Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Ishsizlik  nafaqasi.  Ushbu  nafaqa  1998-yil  1-may  kuni  qabul  qilingan 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Aholini  ish  bilan  ta’minlash  to’g’risida”gi 

Qonuniga  asosan  tayinlanadi.  Ishsizlik  nafaqasi  ishsiz  deb  e’tirof  etilgan 

shaxslarga tayinlanadi. Qaramog’ida uchtagacha kishi bo’lgan, o’ttiz besh yoshga 

to’lmagan  ishsiz  erkaklarga  ishsizlik  nafaqasi  ular  haq  to’lanadigan  jamoat 

ishlarida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

belgilanadigan  tartibda  ishtirok  etgan  taqdirda  tayinlanadi.  Ishsizlik  nafaqasi 

ularga  mahalliy  mehnat  organida  ro’yxatga  olingan  birinchi  kundan  e’tiboran 

yoziladi va to’lanadi. Ishsizlik nafaqasi ko’pi bilan ishdan va ish haqidan (mehnat 

daromadidan)  mahrum  bo’lgan  yoki  uzoq  (bir  yildan  ortiq)  tanaffusdan  keyin 

mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga o’n ikki oylik 

davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta, ilgari ishlamagan va birinchi bor ish 

qidirayotgan shaxslarga esa o’n ikki oylik davr mobaynida o’n uch kalendar hafta 

to’lanadi. 

Ishsiz  ishsizlik  nafaqasini  olish  davrida  ish  qidirishi  va  har  ikki  haftada 

kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta 

tayyorlashga, malakasini oshirishga yo’llanma olish uchun murojaat qilishi shart. 



417 

Ishdan  va  ish  haqidan  (mehnat  daromadidan)  mahrum  bo’lgan  shaxslar  uchun 

ishsizlik  nafaqasi  oldingi  ish  joyidagi  oxirgi  bir  yilgi  o’rtacha  ish  haqiga  foiz 

nisbatida  belgilanadi.  Boshqa  hollarda  ishsizlik  nafaqasi  qonun  hujjatlarida 

belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi. Qaramog’ida 

o’n olti yoshga to’lmagan bolalari va boshqa kishilar bo’lgan ishsiz shaxslarga 

nafaqa miqdori o’n foizga oshiriladi. 

Ish  haqiga  koeffitsientlar  belgilangan  joylarda  yashovchi  shaxslarga 

tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri 

uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan 

koeffitsientni  qo’llagan  holda  aniqlanadi. Ishsizlik  nafaqasi  miqdorini  hisoblab 

chiqishda  rayon  koeffitsientlarini  qo’llash  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi. 

Ishdan  va  ish  haqidan  (mehnat  daromadidan)  mahrum  bo’lgan  taqdirda, 

ishsizlik  nafaqasi  olish  huquqiga  ega  bo’lgan  shaxslarga  oldingi  ish  joyidagi 

o’rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan 

eng  kam  ish  haqidan  oz bo’lmagan va nafaqani  hisoblash paytida  O‘zbekiston 

Respublikasida  tarkib  topgan  o’rtacha  ish  haqidan  ortiq  bo’lmagan  miqdorda 

ishsizlik nafaqasi to’lash kafolatlanadi.  

Harbiy  xizmatdan,  Ichki  ishlar  va  Milliy  xavfsizlik  xizmati  organlaridan 

bo’shatilishi  munosabati  bilan  ish  haqidan  mahrum  bo’lgan  shaxslar  ishsizlik 

nafaqasi olish huquqiga ega. Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik 

xizmati organlaridan bo’shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat 

qilishdan  oldin  ishlamagan  shaxslarga  nafaqa  miqdori  qonun  hujjatlarida 

belgilangan eng kam ish haqi miqdori darajasida hisoblab chiqariladi. 

Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish 

huquqiga  ega  bo’lgan  shaxslarga  mahalliy  mehnat  organi  tomonidan  kasbga 

tayyorlash  yoki  ishga  joylashish  imkoniyati  berilmagan  taqdirda,  ularga  qonun 

hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining kamida etmish besh foizi miqdorida 

nafaqa to’lash kafolatlanadi.  

Uzoq  (bir  yildan  ortiq)  tanaffusdan  keyin  mehnat  faoliyatini  qayta 

boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga mutaxassisligi bo’lgan shaxslar 

uchun, shuningdek o’n ikki oy mobaynida haq to’lanadigan ish bilan bandligi o’n 

ikki  kalendar  haftadan  kam  bo’lmagan  shaxslar  uchun,  agar  ularning  ishga 

joylashishi  uchun  kasbga  qayta  o’rgatishni  yoki  malakasini  oshirishni  talab 

qilmasa,  qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  ish  haqidan  oz  bo’lmagan 

miqdorda  va  boshqa  hollarda,  shu  jumladan,  mutaxassisligi  bo’lmagan 

shaxslarga,  mahalliy  mehnat  organi  tomonidan  kasbga  tayyorlash,  qayta 

tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida 



418 

belgilangan eng kam ish haqining etmish besh foizi miqdoridamiqdorda nafaqa 

to’lash kafolatlanadi. 

Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga 

tayyorlash  va  qayta  tayyorlashdan  o’tgandan,  malaka  oshirishni  tugatgandan 

keyin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda 

ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish