Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 13. Kompressor va havo quvurlariga xizmat ko‘rsatish



Download 0,58 Mb.
bet20/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 13. Kompressor va havo quvurlariga xizmat ko‘rsatish

318. Kompressor qurilmalari va havo quvurlarini ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash “Statsionar kompressor qurilmalari, havo quvurlari va gaz quvurlarini tuzilishi va ekspluatatsiya qilish qoidalari” va “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Bosim ostida ishlovchi idishlarni tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

319. Kompressor qurilma xonasiga kirish xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni chaqirish uchun signalizatsiya bilan jihozlangan bo‘lishi kerak va eshigida “Kirish man etiladi” taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

13. Yer qazish ishlari

320. Yer qazish ishlari “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” KMK 3.01.02 talablariga muvofiq bajarilishi kerak.

321. Energetika korxonalarining hududida, shuningdek yer osti kommunikatsiyalarining muhofaza zonasida (elektr kabellar, gaz quvurlari va b.) yer qazish ishlari faqat ushbu kommunikatsiyalarni ekspluatatsiya qilish uchun javobgar sex (rayon) yoki tashkilot rahbariyatining yozma ruxsati bilan bajariladi. Ruxsatnomaga kommunikatsiyalarning joylashtirilgan joyi va yotqizilgan chuqurligi ko‘rsatilgan reja (sxema) ilova qilingan bo‘lishi kerak. Ishlarni bajarishdan oldin yer osti kommunikatsiyalar joylashtirilgan joylarni ko‘rsatuvchi xavfsizlik belgilari yoki yozuvlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

322. Ishlab turgan yer osti kommunikatsiyalar zonasida yer qazish ishlari naryad bo‘yicha ish rahbarining bevosita kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak, kuchlanish ostidagi kabel, ishlab turgan gaz quvuri, issiqlik trassasining muhofaza zonasida esa ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot vakilining kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.

323. Ishlab turgan yerosti kommunikatsiyalarning bevosita yaqinida (0,3 m kam masofada) faqat belkuraklar bilan keskin urishlarsiz yerni qazishga ruxsat etiladi.

324. Yer osti inshootlarining ishchi rejalarida (sxemalarida) ko‘rsatilmagan portlash xavfi bo‘lgan materiallar yoki o‘q-dorilar topilganda yer qazish ishlari zudlik bilan to‘xtatilishi kerak. Ishchilar xavfsiz zonaga chiqarilishi va begona odamlar xavfli zonaga kirishini oldini olish uchun choralar ko‘rilishi kerak. Tegishli tashkilotlardan ruxsat olgunga qadar ishlashni boshlash man etiladi.

325. Transheyalar va kotlovanlarda zararli gaz aniqlanganda, ulardagi ishlar zudlik bilan to‘xtatilishi, ishchilar esa xavfli zonadan chiqarilishi kerak.

Ishlar, ushbu zonaga gaz kelishi to‘xtatilgandan va undagi mavjud gaz chiqarib tashlangandan keyin yana davom ettirilishi mumkin.

Gazlangan zonada ishlarni davom ettirish zarur bo‘lsa, mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafida qayd etilgan talablarga rioya qilish kerak.

326. Yaqinida gaz quvuri bo‘lgan yoki gaz yig‘ilib qolishi mumkin bo‘lgan transheyalarda ochiq olovni qo‘llash man etladi.

327. Bo‘sh yoki nam tuproqda transheya qazilganda, agar ularning o‘pirib tushirish xatari bor bo‘lsa, ularning devorlari ishonchli mustahkamlanishi kerak.

Sochiluvchi tuproqlarda devorlarni mustahkamlamasdan ishlarni bajarish mumkin, biroq bunda tuproqning tabiiy qiyaligiga mos bo‘lgan qiyalikni saqlash kerak.

328. Mustahkamlanmagan qiyaliklar va chuqurlarning vertikal yuzalarining holati ustidan muntazam nazorat qilish zarur. Yoriqlar paydo bo‘lganda ishchilar xavfli joydan zudlik bilan chiqarilishi kerak va undan keyin tuproq yiqilib tushishiga qarshi choralar ko‘rilishi kerak.

329. Kotlovan va transheyalarga faqat panjarali qo‘sh oyoqli narvon yoki tirama narvon bo‘ylab tushish kerak.

330. Odamlar va transport yuradigan joylarda qazilayotgan kotlovanlar va transheyalar “Qurilish maydonchalari va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchastkalarining inventar to‘siqlari. Texnik shartlari” GOST 23407 talablariga muvofiq to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqlarda ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari, qorong‘i vaqtida esa — signal yoritishlari o‘rnatilishi kerak.

331. To‘sikdan temir yo‘lning eng yaqin relsigacha masofa 2,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

332. Qazilgan chuqurlarning devorlarini mustahkamlamasdan ularning chetida tuproq qulab tushishi prizmasi chegarasida qurilish mashinalari va avtotransportni turishi va harakat qilishi, lebedkalar, uskunalar, materiallar va boshqalarni joylashtirish man etiladi.

Maxkamlagichlari bo‘lgan chuqurliklarning tuproq qulab tushishi prizmasi chegarasida qurilish mashinalari va transport vositalarini turishi va harakat qilishiga, dastlab, ular yuklamasining qiymati va dinamikligini hisobga olgan holda, maxkamlagich mustahkamligini ishlarni bajarish loyihasida ko‘rsatilgan qiymatlarga muvofiqligi hisoblab tekshirilgandan keyin ruxsat beriladi.

333. Kotlovanlar va transheyalarning taxtali mustahkamlagichlarini tuproqni joyiga to‘kish bo‘yicha pastdan yuqoriga yo‘nalishda qismlarga ajratish kerak.

Mustahkamlagichlarni qismlarga ajratishda bir vaqtning o‘zida balandlik bo‘yicha uchta taxtadan oshirmasdan olish, sochiluvchi va noturg‘un tuproqlarda esa -faqat bitta taxtadan olish ruxsat etiladi. Taxtalar olinishi bo‘yicha tirgaklar faqat yangisi o‘rnatilgandan keyin olinishi mumkin.

Mustaxkamlagichlarni qismlarga ajratish bevosita ish rahbari kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.

334. Tuproqni elektrda isitish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar alohida vaziyatlarda va “SSBT. Qurilish. Elektr xavfsizlik. Umumiy talablar” GOST 12.3.013 va “SSBT. Elektr xavfsizlik. Himoya zaminlash, nollash” GOST 12.1.030 talablariga muvofiq bajarilishi shart.

335. Bug‘lantirish va tutun gazlari bilan tuproq isitilayotganda ishchilarni kuyishi va zararli gazlar bilan zaharlanishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak.

336. Yer qazish mashinalari ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar, haydovchi (mashinist) beradigan tovush signallari ma’nosini bilishi kerak.

337. Ekskavator ishlab turgan vaqtda quyidagilar man etiladi:

mustahkamlash uchun mo‘ljallanmagan buyumlardan uni mustahkamlash uchun foydalanish;

mustahkamlash inventar tirgaklar bilan amalga oshirilishi kerak;

ekskavator harakat qilayotgan zonadan 5 m dan kam masofada turishi;

kovsh ko‘tarilgan holatda bo‘lganda uni tozalash.

338. Yer qazuvchi mashinalar va mexanizmlar elektr uzatish liniyalari yaqinida yurayotganda va ishlayotganda mazkur Qoidalarning 195 - bandi talablari bajarilishi kerak.

IV bob. Energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatish

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish