Bu yerda: K
s
– moliyaviy oqim samaradorligining koeffitsienti;
H
mo
– davriy koeffitsientga o’zgartirilgan (korrektirovka
qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim;
R
mo
- rejadagi moliyaviy oqim
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o’zida aks
ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar,
firmalar, korxonalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi
va samaradorligi nazorat qilinadi.
Tushumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushishini (oqib kelishini)
aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul
mablag’larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar
deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy
moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo’lishi kerak.
Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’-larining
miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo’lishi ta’minlanadi. Sof
moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o’sish, ular daromadlarining
kapitalizatsiyalashuvi
darajasini
aniqlash,
investitsion
va
innovatsion
imkoniyatlarining manbai bo’lib hisoblanadi.
Korxona va korxonalar sof moliyaviy oqimining o’sishi ular rentabelligi va
investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda
moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha
ko’rsatkichlar mavjud:
– bir ishlovchi to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori;
– inflyatsiya darajasi va dinamikasi;
– davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);
– oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi.
Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy kompleksi
faoliyatining natijasidir.
Jahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko’rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat
moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi
ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) to’planishi (jamg’arilishi) va uni
iqtisodiy
o’sishning innovatsion-investitsion strategiyasida foydalanish
jarayonida samarali moddiy-lashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi
106
muammolarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish,
hayotning sifat darajasini oshirish bilan birga-likda, iqtisodiy taraqqiyotning
kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini
mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini o’z vaqtida qaytarish (uzish) davlat-ning moliyaviy
ahvolini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab
moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan
xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir
vaqtning o’zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish
muddatlari bo’yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab
chiqish va ularni amalga oshirish kerak.
Korxonalar, firmalar va korxonalar darajasida moliyaviy ahvol to’lovga
qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa subyektlari va soliq organlari
oldida moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida uzish imkoniyati bilan
xarakterlanadi. To’lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (P
a
) va to’lov
muddati kelgan (yoki o’tgan) moliyaviy majburiyatlar (M
m
) o’rtasidagi nisbat
demakdir. Sog’lom ishlayotgan korxonalar uchun to’lovga qobillik koeffitsienti
(T
qk
) doimo birdan yuqori (katta) bo’lishi kerak:
𝑻
𝒒𝒌
=
𝑷
𝒂
𝑴
𝒎
> 𝟏
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma
aktivlarning o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi va
boshqa shu kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to’lov majburiyatlari va
uning moliyaviy imkoniyatlari o’lchamini balanslashtirishning asosiy metodi
moliyaviy oqimlar byudjetidir (balansidir). U o’z ichiga korxona ixtiyoriga kelib
tushadigan pul mablag’lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini
oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag’larining harakatini nazorat
qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday
byudjet asosida korxonaning to’lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to’lovga qobilligining
kengaytirilgan koeffitsienti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar
qismi) o’ng tomoniga teng yoki undan katta bo’lsa, unda korxona to’lovga
qobildir. Agar uning o’ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u
holda korxona to’lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti
(balansi) pul mablag’larining tushilmalari va ularning sarflanish yo’nalishlari
bo’yicha bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar
tizimidan iborat bo’lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to’g’ridan-
107
to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va
boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsif-nomalari orqali korxonaning
faoliyati ifoda-lanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining
qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi
boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa
moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot sotish, resurslarning
aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini
ko’zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda
hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik,
dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning
bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning to’lovga qobillik darajasini oshirishga
imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’min-laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |