Davlatiy moliya


 To’lov balansi va uni tartibga solish yo’llari



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

5. To’lov balansi va uni tartibga solish yo’llari

 

Mamlakat  to’lov  balansining  holati  bugungi  kunda  nafaqat  mamlakatning 

xalqaro  operatsiyalarini  aks  ettiruvchi  oddiy  hujjat,  balki  ushbu  mamlakat 

iqtisodiyotining  ochiqlik  darajasi,  uning  iqtisodiy-geografik  va  investitsion 

imkoniyatlari, oltin-valyuta zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay 

darajada  ekanligi  hamda  xalqaro  raqobatbardoshligi  haqida  aniq  xulosalar 

shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.

 

To’lov  balansi  bu  shunday  hujjatki,  unda  mamlakatning  xorijiy  davlatlar 

bilan  bo’ladigan  aloqalari  natijasida  yuzaga  keladigan  valyuta  tushumlari  va 

to’lovlarining haqiqatdagi summasi  aks ettiriladi. To’lov balansi – ma’lum vaqt 

oralig’ida  rezidentlar  va  norezidentlar  o’rtasidagi  barcha  o’tkazmalarning 

o’lchovidir. 

To’lov  balansining  standart  komponentlari  hisobvaraqlarning  ikki  asosiy 

guruhi bo’yicha ajratilishi mumkin: 




556 

–  joriy  operatsiyalar  hisobvarag’i,  unda  tovarlar,  xizmatlar,  olingan 

daromadlar  va  joriy  transfertlarni  qamrab  oluvchi  iqtisodiy  bitimlar  hisobga 

olinadi; 

–  kapitallar  va  moliyaviy  instrumentlar  bilan  bog’liq  operatsiyalar 

hisobvarag’i,  unda  kapital  transfertlari,  nomoliyaviy  aktivlarni  sotib  olish, 

shuningdek,  moliyaviy  talablar  va  majburiyatlar  bilan  bog’liq  operatsiyalar 

hisobga olinadi. 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  to’lov  balansi  moddalarining  uch  asosiy  analitik 

guruhlari ajratib ko’rsatiladi: 

1) savdo balansi

2) joriy operatsiyalar balansi

3) umumiy to’lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi. 

Joriy  operatsiyalar  hisobvarag’ining  muhim  tarkibiy  qismi  –  bu  savdo 

balansi bo’lib, tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo 

balansining  o’zgarishi  turlicha  talqin  qilinishi  mumkin.  Masalan,  eksportning 

importdan  oshishi  mamlakat  tovarlariga  jahon  bozorlarida  talabning  oshganligi 

bilan  izohlanadi.  Agar  butun  dunyo  mazkur  mamlakatning  eksport  tovarlarini 

xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan 

afzal  bilsa,  demak  xulosa  qilish  mumkinki,  mamlakat  iqtisodiyotining  holati 

yaxshi  hisoblanadi.  Aksincha,  savdo  balansining  defitsiti  mazkur  mamlakat 

eksport  tovarlarining  etarli  darajada  raqobatbardosh  emasligi  va  aholi  turmush 

tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko’rish lozimligidan dalolat berishi 

mumkin. Bunday tahlil agar savdo balansidagi o’zgarish haqiqatda mazkur davlat 

tovarlariga bo’lgan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga 

muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri ham sezilarli 

bo’lishi  mumkin.  Jumladan,  qulay  investitsion  muhit  mamlakatga  xorijiy 

investitsiyalar oqimini rag’batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy 

vositalar miqdorining ham ortishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu holat ham savdo 

balansi  defitsitini  yuzaga  keltiradi,  lekin  mamlakat  iqtisodiyotiga  keskin  salbiy 

ta’sir ko’rsatmaydi. 

Joriy  operatsiyalar  balansi  kengroq  axborotni  o’zida  jamlab,  tovar  va 

xizmatlar harakati bilan bog’liq aktivlar oqimini aks ettiradi. Joriy operatsiyalar 

bo’yicha ijobiy saldo tovar, xizmat va xadyalar harakati bo’yicha kredit debetdan 

yuqoriligini  anglatadi.  Boshqacha  aytganda,  ijobiy  saldo  mamlakat  boshqa 

mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy operatsiyalar 

bo’yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor ekanligidan dalolat beradi. 

Merkantilistlar iqtisodiy maktabining kontseptsiyasiga muvofiq, muvozanat 

joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. Bunda ta’kidlab o’tilgan saldo 

kapitallar harakati, mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi o’zgarishlarni hisobga 




557 

olmagan. Shunday qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy 

siyosatning  maqsadi  joriy  operatsiyalar  hisobvarag’i  bo’yicha  ijobiy  saldoni 

maksimallashtirish  va  shuning  asosida,  mamlakatda  oltinning  jamlanishiga 

erishishdan iborat bo’ladi. 

Joriy  operatsiyalar  balansi  defitsitining  uzoq  muddatli  xorijiy  kapital 

hisobidan  moliyalashtirilishi  muvozanat  mezoni  sifatida  to’lov  balansining 

umumiy saldosi tushunchasining paydo bo’lishiga olib keldi. 

To’lov balansining  davlat  tomonidan  tartibga  solishning zarurligi quyidagi 

sabablar bilan izohlanadi: 

Birinchidan,  to’lov  balansiga  muvozanatsizlik  xos  bo’lib,  bu  holat  yoki 

defitsit,  yoki  haddan  tashqari  aktiv  qoldiq  ko’rinishida  namoyon  bo’ladi.  Bu 

nomutanosiblik  valyuta  kursi  dinamikasiga,  kapital  oqimiga,  iqtisodiyotning 

holatiga qattiq salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi 

defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, inflyatsiyani boshqa davlatlarga 

eksport  qilishga  erishgan.  Bu  esa,  xalqaro  aylanmadagi  dollar  ortiqchaligini 

keltirib  chiqardi  va  XX  asrning  70-yillarida  Bretton-vuds  tizimining  izdan 

chiqishiga olib keldi. 

Ikkinchidan, XX asrning  30-yillarida  oltin-deviz standarti  joriy qilingandan 

so’ng,  to’lov  balansini  muvozanatlashtirishning  baho  mexanizmi  ish  bermay 

qo’ydi.  Shu  sababli  ham,  to’lov  balansini  davlat  tomonidan  ma’lum  tadbirlar 

orqali boshqarilishi maqsadga muvofiq bo’lib qoldi. 

Uchinchidan,    xo’jalik  aloqalari    tobora  globallashib  borayotgan  hozirgi 

davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida to’lov balansining 

roli borgan sari ortib bormoqda.  To’lov balansini  muvozanatlashtirish vazifasi 

— davlatning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlash,  inflyatsiyani jilovlab turish 

va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof etilmoqda. 

To’lov  balansini  muvozanatlashtirish,  odatda,  bir  qancha  ichki  va  tashqi 

omillarning to’lov balansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega 

bo’lgan  davlatlar,  xalqaro  hisob-kitoblarga  kirishuvchi  mamlakatlarda 

makroiqtisodiy barqarorlikni mavjud bo’lishidan manfaatdor bo’ladi.  

Defitsitli  to’lov  balansiga  ega  bo’lgan  davlatlar  esa,  aktiv  balansga  ega 

bo’lgan  o’z  hamkorlaridan  import  bo’yicha  cheklovlarni  kamaytirish,  mazkur 

mamlakatlarga kapital chiqarilishini rag’batlantirish kabilarni talab qiladi. 

To’lov  balansida  defitsit  mavjud  bo’lgan  davlatlar  tomonidan,  eksportni 

rag’batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni  kamaytirishga, xorijiy kapitalni 

jalb  qilishga,  kapitalni  olib    chiqib  ketishni  chegaralashga  qaratilgan  quyidagi 

tadbirlar qo’llaniladi:  




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish