Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 11. Aylanadigan mexanizmlarni ta’mirlash



Download 0,58 Mb.
bet18/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 11. Aylanadigan mexanizmlarni ta’mirlash

287. Aylanadigan mexanizmlarni ta’mirlashga tayyorlanishi naryadda ko‘rsatilgan ish bajarish shartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Bunda mexanizm to‘xtatilgan bo‘lishi shart, mexanizmning elektr dvigatelidan va armaturaning elektr yuritmasidan kuchlanishi olib qo‘yilishi kerak, elektr dvigatelning ta’minlovchi kabeli “Elektr uskunalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga” muvofiq yerga ulangan yoki biriktiruvchi mufta ajratilgan bo‘lishi kerak.

Aylanadigan mexanizm va elektr dvigatelda bir vaqtda ishlaganda mufta ajratib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Muftani ajratishni aylanadigan mexanizmni ta’mirlashga berilgan naryad bo‘yicha ta’mirlovchi xodimlar amalga oshiradi.

Mexanizmning yopish armaturasini (surilma qopqoqlar, asboblar, to‘sma qopqoqlar, ventillar va b.) ishlar xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi holatga o‘rnatish kerak.

Armaturani boshqarish yuritmalarining shturvallari zanjir yoki boshqa qurilmalar va moslamalar yordamida qulfga berkitilishi kerak.

Mexanizmning uzilgan yuritmalari va ishga tushirish qurilmalaridan kuchlanish berilishini va yopish armaturalarni ochish-yopishni man etuvchi xavfsizlik belgilari, ishlar bajariladigan joyda esa — “Shu yerda ishlash” xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi kerak.

288. Elektr yuritmali aylanuvchi mexanizmlar ta’mirlashga chiqarilayotganda elektr dvigateldan va elektr yuritmalaridan kuchlanishni olib qo‘yishni elektrotexnik xodimlar bajarishi kerak.

289. Aylanuvchi mexanizmni ishlatib ko‘rish yoki muvozanatlashtirish davriga tarmoqqa ulashda mexanizmning elektr dvigatelini avariyaviy uzish knopkasi ishga tushirilgan bo‘lishi kerak.

Tarmoqdan avariyaviy uzish knopkasi oldida, kuzatuvchi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. U ish rahbarining signali bo‘yicha mexanizmni tarmoqdan uzishi kerak.

290. Aylanuvchi mexanizmni ishga tushirishdan oldin, shu jumladan ishlatib ko‘rishdan oldin ham, biriktirish muftasi yig‘ilgan bo‘lishi, harakat qilinadigan barcha qismlarning to‘siqlari o‘rnatilishi, xavfsizlik belgilari olib qo‘yilishi, asbob va materiallar yig‘ib olinishi va odamlar ish joyidan chiqarilgan bo‘lishi kerak.

Ish rahbari naryadni sexning smena boshlig‘iga topshirishi kerak. Oraliq naryad bo‘yicha ishlaganda naryad uni bergan shaxsga topshirilishi kerak.

Mexanizm ishlatib ko‘rilgandan keyin (unda ishlarni davom ettirish zarur bo‘lsa) ish joyi, naryadda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish shartlariga muvofiq yangidan tayyorlanadi.

291. Aylanuvchi mexanizm rotorini muvozanatlashda, faqat rotor aylanishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilgandan keyin, yuklarni osish mumkin.

292. Maxsus muvozanatlash stanoklarida tutunso‘rg‘ichlar yoki ventilyatorlar rotorlarini statik muvozanatlashtirishdan oldin rotor yiqilishiga to‘siqlik qiluvchi tirgaklar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

293. Pastga tushuvchi gaz yo‘liga chiqishga ega bo‘lgan ventilyator, tutunso‘rg‘ich ichida ishlashga faqat ushbu gaz yo‘lini mustahkam to‘shama bilan yopilgandan va rotor aylanib ketishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilgandan keyin ruxsat berilishi mumkin.

294. Tortish-puflash mashinalarining rotorlarini chiqarib olish uchun qo‘llanadigan moslamalar “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining talablariga mos bo‘lishi kerak. Tortish-puflash mashinalarining rotorlarini chiqarib olish zonasidan odamlar chetga chiqarilishi kerak.

295. Tortish-puflash mashinalarida 1,3 m va undan yuqoridagi ta’mirlash ishlari mazkur Qoidalarning III bobining 6-paragrafi talablariga muvofiq havozalar va to‘shamalardan amalga oshirilishi shart.

296. Tortish-puflash mashinalarining bronyasi almashtirilayotganda va kurakchalarni metall bilan suyultirib qoplashda korpus qopqoqlari ochiq bo‘lishi kerak.

297. Ishchi g‘ildiraklarning obechayka faskalarining yuzalarini va kurakchalarni payvandlashdan oldin tozalash uchun silliqlash mashinalari qo‘llanilganda tegishlicha “SSBT. Pnevmatik qo‘l mashinalari. Umumiy xavfsizlik talablari” GOST 12.2.010 va “SSBT. Qo‘l elektr mashinalari. Ishchi asbobi aylanish harakatli silliqlash, diskali va silliqlash va yaltiratish mashinalarini sinash usullari va umumiy xavfsizlik talablari” GOST 12.2.013.3 talablariga rioya qilish kerak.

Kurakchalar prixvatkasini ishchi g‘ildirak obechaykasida o‘rnatilgan konduktor yordamida amalga oshirish shart.

298. Tortish-puflash mashinalarining rotorida bevosita barcha payvandlash ishlari yerga ulangan rotorda bajarilishi kerak.

299. Tortish-puflash mashinalari kurakchalarini metallni suyultirib qoplashda metall kuyishidan va elektropayvandlovchiga eritilgan metall tushishidan ehtiyot bo‘lish kerak.

Rotorni chiqarmasdan tegirmon ichidagi bolg‘alar va tortish-puflash mashinalarining kurakchalarini suyultirilgan metall bilan qoplashni kerakli havo almashtirilishini ta’minlovchi ventilatsiya mavjudligida, va elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga yoki undan yuqori guruhga ega bo‘lgan kuzatuvchi nazorati ostida amalga oshirish kerak; kuzatuvchi tegirmon yoki tortish-puflash mashinaning tashqarisida turishi kerak. Tegirmon yoki tortish-puflash mashinaning ichida turgan elektrpayvandchi straxovka arqonli qutqarish belbog‘ida bo‘lishi kerak, arqonni uchi kuzatuvchida bo‘lishi kerak.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish