Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§6. Uskunalarni kimyoviy tozalashda xavfsizlik choralari



Download 0,58 Mb.
bet26/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§6. Uskunalarni kimyoviy tozalashda xavfsizlik choralari

697. Issiqlik uskunalarini kimyoviy tozalash bo‘yicha ishlar korxona bosh muhandisi tasdiqlagan tozalash texnologik sxemasiga muvofiq maxsus dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

698. Elektr stansiyaning uskunalarida kimyoviy tozalash o‘tkazilishida sxemani tayyorlash, uskunalarni kimyoviy tozalashini tashkil etish va ushbu ishga ajratilgan xodimlar xavfsizligi uchun, yuviladigan uskunalar qaramog‘ida bo‘lgan sexning boshlig‘i javobgardir.

699. Kimyoviy reagentlar bilan ishlashda xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazilishi uchun va kimyoviy tozalash jarayoni uchun kimyo sexi boshlig‘i javobgardir.

700. Uskunalar kimyoviy tozalanishi ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan o‘tkazilayotganda ishlarning bajarilishi, kimyoviy tozalash jarayoni va naryadga kiritilgan xodimlar xavfsizligi uchun ushbu tashkilotning ish rahbari javobgardir.

701. Kimyoviy tozalashni boshlashdan oldin yuviladigan uskunalar va yuvuvchi nasoslar zonasida quyidagilarni bajarish zarur:

maydonchalar va zinalarda begona narsalar yo‘qligini tekshirish;

yuvish qurilmasiga suv yetkazib berilishini ta’minlash;

barcha ish joylari, o‘tish joylari, maydonchalar, nazorat o‘lchov asboblari, sath ko‘rsatgichlari, namunalar olish joylari yetarli darajada yoritilishini ta’minlash;

zonani to‘sish va ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilarini osib qo‘yish;

yuvish konturi zichligi buzilishi vaziyatida yuvuvchi eritmalarni neytrallash uchun vositalarni nazarda tutish;

yuvishni o‘tkazayotgan xodimlarni maxsus kiyim, maxsus poyafzal va kimyoviy tozalash turiga muvofiq himoya vositalari bilan ta’minlash.

702. Yuvishda ishtirok etmaydigan shaxslarni xavfli zonada bo‘lishlari man etiladi.

703. Kimyoviy tozalash tugatilgandan keyin uskunaning ichki ko‘rigi, shamollatilgandan va uning ketidan zararli moddalar yo‘qligiga havo tahlili o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.

§7. Kimyoviy sexlar va oqova suvlarini tozalash bo‘yicha inshootlarning uskunalariga xizmat ko‘rsatish

A. Reagent xo‘jaligi va suvga gidrazinli ishlov berish qurilmasiga xizmat ko‘rsatish

704. Reagentlar omborlari ionit qurilmalari xonalaridan va sochiladigan materiallarni saqlash joylaridan ajratilgan bo‘lishi shart.

705. Sochiladigan reagentlarni (ohak, magnezit, fosfatlar, koagulyant, soda) saqlash xonalari yopiq turidagi, quruq, “Issiqlik elektr stansiyalari” SN i P II-58-75 ga muvofiq ventilatsiya tizimi bilan va reagentlarni mexanizatsiyalashtirilgan tushirish va yuklash qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Omborlarning pollari asfaltlangan bo‘lishi kerak. Har bir reagent uchun alohida ombor yoki alohida bo‘linma nazarda tutilishi kerak.

706. Reagentlar bilan operatsiyalar o‘tkazilayotgan xonalarda vodoprovod suvi va shifokordan oldin yordam berish uchun aptechkalar bo‘lishi kerak.

707. Filtrlovchi va ion almashuv materiallarini saqlash xonalari quruq, isitiladigan va yaxshi shamollatiladigan bo‘lishi kerak.

708. Ionitlari bilan bug‘lari ionitlar bilan adsorbsiyalanuvchi uchuvchi organik birikmalarni (benzin, benzol, toluol va b.) bir xonada saqlash man etiladi.

709. Ionitlar zavod upakovkasida yog‘och to‘shamalarda turlari va markalari bo‘yicha taxlangan holda saqlanishi kerak. Taxlangan shtabellardan isitish asboblari (radiatorlar) kamida bir metr masofada bo‘lishi kerak.

710. Sulfatko‘mir ishlab chiqaruvchining upakovkasida yopiq omborxonada shtabellarda saqlanishi kerak. Shtabellarning o‘lchamlari 2 x 2 x 2 m dan va ular orasidagi o‘tish joylarining kengligi bir metr bo‘lishi kerak. Sulfatko‘mirni ochiq holda (upakovkasiz) saqlash man etiladi, chunki havo bilan kontaktga kirishganda o‘zidan-o‘zi yonish qobiliyatiga ega.

711. Changlanuvchi quruq reagentlarni (ohakni, magnezitni, sodani, fosfatlarni v b.) tushirishda, shuningdek ohakni so‘ndirishda va shu reagentlarni eritishda band bo‘lgan xodimlar paxta matoli kostyumda, ko‘kragi berk rezinali fartukda, himoyalovchi ko‘zoynaklarda, brezent qo‘lqoplarida, rezinali qo‘lqoplarda, rezina poyafzalda va changga qarshi respiratorda ishlashlari kerak.

712. Kislotalar, ishqorlar, ammiak, gidrozinning konsentratsiyalangan eritmalari zararli moddalarga taalluqlidir.

Zararli moddalarni saqlash uchun omborlarning tutilishi kuchli ta’sir qiladigan zaharli moddalarni saqlash uchun omborlarni loyihalash, jihozlash va tutish bo‘yicha sanitariya qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.

713. Kislotalar, ishqorlar, ammiak, gidrazin va boshqa zararli moddalarning eritmalari ishchi xonalardan ajratilgan ombor-sisternalarda yoki baklarda saqlanishi kerak, ularda reagentning aniq yozilgan nomi bo‘lishi kerak.

Konsentratsiyalangan sulfat kislotasi, “qora kislota” (past molekulyarli organik kislotalar eritmasi), ishqor va ammiak eritmalari po‘lat sig‘imlarda; xlor kislotasi — germetik po‘lat gummirlangan rezervuarlarda saqlanishi kerak.

Tarkibida 64 % gidrazin bo‘lgan gidrazingidrat mahsuloti zanglamaydigan po‘latdan yoki alyuminiydan yasalgan tarada tashilishi va saqlanishi kerak.

Gidrazingidratning suyultirilgan eritmalari (30%li va undan kam) uglerodli po‘latdan yasalgan sig‘imlarda yoki polietilen bankalarida saqlanishi kerak.

714. Kislotalar va ishqorlarni saqlash uchun sig‘imlar atmosfera bilan vozdushniklar orqali tutashishi va sath ko‘rsatgichlari, hamda quyish quvurlariga ega bo‘lishi kerak.

715. Vaqti-vaqti bilan bosim ostida bo‘lib qoladigan, suyuq reagentlarni saqlash uchun mo‘ljallangan sisternalar sex boshlig‘ida turadigan idishlarni hisobga olish va shaxodatlash kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Har oyda sisternalar va armaturalarni tashqi ko‘rib chiqilishi amalga oshirilishi kerak. Sisternani ichki ko‘rib chiqilishi va gidravlik sinalishi “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi qoidalari talablariga muvofiq o‘tkazilishi kerak. Ko‘rib chiqish va sinash natijalari jurnalda qayd etilishi kerak.

716. Kimyo sexida armaturalari aniq nomerlangan har bir reagentni statsionar to‘kish sxemasi mavjud bo‘lishi kerak. Reagentlarning konsentratsiyalangan eritmalarining quvurlari ajratish ranglariga bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Ish joyida har bir reagentni to‘kish va saqlash bo‘yicha sxema va yo‘riqnomalar bo‘lishi kerak.

Zaharli va agressiv suyuqliklar to‘kilishini faqat ushbu ishni bajarilishiga biriktirilgan maxsus o‘qitilgan xodimlar sex (uchastka) smenasining katta navbatchisi rahbarligida amalga oshirishi kerak.

717. Gidrazingidrat eritmalarini tayyorlash uchun qurilma havoni tortish-chiqarish ventilatsiyasi bilan jihozlangan, texnik suvi keltirilgan va drenaj suvlarini yig‘ish va neytrallash uchun chuqurga ega bo‘lgan alohida ajratilgan xonada joylashtirilishi kerak.

Xonada to‘kilib yuborilgan gidrazingidrat eritmasini neytrallash uchun xlor ohakning zaxirasi bo‘lishi kerak. Gidrazin qurilmasining xonasida boshqa biror bir boshqa reagentlar va materiallarni saqlash man etiladi.

Gidrazin qurilmasi xonasining tashqarisida “Gidrazingidrat” deb yozilishi va “Ehtiyot bo‘ling! Zaharli moddalar” ogohlantiruvchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi kerak.

718. Gidrazin qurilmasining xonasi qulfga berkitilgan bo‘lishi kerak. Uning kalitlari kimyo sexining smenasi bo‘yicha katta navbatchisida saqlanishi kerak.

719. Gidrazingidrat bilan ishlayotganda rezinalashtirilgan fartukdan, rezinali qo‘lqoplardan, himoyalanuvchi ko‘zoynaklardan foydalanish zarur va o‘zining yonida qo‘llash uchun tayyor bo‘lgan KD yoki A markali filtrlovchi gaz niqobi bo‘lishi kerak.

720. Gidrazingidratni ventilatsiya ishga tushirilganda quyish kerak.

Ish joyining yaqinida oksidlovchi, yonuvchi moddalar va g‘ovak materiallari (asbest, aktivlashtirilgan ko‘mir, qum va b.) bo‘lishi mumkin emas.

Gidrazin qurilmasining uskunalarida ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin ular suv bilan yuvilgan bo‘lishi kerak.

721. Gidrazingidratning ishchi eritmasini dozirovkasi uchun qurilma sement bortli to‘siqqa va to‘kilgan eritmani yig‘ish va neytarlash uchun chuqurchaga ega bo‘lishi kerak. Qurilmaning to‘sig‘ida “Gidrazingidrat” yozuvi va “Ehtiyot bo‘ling! Zaharli moddalar” xavfsizlik belgilari osilgan bo‘lishi kerak.

722. Energetika korxonalarida qo‘llaniladigan asosiy kimyoviy moddalarning xarakteristikalari va ular bilan ishlashda xavfsizlik choralari mazkur Qoidalarning 14-ilovasida keltirilgan.

Kimyo sexi uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, ushbu moddalarning xususiyatlarini va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralarini bilishi kerak.

723. Kislotalar, ishqorlar, ammiak, gidrazinlarning konsentratsiyalangan eritmalarini o‘lchash baklari va quvurlari “Sanoat korxonalarining quvurlari. Tanish uchun bo‘yoqlash, ogohlantiruvchi belgilar va markalovchi shchitoklar” GOST 14202 talablariga muvofiq bo‘yalishi va ularda aniq yozilgan yozuvlar bo‘lishi kerak,

724. Agressiv va zaharli moddalarni uzatuvchi armaturalar, quvurlar va nasoslar ta’mirlashni boshlashdan oldin bo‘shatilishi va yuvilishi kerak; yuvish mahsulotlari buning uchun maxsus mo‘ljallangan joylarga drenaj qilingan bo‘lishi kerak.

Quvurlar va ularning armaturalarini uzish va ta’mirlash mazkur Qoidalarning III bobi 10-paragrafiga rioya qilib o‘tkazilishi kerak.

Quvurlarning flanetsli birikmalarining oldindan tayyorlanib qo‘yilgan chelakka yoki to‘rtburchakli tunuka tovaga qolgan suyuqlikni quyish uchun birinchi navbatda pastki qismlari bo‘shatilishi kerak.

Flanetsli birikmalar ochilayotganda iloji boricha qismlarga ajratilayotgan birikmalardan chetroqda turish kerak. Flanetsli brikmalarning tortib qo‘yilgan boltlarini gaykalarni ikki-uchta aylantirish yo‘li bilan bo‘shatish kerak. Barcha boltlarni bo‘shatish va demontaj qilish faqat suyuqlik to‘la oqib tushirilgandan keyin ruxsat beriladi. Demontaj qilingan armaturalarni tashishdan oldin, ichida qolib ketgan suyuqlikni to‘kib tashlash uchun, oldin bir tomonini so‘ng ikkinchi tomonini ehtiyotlik bilan pastga qaratish kerak.

725. Zaharli va agressiv moddalarni haydash uchun mo‘ljallangan nasos-dozatorlarni, ushbu ishni bajarish uchun biriktirilgan maxsus o‘qitilgan doimiy xodimlar ta’mirlashlari kerak.

726. Sig‘imlarda va rezervuarlardagi ishlar mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafiga talablariga rioya qilib naryad bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.

Filtrlarning drenaj qurilmalarini ta’mirlanishi va ko‘rib chiqilishi filtrlovchi materiallarni gidravlik usulda maxsus sig‘imlarga tushirilgandan keyin o‘tkazilishi kerak.

Qayta gidroyuklanish baklari, mexanik va ionit filtrlari ko‘rib chiqish yoki ta’mirlash uchun ochilishidan kamida 3 soat oldin suv bilan to‘ldirilgan bo‘lishi va undan keyin vozdushniklar ochilgan holda va havo almashtirilishi bilan drenaj qilinishi kerak.

Lyuklarni ochishda iloji boricha ulardan chetroqda turish kerak, dastlab tortilgan boltlarni lyukning pastki qismlarini asta-sekin bo‘shatish kerak. Lyuk qopqog‘ini faqat bak yoki filtrda suv yo‘qligiga ishonch hosil qilgandan keyin ochish mumkin.

Filtrda ishni boshlashdan oldin uni shamollatish, uning ichidagi havoda zararli moddalar yo‘qligiga va filtrda kislorod yetarliligiga (hajmi bo‘yicha 02=20%) tekshirish o‘tkazilishi kerak.

Rezervuarlardagi lyuklarni ochish va ularda ishlash ish rahbarining bevosita nazorati ostida bajarilishi kerak.

Zararli moddalarni saqlash baklarini reviziyasi va ta’mirlanishi faqat ular suv bilan yuvilgandan keyin va yuvish suvlarining sifati tahlil bilan tekshirilgan-dan keyin bajarilishi kerak. Ushbu sig‘imlarga odamlar tushishiga ular shamollatilgandan keyin, ichidagi havoda zararli moddalar va portlash xavfi bo‘lgan moddalar yo‘qligiga, hamda kislorod yetarligiga (hajmi bo‘yicha 02=20 %) tekshirilgandan keyin ijozat beriladi.

Ichida kislota saqlangan sisternalar va baklarning lyuklarini ochishda uchqun bermaydigan asboblardan foydalanish zarur.

Baklar va sisternalar ta’mirlanayotganda va ko‘rib chiqilayotganda ochiq olovni qo‘llash man etiladi.

727. Baklar va boshqa sig‘imlarning yopmalari ustida ishlar bajarilishi zarur bo‘lsa, unda taxtalardan yasalgan to‘shamalar yoki traplar qo‘llanilishi kerak.

728. Reagent xo‘jaligi va suvga gidrozinli ishlov berish qurilmasiga xizmat ko‘rsatish mazkur Qoidalarning 17-ilovasi

B. Kimyo laboratoriyalarida ishlashda xavfsizlik talablari

729. Kimyo laboratoriyalari keng, yorug‘ va isitiladigan oqib kirish-tortish ventilatsiyali, shuningdek, vodoprovod, kanalizatsiya va issiq suv bilan ta’minlangan xonalarda joylanishi kerak.

Kimyo laboratoriyalari majburiy ventilizatsiyali havoni tortib chiqaruvchi shkaflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, u shkaf eshikchalari 15 — 20 sm ga ochiq kesimida 0,5 — 0,7 m/s chegarasida havoni tortib chiqarish tezligini ta’minlashi kerak.

Zararli moddalar bilan ishlayotganda havo tezligi 1,0 — 1,2 m/s bo‘lishi kerak.

Tortib chiqaruvchi shkaflarning eshikchalari ular ko‘tarib qo‘yilgan holatda tushib ketilishini istisno qiluvchi fiksatorlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

730. Tortib chiqaruvchi shkaflardagi elektr yoritgichlar portlashdan himoyalangan bo‘lishi kerak. Lampalarning uzgichlari, shuningdek, shtepsel rozetkalari tortib chiqaruvchi shkaf tashqarisida o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

731. Isituvchi asboblar, yengil alangalanuvchi va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan ish stollari va tortib chiqaruvchi shkaflar butunlay yonmaydigan materiallar bilan qorejagan bo‘lishi kerak, kislotalar va ishqorlar bilan ishlaganda esa korroziyaga qarshi materiallar bilan qorejagan bo‘lishi va yonmaydigan materialdan bortiklarga ega bo‘lishlari kerak.

732. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old chetlarida joylashgan bo‘lishi va ularni tasodifan ochilishini istisno qiladigan holda o‘rnatilishi kerak.

733. Zararli moddalar ajralib chiqish vaqtida ishlaganda tortib chiqaruvchi shkaflar eshiklarini ochiq tutish man etiladi.

734. Namunalarni olish joylari ventilatsiyaga ega bo‘lgan maxsus yopiq xonaga yoki bevosita ekspress-laboratoriyasiga chiqarilgan bo‘lishi kerak.

735. Bug‘ va suv namunalarini namunaolgichlar holati tekshirilgandan keyin olish zarur. Biror-bir nosozliklar aniqlanganda namunalarni olish man etiladi. Aniqlangan nuqsonlar to‘g‘risida tegishli sex smenasi boshlig‘iga ma’lum qilinishi kerak.

736. Namuna harorati 40°S dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Namunani olish liniyasida nazorat qilinayotgan muhitning harorat yuqori bo‘lsa sovutgich o‘rnatilishi kerak.

737. Bug‘ va suvning namunasini olish liniyasi ikki yopuvchi ventillari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, ular namunasini olish qurilmasidan keyin ketma-ket o‘rnatilishi kerak (biri bevosita namunani olish qurilmasidan keyin, ikkinchisi-namunasini olish joyida) va sovutgichdan keyin o‘rnatilgan drosselli ignaviy ventil bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

738. Bug‘ va suv namunalari uskunalarni turg‘un ishlash rejimida olinishi kerak, bu to‘g‘risida ushbu uskunaga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi xodimlar xabardor bo‘lishi kerak.

Namunaolgichlarda bug‘lanish yoki gidrourishlar mavjud bo‘lsa bug‘ va suv namunasini olish man etiladi.

739. Kimyo laboratoriya xodimlari namunalarni olish uchun lyuklar, kirish teshiklari va boshqalarni ochishga haqi yo‘q. Namunalarni olish uchun tayyorlash ishlarini talab qiluvchi joylarida (lyuklar, kirish teshiklarini ochish va b.), shuningdek, namunalarni oluvchi xodimlar uchun xavfli bo‘lgan joylarda (kultepalar, moy baklari, transformatorlar, moy tizimlari, suvni tashlash qurilmalari, suv havzalari, yoqilg‘ini uzatishda, yoqilg‘i omborlari va sh.x.) bu ishlarni ikki kishi bajarishi kerak: biri, ushbu inshoot yoki qurilma qaramog‘ida bo‘lgan sex xodimi va ikkinchisi kimyo sexi xodimi.

740. Qattiq yoqilg‘ining namunalarini olish mexanizatsiyalangan bo‘lishi kerak. Mexanizatsiyalangan namunaolgichlari yo‘q bo‘lsa namunalarni yoqilg‘i-transport sexining xodimlari mazkur Qoidalarning 407-bandi talablariga rioya qilib olishi kerak.

741. Chang va kul namunalarini, ushbu maqsadga maxsus jihozlangan joylarda, qozon qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi shaxs ishtirokida kimyo laboratoriyasining xodimlari olishi kerak. Namunalarni olish joylaridagi tiqinlarni (probkalarni) asta-sekin ochish kerak. Namuna olingandan keyin namuna olgichni yopib qo‘yish zarur.

Kul namunalarni faqat maxsus kuloluvchi siklonchalar orqali olishga ruxsat etiladi. Kulli stakanni burab olishdan oldin namuna olish qurilmasini yengil urib chiqish kerak.

742. Analiz qilish uchun havo namunalarini ko‘chma gaz analizatorlar bilan, tegishli sexning smena boshlig‘i tomonidan tayinlanadigan kuzatuvchi ishtirokida olish kerak.

Sig‘imlardan, quduqlardan, kollektorlardan, kanallardan havo namunalari olinayotganda mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafi talablariga rioya qilinishi kerak.

743. Namunalarni mustahkam, o‘tkir chetlari va qirralari bo‘lmagan idishlarga olish kerak. Namunalarni tashish uchun maxsus qutilar qo‘llanishi kerak. Namunalar solingan shisha kolbalarini qo‘lda olib yurish man etiladi.

744. Laboratoriyalarda ovqatlarni saqlash, iste’mol qilish, shuningdek, ish joyida chekish man etiladi.

745. Sulfat kislotasini eksikatorlarda suvni shimuvchi vositasi sifatida qo‘llash man etiladi.

746. Qattiq ishqorlarni qo‘l bilan olish man etiladi. Ularni pinset yoki chinni qoshiqda olish kerak.

Qattiq ishqorlar bo‘laklarini maxsus ajratilgan joyda qog‘ozga o‘rab maydalashga ruxsat etiladi. Ishlayotganda himoyalovchi ko‘zoynaklarni qo‘llash kerak.

747. Reagtivlar solingan barcha shisha idishlarda reaktiv nomi yozilgan yozuvlar bo‘lishi kerak. Ishchi xonalarida biror noma’lum moddalarni saqlash man etiladi.

748. Ishda qo‘llanadigan yengil uchuvchi va gidroskopik moddalar tortib chiqaruvchi ventilatsiya ostida tiqini jips mahkamlangan shisha idishlarida saqlanishi kerak.

749. Og‘iz bilan pipetkaga suyuqliklarni olish man etiladi. Suyuqliklarni olish uchun maxsus grushadan foydalanish kerak.

750. Barcha zaharli moddalar va ularning eritmalari “Zaharlar!” degan yozuvi bor kalit bilan qulflanadigan alohida shkafda saqlanishi kerak. Zaharli moddalar solingan idishlar zich yopilgan va moddalarning nomi va “Zahar!” yozuvi yozilgan aniq yorqin etiketkalarga ega bo‘lishi kerak. Bunday moddalarga quyidagilar kiradi: tsianitli tuzlar, metall simob va uning tuzlari, mish’yak, bariy, vannadiy tuzlari, brutsin, serouglerod, oltingugurt efiri va b.

751. Zaharli moddalardan foydalanuvchi kimyo laboratoriyalarida, ushbu moddalar bilan ishlashda xavfsizlik choralari bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Yangi kimyoviy moddalarni, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganmasdan va davlat sanitariya nazoratining mahalliy organlari ruxsatisiz qo‘llash man etiladi.

752. Zaharli moddalarini saqlash va foydalanishini nazorat qilish uchun, korxona bo‘yicha buyruq bilan mas’ul shaxs tayinlangan bo‘lishi kerak.

753. Zaharli moddalarni qabul qilish va berish maxsus jurnalda qayd etilishi kerak. Zaharlarni foydalanishi uchun mas’ul shaxs, ularni berayotganda yo‘riqnoma o‘tkazishi kerak.

754. Kundalik ishlash uchun zarur bo‘lgan zaharli moddalarning eritmalari “Zaharlar!” yozuvli alohida shkafda saqlanishi kerak. Zaharli moddalarni ish stolida qoldirish man etiladi.

755. Metall simobi va uning birikmalari bilan ishlaganda mazkur Qoidalarning III bobi 10-paragrafi va mazkur Qoidalarning 18-ilovasi talablariga rioya qilish kerak.

756. Kimyoviy jarayoni jo‘shqin o‘tishi, issiq yoki zararli moddalar sachralishi mumkin bo‘lgan, shuningdek vakuum ostidagi ishlar havoni tortib oluvchi shkaflarda tunuka tova yoki taglikda bajarilishi kerak. Ishlaganda himoyalovchi ko‘zoynaklar, rezinali fartuk va qo‘lqoplardan foydalanish kerak.

757. Laboratoriyaning ishchi xonalarida har bir nomdagi yonuvchi moddalarning 1kg dan ortiq bo‘magan miqdorda va umumiy miqdori 4 kg dan ortiq bo‘lmagan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi. Ushbu moddalarni germetik yopiq idishlarda maxsus shkaflarda yoki “Ehtiyot bo‘ling! Engil alangalanuvchi moddalar” ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari yozilgan metall qutilarda saqlash zarur.

Portlash xavfi bo‘lgan va yonuvchi moddalarni xavfsiz saqlanishi va qo‘llanishi ustidan nazorat qilish uchun, korxona bo‘yicha buyruq bilan mas’ul xodim tayinlanishi kerak.

758. Yonuvchi moddalarni bir idishdan idishga quyish yoki qayta haydash vaqtida, shuningdek, yonuvchi moddalardan foydalanib ekstragirlashda ochiq olovdan foydalanish man etiladi.

Yonuvchi moddalarni isitish zarur bo‘lganda suv xammomi yoki yopiq turidagi elektr isitgichlarni qo‘llash kerak.

759. Organik eritgichlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar havoni tortib chiqaradigan shkafda bajarilishi kerak.

760. Tasodifan to‘kilib yuborilgan yonuvchi moddalar qum bilan sepilishi va yog‘och kurakcha yoki plasstmassa xokandozi bilan olib tashlanishi kerak. Bu maqsadlarda po‘lat kurakchalar (xokandozlar)ni qo‘llash man etiladi.

761. Suvda erimaydigan yonuvchi moddalarni (benzin, skipidar, efir, moylar va b.) suv bilan o‘chirish man etiladi.

762. Elektr uskunalari va elektr asboblarini ta’mirlash va izolatsiyasini tekshirish ishlarini elektrotexnik xodimlar bajarishlari kerak.

763. Elektr uskunalari va asboblarining metall korpuslari (quritish shkaflari, mufel pechlari, konduktometrlar, rN-metrlar va x.), agar ular 220 V elektr tarmog‘idan ta’minlanadigan bo‘lsa yerga ulangan bo‘lishi kerak. Ochiq spiralli elektr plitkalaridan foydalanish man etiladi.

764. Elektr isitish asboblari devorlardan kamida 300 mm masofada, po‘lat tunukasi bilan himoyalangan va varaqli asbest bilan qoplangan stollarda o‘rnatilishi kerak.

765. 220 va 12 V elektr tarmog‘ining shtepsel rozetkalari bir-biridan ajralib turishi va tegishli yozuvga ega bo‘lishi kerak. Bir rozetkaga bir nechta elektr isitgich asboblarini ulash man etiladi.

766. Elektr simlarning izolatsiyasida nuqsonlar, ishga tushirgichlarda (puskatellarda), rubilniklarda, shtepsellarda, rozetkalarda, shtepsel vilkalarida va boshqa armaturalarida nosozliklar, shuningdek yerga ulagich va to‘siqlar buzilishi aniqlansa nosozliklar bartaraf etilguncha ish zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.

767. Yangi asboblar va elektr uskunalarini tarmoqqa ulash, shuningdek yoritgichlar va elektr isitgich asboblari sonini ko‘paytirishga faqat elektr sexi rahbariyatining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

768. Tarmoqqa ulangan elektr asboblarini nazoratsiz qoldirish man etiladi.

769. Elektr energiya uzilganda barcha elektr asboblari zudlik bilan tarmoqdan uzilishi kerak.

770. Gaz to‘ldirilgan ballonlar isitish radiatorlari va boshqa isitish va elektr isitish asboblaridan kamida 1 m masofada o‘rnatilishi kerak. Isitish asboblarida ballonlarni qizib ketishdan saqlovchi ekran mavjud bo‘lsa, ballondan ekrangacha masofa 10 cm dan kam bo‘lmasligi kerak.

Ochiq olovni quyidagi masofalardan (gorizontal bo‘yicha) kam bo‘lmaganda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi:

5 m —gaz alangali ishlarni olib borish uchun mo‘ljallangan ballonlar guruhidan (ikkidan ortiq ballonlar);

5 m —kislorodli va yonuvchi gazli ayrim ballonlardan;

771. Ballonlar o‘tish joylaridan chetda o‘rnatilishi kerak, ularni yiqilishini oldini olish uchun mahkamlash kerak va quyoshning to‘g‘ri nurlaridan saqlash kerak.

772. Ballonlar bilan ishlaganda ularni urishdan va moy xamda yog‘lar bilan ifloslanishidan saqlash kerak.

773. Reduktorlarning ventillarini reduktorning yon tomonida turib sekin va ravon ochish kerak. Ventil ochilayotgan vaqtda bevosita uning oldida odamlar turishi va erkin yotgan (mahkamlanmagan) narsalar bo‘lishi mumkin emas.

774. Laboratoriya xonasida ballonlarni saqlash man etiladi.

775. Kimyo laboratoriyalarida ishlashda xavfsizlik talablariga amal qilish mazkur Qoidalarning 18-ilovasi talablariga muvofiq bajarilishi shart.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish