3-rasm. Uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy
qarorlar
Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar
qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar.
Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin?
Joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va
jamg‘arib borish kerak?
2.Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud
jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘naltirish (joylash-tirish) kerak?
3.Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar. Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik
va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan
mablag‘dan foydalanishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |