Davlatiy moliya


  Yetakchi  xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2.  Yetakchi  xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi 

Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  davlat  moliyaviy  tizimi  moliyaviy 

munosabatlarning quyidagi bo’g’inlaridan iborat: 

  davlat byudjeti tizimi; 

  davlat  krediti  va  mahalliy  hokimiyat  organlari  kreditlari,  federativ 

davlatlarda esa – federatsiya a’zo-larining krediti; 

  maxsus  fondlar; 

  davlat korxonalari moliyasi. 

Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, 

davlat  tuzilishiga  (qurilmasiga)  bog’liq.  Unitar  (yagona)  davlatlarda  byudjet 

tizimi quyidagi ikki bo’g’indan iborat: 

  davlat byudjeti; 

  ko’p  sonli  mahalliy  byudjetlar  (shaharlar,  okruglar,  qishloq  okruglari 

byudjeti). 

Unitar  shakldagi  xorijiy  davlatlarda  mahalliy  byudjetlar  o’zlarining 

daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi. 

 

Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo’g’indan tarkib topgan: 



  davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat byudjeti); 

  federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti, Kanadada – 

provintsiyalar  byudjeti,  GFRda  –  yerlar  byudjeti,  Shveytsariyada  –  kantonlar 

byudjeti va h.k.); 

  mahalliy byudjetlar. 

Mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya 

a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o’z navbatida, davlat federal byudjetining 

tarkibiga kirmaydi. 

Rivojlangan  yetakchi    xorijiy  mamlakatlar  moliyaviy  tizimning  yetakchi  

bo’g’inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o’z-o’zini boshqarish hududiy 

organlarining  funk-tsiyalari  va  vazifalarini  moliyaviy  ta’minlashga  mo’ljal-

langan  markazlashtirilgan  pul  mablag’lari  fondini  shakllantirish  va  unday 

foydalanishning shaklidan iboratdir. 



62 

Davlat  byudjeti  mamlakatning  joriy  yildagi  asosiy  moliyaviy  rejasi 

hisoblanib,  qonun  kuchiga  egadir.  U  har  yili    mamlakatning  qonunchilik 

hokimiyat organi – parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda 

(urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida)  hukumat davlat byudjetining 

mablag’lariga tayanadi va ular yordamida  davlat xarajatlarini qoplaydi. 

Yetakchi    xorijiy  mamlakatlarning  davlat  byudjeti  ular  MDini  qayta 

taqsimlashning  asosiy  instrumentidir.  Moliyaviy  tizimning  bu  bo’g’ini  orqali 

mamlakat MDining  40% gacha bo’lgan qismi qayta taqsimlanadi.  

Davlat  byudjetining  asosiy  daromadlari  soliqlardan  iborat  bo’lib,  ular 

yordamida  byudjet  daromadlarining    70%  dan  90%  gacha  va  ayrim  davrlarda 

undan ham ko’proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy 

mamlakatlarda    asosiy  soliqlar  hisoblangan  jismoniy  shaxslardan  olinadigan 

daromad solig’i, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo’shilgan 

qiymat solig’i va bojxona bojlari davlat byudjetiga birik-tirilgan. 

Davlat  byudjetidan  harbiy  maqsadlarga  mo’ljallangan  xarajatlar, 

iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy 

xarajatlar,  subsidiyalar  amalga  oshiriladi  va  rivojlanayotgan  mamlakatlarga 

kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat 

organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga  subsidiyalar va 

kreditlar  berish  orqali  mamlakat  moliyaviy  tizimning  barcha  bo’g’inlariga  o’z 

ta’sirini ko’rsatadi. 

Yetakchi    xorijiy  mamlakatlar  ko’pchiligining  davlat  byudjetlari  uchun 

doimiy  ravishdagi  byudjet  defitsiti  xos  bo’lib,  u  davlat  zayomlari  hisobidan 

qoplanadi.  Davlat  zayomlarining  muomalaga  chiqarilishi  davlat  qarzining 

o’sishiga  olib  keladi.  Davlat  qarzi  oldin  chiqarilgan  va  hozirgi  paytga  qadar 

qaytarilmagan  (uzilmagan)  barcha  davlat  zayomlarining  foizlari  bilan  qo’shib 

hisoblagandagi umumiy summasidan iborat. 

Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning ikkinchi 

bo’g’inidir.  Bu  federativ  davlatlarda  federatsiya  a’zolarining  moliyasi  va 

federatsiya  a’zolari  hamda  munitsipalitetlarga  tegishli  bo’lgan  mahalliy 

byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat. 

Federatsiya  a’zolarining  daromadlari  to’g’risidagi  masala  har  bir 

mamlakatda o’ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, AQShda shtatlar byudjetlariga 

egri  (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan 

bo’lsa, GFRda  asosiy to’g’ri (bevosita) soliqlar bo’yicha tushumlar – aholidan 

olinadigan daromad solig’i va korxonalardan olinadigan foyda solig’i 50%:50% 

nisbatda federal byudjet va erlarning byudjeti o’rtasida bo’linadi. 

Yetakchi  xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi bo’g’ini davlat 

krediti  hisoblanadi.  Bu  bir  tomondan,  davlat  va  ikkinchi  tomondan,  yuridik  va 




63 

jismoniy shaxslar o’rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo’lib, unga ko’ra 

davlat  va  boshqaruvning  mahalliy  organlari,  asosan,  mablag’larni  qarzga 

oluvchilar  sifatida  maydonga  chiqadi.  Davlat  zayomlari  va  mahalliy  zayomlar, 

odatda,  byudjet  defitsiti  mavjud  bo’lsa,  ya’ni  odatdagi  daromadlar  davlatning 

xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi. 

Mahalliy  byudjetlarga  ikkinchi  darajali  ahamiyat  kasb  etuvchi  soliqlar 

(asosan,  mulkiy  soliqlar)  biriktirilgan.  Ijtimoiy  maqsadlarga  yo’naltiriladigan 

mablag’larning salmog’i mahalliy byudjetlarda  davlat byudjetiga nisbatan ancha 

yuqori.  Bu  byudjetlar  ham  doimiy  ravishda  defitsitli  bo’lib,  ular  Davlat 

byudjetidan  hukumat  kafolati  ostida  subsidiya  va  kreditlar  yo’li  bilan  kerakli 

mablag’larni oladi. 

Yetakchi    xorijiy  mamlakatlar  davlat  moliyasining  muhim  bo’g’inlaridan 

yana  biri  bu  byudjetdan  tashqari  maqsadli    fondlardir.  Bozor  iqtisodiyoti 

rivojlangan  mamlakat-larda  eng  yirik  byudjetdan  tashqari  maxsus    fondlarning 

orasida  milliy  mug’urta  fondlari  alohida  o’rinni  egallaydi.  Bu  fondlar  korxona 

xodimlari  va  tadbirkor-larning  sug’urta  badallari  hamda  davlat  byudjetidan 

beriladigan  dotatsiyalar  hisobidan  tashkil  topadi.  Milliy  sug’urta  fondlarining 

mablag’lari  yosh,  nogironlik  va  boquvchisini  yo’qotgan  hollar  bo’yicha 

pensiyalarni  to’lashga,  vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini  yo’qotgani, 

homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bo’yicha nafaqalar berishga sarf-lanadi. Bunda 

mablag’larning asosiy qismi yosh bo’yicha pensiyalarni to’lashga yo’naltiriladi. 

Barcha  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarda  pensiyaning  miqdori  ish  haqi  va 

to’langan sug’urta badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi. 

Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935 yil qabul qilingan qonunga 

binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir o’zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib 

kelayapti. Pensiya ta’minoti tizimi  doimiy band bo’lgan yollanma xodimlar va 

o’z-o’zi bilan band bo’lgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Temir yo’l tizimida, 

federal  xizmatda,  shtatlar  va  mahalliy  hokimiyat  organlarida  xizmat  qilganlar 

uchun pensiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi. 

Pensiya  ta’minoti  tizimini  moliyalashtirish  manbai  milliy  sug’urta  fondi 

bo’lib, bu fond AQSh federal byudjetining tarkibiga kiradi. 

Qarilik  bo’yicha  pensiya  65  yoshdan    (qisqartirilgan  miqdorda  –  62-64 

yoshdan) boshlab to’lanadi. Pensiyani olish uchun minimal darajadagi sug’urta 

stajiga ega bo’lmoq lozim, ya’ni 40 chorak – 10 yil davomida sug’urta badallarini 

to’lash kerak. 

Pensiyaning  miqdori  22  yoshdan  62  yoshgacha  sug’urta  qilin-gan  shaxs 

tomonidan  olingan  ish  haqining  o’rtacha miqdoriga nisbatan  hisoblanadi    (eng 

kam  ish  haqi  olingan  5  yilni  chegirgan  holda).  Pensiyaning  o’rtacha  miqdori 

o’rtacha  maosh-ning 40% ini,  past  darajadagi daromadga  ega bo’lgan  shaxslar 




64 

uchun  esa  60%  ni  tashkil  etadi.  65-69  yoshlarda  pensiya  uchun  murojaat 

qilinganda, ana shu narsani rag’batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 

0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq 

ravishda  pensiya  avtomatik  ravishda  indensatsiya  qilinadi.  Pensionerning 

qaramog’idagilar  uchun  qarilik  pensiyasining  50%  i  miqdorida  qo’shimcha 

to’lanadi. 

AQShda  pensionerlar  tekin    tibbiy  yordam,  tekin  dori-darmon,  oziq-

ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha miqdori past kvartira haqi kabi 

qo’shimcha imtiyozlarga ega. 

GFRda yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa 

yetakchi  xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori o’rtacha 

ish haqi va  to’langan sug’urta badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat 

pensiya ta’minoti tizimi yetakchi  rol o’ynaydi. 

Italiyada  pensiya  islohoti  1995  yilda  o’tkazilgan.  Unga  muvofiq  

o’zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan. 

Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo’lsa-da, haqiqatda uning 

darajasi  63  yilga  teng.  Chunki  ispanlarning  70%i  qonunda  ko’zda  tutilgan 

muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi.  

Ayni  davrda  pensiya  ta’minoti  xarajatlari  YaIMga  nisbatan  Ispaniyada  -

7,5%,  Avstriyada    -  14,8%,  Fransiyada  –  11,8%,  GFRda  -  10,8%,  Buyuk 

Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.   

Davlat korxonalari moliyasi yetakchi  xorijiy davlatlar moliyaviy tizimning 

bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G’arbiy Yevropa mamlakatlarida 

Ikkinchi  jahon  urushidan  so’ng  va  1945-1950  yillarda  temir  yo’l  va  havo 

transporti,  energetika  tarmog’i  va  boshqa  tarmoqlar  korxonalarining 

milliylashtirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi.  O‘sha paytlarda bu 

tarmoqlar  texnikaviy  jihatdan  o’ta  qoloq  va  raqobatga  chidamsiz  edi.  Ularni 

modernizatsiya  qilish  va  yangilash  juda  katta  miqdordagi  mablag’larni  talab 

etdiki,  bu mablag’lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq to’lovchilar hisobidan ajratildi. 

Bu tarmoqlar modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg’or bo’lishiga 

qaramasdan,  moliyaviy  jihatdan,  ular  hamon  past  rentabelli  yoki  zararga  

ishlaydigan  bo’lib  qolaverishdi.  Davlat  korxonalari  moliyaviy  holati  og’ir-

ligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosatining 

yurgizilayotganligidir. 

O‘tgan  asrning  80-yillarida  yetakchi    xorijiy  mamlakatlar  hukmron 

doiralarining  yangi  iqtisodiy  va  moliyaviy  siyosatiga  ko’ra  ko’pgina  davlat 

tarmoqlari  va  korxonalari  xususiylashtirildi  va  bu  narsa  davlat  mulkining 

miqdorini keskin kamaytirdi. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish