MAVZU: 7-SINFDA QO’LLANILADIGAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR.
REJA.
1. Kimyodan sinfdan tashqari ishlarni o’tkazish.
2.To’garaklar va fan oyliklarini o’tkazish.
3.Qiziqarli kimyo kechalari.
Sinfdan tashqi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning umumiy saviyasiga va tayyorgarligiga qarab o‘tkaziladi. O‘quvchilar xilma-xil narsalarga qiziqadi, ammo kuzatishlarning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga qarab, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruh o’quvchilarni moddalarning o’zgarishi, qiziqarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va moddalar ajratib olish, kristallar hosil qilish va kristallarni o’stirish, oddiy moddalardan va kimyoviy birikmalardan kolleksiyalar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning hayoti va faoliyatiga oid eng yorqin dalillar ko’proq qiziqtiradi.
Ikkinchi guruh o’quvchilarni moddalarning ancha murakkab o’zgarishlari, moddalarning sanoatda olinish usullari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan qilinadigan tajribalar kimyoviy usullari anjumladan, eng muhim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish usullarini ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan asboblar va ishlaydigan materiallar yasash, kundalik hayot kimyosi, agrokimyo va kimyoviy masalalarni, ayniqsa eksperimental masalalarni mustaqil suratda yechish qiziqtiradi
7-sinf o’quvchilari aynan 1-gurux o’quvchilariga kiradi. Chunki ularga bu fan yangi bo’lganligi uchun ular har xil qiziqarli tajribalarga , rangli reaksiyalarga juda qiziqadi va hayrat bn tomosha qiladi. Kimyo fanining o’ziga xos mo’jizakor tajribalari orqali o’quvchilani fanga bo’lgan qiziqishini oshirish mumkin.
Kimyodan sinfdan tashqari ishlar dars bilan bir qatorda maktabda taolim-tarbiya jarayonini tashkillashning eng muhim formulalaridan biridir.
Kimyodan sinfdan tashqari ish, darsdan tashqari paytda amalga oshiriladigai taolim-tarbiya jarayonidir. Sinfdan tashqari ishning maqsadi o’quvchilarning kimyodan olgan bilimlari, egallagan ko’nikma va malakalarini chuqurlashtirish va kengaytirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni kimyoga bo’lgan qiziqishlarini, mustaqilligini, ijodiy aktivligini rivojlantirish xisoblanadi. Sinfdan tashqari ishning muhim maqsadi siyosiy-g’oyaviy, mexnat, axloqiy va estetik jihatdan o’quvchilarni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari ish o’quvchilar jamoasini shakllantirishga, shu bilan birga kimyoga qiziqishini, layoqatini tarbiyalashga yordam beradi va yagona taolim-tarbiya jarayonining muhim elementi xisoblanadi. Kimyodan sinfdan tashqari ishlarda predmetlararo aloqalarni amalga oshirish vazifasi qo’yiladi, bu esa kasbga yo’llash ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tanlayotgan kasbda kimyoning rolini tushunishga yordam beradi. Sinfdan tashqari ish o’quvchilarning dam olishlarini tashkillashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |