qilinadigan rasmiy markazlardir. Ya’ni, valyuta bozori - bu chet el valyutasini
oldi-sotdisini va chet el valyutasidagi qimmatbaho qog’ozlarni, hamda valyutaviy
munosabatlarni namoyon qiluvchi markaz hisoblanadi.Valyuta bozori moliya
xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo
harakati hamda chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog’liq boshqa hisob-
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib
bo’lmaydi. Demak, mamlakatlar o’rtasida eksport-import operatsiyalari albatta
shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog’langan.
Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi
qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta’sirda bo’ladi. Jahon valyuta
bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo’lmagan yoki zaif tarzda mavjud
Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko’rsatish mumkin, ular milliy,
552
Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif,
bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har
qanday iqtisodiy subyekt, ya’ni davlat, xo’jalik subyekti yoki fuqaro o’zining
moliyaviy qiziqishlariga ega bo’ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan mos
kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan
taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning
uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning
qiziqishlarini namoyon qiluvchi o’ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi.
Funktsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari o’z vaqtida
xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug’urtalashni, valyuta zaxiralarini
diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta
bozorida qatnashuvchilarning kurslari o’rtasidagi farq natijasida keladigan
daromadni o’zida namoyon qiladi.
Institutsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari vakolatli
banklarning, investitsion korxonalarning, birjalar, brokerlik idoralari, chet el
banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o’zida namoyon
qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli
mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-
birini o’zaro bog’lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu
kabi kommunikatsiya tizimlari yig’indisini o’zida namoyon qiladi.
Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o’rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi
qilishda dallol bo’lib, faqatgina banklar qatnashadilar. Valyuta bo’limining
asosiy vazifasi bo’lib, o’zining mijozlariga ma’lum bir valyutadagi aktiv va
kapitallarini boshqa bir xorijiy valyutaga konvertirlashni ta’minlash hisoblanadi.
Bu jarayon “naqd bitim”, ya’ni spot operatsiyasi yoki “muddatli bitimlar”, ya’ni
ularning keng tarqalgan shakli - forvard operatsiyalari shaklida bo’lishi mumkin.
Jahon valyuta bozorida valyuta oldi-sotdisi tunu-kun amalga oshiriladi.
Bunga asosiy sabab, jahon hududiy valyuta bozorlarining turli soat millarida
joylashganligi bilan bog’liqdir. Hozirgi vaqtda Osiyo - Tokio, Gonkong,
Singapur, Melburndagi markazlari bilan, Yevropa - London, Frankfurt-na Mayne,
Tsyurix, Amerika - Nyu-York, Chikago, Los-Andjeles valyuta bozorlari jahon
valyuta bozor-larining asosiy qismini egallagan.
Xorijiy valyutadagibitimlar dunyoning ko’plab bank-larida, taxminan,
ertalab soat 9
00
da boshlanadi, biroq, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni
tuzishdan kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi
bo’yicha mas’ul xodim (bo’lim boshlig’i) o’zining xodimlarini bitimlar tuzish
bo’yicha me’yoriy hujjatlar, hamda zaruriy ma’lumotlar va yangiliklar bilan
ta’minlaydi.
553
Jahonning hududiy valyuta bozorlarida odatda barcha valyutalar kotirovka
qilinmaydi, balki faqatgina, ushbu bozorda qatnashayotganlarga kerakli bo’lgan
valyutalar, ya’ni mahalliy pul belgilari va bir qator yetakchi erkin
konvertirlanadigan valyutalar, birinchi navbatda, zaxira valyutalar (AQSh dollari,
Yaponiya ienasi, yevro, Shveytsariya franki va shu kabi valyutalar)dan keng
foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar,
xalqaromoliyaviy tashkilotlarning market-meykerlari tomonidan, kutilayotgan
talab va taklif o’rtasidagi farqqa bog’liqholda o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: