Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun
belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’ladi.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan
hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha davr
uchun to’lanadi. Xodim ishdan bo’shatilishining noto’g’riligi haqida nizo
ketayotgan davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til berilganda, nafaqa u
ishga qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tug’ish bo’yicha
nafaqa ayolni ishga qayta tiklash to’g’risida qaror chiqqandan so’ng, nafaqa
to’lanmagan barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun to’lanadi.
Oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura,
aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda
ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug’ish
bo’yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga
kelishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. Ishni vaqtinchalik to’xtatish yoki
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil olish munosabati
bilan berilgan qo’shimcha ta’til davrida homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til
berilgan holda, nafaqa ko’rsatilgan davr tugagandan keyin ayol chiqishi lozim
bo’lgan kundan boshlab beriladi.
423
Xodim yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun
ta’tilda bo’lgan vaqtda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til berilganda, nafaqa
homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasida ko’rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash
bo’yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til
boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o’rtacha oylik
summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi ochilgan kuniga bo’lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman
koeffitsienti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.
Ish haqi to’lash to’xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol
ishlamagan davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til uchun mehnatga
layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to’lanmaydi. Agar homiladorlik va
tug’ish bo’yicha ta’til ishga qo’yilgandan keyin ham davom etadigan bo’lsa,
nafaqa u ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa tayinlanganda ham, ish haqining
100 foizi miqdorida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |