarab ritmik tartida joylashishi

eng muhim so‘zlarga asosiy e’tibor qaratish uchun shrift fakturasidan 
foydalanish; 

rang va shrift yordamida matnning ma’lum bir qismlarini ajratish; 

reklama qilinayotgan tovar haqida hikoyaning kutilmagan boshlanishi; 

reklama matniga intriga elementlarini kiritish, monolog yoki dialogda mojaroli 
vaziyatdan foydalanish. 
Reklamani qabul qilish 
sintez va tahlil murakkab jarayonini ifodalaydi. Uning 
o‘ziga xosligi yaxlitligidan iborat: garchi reklama kompleksli omilni ifodalasada, lekin 
shunga qaramay u ong tomonidan yaxlit bir butun sifatida qabul qilinadi. Reklamaning 
ta’sir darajasi umuman olganda uning tarkibiy qismi ta’sir darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, matnning malakasi diktor tomonidan o‘qilishi radioreklama haqida umumiy 
taassurotni buzishi, vaholanki, reklama axborotining mazmuni tinglovchilar uchun 
juda qiziqarli bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, reklama murojaatining barcha qismlari 


228 
(tasvir, matn, ovoz) maqsadli yo‘naltirilgan va etarli darajada ta’sir kuchiga ega 
bo‘lishi lozim. 
Reklamashunosning mahorati idrok qilish qonunlaridan mohirona foydalanish, 
turli reklama motivlarining belgilangan maqsadli doiraga ta’sirini oldindan ko‘ra 
bilishdan iborat. YAxshi reklama bu – avvalo, g‘oya va aniq axborotning 
muvaffaqiyatli birlashuvidir. YAngi tovarlar reklamasida iste’molchining e’tibori 
birinchi navbatda, mahsulotning unga qiziqish uyg‘otishi va ilgari tayyorlangan unga 
o‘xshash boshqa mahsulotlardan ajratib turadigan xislatlariga qaratilishi lozim. 
Reklamani o‘zlashtirish o‘z chegaralariga ega bo‘lib, insonning asab tizimi 
mexanizmi xususiyatlariga bog‘liq hisoblanadi. 
Televizion reklamaning 
normal qabul qilinishiga masalan, kadrlarning juda tez 
almashinishi, radioreklamad esa – nutq sur’atining yuqoriligi xalal berishi mumkin. 
Insonning hissiyot organlari qobiliyatlari gazetada mayda shriftda terilgan reklama 
murojaatini uzoq vaqt davomida qabul qilishga imkon bermaydi.
Reklama xabarini o‘zlashtirish samaradorligining tez pasayishi vaqt 
chegarasining buzilishida kuzatiladi. Masalan, o‘tkir syujetli reklama telefilmlari ham, 
agarda ular vaqt bo‘yicha cho‘zib yuboriladigan bo‘lsa, odamni tezda toliqtirib 
qo‘yishi va reklamani qabul qilish darajasini pasaytirishi mumkin. 1-2 daqiqa davom 
etadigan filmni optimal deb hisoblash qabul qilingan. Albatta, qisqa filmning 
muvaffaqiyatga erishishi uning teletomoshabin uchun foydali bo‘lgan axborot bilan 
boyitilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Radioreklamani 
qabul qilish inson ongida yuzaga keladigan tasavvurlar zanjiri 
bilan bog‘liq. Ular radiotinglovchi ongida tovar, uning detallari va xususiyatlari haqida 
axborot taqchilligini yo‘qotadi. 
Matbuotdagi reklama 
ham o‘zining qabul qilish xususiyatlariga ega

Masalan, bir 
gazeta nomerida mavzusi, janri va uslubi bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan turli reklama 
xabarlari joylashtirilishi mumkin. bunday rangba-ranglik ularni qabul qilishni 
qiyinlashtirishi sababli reklama axborotini ritmik ajratishga, uning mazmuni shakliga 
muvofiq bo‘lishiga erishish zarur. Alohida reklama xabarlariga e’tibor jalb qilish 
nafaqat grafika vositalari bilan, balki o‘quvchilarning turli ijtimoiy guruhlariga (yolar, 


229 
pensionerlar, uy bekalari, talabalar va h.k.) aniq murojaat qilish yo‘li bilan ham 
erishiladi.
Shunday qilib, inson ruhiyatini reklama axborotini qabyuul qilishga umumiy 
sozlash mexanizmi reklamani berish usuli, o‘quvchilar ehtiyojlariag muvofiq ularning 
e’tiborini tashkil qilish, reklama qilinayotgan tovarga alohida iste’molchilar guruhlari 
moyilligini hisobga olish kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. 
Reklamaga javob berish jarayonida inson ongida uch pog‘onada: ratsional, 
emotsional va g‘ayrishuuriy tarzdagi psixik jarayonlar ro‘y beradi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish